|
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmlari |
Bajarish muddatlari |
xarajatlar (mln soʻm/ AQSH dollari) |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish sifatini oshirish | ||||||
|
1. |
Qon orqali yuqadigan infeksiyalarni profilaktika qilish sohasida davolash-profilaktika muassasalari faoliyatini reglamentga soluvchi normativ hujjatlarni takomillashtirish |
Ijtimoiy-demografik xususiyatlarni va epidemiologik jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchini hisobga olgan holda, qon orqali yuqadigan infeksiyalar bilan kasallanish boʻyicha epidemik vaziyatni oʻrganish va tahlil qilish. Qon orqali yuqadigan shifoxona ichki infeksiyalari tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish, hamda ilgʻor tajribani hisobga olgan holda ushbu hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining idoraviy hujjatlarini belgilangan tartibda qabul qilish. Shifoxona ichki infeksiyalari tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va talablarini tibbiyot xodimlari maʼlumotiga yetkazish. |
2018-yil |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi |
|
2. |
Sogʻliqni saqlashning boshlangʻich boʻgʻinida davlat-xususiy sheriklik asosida tibbiy asbob-uskunalarni sterilizatsiya qilish va tibbiy chiqindilarni utilizatsiya qilish boʻyicha tajriba loyihalarini tatbiq qilish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2018-yil |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi,Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
3. |
OIV-infeksiyasini oldini olish va davolash uchun retrovirusga qarshi preparatlarni mamlakatimizda ishlab chiqishni tashkil etish maqsadga muvofiqligi masalasini ishlab chiqish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumotnoma kiritish |
2018-yil |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi |
|
4. |
Davolash-profilaktika muassasalari, shu jumladan sterilizatsiya qilish boʻlimlari va operatsiya bloklarining suv, gaz va elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlanganligi holatini oʻrganish. |
Har bir hudud kesimida tegishli takliflar tayyorlash va ularni davlat rivojlanish dasturlariga kiritish. |
2018-yil |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,“Oʻzbekenergo” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
5. |
Jazoni ijro etish muassasalarida, shuningdek, ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida OIV-infeksiyasi va shifoxona ichki infeksiyalari tarqalishini epidemiologik nazorat qilish va tekshirish tizimini takomillashtirish. |
Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil |
- |
- |
IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
II. OIVni yuqtirib olgan bemorlarni statsionar sharoitlarida davolash sifatini yaxshilash | ||||||
|
6. |
OIVni yuqtirib olgan shaxslarning boshqa kasalliklarini hududlardagi infeksion statsionarlar va boʻlimlar negizida davolash uchun ixtisoslashtirilgan koykalarni tashkil etish. |
Ixtisoslashtirilgan koykalarni tashkil etish. OIVni yuqtirib olgan shaxslarni OITSga qarshi kurashish Respublika markazi huzuridagi klinikada va infeksion statsionarlarda davolash mezonlarini ishlab chiqish. OIVni yuqtirib olgan shaxslarning boshqa kasalliklarini davolash uchun medikamentlar, diagnostikumlar va tibbiyot asbob-uskunalariga boʻlgan talab-ehtiyojni aniqlash. |
2018-yil |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
7. |
OITSga qarshi kurashish Respublika markazining, Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining hamda boshqa ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining yuqori malakali mutaxassislarini infeksion statsionarlarga biriktirib qoʻyish yoʻli bilan OIVni yuqtirib olgan bemorlarni davolash sifatini oshirish. OIVni yuqtirib olgan shaxslarni davolash bilan shugʻullanuvchi tibbiyot xodimlarini Vrachlar malakasini oshirish instituti, Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti, OITSga qarshi kurashish boʻyicha Respublika markazi hamda boshqa ilmiy-amaliy markazlar negizida oʻqitish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
8. |
OIV-infeksiyasini yuqtirib olgan onadan tugʻilgan olti oygacha boʻlgan goʻdaklarni quruq sut aralashmasi bilan taʼminlash. |
Quruq sut aralashmalarini xarid qilish va tarqatish. |
2019-yil 2020-yil 2021-yil 2022-yil |
1752soʻm 1752soʻm 1752 soʻm 1752soʻm |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi,Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari. |
|
9. |
Birgalikda uchraydigan virusli, bakterial, zamburugʻli etiologiya infeksiyalarini profilaktika qilish va davolash. |
Birgalikda uchraydigan infeksiyalarni profilaktika qilish va davolash uchun preparatlarni davolash protokollariga muvofiq xarid qilish. OIV-infeksiyasi bilan yashayotgan shaxslarning hayotini uzaytirish va sifatini yaxshilash, oʻlim darajasini pasaytirish. |
2019-yil 2020-yil 2021-yil 2022-yil |
828 soʻm |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Saraton kasalligiga qarshi kurash jamiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
10. |
OIV-infeksiyasini profilaktika qilish va davolash uchun retrovirusga qarshi preparatlar bilan uzluksiz taʼminlash. |
Davolash-profilaktika tadbirlarini davolash protokollariga muvofiq oʻtkazish. OIV-infeksiyasi bilan yashayotgan muhtoj shaxslarni retrovirusga qarshi terapiya bilan qamrab olish. |
2019-yil 2020-yil 2021-yil 2022-yil |
2,661/2,58 AQSH dollari 3,338/2,13 AQSH dollari 6,137/1,1 AQSH dollari 8,535 AQSH dollari |
Davlat budjeti/ OITSga, bezgakka va sil kasalligigaqarshi kurashish Global jamgʻarmasi mablagʻlari, Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
|
11. |
Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalar bilan zararlanish xavfi yuqori boʻlgan va OIV-infeksiyasini yuqtirgan shaxslar oʻrtasida profilaktika tadbirlarini oʻtkazish va sindrom davolashni amalga oshirish maqsadida 15 ta “Doʻstona kabinetlar” uzluksiz ishlab turishini taʼminlash va ularga psixologik yordam koʻrsatish. |
Zarur tibbiyot preparatlari va buyumlari bilan taʼminlash |
2019-yil 2020-yil 2021-yil 2022-yil |
130,6 soʻm 142 soʻm 153,8 soʻm 165,6 soʻm |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
III. Davolash-profilaktika muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash | ||||||
|
12. |
Respublika OITSga qarshi kurashish markazi huzuridagi ixtisoslashtirilgan infeksion shifoxona hududida 40 koykali qoʻshimcha binoni qurish va uni zarur tibbiyot uskunalari bilan jihozlash; Respublika OITSga qarshi kurashish markazi huzuridagi klinika hududida reanimatsiya, diagnostika boʻlimlari va markaziy omborxonani qurish; Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Xorazm viloyatlarida OITSga qarshi kurashish markazlari uchun binolar qurish; Respublika OITSga qarshi kurashish markazining binolarini rekonstruksiya qilib, mukammal taʼmirlash; Andijon viloyatining Buloqboshi, Qoʻrgʻontepa va Shahrixon tumanlarida, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida, Toshkent viloyatining Bekobod va Angren shaharlari, Oqqoʻrgʻon, Chinoz, Yangiyoʻl, Oʻrtachirchiq tumanlarida binolarni rekonstruksiya qilib mukammal taʼmirlash, OIV-infeksiyasini diagnostika qilish boʻyicha tumanlararo laboratoriyalar uchun alohida xonalar ajratish orqali aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish uchun zarur sharoitlarni yaratish va uning sifatini oshirish. |
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash. Rekonstruksiya va qurilish ishlarini amalga oshirish. Tibbiyot uskunalarini xarid qilish va ular bilan jihozlash. |
2021-yil 2020-yil 2020 — 2022-yillar 2020 — 2022-yillar 2020 — 2022-yillar |
7000 soʻm 5500 soʻm 16400 soʻm 1000 soʻm 4000 soʻm |
Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasi |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
13. |
Laboratoriyalarni 3-4-avlodga mansub test-sistemalar bilan taʼminlash. |
Talab-ehtiyojni aniqlash, moliyalashtirishga buyurtmanoma tayyorlash. Test-sistemalarni xarid qilish va taqsimlash. Aholini OIV-infeksiyasi sinov tekshirishlariga qamrab olishni oshirish. |
2019-yil 2020-yil 2021-yil 2022-yil |
8 000 soʻm 8 000 soʻm 8 000 soʻm 8 000 soʻm |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi,Moliya vazirligi, |
|
14. |
Laboratoriyalarni OIV-infeksiyasi diagnostikasi uchun immunoblotlar bilan hamdaOIV-infeksiyasini davolashni monitoring qilish uchun reagentlar (SD 4, PSR) bilan taʼminlash. |
Moliyalashtirish ehtiyojlarini aniqlash, unga buyurtmanomalar tayyorlash. Test-sistemalar, reagentlar xarid qilish va taqsimlash. Diagnostika sifatini oshirish. OIV-infeksiyasini davolash samaradorligini monitoring qilish. |
2019-yil 2020-yil 2021-yil 2022-yil |
0,726/0,37 AQSH dollari 0,795/0,39 AQSH dollari 0,884/0,39 AQSH dollari 1,363AQSH dollari |
Davlat budjeti/ OITSga, bezgakka va sil kasalligigaqarshi kurashish Global jamgʻarmasi mablagʻlari, Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
|
15. |
OITSga qarshi kurashish boʻyicha markazlarning avtomobil parkini yangilash. |
Buyurtmanoma tayyorlash va avtotransport xarid qilish. |
2019-yil |
1 705 soʻm |
OITSga qarshi kurashish boʻyicha markazlarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi,“Oʻzavtosanoat” AJ |
|
IV. Tibbiyot muassasalarining kadrlar va ilmiy salohiyatini mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish | ||||||
|
16. |
OIV-infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolash boʻyicha tibbiyot xodimlari malakasini oshirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
17. |
OIV-infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolash sohasida ilmiy-tadqiqotlarning dolzarb yoʻnalishlari roʻyxatini ishlash chiqish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi,Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
18. |
Xalqaro va xorijiy turdosh ilmiy-amaliy markazlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, mazkur yoʻnalishda tajriba almashishni tashkillashtirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019 — 2022-yillar |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, TIV |
|
V. Aholi, ayniqsa yoshlar orasida OIV-infeksiyasini profilaktika qilish boʻyicha axborot-maʼrifiy ishlarni kengaytirish | ||||||
|
19. |
Aholi orasida OIV-infeksiyasini profilaktika qilish, OIV-infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarga psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha keng tushuntirish ishlarini oʻtkazish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlariga grantlar ajratish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari |
Jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi |
|
20. |
OIV-infeksiyasi yuqish xavfi yuqori boʻlgan guruhlar orasida profilaktika tadbirlarini oʻtkazish maqsadida “Ishonch kabinetlari”ning uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlash. |
“Ishonch kabinetlari”ning faoliyat yuritishi uchun alohida shtat birlik-larini ajratgan holda ularni tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining, OITSga qarshi kurashish markazlari-ning tuzilmasiga kiritish. Zarur tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash. Aholining muhtoj guruhlarini OIV-infeksiyasi test tekshirishlariga qamrab olishni kengaytirish. Xavf-xatar guruhlari orasida OIV-infeksiyasini barvaqt aniqlash va OIV-infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori boʻlgan guruhlar orasida OIV-infeksiyasi tarqalishining oldini olish. |
2019-yil |
3 900 soʻm/ 3 900 soʻm/ 3 900 soʻm/ 12 900 soʻm |
Davlat budjeti/ OITSga, bezgakka va sil kasalligigaqarshi kurashish Global jamgʻarmasi mablagʻlari, Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi,Moliya vazirligi |
|
21. |
Milliy qadriyatlar va anʼanalarni inobatga olgan holda aholi, ayniqsa yoshlar orasida OIV-infeksiyasining profilaktikasiga bagʻishlangan hujjatli filmlar namoyish etish, teatr tomoshalarini tashkil qilish. |
OIV-infeksiyasining profilaktikasiga bagʻishlagan teatr tomoshalari, hujjatli filmlar ssenariylarini ishlab chiqish. Turli telekanallarda hujjatli filmlarni muntazam suratda namoyish etish va teatrlarda spektakllar koʻrsatish |
2018-yil noyabr-dekabr |
- |
- |
“Oʻzbekkino” MA, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, MTRK, Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
22. |
OIV-infeksiyasi profilaktikasiga bagʻishlangan koʻrgazmali plakatlar va bukletlarni tayyorlash |
Tibbiyot muassasalari hamda boshqa muassasalarda koʻrgazmali plakatlar va bukletlarni tarqatish. |
2018-yil |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
23. |
OIV-infeksiyasi profilaktikasiga bagʻishlangan ijtimoiy videoroliklarni ishlab chiqish. |
4 yoʻnalish: diagnostika, profilaktika, davolash va psixologik ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ijtimoiy videoroliklar ssenariylarini ishlab chiqish. Ijtimoiy videoroliklarni suratga olish hamda ularning milliy va hududiy telekanallarda koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish. |
2018-yil |
- |
- |
“Oʻzbekkino” MA, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, MTRK, Madaniyat vazirligi |
|
24. |
Ommabop milliy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali OIV-infeksiyasining profilaktikasi boʻyicha aholi bilan muloqot oʻrnatish va axborot tarqatish. |
Axborot tayyorlash hamda uni ommabop milliy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish. Aholidan kelib tushadigan savollarga ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot darchasi yoʻli bilan javob qaytargan holda, OIV-infeksiyasining profilaktikasi chora-tadbirlarini yoritish |
2018-yil |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
|
||||
|
Chora-tadbirlar kompleksida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sarflanadigan yakuniy xarajatlar: 103,222 mlrd soʻm va 34,879 mln AQSH dollari |
||||
|
shulardan: |
mlrd soʻm |
mln AQSH doll. | ||
|
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
— |
67,617 |
— |
24,439 |
|
Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari |
— |
33,9 |
— |
— |
|
OITSga, bezgakka va sil kasalligigaqarshi kurashish Global jamgʻarmasi mablagʻlari |
— |
— |
— |
10,44 |
|
OITSga qarshi kurashish markazlarining budjetdan tashqari mablagʻlari |
— |
1,705 |
— |
|