1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston fermer, dehkon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-3680-son qarori ijrosini taʼminlash, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish jamgʻarmasi Vasiylik kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisiga zarurat boʻlganda Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining tasdiqlangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jamgʻarmani belgilangan tartibda Hukumat va shahar aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
4. Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi raisi (Z. Mirzayev) Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda tasdiqlasin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 106-modda) 4-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-iyun,
433-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 433-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish jamgʻarmasi Vasiylik kengashining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Kengash raisi
Xaitov A.A.
—
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi, Kengash raisining oʻrinbosari
Muxitdinov E.M.
—
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari
Karimov A.R.
—
Moliya vazirining oʻrinbosari
Umarov Z.S.
—
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi
Achilov M.A.
—
AT “Agrobank” raisi oʻrinbosari
Rasulov Sh.G.
—
AT “Mikrokreditbank” raisining birinchi oʻrinbosari
Abbosov N.R.
—
AT “Xalq banki” raisining oʻrinbosari
lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining ijrochi direktori, Kengash masʼul kotibi.
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, sobiq aʼzolarning vazifalari ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 433-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 25 nafar, shu jumladan, 18 nafar — Jamgʻarmaning hududiy vakillari.
* Andijon, Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida Jamgʻarmaning hududiy vakillari 2 tadan shtat birliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va qolgan viloyatlarda Jamgʻarmaning 1 tadan shtat birliklari nazarda tutiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 433- son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) vazifalari va faoliyati yoʻnalishlarini, boshqarish tartibini, shuningdek, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) hisobot beradi.
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
3. Jamgʻarma muassasa shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, milliy va xorijiy valyutada bank hisob raqamlariga, oʻz emblemasi tasviri tushirilgan va nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtamplarga va blankalarga ega.
2-bob. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari
4. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi.
5. Jamgʻarma oʻz faoliyatini quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiradi:
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini rivojlantirish, kredit resurslaridan foydalanishni kengaytirish sohasida qoʻllab-quvvatlash;
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining innovatsion faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, yangi turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni ragʻbatlantirish, shuningdek qishloq xoʻjaligida yangi samarali texnologiyalarni joriy qilishga koʻmaklashish;
qishloq xoʻjaligi faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashuvchi davlat, tarmoq va hududiy dasturlarni, loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
aylanma mablagʻlarga muhtoj “Tomorqa xizmati” MCHJlarning ustav fondini shakllantirish yoʻli bilan ularning faoliyatiga koʻmaklashish;
Jamgʻarmaning mablagʻlarini kredit ajratish uchun tijorat banklariga berishning, Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishning, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MCHJlar ustav fondida ishtirok etishning har yilgi cheklangan parametrlarini belgilaydi;
Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati faoliyati ustidan nazorat qiladi;
Jamgʻarma ijro etuvchi direktorining Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam eshitadi;
har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlari shakllantirilishi va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi;
Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi aʼzolariga yuklangan vazifalar bajarilganligi uchun Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda va miqdorlarda taqdirlash pullari toʻlanadi.
8. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati Jamgʻarmaning ijroiya organi hisoblanadi. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori (keyingi oʻrinlarda Ijro etuvchi direktor deb ataladi) Jamgʻarma ijro etuvchi apparati rahbari hisoblanadi.
9. Ijro etuvchi direktor:
Jamgʻarmaning joriy faoliyatiga operativ rahbarlik qiladi;
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarga muvofiq Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati faoliyatini tashkil etadi va shaxsan javob beradi;
Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati xodimlarini ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari amal qilishini toʻxtatadi, ularning lavozim majburiyatlari va vakolatlarini taqsimlaydi;
xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Jamgʻarma nomidan ish koʻradi;
Jamgʻarma nomidan mehnat, xoʻjalik, kredit shartnomalarini va boshqa shartnomalarni, shu jumladan, resurslarni ajratish va tijorat banklarining depozitlarida joylashtirish toʻgʻrisidagi shartnomalarni imzolaydi;
Jamgʻarmaning pul mablagʻlari va moddiy boyliklarining buxgalteriya hisobi yuritilishini, moliyaviy va statistika hisobotlari belgilangan tartibda tayyorlanishi va taqdim etilishini tashkil etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar va vakolatlarni amalga oshiradi.
10. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparatini saqlab turish Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida Jamgʻarmaning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
11. Xodimlarni ragʻbatlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Jamgʻarma budjetdan tashqari Rivojlanish va moddiy ragʻbatlantirish fondini tashkil etadi hamda uning nizomini Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.
12. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati xodimlariga Kengash xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va ragʻbatlantirish shartlari joriy etiladi.
13. Jamgʻarma xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haq va ustamalar, ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar, shuningdek, qonun hujjatlarida hamda budjetdan tashqari Rivojlanish va moddiy ragʻbatlantirish fondi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish mablagʻlaridan tashkil topadi.
14. Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Jamgʻarma xarajatlari smetasiga muvofiq ikkita xizmat avtotransport vositasini xarid qilish va saqlash uchun mablagʻ ajratiladi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
15. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasidan va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan ajratiladigan tegishlicha 350 milliard soʻm hamda 150 milliard soʻm miqdoridagi bir martalik begʻaraz moliyaviy yordam;
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Jamgʻarmaning daromadlari, shu jumladan, mablagʻlarni depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
16. Jamgʻarma mablagʻlari tijorat bankida ochiladigan maxsus hisob raqamida (keyingi oʻrinlarda maxsus hisob raqami deb ataladi) jamlanadi.
Xorijiy valyutadagi mablagʻlar Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida belgilangan tartibda ochiladigan maxsus valyuta hisob-raqamlariga oʻtkaziladi.
17. Jamgʻarma mablagʻlari ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalarni bajarishga yoʻnaltiriladi, jumladan:
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yil muddatga, shu jumladan 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda yillik 7 foiz stavkada kreditlar berish uchun AT “Mikrokreditbank”, AT “Agrobank” hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Xalq banki”ga resurslar joylashtirishga;
tijorat banklari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha 2 foiz bank marjasini hisobga olgan holda “Tomorqa xizmati” MCHJ, qishloq xoʻjaligi sohasidagi boshqa ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, taʼminlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy-texnik bazani mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi texnikasi va transport sotib olish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berishga;
Jamgʻarmani faoliyatini saqlab turish va moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga;
aylanma mablagʻlarga muhtoj boʻlgan “Tomorqa xizmati” MCHJlarning ustav fondini 25 foizdan kam boʻlmagan miqdorda shakllantirishga;
fermer, dehqon xoʻjaliklariga investitsiyalarni jalb qilish va tomorqa yerlarni rivojlantirishga hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlarga;
Kengashni saqlashga va moddiy-texnik taʼminlashga hamda mablagʻlarni tijorat banklariga joylashtirish hisobiga olinadigan Jamgʻarma daromadlarning 30 foizigacha miqdordagi mablagʻlar uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
18. Ushbu Nizomning 17-bandida qayd etilgan maqsadlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan qatʼiy belgilangan yoʻnalishlarda foydalaniladi.
5-bob. Tijorat banklariga resurslar berish tartibi
19. Tijorat banklariga resurslar ajratish uchun Jamgʻarma va bosh tijorat banki oʻrtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bosh kelishuv tuziladi.
Jamgʻarma tomonidan AT “Mikrokreditbank”, AT “Agrobank” hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Xalq banki”ga resurs ajratish boʻyicha bosh kelishuvda ushbu mablagʻlar tijorat banklari tomonidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yil muddatga, shu jumladan, 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda yillik 7 foiz stavkada kreditlar berish uchun resurs sifatida ishlatilishi alohida kelishib olinadi;
Jamgʻarma tomonidan tijorat banklariga resurslar ajratish boʻyicha bosh kelishuvda ushbu mablagʻlar tijorat banklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha 2 foiz bank marjasini hisobga olgan holda “Tomorqa xizmati” MCHJ, qishloq xoʻjaligi sohasidagi boshqa ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, taʼminlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy-texnik bazani mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi texnikasi va transport sotib olish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berish uchun resurs sifatida ishlatilishi alohida kelishib olinadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-bobi.
20. Bosh kelishuvni tuzish uchun tijorat banklari Jamgʻarmaga bankning tegishli boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishi) tomonidan tasdiqlangan bosh kelishuv tuzish toʻgʻrisidagi qarorning yoki bosh kelishuv tuzish vakolatini beruvchi boshqa hujjatning bir nusxasini taqdim etadi.
21. Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga kreditlar hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishilgan holda yoki ularning tavsiyanomasiga asosan beriladi.
Tavsiya etilgan qarzdor kredit olish boʻyicha talablarga mos boʻlmaganda tijorat banklari kredit bermaslik huquqiga ega.
22. Bosh kelishuvni tuzgan tijorat banklari mablagʻlar olish uchun har oyda Jamgʻarmaga hududlar boʻyicha hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari bilan kelishilgan qarz oluvchilar — loyiha tashabbuskorlari koʻrsatilgan buyurtmanomani hamda bankning tegishli kredit qoʻmitasining kredit ajratish toʻgʻrisidagi qarori haqidagi axborotni taqdim etadilar.
24. Jamgʻarma tomonidan tijorat banklariga ajratilgan hamda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga kredit berish uchun foydalanilayotgan resurslar uchun bosh bank bosh kelishuvda nazarda tutilgan tijorat banki marjasini ajratib qolgan holda imtiyozli foiz stavkasi miqdorida foiz hisoblaydi, ushbu mablagʻlar jamgʻarib boriladigan hisobraqamida yigʻiladi va bosh kelishuvda belgilangan muddatlarda Jamgʻarmaning tegishli bank hisobraqamiga oʻtkazib beriladi.
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
27. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan, sud tartibida hal etiladi.
28. Jamgʻarma tugatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 433-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
birinchi xatboshiga “tasarrufida qoldiriladigan” soʻzlaridan keyin “shuningdek, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan auksion savdolarida fuqarolarga yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi xatboshiga “Savdo-sanoat palatasiga” soʻzlaridan keyin “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshiga “mahalliy budjetlariga” soʻzlaridan keyin “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga” soʻzlari qoʻshilsin.