OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Fuqarolarning yuridik yordam olishga boʻlgan konstitutsion huquqlarini taʼminlash maqsadida yakka tartibdagi amaliyot bilan shugʻullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy birlashishi sifatida advokatlar kollegiyasi faoliyatining xususiyatlarini hisobga olib, shuningdek, advokatlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika fuqarolarining pensiya taʼminoti toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi
Qonuni qabul qilingunga qadar vaqtincha, 1992-yil 1-yanvardan boshlab advokatlar kollegiyasi Oʻzbekiston Respublikasining advokaturasi toʻgʻrisidagi Nizomning 31-moddasida nazarda tutilgan kollegiyaning umumiy ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan summa advokatlardan ushlab qolinganidan keyin ularning ish haqi (daromadlari)dan 7 foiz miqdorida davlat ijtimoiy taʼminoti va sugʻurtasiga badal toʻlashi belgilansin.
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston respublika Pensiya fondi boʻlimi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda mazkur qarorning
1-bandiga muvofiq korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlaridan davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badal undirish va uni hisobga olishning amaldagi tartibiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuklatilsin.