toggle_night_mode
Hujjat 27.06.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston fermer, dehkon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-3680-son qarori ijrosini taʼminlash, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish jamgʻarmasi Vasiylik kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisiga zarurat boʻlganda Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining tasdiqlangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki:
“Tomorqa xizmati” MCHJlarning ustav fondlarida Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga shakllantiriladigan ulush nomidan Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari yoki Jamgʻarma ishtirokchi boʻlishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari raislari “Tomorqa xizmati” MCHJ ustav fondidagi ulushlarning samarali boshqarilishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi;
Jamgʻarma ijrochi direktori lavozimiga koʻra, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining oʻrinbosari hisoblanadi, Jamgʻarmaning hududiy vakillari hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari raislari oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma tomonidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga, shuningdek. “Tomorqa xizmati” MCHJlarga qishloq xoʻjaligi texnikasi, texnologiyalari, asbob-uskunalar hamda tayyor intensiv bogʻ va tokzorlar hamda issiqxonalarni lizingga berish tartibi Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qaroriga asosan oltinchi — oʻninchi xatboshlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Jamgʻarma Toshkent shahar, Islom Karimov koʻchasi, 2A-uy manziliga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jamgʻarmani belgilangan tartibda Hukumat va shahar aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
4. Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi raisi (Z. Mirzayev) Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2019-y., 09/19/404/3135-son)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-iyun,
433-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 433-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish jamgʻarmasi Vasiylik kengashining
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

Barnoyev Oʻ.I.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Kengash raisi

Xaitov A.A.

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi, Kengash raisining oʻrinbosari

Muxitdinov E.M.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari

Karimov A.R.

Moliya vazirining oʻrinbosari

Umarov Z.S.

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi

Achilov M.A.

AT “Agrobank” raisi oʻrinbosari

Rasulov Sh.G.

AT “Mikrokreditbank” raisining birinchi oʻrinbosari

Abbosov N.R.

AT “Xalq banki” raisining oʻrinbosari

lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining ijrochi direktori, Kengash masʼul kotibi.

Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, sobiq aʼzolarning vazifalari ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 433-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 25 nafar, shu jumladan, 16-nafar Jamgʻarmaning hududiy vakillari.
* Lizing faoliyatini amalga oshirish uchun Jamgʻarma ulushi ishtirokida ustuvor ravishda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs tashkil etilishi mumkin;
** Jamgʻarma hududiy vakillarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi shtat birligi soni Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi bilan kelishgan holda ish hajmidan kelib chiqib belgilanadi;
*** Boʻlim boshligʻi bir vaqtning oʻzida Jamgʻarma ijro etuvchi direktori oʻrinbosari hisoblanadi.
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 433- son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) vazifalari va faoliyati yoʻnalishlarini, boshqarish tartibini, shuningdek, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
3. Jamgʻarma muassasa shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, milliy va xorijiy valyutada bank hisob raqamlariga, oʻz emblemasi tasviri tushirilgan va nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtamplarga va blankalarga ega.
2-bob. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari
4. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Jamgʻarma oʻz faoliyatini quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiradi:
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini rivojlantirish, kredit resurslaridan foydalanishni kengaytirish sohasida qoʻllab-quvvatlash;
Keyingi tahrirga qarang.
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining innovatsion faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, yangi turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni ragʻbatlantirish, shuningdek qishloq xoʻjaligida yangi samarali texnologiyalarni joriy qilishga koʻmaklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
qishloq xoʻjaligi faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashuvchi davlat, tarmoq va hududiy dasturlarni, loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
aylanma mablagʻlarga muhtoj “Tomorqa xizmati” MCHJlarning ustav fondini shakllantirish yoʻli bilan ularning faoliyatiga koʻmaklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MCHJlarni Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligi texnikasi, texnologiyalari, asbob-uskunalar hamda tayyor intensiv bogʻ va tokzorlar hamda issiqxonalar bilan taʼminlash boʻyicha lizing faoliyatini amalga oshirish.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3 bob. Jamgʻarmani boshqarish
6. Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi Jamgʻarmani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
7. Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi:
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma Vasiylik kengashi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlaydi;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari boʻyicha har yilgi prognozlarni tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaning mablagʻlarini kredit ajratish uchun tijorat banklariga berishning, Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishning, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MCHJlar ustav fondida ishtirok etishning har yilgi cheklangan parametrlarini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati faoliyati ustidan nazorat qiladi;
Jamgʻarma ijro etuvchi direktorining Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam eshitadi;
har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlari shakllantirilishi va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmani yillik auditdan oʻtkazish uchun, shu jumladan, uning mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha auditorlik tashkilotini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamgʻarmaning ustav kapitalini koʻpaytirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
Jamgʻarma Vasiylik kengashi qarorlari ochiq ovoz berish orqali, oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi aʼzolariga yuklangan vazifalar bajarilganligi uchun Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda va miqdorlarda taqdirlash pullari toʻlanadi.
8. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati Jamgʻarmaning ijroiya organi hisoblanadi. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori (keyingi oʻrinlarda Ijro etuvchi direktor deb ataladi) Jamgʻarma ijro etuvchi apparati rahbari hisoblanadi.
9. Ijro etuvchi direktor:
Jamgʻarmaning joriy faoliyatiga operativ rahbarlik qiladi;
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarga muvofiq Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati faoliyatini tashkil etadi va shaxsan javob beradi;
Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati xodimlarini ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari amal qilishini toʻxtatadi, ularning lavozim majburiyatlari va vakolatlarini taqsimlaydi;
xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Jamgʻarma nomidan ish koʻradi;
Jamgʻarma nomidan mehnat, xoʻjalik, kredit shartnomalarini va boshqa shartnomalarni, shu jumladan, resurslarni ajratish va tijorat banklarining depozitlarida joylashtirish toʻgʻrisidagi shartnomalarni imzolaydi;
Jamgʻarmaning pul mablagʻlari va moddiy boyliklarining buxgalteriya hisobi yuritilishini, moliyaviy va statistika hisobotlari belgilangan tartibda tayyorlanishi va taqdim etilishini tashkil etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar va vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparatini saqlab turish Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida Jamgʻarmaning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Jamgʻarma ijro etuvchi direktori va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Jamgʻarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomga asosan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Jamgʻarma xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haq va ustamalar, ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar, shuningdek, qonun hujjatlarida hamda Jamgʻarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish mablagʻlaridan tashkil topadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq ikkita xizmat avtotransport vositasini xarid qilish va saqlash uchun mablagʻ ajratiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
15. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasidan va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan ajratiladigan tegishlicha 350 milliard soʻm hamda 150 milliard soʻm miqdoridagi bir martalik begʻaraz moliyaviy yordam;
Keyingi tahrirga qarang.
auksion savdolarida fuqarolarga yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Jamgʻarmaning daromadlari, shu jumladan, mablagʻlarni depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarmaning tijorat banklarida ochiladigan hisob raqamlarida jamlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
17. Jamgʻarma mablagʻlari ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalarni bajarishga yoʻnaltiriladi, jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga 2019-yil 31-dekabrga qadar 3 yil muddatga, shu jumladan 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda yillik 7 foiz stavkada kreditlar berish uchun “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda Oʻzbekiston Respublikasi AT Xalq bankiga resurslar joylashtirishga. 2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foizlik punktni chegirib tashlagan holda amalga oshiriladi;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“Tomorqa xizmati” MCHJlarga kredit ajratish uchun “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda Oʻzbekiston Respublikasi AT Xalq bankiga resurs sifatida 2 yil muddatga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan 2019-yil 31-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida yillik 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda mablagʻlar taqdim etishga, 2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foizlik punktni chegirib tashlagan holda amalga oshiriladi;
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Jahon banki va boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari va qarzlariga xizmat koʻrsatishga;
xalqaro moliya institutlaridan olingan grantlar hisobiga fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MCHJlarga grantlar ajratishga;
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari, “Tomorqa xizmati” MCHJlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qishloq xoʻjaligi texnikasi, texnologiyalari va asbob-uskunalar, tayyor intensiv bogʻ va tokzorlar hamda issiqxonalar bilan taʼminlash boʻyicha lizing faoliyatini amalga oshirishga;
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qaroriga asosan uchinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat banklari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha 2 foiz bank marjasini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi sohasidagi ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, taʼminlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy-texnik bazani mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi texnikasi va transport sotib olish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berishga;
(17-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmani faoliyatini saqlab turish va moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga;
aylanma mablagʻlarga muhtoj boʻlgan “Tomorqa xizmati” MCHJlarning ustav fondini 25 foizdan kam boʻlmagan miqdorda shakllantirishga;
Oldingi tahrirga qarang.
fermer, dehqon xoʻjaliklariga investitsiyalarni jalb qilish va tomorqa yerlarni rivojlantirishga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan innovatsion va boshqa loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilish bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlarga;
(17-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Kengashni saqlashga va moddiy-texnik taʼminlashga hamda mablagʻlarni tijorat banklariga joylashtirish hisobiga olinadigan Jamgʻarma daromadlarning 30 foizi miqdordagi mablagʻlar uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
(17-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan esa tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda, foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan beriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Ushbu Nizomning 17-bandida qayd etilgan maqsadlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan qatʼiy belgilangan yoʻnalishlarda foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Tijorat banklariga resurslar berish tartibi
19. Tijorat banklariga resurslar ajratish uchun Jamgʻarma va bosh tijorat banki oʻrtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bosh kelishuv tuziladi.
Jamgʻarma tomonidan AT “Mikrokreditbank”, AT “Agrobank” hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Xalq banki”ga resurs ajratish boʻyicha bosh kelishuvda ushbu mablagʻlar tijorat banklari tomonidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yil muddatga, shu jumladan, 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda yillik 7 foiz stavkada kreditlar berish uchun resurs sifatida ishlatilishi alohida kelishib olinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma tomonidan tijorat banklariga resurslar ajratish boʻyicha bosh kelishuvda ushbu mablagʻlar “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB xamda Oʻzbekiston Respublikasi AT Xalq banki tomonidan ushbu mablagʻlar “Tomorqa xizmati” MCHJlarga kredit ajratish uchun resurslar sifatida 2 yil muddatga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida yillik 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda ishlatilishi alohida kelishib olinadi;
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma tomonidan tijorat banklariga resurslar ajratish boʻyicha bosh kelishuvda ushbu mablagʻlar tijorat banklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha 2 foiz bank marjasini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi sohasidagi boshqa ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, taʼminlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy-texnik bazani mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi texnikasi va transport sotib olish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berish uchun resurs sifatida ishlatilishi alohida kelishib olinadi.
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-bobi.
20. Bosh kelishuvni tuzish uchun tijorat banklari Jamgʻarmaga bankning tegishli boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishi) tomonidan tasdiqlangan bosh kelishuv tuzish toʻgʻrisidagi qarorning yoki bosh kelishuv tuzish vakolatini beruvchi boshqa hujjatning bir nusxasini taqdim etadi.
21. Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga kreditlar hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishilgan holda yoki ularning tavsiyanomasiga asosan beriladi.
Tavsiya etilgan qarzdor kredit olish boʻyicha talablarga mos boʻlmaganda tijorat banklari kredit bermaslik huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Bosh kelishuvni tuzgan tijorat banklari mablagʻlar olish uchun har oyda Jamgʻarmaga hududlar boʻyicha hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari bilan kelishilganligini tasdiqlovchi axborot koʻrsatilgan qarz oluvchilar — loyiha tashabbuskorlari koʻrsatilgan buyurtmanomani hamda bankning tegishli kredit qoʻmitasining kredit ajratish toʻgʻrisidagi qarori haqidagi axborotni taqdim etadilar.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Keyingi tahrirga qarang.
23. Olingan buyurtmanomalar asosida Jamgʻarma mablagʻlarni tijorat bankiga oʻtkazib beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Jamgʻarma tomonidan tijorat banklariga ajratilgan hamda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga kredit berish uchun foydalanilayotgan resurslar uchun bosh bank bosh kelishuvda nazarda tutilgan tijorat banki marjasini ajratib qolgan holda imtiyozli foiz stavkasi miqdorida foiz hisoblaydi, ushbu mablagʻlar jamgʻarib boriladigan hisobraqamida yigʻiladi va bosh kelishuvda belgilangan muddatlarda Jamgʻarmaning tegishli bank hisobraqamiga oʻtkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Tijorat banki foydalanilmagan va muddatidan oldin qaytarilgan, shuningdek, maqsadsiz ishlatilgan mablagʻlarni Jamgʻarma hisobraqamiga qaytarishga majbur.
Agar qarz oluvchi — tomorqa yer egalari kredit olishdan bosh tortgan taqdirda, buyurtmanoma kiritgan tijorat banki tomonidan Jamgʻarma bilan kelishilgan holda ajratilgan resurslar boshqa tomorqa yer egalariga rasmiylashtirilishi mumkin.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
27. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan, sud tartibida hal etiladi.
28. Jamgʻarma tugatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)