toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish hamda Toshkent arxitektura-qurilish institutining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-maydagi PQ-3702-sonli qaroriga muvofiq hamda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent arxitektura-qurilish institutining moddiy-texnika bazalarini mustahkamlashni ta’minlash maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-maydagi PQ-3702-sonli qaroriga muvofiq Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tarkibidan chiqarildi.
2. Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tarkibiga topshirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent shahri hokimligi va “O‘zbeko‘quvavtomatika” MCHJning:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
a) tegishli hududi bilan birgalikda, avval Toshkent arxitektura-qurilish institutiga topshirilgan, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-4 massivi, 11 manzili bo‘yicha joylashgan bino va inshootlarni tezkor boshqaruv huquqi bilan Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutiga;
b) tegishli hududi bilan birgalikda, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 9-uy manzili bo‘yicha joylashgan Toshkent Telekommunikatsiya texnologiyalari kasb-hunar kolleji bino va inshootlarini;
tegishli hududi bilan birgalikda, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 9a-uy manzili bo‘yicha joylashgan “O`zbeko`quvavtomatika” MCHJ binolarini tezkor boshqarish huquqi bilan Toshkent arxitektura-qurilish institutiga;
Belgilansinki, Toshkent Telekommunikatsiya texnologiyalari kasb-hunar kolleji o‘quvchilari Toshkent arxitektura-qurilish institutiga topshirilgan binoda o‘qishlarini ta’lim to‘liq tugallangunga qadar davom ettiradilar;
v) Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Navnihol ko‘chasi, 7-uy manzili bo‘yicha joylashgan Toshkent arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlarini “O`zbeko`quvavtomatika” MCHJga mulk huquqi bilan topshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 9a-uy manzili bo‘yicha joylashgan bino va inshootlarni “O`zbeko`quvavtomatika” MCHJga topshirishdan oldin naveslar va boshqa qurilmalarni demontaj qilish va olib chiqib ketish huquqi beriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan bino va inshootlarni topshirish-qabul qilish, shuningdek, ulardan keyinchalik samarali foydalanishni ta’minlasin.
5. Quyidagilar:
a) Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-4 massivi, 11-uy manzili bo‘yicha joylashgan Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish bo‘yicha:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining “Toshkentsuvqurilishinvest” davlat muassasasi — buyurtmachi etib;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
“O‘zagrosanoatloyiha” MCHJ — bosh loyiha tashkiloti etib;
bosh pudratchi tashkilot — belgilangan tartibdagi savdo tanlovlari natijalari bo‘yicha;
b) Toshkent arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish bo‘yicha:
Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
“Tashgiprogor” AJ — bosh loyiha tashkiloti etib;
bosh pudratchi tashkilot — belgilangan tartibdagi savdo tanlovlari natijalari bo‘yicha belgilansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi:
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutiga — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida;
Toshkent arxitektura-qurilish institutiga — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida 2018-yilda binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish va qurish uchun kapital qo‘yilmalar limitlarini ajratsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi 2019-yil uchun Rivojlantirish davlat dasturini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish uchun tegishli kapital qo‘yilmalarni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-iyun,
PQ-3789-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 07/18/3789/1373-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)