1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Jizzax akkumulyator zavodi” AJni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, “Jizzax akkumulyator zavodi” AJ ishlab chiqarayotgan mahsulot turlarini kengaytirish maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi PF-6273-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 06/21/6273/0733-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi PF-6273-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 06/21/6273/0733-son)
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi U.Z. Salimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-iyun,
PQ-3773-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3773-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-yanvardagi PQ-2737-sonli qarori ilovasi 4-bandi “b)” kichik bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 33-sonli qarorining 3-ilovasida:
a) ““Oʻzavtosanoat” AK” soʻzlari ““Oʻzavtosanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ““Oʻzavtosanoat” AJ” boʻlimidagi 8 — pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2018-y., 07/18/3773/1314-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 06/21/6273/0733-son)