1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2420-5]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 15 noyabrdagi 19-mh-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3333, 18.11.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 1-fevraldagi 29-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2420, 2013-yil 1-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 65-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-iyun,
331-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 25-iyundagi 331-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
“Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini (bundan buyon matnda loyiha deb yuritiladi) tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Mazkur Yoʻriqnoma Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga nisbatan tavsiyaviy tusga ega.”.
“Mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy tusdagi qarorlarni qabul qilishdan oldin loyihani tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlariga (bundan buyon matnda hududiy adliya organlari deb yuritiladi) huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim qilishi shart.
Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati xodimi loyihalarni tegishli hududiy adliya organiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritilishini taʼminlaydi.”.
3. Quyidagi mazmundagi 31 va 32-bandlar bilan toʻldirilsin:
“31. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtirilishi lozim.
32. Huquqiy ekspertiza yakuni boʻyicha hududiy adliya organining ijobiy xulosasi mavjudligi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi.”.
4. 6-banddagi “adliya boshqarmalarida” degan soʻzlar “hududiy adliya organlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“69. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari mazkur Kengashlar sessiyalari oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin hududiy adliya organiga taqdim etiladi.
Hududiy adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmagan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari qarorlarining loyihalari Kengash muhokamalariga kiritilmaydi.”.
9. 70-banddagi “adliya boshqarmasining” va “adliya boshqarmasiga” degan soʻzlar tegishlicha “hududiy adliya organining” va “hududiy adliya organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“84. Ushbu Yoʻriqnomaning 81 va 83-bandlarida koʻrsatilgan xulosalar ikki nusxada tuzilib, hududiy adliya organining masʼul xodimi tomonidan imzolanadi va hududiy adliya organi rahbari yoki uning birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Xulosalarning bir nusxasi mazkur Yoʻriqnomaning 4, 42 va 5-ilovalarida keltirilgan shaklga muvofiq kuzatuv xati bilan tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga yuboriladi.”.
17. 1 — 5-ilovalar mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga ILOVA
“Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 11-ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 21-ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 42-ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 5-ILOVA
”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2018-y., 10/18/2420-5/1390-son)