Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga asosan, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
“g) idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtirilganligi va uning natijalari haqidagi maʼlumotlar.”.
2.
68-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“68. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiyotning alohida sohalari va tarmoqlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti masalalari bilan bogʻliq idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, tashqi savdo bilan bogʻliq masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi bilan, investitsiyalar bilan bogʻliq masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan, tashqi siyosiy faoliyat bilan bogʻliq masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan, advokatlik faoliyati va sud ishini yuritish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita taʼsir qiladigan masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilishi lozim.”.