1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.22.00 (Кучини йукотган) Hakamlik sudlari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Mediatsiya toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 12-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2018-yil 28-iyunda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi mediatsiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Mediatsiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Mediatsiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining mediatsiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ushbu Qonunning amal qilishi fuqarolik huquqiy munosabatlardan, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarga, shuningdek yakka mehnat nizolariga va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga mediatsiyani qoʻllash bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tatbiq etiladi.
Ushbu Qonunning amal qilishi mediatsiyada ishtirok etmayotgan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat manfaatlariga daxl qiladigan yoki daxl qilishi mumkin boʻlgan nizolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
4-modda. Asosiy tushunchalar
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.07.00.00 Mediatsiya]
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
mediatsiya — kelib chiqqan nizoni taraflar oʻzaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator koʻmagida hal qilish usuli;
mediator — mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaxs;
mediativ kelishuv — mediatsiyani qoʻllash natijasida mediatsiya taraflari tomonidan erishilgan kelishuv;
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv — taraflarning tuzilgan paytdan eʼtiboran mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan kelishuvi;
mediatsiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi kelishuv — nizo kelib chiqquniga qadar yoki u kelib chiqqanidan soʻng taraflarning nizoni mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirgan holda hal etish zarurligi toʻgʻrisida tuzilgan kelishuvi.
5-modda. Mediatsiyaning asosiy prinsiplari
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.07.00.00 Mediatsiya]
Mediatsiya maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
6-modda. Maxfiylik prinsipi
Mediatsiya ishtirokchilari mediatsiya jarayonida oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni ularni taqdim etgan mediatsiya tarafining, uning huquqiy vorisining yoki vakilining yozma roziligisiz oshkor qilishga haqli emas.
Mediatsiya ishtirokchilari oʻzlariga mediatsiya jarayonida maʼlum boʻlib qolgan holatlar haqida guvoh sifatida soʻroq qilinishi mumkin emas, shuningdek ulardan mediatsiyaga taalluqli axborotni talab qilib olish mumkin emas, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
7-modda. Ixtiyoriylik prinsipi
Mediatsiya taraflarning mediatsiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi kelishuvda ifodalangan oʻzaro ixtiyoriy xohish-istagi boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi.
Mediatsiya taraflari mediatsiyani qoʻllashdan uning istalgan bosqichida voz kechishga haqli.
Taraflar oʻzaro maqbul kelishuvni muhokama qilish uchun masalalarni tanlashda erkindir.
Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish vaqtida yarashishga majburlash taqiqlanadi.
8-modda. Taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi prinsipi
Mediatsiya tartib-taomili mediativ kelishuv shartlariga bir tomonlama taʼsir koʻrsatishni istisno etgan holda amalga oshirilishi kerak.
Mediatsiya tartib-taomili nizo xususida taraflarning hamkorligi asosida oʻzaro maqbul qarorga erishish maqsadida amalga oshiriladi.
Mediatsiya taraflari mediatorni, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibini, mediatsiya tartib-taomilidagi oʻz nuqtai nazarini, bu nuqtai nazarni himoya qilish usullari va vositalarini tanlashda, axborot olishda, mediativ kelishuv shartlarining oʻzaro maqbulligini baholashda teng huquqlardan foydalanadi hamda ularning zimmasida teng majburiyatlar boʻladi.
9-modda. Mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsipi
Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediator mustaqildir. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediatorning faoliyatiga biror-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mediator xolis boʻlishi, mediatsiya tartib-taomilini taraflarning manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishi va mediatsiyada ularning teng ishtirokini taʼminlashi, taraflarga oʻz majburiyatlarini bajarishi hamda oʻzlariga berilgan huquqlarni amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi kerak. Mediatorning mustaqilligi va xolisligiga toʻsqinlik qiladigan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, u mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishdan voz kechishi kerak.
Mediatorning faoliyati professional yoki noprofessional asosda amalga oshirilishi mumkin.
Professional asosdagi mediator faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus oʻquv kursidan oʻtgan, shuningdek Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan shaxs amalga oshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mediatorlarni tayyorlash dasturi (31.01.2019-y., roʻyxat raqami 3134).
Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini yigirma besh yoshga toʻlgan va mediator vazifalarini bajarishga rozilik bergan shaxs amalga oshirishi mumkin.
Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini amalga oshiruvchi shaxs ham Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus oʻquv kursidan oʻtishi mumkin.
Quyidagilar mediator boʻlishi mumkin emas:
davlat vazifalarini bajarish uchun vakolat berilgan yoki unga tenglashtirilgan shaxs;
muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlgan shaxs;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
oʻziga nisbatan jinoiy taʼqib amalga oshirilayotgan shaxs.
Mediatorning faoliyati tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.07.00.00 Mediatsiya]
Mediator:
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chogʻida bir vaqtning oʻzida ham taraflarning barchasi bilan, ham taraflarning har biri bilan alohida-alohida uchrashuvlar oʻtkazishga, ularga nizoni hal etishga doir ogʻzaki va yozma tavsiyalar berishga;
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishi munosabati bilan sarflagan xarajatlarining oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli.
oʻzining mustaqilligi va xolisligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlar mavjud boʻlsa yoki yuzaga kelsa, bu haqda taraflarga maʼlum qilishi shart.
Mediator qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Mediator taraflar oldida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijasida yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan Professional mediatorlar reyestri yuritiladi, ushbu reyestr ularning rasmiy veb-saytlarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-oktabrdagi 544-son “Professional mediatorlar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Shaxsning mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus oʻquv kursidan oʻtishi uni Professional mediatorlar reyestriga kiritish uchun asos boʻladi.
Professional mediatorlar reyestrida quyidagilar boʻlishi kerak:
mediatorning familiyasi va ismi;
mediatorning joylashgan yeri va aloqa bogʻlashga doir maʼlumotlari;
mediator ixtisoslashgan mediatsiya sohasi;
mediator mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishga qodir boʻlgan til haqidagi maʼlumotlar.
3-bob. Mediatsiyani qoʻllash va mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish
15-modda. Mediatsiyani qoʻllash shartlari
Mediatsiya taraflarning xohish-istagi asosida qoʻllaniladi.
Mediatsiya suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida koʻrish jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar qoʻllanilishi mumkin.
Mediatsiya nizoni hakamlik sudida koʻrish jarayonida ham hakamlik sudining qarori qabul qilinguniga qadar qoʻllanilishi mumkin.
Mediatsiyada ishtirok etganlik fakti aybni tan olish dalili boʻlib xizmat qilishi mumkin emas.
16-modda. Mediatsiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi kelishuv
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.07.00.00 Mediatsiya]
Mediatsiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi kelishuv shartnomadagi uning tarkibiy qismi boʻlgan shart tarzida yoki alohida kelishuv tarzida yozma shaklda tuziladi.
Mediatsiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi kelishuvda taraflar oʻrtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin boʻlgan barcha yoki muayyan nizolar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish yoʻli bilan hal etilishi kerakligi haqidagi qoida boʻlishi lozim.
Mediatsiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi kelishuvda nizo predmeti haqidagi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarda taraflarning ishtirok etish shartlari haqidagi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi mumkin.
17-modda. Davlat organining ish boʻyicha mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chogʻidagi harakatlari
Qonunda nazarda tutilgan hollarda, vakolatli davlat organi ishning muhokamasini qoldirib, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish uchun muddat tayinlashi mumkin.
Sud muhokamasi jarayonida, nizoni vakolatli davlat organida koʻrish jarayonida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chogʻida taraflar tomonidan erishilgan mediativ kelishuv tegishli ish qaysi sud yoki vakolatli davlat organining ish yurituvida turgan boʻlsa, darhol oʻsha sudga yoki vakolatli davlat organiga yuboriladi.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.07.00.00 Mediatsiya]
Mediatsiya tartib-taomili mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisida taraflar tomonidan kelishuv tuzilgan kundan eʼtiboran boshlanadi.
20-modda. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.07.00.00 Mediatsiya]
Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv yozma shaklda tuziladi.
Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuvda:
taraflar haqidagi;
nizo predmeti toʻgʻrisidagi;
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi, mediator, taraflar tomonidan kelishilgan majburiyatlar, ularni bajarish shartlari va muddatlari haqidagi;
mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan til, joy va sana toʻgʻrisidagi;
mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan muddat haqidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
21-modda. Daʼvo muddatining oʻtishini toʻxtatib turish
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.07.00.00 Mediatsiya]
Mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilayotganda daʼvo muddatining oʻtishi toʻxtatib turiladi.
22-modda. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.07.00.00 Mediatsiya]
Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish uchun taraflar oʻzaro kelishuvga koʻra bir yoki bir necha mediatorni tanlaydi.
Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi, qoida tariqasida, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilanadi.
Mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilayotganda mediator oʻzining harakatlari bilan biror-bir tarafni ustun holatga qoʻyishga, xuddi shuningdek taraflardan birining huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklashga haqli emas.
23-modda. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddati
Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddati mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilanadi. Bunda mediator va taraflar mediatsiya tartib-taomili oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda tugallanishi uchun barcha mumkin boʻlgan choralarni koʻrishi kerak. Zarur boʻlgan taqdirda, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddati taraflarning oʻzaro roziligi bilan oʻttiz kungacha uzaytirilishi mumkin.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.07.00.00 Mediatsiya]
Mediatsiya quyidagi holatlar munosabati bilan tugatiladi:
taraflar tomonidan mediativ kelishuv tuzilganligi;
nizo xususida oʻzaro maqbul boʻlgan qarorga erishish imkoniyati yoʻqligi;
mavjud ixtiloflar boʻyicha kelishuvga erishmay turib mediatsiyani tugatish toʻgʻrisida taraflarning kelishuvi tuzilganligi (mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisida yozma kelishuv mavjud boʻlgan taqdirda);
biror-bir tarafning mediatsiyani davom ettirishdan voz kechishni maʼlum qilganligi;
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddatlari oʻtganligi.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.07.00.00 Mediatsiya]
Mediatsiyani qoʻllash chogʻida mediator:
ayni bir nizo boʻyicha biror-bir tarafning vakili boʻlishga, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan va uning ishtirok etishiga har ikkala tarafning oʻzaro roziligi boʻlgan hollar mustasno;
biror-bir tarafga yuridik, maslahat yordami yoki boshqa yordam koʻrsatishga;
agar u mediatsiyani amalga oshirish natijasidan shaxsan (bevosita yoki bilvosita) manfaatdor boʻlsa, shu jumladan taraflardan biri boʻlgan shaxs bilan qarindoshlik munosabatlarida boʻlsa, mediator faoliyatini amalga oshirishga, bundan uning ishtirok etishiga har ikkala tarafning oʻzaro roziligi boʻlgan hollar mustasno;
taraflarning roziligisiz nizoning mohiyati boʻyicha oshkora bayonotlar berishga haqli emas.
26-modda. Mediatsiyaga taalluqli axborotning maxfiyligi
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.07.00.00 Mediatsiya]
Taraflar, mediator, shuningdek mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda hozir boʻlgan boshqa shaxslar muhokamaning mediatsiya predmeti boʻlgan nizo bilan bogʻliq boʻlgan-boʻlmaganligidan qatʼi nazar, agar taraflar boshqacha qoida haqida kelishib olmagan boʻlsa, muhokama jarayonida:
taraflardan birining mediatsiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi taklifi haqidagi, xuddi shuningdek taraflardan biri uni amalga oshirishda ishtirok etishga tayyor ekanligi toʻgʻrisidagi;
nizoni hal etish ehtimoli xususida taraflardan biri bildirgan fikrlar yoki takliflar haqidagi;
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish jarayonida taraflardan biri tomonidan bildirilgan eʼtiroflar toʻgʻrisidagi;
taraflardan biri mediatorning yoki ikkinchi tarafning nizoni hal etish haqidagi taklifini qabul qilishga tayyorligi toʻgʻrisidagi axborotni havola qilishga haqli emas.
27-modda. Mediatsiyaga taalluqli axborotni mediator tomonidan oshkor qilish sharti
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.07.00.00 Mediatsiya]
Agar mediator taraflarning biridan mediatsiyaga taalluqli axborotni olgan boʻlsa, u bu axborotni faqat uni taqdim etgan tarafning roziligi bilan boshqa tarafga oshkor qilishi mumkin.
28-modda. Mediatorning faoliyatiga haq toʻlash
Professional asosdagi mediatorning faoliyati haq evaziga yoki tekin amalga oshirilishi mumkin.
Noprofessional mediatorga uning mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish bilan bogʻliq holda qilgan xarajatlarining, shu jumladan nizoni koʻrib chiqish joyiga borib kelish uchun yoʻl haqi, yashash va ovqatlanish xarajatlarining oʻrni qoplanishi mumkin.
Haq toʻlash va xarajatlarning oʻrnini qoplash taraflar tomonidan, agar ular boshqacha qoida haqida kelishib olmagan boʻlsa, teng ulushlarda amalga oshiriladi.
Mediator mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishni rad etgan taqdirda, u mediatsiya taraflari tomonidan oʻziga toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarib berishi shart.
29-modda. Mediativ kelishuv
Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalari boʻyicha taraflar kelib chiqqan nizo xususida oʻzaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, taraflar oʻrtasida yozma shaklda mediativ kelishuv tuziladi.
Davlat organi yoki boshqa organ tomonidan qaysi shaxsning manfaatlarini koʻzlab daʼvo taqdim etilgan boʻlsa, oʻsha shaxs mazkur davlat organining yoki boshqa organning ishtirokisiz mediativ kelishuv tuzishga haqli.
Mediativ kelishuv uni tuzgan taraflar uchun majburiy kuchga ega boʻlib, ushbu kelishuv unda nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajariladi.
Mediativ kelishuv bajarilmagan taqdirda taraflar oʻz huquqlari himoya qilinishini soʻrab sudga murojaat etishga haqli.
32-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
33-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
34-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.07.00.00 Mediatsiya]
Ushbu Qonun 2019-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-iyul,
OʻRQ-482-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 03/18/482/1447-son; 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son; 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 20.10.2025-y., 03/25/1089/0953-son)