

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;19.06.2024
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3784686" id="onLBC-3784686">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7310"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim;</span></div><div id="LBC21105"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash;</span></div><div id="LBC7311"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.71.00 (Кучини йукотган) Oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi (litseylar, kolledjlar)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3784686" id="onLS-3784686">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3784762" id="-3784762">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3784763" id="-3784763">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3784765" id="-3784765">Akademik litseylarga umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3784766" id="-3784766"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6977149" id="-6977149"><em>Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyundagi 320-sonli “</em>Oʻquvchilarni akademik litseylarga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida<em>”gi </em><a href="/mact/-6973011?ONDATE=19.06.2024 00#-6975124">qaroriga</a><em> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784770" id="-3784770">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3290-son <a href="/mact/-3357535">qarori</a> ijrosini taʼminlash, shuningdek, akademik litseylarga umumiy oʻrta taʼlim maktablarining iqtidorli oʻquvchilarini tanlab olishning samarali mexanizmini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784771" id="-3784771">1. Akademik litseylarga umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/mact/-3784686#-3784784">1-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784772" id="-3784772">2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining <a href="/mact/-3784686#-3785308">2-ilovaga </a>muvofiq ayrim qarorlari 2018-yil 1-iyundan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784775" id="-3784775">3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784776" id="-3784776">4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3784778" id="-3784778">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3784779" id="-3784779">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3784781" id="-3784781">2018-yil 23-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3784782" id="-3784782">212-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3784784" id="-3784784"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3784787" id="-3784787">Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 212-son <a href="/mact/-3784686">qaroriga <br /></a>1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3784789" id="-3784789">Akademik litseylarga umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3784792" id="-3784792"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3784793" id="-3784793"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3784796" id="-3784796">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784798" id="-3784798">1. Ushbu Nizom akademik litseylarga umumiy oʻrta taʼlim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini (keyingi oʻrinlarda oʻquvchilar deb ataladi) tanlab olish, oʻqishga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784799" id="-3784799">2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Madaniyat vazirligi tizimidagi akademik litseylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784802" id="-3784802">3. Akademik litseylarga oʻquvchilarni tanlab olish ilovadagi <a href="/mact/-3784686#-3785283">1-sxemaga </a>muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda belgilagan tartib asosida quyidagi bosqichlarda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784804" id="-3784804">oʻquvchilarning psixologik-pedagogik jihatdan rivojlanishiga tashxis qoʻyish (dastlabki tanlov);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784805" id="-3784805">oʻquvchilarni akademik litseylarga qabul qilish boʻyicha saralash imtihonlari (test sinovlari yoki ijodiy imtihonlar) orqali amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784806" id="-3784806">4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan dastlabki tanlov har yili 10-iyunga qadar umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash, ularni akademik litseylarga tanlab olish maqsadida ular oʻrtasida psixologik-pedagogik tashxis qoʻyish usullaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784808" id="-3784808">5. Dastlabki tanlovdan oʻtgan oʻquvchilarni akademik litseylarga oʻqishga qabul qilish uchun saralash imtihonlari tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784809" id="-3784809">6. Akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilish kvotasi har bir akademik litseyning imkoniyatlarini hisobga olgan holda hamda tizimida akademik litseylar mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralarning takliflari asosida har yili 15-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784811" id="-3784811">7. Har bir akademik litseyda oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha akademik litsey direktori raisligida Maslahat kengashi tashkil etiladi. Maslahat kengashining tarkibi, uning vakolatlari, huquq va majburiyatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3784812" id="-3784812">2-bob. Hujjatlarni qabul qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784814" id="-3784814">8. Dastlabki tanlovdan oʻtgan oʻquvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslarning saralash imtihonlariga qatnashish haqidagi arizalari Maslahat kengashi tomonidan har yili 20-iyundan 30-iyunga qadar qabul qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784815" id="-3784815">9. Oʻquvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslar Maslahat kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784817" id="-3784817">taʼlim yoʻnalishi, oʻquv tili, shakli koʻrsatilgan ariza (chet tilidan saralash imtihoni topshirish belgilangan yoʻnalishlarda arizada qaysi chet tilidan saralash imtihoni topshirish hamda saralash imtihonni oʻtkazish qoidalari bilan tanishganligi koʻrsatiladi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784819" id="-3784819">shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport) nusxasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784821" id="-3784821">3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 6 ta rangli fotosurat (fotosuratning orqa tomoniga oʻquvchi oʻqigan maktab direktori oʻquvchining shaxsini tasdiqlab imzo qoʻyadi va maktabning muhri bilan tasdiqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784822" id="-3784822">Tanlovdan tashqari oʻqishga imtiyozli kirish huquqiga ega boʻlgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar gʻoliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784824" id="-3784824">Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda Maslahat kengashi oʻquvchining hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784825" id="-3784825">10. Hujjatlar qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan soʻng hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3784841" id="-3784841">3-bob. Oʻquvchilarni akademik litseylarga oʻqishga qabul qilish boʻyicha saralash imtihonlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784843" id="-3784843">11. Oʻquvchilarni akademik litseylarga oʻqishga qabul qilish boʻyicha saralash imtihonlari har yili 10-iyuldan 25-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784844" id="-3784844">12. Saralash imtihonlarini oʻtkazish muddatlari va tegishli yoʻnalishlar boʻyicha saralash imtihonlari topshiriladigan fanlar roʻyxati va fanlar boʻyicha saralash imtihoni shakli ular oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin oʻquvchilarga ular taʼlim olgan maktablar orqali xabar qilinadi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinadi va akademik litseyning eʼlonlar taxtasiga ilib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784847" id="-3784847">13. Saralash imtihonlari shakliga koʻra ijodiy imtihonlar yoki test sinovlari tarzida tashkil etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784867" id="-3784867">Ixtisoslikning xususiyatidan kelib chiqib ayrim taʼlim yoʻnalishlarida 3 ta umumtaʼlim fanidan koʻp boʻlmagan fanlardan ijodiy imtihonlar oʻtkaziladi. Ijodiy imtihonlar ogʻzaki, yozma ish, insho, bayon, diktant shaklida boʻlishi mumkin. Ijodiy imtihonlar har bir fan boʻyicha Maslahat kengashi tavsiyasiga asosan oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadigan har biri kamida 5 — 7 nafar aʼzodan iborat Imtihon komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784868" id="-3784868">Akademik litseyning ayrim taʼlim yoʻnalishlari xususiyatlaridan kelib chiqib 3 ta umumtaʼlim fanidan test sinovlari oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784869" id="-3784869">14. Saralash imtihonlarini oʻtkazish, rasmiylashtirish va natijalarini eʼlon qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784870" id="-3784870">15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, tegishli oliy taʼlim muassasasi rektori akademik litseylarga kirish uchun sinovlar katta sigʻimdagi binolarda oʻtkazilishi, test jarayonining eng koʻp darajada ochiqligi va shaffofligini taʼminlab, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, oʻquvchilarning ota-onalari sinovlarni onlayn rejimida kuzatib borishlariga imkoniyat yaratilishini taʼminlaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784871" id="-3784871">16. Saralash imtihonlarining natijalari test sinovlari yoki ijodiy imtihonlar oʻtkazilgan kunning ertasiga tegishliligi boʻyicha oliy taʼlim muassasasi yoki akademik litseyning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3784872" id="-3784872">4-bob. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblarini akademik litseylarga oʻqishga qabul qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784873" id="-3784873">17. Xalqaro olimpiadalar, tanlovlar, musobaqalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan fan olimpiadalari III bosqichida 1 — 5-oʻrinlarni egallagan 9-sinf oʻquvchilar saralash imtihonidan ozod etiladi va akademik litseylarning taalluqli taʼlim yoʻnalishiga belgilangan qabul kvotasidan tashqari qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784875" id="-3784875">18. Vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan tanlov va musobaqalarning respublika bosqichida 1 — 3-oʻrinlarni egallagan 9-sinf oʻquvchilari ushbu vazirliklar va idoralar tizimidagi akademik litseylarga oʻtkaziladigan saralash imtihonlaridan ozod qilinadi va tegishli akademik litseylarning taalluqli taʼlim yoʻnalishiga belgilangan qabul kvotasidan tashqari qabul qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3784877" id="-3784877">5-bob. Oʻquvchilarni akademik litseylarga oʻqishga qabul qilishni rasmiylashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784878" id="-3784878">19. Akademik litseylarga oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar roʻyxati saralash imtihonlari natijalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan qabul kvotasiga muvofiq shakllantiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784881" id="-3784881">20. Akademik litseyga oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilarning 9-sinfni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatning asl nusxasini taqdim etish uchun akademik litsey tomonidan oʻquvchi tahsil olgan umumiy oʻrta taʼlim maktablariga soʻrov yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784882" id="-3784882">21. Akademik litseyga oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilarni akademik litseyga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida akademik litsey direktorining tegishli buyrugʻi har yili 30-iyulga qadar rasmiylashtiriladi va buyruq nusxasi uch kun muddatda tegishli oliy taʼlim muassasasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3784884" id="-3784884">6-bob. Akademik litsey oʻquvchilarining oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784887" id="-3784887">22. Oʻquvchilar oʻqishini bir akademik litseydan boshqasiga koʻchirish boʻyicha arizalar yozgi taʼtil davrida 20-iyundan 20-iyulgacha qabul qilinadi hamda 2-ilovadagi <a href="/mact/-3784686#-3785291">sxemaga</a> muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784888" id="-3784888">23. Oʻquvchilar oʻqishini bir taʼlim muassasasi doirasida taʼlimning turdosh va mos yoʻnalishlari boʻyicha koʻchirish akademik litsey direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784889" id="-3784889">24. Oʻquvchilar oʻqishini turdosh va mos yoʻnalishlar boʻyicha bir taʼlim muassasasidan boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining ruxsati bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784891" id="-3784891">25. Oʻquvchilar oʻqishini bir akademik litseydan boshqasiga koʻchirishda oʻquvchi taʼlim olayotgan akademik litseyga oʻquvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslar quyidagi hujjatlar yigʻma jildini taqdim etadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784893" id="-3784893">a) oʻquvchining ota-onasidan birining yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslarning yozma arizasi, oʻquvchi voyaga yetgan boʻlsa, oʻzining arizasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784894" id="-3784894">b) taʼlim muassasasining nomi, taʼlim yoʻnalishi, kurs, guruh koʻrsatilgan holda reyting daftarchasining nusxasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784895" id="-3784895">v) oʻquvchining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma hamda ota-onasi (yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning doimiy yashash joyi koʻrsatilgan pasporti nusxasi, pasport olgan oʻquvchining pasporti nusxasi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784898" id="-3784898">26. Oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi oʻquvchining hujjatlar yigʻma jildi bir hafta muddatda akademik litsey direktori tomonidan oliy taʼlim muassasasining yoʻllanma xati asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784900" id="-3784900">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan har yili 1-avgustga qadar hujjatlar yigʻma jildi qabul qilinadi hamda 15-avgustga qadar arizalar koʻrib chiqilib, natijalari haqida tegishli oliy taʼlim muassasasiga yozma xabar beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784902" id="-3784902">27. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan olingan yozma xabar asosida oliy taʼlim muassasasi ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784903" id="-3784903">28. Oʻqishni koʻchirishga ruxsat berilgan oʻquvchini qabul qiluvchi akademik litsey direktori 3 kun muddatda oʻquvchini oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784905" id="-3784905">29. Oʻquvchini qabul qiluvchi akademik litsey direktori oʻquvchi ilgari oʻqigan akademik litsey direktoriga oʻquvchining shaxsiy hujjatlarini yuborish haqida soʻrovnoma yuboradi. Soʻrovnomani olgan akademik litsey direktori oʻquvchini oʻquvchilar safidan chiqarish haqida buyruq chiqaradi va uch kun muddatda oʻquvchining shaxsiy hujjatlarini oʻqishga qabul qilgan taʼlim muassasasiga joʻnatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784910" id="-3784910">30. Akademik litsey oʻquvchilari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784912" id="-3784912">a) oʻqishi boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilishi munosabati bilan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784913" id="-3784913">b) doimiy yashash uchun boshqa hududga yoki mamlakatga chiqib ketganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784916" id="-3784916">v) sudning qarori bilan ozodlikdan mahrum etilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784917" id="-3784917">g) oʻquvchining, uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning tashabbuslariga koʻra oʻz arizasiga muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784919" id="-3784919">d) oʻquvchi tomonidan oʻquv dasturi va oʻquv rejasi talablari bajarilmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784921" id="-3784921">e) vafot etganligi sababli oʻqishdan chetlatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784923" id="-3784923">31. Oʻquvchilar 30-bandning “<a href="/mact/-3784686#-3784912">a</a>”, “<a href="/mact/-3784686#-3784913">b</a>”, “<a href="/mact/-3784686#-3784916">v</a>”, “<a href="/mact/-3784686#-3784917">g</a>” va “<a href="/mact/-3784686#-3784921">e</a>” kichik bandlari boʻyicha oʻquv yili davomida, “<a href="/mact/-3784686#-3784919">d</a>” kichik bandiga asosan esa akademik litsey pedagogik kengashining qaroriga muvofiq oʻquv semestri tamom boʻlganidan soʻng 3-ilovadagi <a href="/mact/-3784686#-3785301">sxemaga</a> muvofiq oʻqishdan chetlatilishi mumkin. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6596833" id="-6596833"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6596837" id="-6596837">Oʻqishdan chetlatilgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar akademik litsey direktori tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bir hafta muddatda tegishli tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalariga taqdim etiladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6596840" id="-6596840">(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli <a href="/mact/-6591662?ONDATE=04.09.2023 00#-6594207">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784925" id="-3784925">32. Oʻquvchilarni oʻqishdan chetlatishda hujjatlarning ishonchliligi va toʻgʻri rasmiylashtirilganligi uchun masʼuliyat akademik litsey direktoriga yuklanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3784929" id="-3784929">7-bob. Akademik litseylar bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishi darajasiga muvofiq taʼlim muassasalari rahbarlari va pedagog xodimlariga nisbatan choralar koʻrish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784931" id="-3784931">33. Akademik litseylar bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishi koʻrsatkichlariga muvofiq tizimida akademik litseylar mavjud boʻlgan tegishli oliy taʼlim muassasalarining rektorlari, akademik litseylar bilan ishlash boʻyicha tegishli prorektorlar hamda akademik litseylarning direktorlari, masʼul xodimlari va professor-oʻqituvchilariga nisbatan ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazo choralari ish beruvchi tomonidan qoʻllaniladi. Bunda: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784932" id="-3784932">1) akademik litsey bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish darajasi 80 foizdan ortiq boʻlganda tegishli oliy taʼlim muassasalari rektorlari, akademik litseylar bilan ishlash boʻyicha tegishli prorektorlar, akademik litseylar direktorlari, oʻquvchilari yuqori natija koʻrsatgan yoʻnalishda dars mashgʻulotlarini tashkil etgan barcha professor-oʻqituvchilarga keyingi oʻquv yilining 1-yanvaridan boshlab oʻquv yili yakuniga qadar ularning ish haqiga qoʻshimcha ravishda 50 foiz miqdorida ustama haq oliy taʼlim muassasalarining oshirilgan toʻlov-kontrakt tushumlari hisobiga amalga oshiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784935" id="-3784935">2) akademik litsey bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish darajasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784958" id="-3784958">70 foizdan 80 foizgacha boʻlganda bir oylik lavozim maoshining 15 foizi miqdorida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784968" id="-3784968">60 foizdan 70 foizgacha boʻlganda bir oylik lavozim maoshining 20 foizi miqdorida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784969" id="-3784969">50 foizdan 60 foizgacha boʻlganda bir oylik lavozim maoshining 25 foizi miqdorida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784970" id="-3784970">50 foizgacha boʻlganda bir oylik lavozim maoshining 30 foizi miqdorida bir martalik jarima qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3784996" id="-3784996">34. 33-bandning <a href="/mact/-3784686#-3784935">2-kichik bandida </a>belgilangan intizomiy jarimalar 2018/2019 oʻquv yili yakunidan boshlab akademik litsey bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi darajasiga muvofiq tegishli oliy taʼlim muassasalari rektorlari, akademik litseylar bilan ishlash boʻyicha tegishli prorektorlar hamda akademik litseylarning direktorlari, oʻquvchilari oʻqishga kirmagan yoʻnalishda dars mashgʻulotlarini tashkil etgan barcha professor-oʻqituvchilariga (xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar bundan mustasno) nisbatan qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3785001" id="-3785001">35. 2017/2018 oʻquv yili yakunida akademik litsey bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi darajasi 50 foizdan past boʻlganda tegishli oliy taʼlim muassasalari rektorlari, akademik litseylar bilan ishlash boʻyicha tegishli prorektorlar hamda akademik litseylarning direktorlari, oʻquvchilari oʻqishga kirmagan yoʻnalishda dars mashgʻulotlarini tashkil etgan barcha professor-oʻqituvchilariga (xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar bundan mustasno) nisbatan bir oylik lavozim maoshining 15 foizi miqdorida bir martalik jarima qoʻllaniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3785002" id="-3785002">36. Akademik litsey bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi darajasiga muvofiq intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan rahbar xodimlarga keyingi oʻquv yili davomida ish haqiga ustama belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3785004" id="-3785004">37. Intizomiy jazo oʻquvchilarning akademik litseyga qabul qilinishidan to uni bitirib ketgunga qadar boʻlgan davrdagi oʻqish jarayonining saviyasidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasalarining rektorlari, akademik litseylar bilan ishlash boʻyicha tegishli prorektorlar hamda akademik litseylarning direktorlari va professor-oʻqituvchilarining ish faoliyatiga alohida baho berilgan holda qoʻllaniladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3785007" id="-3785007">8-bob. Yakunlovchi qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3785008" id="-3785008">38. Saralash imtihoni natijalaridan norozi boʻlgan oʻquvchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish uchun tizimida akademik litseylar mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalarida Apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3785010" id="-3785010">39. Oʻquvchilarni akademik litseylarga tanlab olish jarayonlaridan yoki oliy taʼlim muassasasining intizomiy jazo qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3785012" id="-3785012">40. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3785014" id="-3785014"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3785015" id="-3785015">Akademik litseylarga umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-3784686#-3784789">nizomga <br /></a>1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3785283" id="-3785283">Akademik litseylarga umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarini tanlab olish va oʻqishga qabul qilish</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3785284" id="-3785284"><strong>SXEMASI</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3785286" id="-3785286"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3785288" id="-3785288"><img src="/files/3785347" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3785289" id="-3785289"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3785290" id="-3785290">Akademik litseylarga umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-3784686#-3784789">nizomga <br /></a>2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3785291" id="-3785291">Akademik litsey oʻquvchilarini oʻqishini koʻchirish tartibi</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3785292" id="-3785292"><strong>SXEMASI</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3785293" id="-3785293"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3785294" id="-3785294"><img src="/files/3785460" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3785297" id="-3785297"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3785299" id="-3785299">Akademik litseylarga umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-3784686#-3784789">nizomga</a> <br />3-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3785301" id="-3785301">Akademik litsey oʻquvchilarini oʻqishdan chetlatish tartibi</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3785303" id="-3785303"><strong>SXEMASI</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3785305" id="-3785305"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3785306" id="-3785306"><img src="/files/3790219" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3785308" id="-3785308"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3785310" id="-3785310">Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 212-son <a href="/mact/-3784686">qaroriga <br /></a>2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3785311" id="-3785311">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2018-yil 1-iyundan boshlab oʻz kuchini yoʻqotayotgan ayrim qarorlari</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3785312" id="-3785312"><strong>ROʻYXATI</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3785313" id="-3785313"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3785314" id="-3785314">1. Vazirlar Mahkamasining “Umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan qamrab olishni taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2010-yil 7-iyundagi 109-son <a href="/mact/-1639371">qarori</a> (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 28-modda).</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6923649" id="edi-6923649"><a href="/mact/-3784686?ONDATE=23.03.2018 00#-3785315">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6923649" id="-6923649">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli <a href="/mact/-6912697?ONDATE=07.05.2024 00#-6914265">qaroriga </a>asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3785316" id="-3785316">3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahar hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-iyundagi PQ-3050-son qarori)” 2017-yil 11-sentabrdagi 709-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 37-son, 995-modda) ilovaning <a href="/mact/-3343417?ONDATE=18.09.2017 00#-3343463">1-bandi</a>.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3784961" id="-3784961">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2018-y., 09/18/212/1366-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
