toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlarni olib oʻtish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qaroriga muvofiq, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining avtoyoʻl (yoʻlovchi), temir yoʻl, aviatsiya va daryo oʻtkazish punktlari orqali tovarlarni olib oʻtish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining avtoyoʻl (yoʻlovchi), temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali bojxona toʻlovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib oʻtishning miqdor normalari 1-ilovaga muvofiq;
Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining aviatsiya oʻtkazish punktlari orqali bojxona toʻlovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib oʻtishning miqdor normalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan Internet axborot tarmogʻini keng jalb etgan holda, aholi oʻrtasida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini muntazam hamda har tomonlama yoritish tavsiya etilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Ushbu qaror 2018-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-iyun,
463-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 463-son qaroriga
1-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining avtoyoʻl (yoʻlovchi), temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali bojxona toʻlovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib oʻtishning miqdor normalari*
Oldingi tahrirga qarang.

Tovarning nomi

Soni

Davriylik

1.

Sovutgich

1 dona

6 kalendar oy

2.

Muzlatgich

1 dona

6 kalendar oy

3.

Konditsioner

1 dona

6 kalendar oy

4.

Kir yuvish mashinasi

1 dona

6 kalendar oy

5.

Chang yutgich

1 dona

6 kalendar oy

6.

Gaz plitasi

1 dona

6 kalendar oy

7.

Elektr plita

1 dona

6 kalendar oy

8.

Televizor

1 dona

6 kalendar oy

9.

Mikrotoʻlqinli pech

1 dona

6 kalendar oy

10.

Duxovkali pech

1 dona

6 kalendar oy

11.

Elektr goʻsht qiymalagich

1 dona

6 kalendar oy

12.

Dazmol

1 dona

6 kalendar oy

13.

Fen

1 dona

6 kalendar oy

14.

Oshxona kombayni

1 dona

6 kalendar oy

15.

Telefon apparati, shu jumladan mobil aloqa moduliga ega boʻlgan mobil telefonlar va qurilmalar

1 dona

6 kalendar oy

16.

Kompyuter texnikasi

1 dona

6 kalendar oy

17.

Printer va koʻp funksiyali ofis qurilmasi

1 dona

6 kalendar oy

18.

Planshet kompyuter

1 dona

6 kalendar oy

19.

Noutbuk

1 dona

6 kalendar oy

20.

Oshxona idishi

1 toʻplam

6 kalendar oy

21.

Boshqa tovarlar**

har bir nomdagi tovardan 2 kg (boʻlinmaydigan tovarlar bundan mustasno), ammo umumiy ogʻirlik

10 kg dan oshmasligi kerak

1 kalendar oy

* Ushbu tovarlar qiymati respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining avtoyoʻl (yoʻlovchi), temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali bojxona toʻlovlari undirilmaydigan tovarlarni olib oʻtishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qarorida belgilangan cheklangan normalarga kiritiladi.
Tovarlarni bojxona toʻlovlari toʻlamasdan olib oʻtishning miqdor normalari jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining oʻtkazish punktidan belgilangan davrda faqat birinchi marta oʻtishida qoʻllaniladi. Chegara xizmatlari organlari tomonidan jismoniy shaxsning bojxona organiga taqdim etiladigan pasportiga qoʻyiladigan belgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan oʻtkazish punktidan oʻtishini aniqlash uchun asos hisoblanadi.
Yuqorida qayd etilgan har qanday tovarni belgilangan norma va/yoki davriylikdan ortiq olib oʻtilganda belgilangan tartibda bojxona toʻlovlari undiriladi.
** Ushbu toifaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qaroriga 1-ilovada belgilangan tovarlar kirmaydi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 463-son qaroriga
2-ILOVA
Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining aviatsiya oʻtkazish punktlari orqali bojxona toʻlovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib oʻtishning miqdor normalari*

T/r

Tovarning nomi

Soni

Davriylik

1.

Telefon apparati, shu jumladan, mobil aloqa moduliga ega boʻlgan mobil telefonlar va qurilmalar

2 dona

chegarani har bir kesib oʻtishda (kelishda)

* Ushbu tovarlar qiymati respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining aviatsiya oʻtkazish punktlari orqali bojxona toʻlovlari undirilmaydigan tovarlarni olib oʻtishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qarorida belgilangan cheklangan normalarga kiritiladi.
Bunda mazkur tovarlar belgilangan normadan ortiq olib oʻtilganda belgilangan tartibda bojxona toʻlovlari undiriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qaroriga asosan kiritilgan — 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2018-y., 09/18/463/1384-son, 17.10.2018-y., 09/18/828/2059-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son)