1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish hamda Toshkent arxitektura-qurilish institutining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 8-maydagi PQ-3702-sonli qaroriga muvofiq hamda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent arxitektura-qurilish institutining moddiy-texnika bazalarini mustahkamlashni taʼminlash maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 8-maydagi PQ-3702-sonli qaroriga muvofiq Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tarkibidan chiqarildi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
2. Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tarkibiga topshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent shahri hokimligi va “Oʻzbekoʻquvavtomatika” MCHJning:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
a) tegishli hududi bilan birgalikda, avval Toshkent arxitektura-qurilish institutiga topshirilgan, Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv-4 massivi, 11 manzili boʻyicha joylashgan bino va inshootlarni tezkor boshqaruv huquqi bilan Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutiga;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
b) tegishli hududi bilan birgalikda, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar koʻchasi, 9-uy manzili boʻyicha joylashgan Toshkent Telekommunikatsiya texnologiyalari kasb-hunar kolleji bino va inshootlarini;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
tegishli hududi bilan birgalikda, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar koʻchasi, 9a-uy manzili boʻyicha joylashgan “O`zbeko`quvavtomatika” MCHJ binolarini tezkor boshqarish huquqi bilan Toshkent arxitektura-qurilish institutiga;
Belgilansinki, Toshkent Telekommunikatsiya texnologiyalari kasb-hunar kolleji oʻquvchilari Toshkent arxitektura-qurilish institutiga topshirilgan binoda oʻqishlarini taʼlim toʻliq tugallangunga qadar davom ettiradilar;
v) Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Navnihol koʻchasi, 7-uy manzili boʻyicha joylashgan Toshkent arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlarini “O`zbeko`quvavtomatika” MCHJga mulk huquqi bilan topshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Bunda, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar koʻchasi, 9a-uy manzili boʻyicha joylashgan bino va inshootlarni “O`zbeko`quvavtomatika” MCHJga topshirishdan oldin naveslar va boshqa qurilmalarni demontaj qilish va olib chiqib ketish huquqi beriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan bino va inshootlarni topshirish-qabul qilish, shuningdek, ulardan keyinchalik samarali foydalanishni taʼminlasin.
5. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
a) Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv-4 massivi, 11-uy manzili boʻyicha joylashgan Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining “Toshkentsuvqurilishinvest” davlat muassasasi — buyurtmachi etib;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
“Oʻzagrosanoatloyiha” MCHJ — bosh loyiha tashkiloti etib;
bosh pudratchi tashkilot — belgilangan tartibdagi savdo tanlovlari natijalari boʻyicha;
b) Toshkent arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish boʻyicha:
Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
“Tashgiprogor” AJ — bosh loyiha tashkiloti etib;
bosh pudratchi tashkilot — belgilangan tartibdagi savdo tanlovlari natijalari boʻyicha belgilansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi:
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutiga — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida;
Toshkent arxitektura-qurilish institutiga — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida 2018-yilda binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish va qurish uchun kapital qoʻyilmalar limitlarini ajratsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi 2019-yil uchun Rivojlantirish davlat dasturini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish uchun tegishli kapital qoʻyilmalarni nazarda tutsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 07/18/3789/1373-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)