| Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Muddati | Moliyalashtirish manbai | Masʼullar | |
| I. Universitetda taʼlim sifatini oshirish, yuqori malakali hamda zamonaviy bilimlarga ega kadrlarni tayyorlash, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish | |||||
| 1. | Universitet ustavi, fakultetlar va kafedralarning tegishli hujjatlarini shakllantirish. | 1. Universitet ustavini ishlab chiqish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish. 2. Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan fakultet, boʻlim va kafedralar hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2018-yil | - | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston jurnalistika |
| 2. | Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalarining fanlardan nazariy bilim, amaliy koʻnikma va malakalarini davlat taʼlim standartlari, malaka talablari darajasida egallashi hamda chet tillarini mukammal bilishi uchun amaliy mashgʻulotlar hamda malaka amaliyotlari tegishli tarmoqning muayyan tashkilotlarida oʻtkazilishini tashkil etish. | 1. Taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari xususiyatidan kelib chiqib, ularda taʼlim olayotgan talabalar kontingentini tegishli tashkilotlarga biriktirish va shartnomalar tuzish. 2. Taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari, oʻquv rejasi, fan dasturlari hamda oʻquv adabiyotlarini sohaning nazariy va amaliy muammolaridan, ilgʻor xorijiy tajribalardan hamda ilmiy tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan holda yangilash. 3. Shartnoma asosida amaliy mashgʻulotlar va malakaviy amaliyotni oʻquv jarayoni jadvali asosida tashkil etish, ushbu jarayonni nazorat qilish uchun universitet va tashkilot vakillarini biriktirish. | 2018-yil dekabr | - | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston jurnalistika Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari |
| 3. | Universitet professor-oʻqituvchilarining zamonaviy talablar asosida bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida ishlab chiqarish tashkilotlarida olib borilayotgan texnologik yangilanishlar, joriy etilayotgan innovatsion texnologiyalar toʻgʻrisida maʼlumot olishlari uchun tashkilotlarda stajirovkalarini hamda tashkilot hisobidan xorijda malaka oshirish (stajirovka)larini tashkil etish. | 1. Soha tashkilotlarida professor-oʻqituvchilar stajirovkalarini tashkil etish. 2. Stajirovka yakunida tashkilotlardagi yangi texnika va texnologiyalarni oʻzlashtirish hamda muammolarni oʻrganish darajasini Universitet va tashkilot vakillaridan iborat komissiyada himoya qilish. | 2018-yildan boshlab, doimiy | - | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston jurnalistika |
| 4. | Respublika ommaviy axborot vositalari tarmoqlarining real ehtiyojlarini eʼtiborga olgan holda Universitetda yangi taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash. | 1. Ommaviy axborot vositalarining kadrlarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish va tahlil qilish. 2. Mavjud ehtiyoj asosida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash. | 2018-yildan boshlab, doimiy | - | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston jurnalistika |
| 5. | Ommaviy axborot vositalari tashkilotlari va taʼlim muassasalari, xususiy sektorning ilmiy-ijodiy muammolari asosida bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bankini yaratish hamda tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarining yakuniy davlat attestatsiyalarida ishtirok etishini taʼminlash. | 1. Professor-oʻqituvchilarning hamkor tashkilotlardagi stajirovka natijalari asosida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bankini shakllantirish. 2. Ishlab chiqarish tashkilotlarining yetakchi mutaxassislarini tashkilot muammolarini hisobga olgan holda shakllantirilgan mavzular boʻyicha bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlikka biriktirish. 3. Bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalari himoyasi yuzasidan Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibida ishlab chiqarish tashkilotlarining vakillari ishtirokini taʼminlash. | doimiy | - | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston jurnalistika |
| 6. | Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari fanlarini zamonaviy darslik, oʻquv-uslubiy, ilmiy-metodik va elektron adabiyotlar bilan taʼminlash. | 1. Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari oʻquv rejalari hamda fan dasturlarini tanqidiy tahlil qilish. 2. Xorijiy davlatlar yetakchi oliy taʼlim muassasalarining tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining oʻquv rejalari va fan dasturlaridagi ilgʻor tajribalarni joriy etish. 3. Sohaning yetakchi mutaxassislaridan iborat xorijiy adabiyotlar asosida oʻquv adabiyotlarini yaratuvchi mualliflar guruhini shakllantirish, zamonaviy oʻquv adabiyotlarini yaratish. 4. Taʼlim jarayoniga oʻqitishning ilgʻor texnologiyalari, modul va interaktiv oʻqitish usullarini keng joriy etish hamda talabalarning zamonaviy axborot resurslaridan erkin foydalanishi uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish. | 2018-yildan boshlab, doimiy | Oʻzbekiston jurnalistika | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston jurnalistika |
| 7. | Taʼlim jarayonini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini qoʻllagan holda sifatli tashkil etish maqsadida elektron taʼlim resurslarini shakllantirish. | 1. Asosiy darslik va oʻquv qoʻllanmalarini elektron shaklga oʻtkazish. 2. Axborot-resurs markazlarining avtomatlashtirilgan tizimiga elektron taʼlim resurslarini joylashtirish. | doimiy | Oʻzbekiston jurnalistika | Oʻzbekiston jurnalistika |
| 8. | Taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish usullarini joriy etish. | 1. Universitet professor-oʻqituvchilarini chet davlatlarning yetakchi oʻquv va ilmiy markazlariga malaka oshirish (stajirovka)ga yuborish. 2. Xorijda malaka oshirgan professor- oʻqituvchilarning mahorat darslarini tashkil etish, taʼlim jarayoniga ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish usullarini joriy etish. 3. Chet el mutaxassislarini jalb etgan holda maʼruza va amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish. | 2018-yildan boshlab, reja asosida | Oʻzbekiston jurnalistika | Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, |
| 9. | Mamlakatimizning yetakchi professor-oʻqituvchilari va olimlarini Universitet taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining fanlari boʻyicha dars berishga jalb etish. | Yetakchi oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlaridan malakali va salohiyatli professor-oʻqituvchilar hamda olimlarni Universitetning tegishli kafedralariga jalb qilish. | doimiy | Oʻzbekiston jurnalistika | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston jurnalistika |
| 10. | Iqtidorli talabalarning ilmiy-ijodiy jamiyatini tashkil etish, press-klub ochish. | 1. Universitetning faol va iqtidorli talabalarining qiziqishlarini eʼtiborga olgan holda, ularni ilmiy-tadqiqot va ijodiy guruhlarga jalb qilish mexanizmini shakllantirish. 2. Universitet hududida “Buk-kafe”lar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | doimiy | Oʻzbekiston jurnalistika | Oʻzbekiston jurnalistika |
| 11. | Ijodiy mahorat maktablarini tashkil etish. | Professor-oʻqituvchilarni, olimlarni biriktirgan holda “ustoz-shogird” tizimini joriy etish. | doimiy | - | Oʻzbekiston jurnalistika |
| 12. | Respublika ommaviy axborot vositalari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining axborot xizmatlari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, turli jamgʻarmalarda talabalarning amaliyot oʻtash tizimini yanada takomillashtirish, tajribali amaliyotchilar rahbarligidagi “mahorat maktab”lari faoliyatini kengaytirish. | 1. Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarida Universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari uchun 2. Universitetdan har yili iqtidorli talabalarni mazkur diplomatik vakolatxonalarga amaliyot oʻtash uchun yuborish. 3. Respublikadagi yirik ommaviy axborot vositalari (OʻzMTRK, OʻzEOAVMA, OʻzA, “Dunyo” AA, “Xalq soʻzi”, “Maʼrifat”, “Uzbekistan Today”, “Hurriyat”, Xalqaro press-klub va b.) tahririyatlari hamda vazirlik va idoralar axborot xizmatlari bilan Universitet hamkorligini yanada mustahkamlash. 4. Tajribali amaliyotchi jurnalistlar rahbarligidagi “mahorat maktab”lari faoliyatini zamon talablari darajasiga koʻtarish. 5. Universitet talabalarining mahoratini oshirish uchun ularni vazirlik va idoralarning axborot xizmatlariga jalb etish. | doimiy | Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi mablagʻlari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston jurnalistika |
| II. Universitet ilmiy salohiyatni oshirish, ommaviy axborot vositalari sohalari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borish, innovatsion hamkorlikni yoʻlga qoʻyish | |||||
| 13. | Oliy taʼlim — ilm-fan — ishlab chiqarish integratsiyasi asosida amaliyotga yoʻnaltirilgan ilmiy faoliyatni yoʻlga qoʻyish. | 1. Ommaviy axborot vositalariga qarashli tarmoq (soha) tashkilotlarining ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolariga bagʻishlangan mavzular bazasini shakllantirish. 2. Mavzular bazasidan foydalangan holda Universitetda xoʻjalik shartnomalari (grantlar loyihalari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini bajarish. | doimiy | - | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston jurnalistika |
| 14. | Universitet professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilarini, talabalarni jurnalistika sohalarining ilmiy-texnik muammolariga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish. | 1. Jurnalistika sohalarining ilmiy-texnik muammolari bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish. 2. Universitet professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilarini, talabalarni jurnalistika sohalarining ilmiy-texnik muammolariga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga biriktirish. 3. Olingan natijalar amaliyotga joriy etilishiga, ular asosida xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar chop etilishida amaliy yordam koʻrsatish. | doimiy | Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida oʻtkazilgan tanlov natijalari boʻyicha grantlarga ajratilgan mablagʻlar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston jurnalistika |
| 15. | Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, yuqori natijadorlikka erishishga yoʻnaltirilgan ilmiy izlanishlarni olib borish orqali Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish. | 1. Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish uchun mutaxassislik yoʻnalishlaridan kelib chiqib, falsafa doktori (PhD) hamda fan doktor (DSc)larini yetakchi oliy taʼlim muassasalari va Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlarida maqsadli tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. 2. Yetakchi oliy taʼlim muassasalari va Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlariga yosh oʻqituvchilarni biriktirish, professor-oʻqituvchilar va xodimlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish. 3. Universitet axborot-resurs markazini xorijiy davlatlarning ilmiy jurnallari, yetakchi davriy nashrlari bilan doimiy taʼminlash, shu bilan birga professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilarning xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlardagi ishtiroklarini rasmiy tartibda yoʻlga qoʻyish. | doimiy | Oʻzbekiston jurnalistika | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston jurnalistika |
| III. Universitetda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish hamda yoshlarga yuksak maʼnaviyat gʻoyalarini chuqur singdirish ishlarida ularning ishtirokini kengaytirish | |||||
| 16. | Universitetda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yoʻlga qoʻyish, ularning samaradorligini oshirish va yanada takomillashtirish. | 1. Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar boʻyicha boshqa oliy taʼlim muassasalaridagi ilgʻor ish tajribalarini oʻrganish va ularni ommalashtirish, aniq manzilli yillik ish rejalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni taʼminlash. 2. Universitet axborot-resurs markazi, fakultetlari, kafedralarining maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishdagi uslubiy materiallar, koʻrgazmali targʻibot vositalari, maʼnaviy-maʼrifiy va badiiy adabiyotlar, uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlab, tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish. 3. Axborot-resurs markazida talabalar va professor-oʻqituvchilarning maʼnaviy-maʼrifiy sohaga oid adabiyotlardan foydalanish monitoringini olib borish hamda natijalarini Universitet (fakultet) Kengashida muhokama etib borish. 4. “Yangi kitoblar va uslubiy materiallar koʻrgazmasi” tadbirlarini oʻtkazish. 5. Talabalar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar, tanlovlar tizimli oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish. | doimiy | Oʻzbekiston jurnalistika | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston jurnalistika |
| 17. | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan “Oliy taʼlim muassasalarining odob-axloq qoidalari” boʻyicha professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish. | 1. Ishchi guruhni tuzish, “Oliy taʼlim muassasalarining odob-axloq qoidalari” boʻyicha professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish. 2. Ushbu qoidalarga rioya etish boʻyicha monitoring ishlarini amalga oshirish, uning natijalarini muhokama etib, zarur choralar koʻrib borish. | 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab, reja asosida har oyda bir marta | - | Oʻzbekiston jurnalistika |
| 18. | Ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish yuzasidan soʻrovlar oʻtkazish, soʻrovlar natijalarini Universitet (fakultet) Kengashida muhokama qilish asosida tegishli chora-tadbirlar belgilab borish. | 1. Universitet maʼmuriyatida talabalar muammolarini oʻz vaqtida qayd qilish va hal qilishga qaratilgan “Ochiq eshiklar kuni”ni tashkil etish. 2. Taʼlim-tarbiya jarayonlarining darajasi va sifati haqida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish hamda natijalari boʻyicha aniq vazifalar belgilash. | har oyda bir marta har chorakda bir marta | - | Oʻzbekiston jurnalistika |
| 19. | Talabalar turar joylarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish va ularning samaradorligini oshirish choralarini koʻrish. | 1. Talabalar turar joylarida yashovchi talabalar bilan amalga oshiriladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. 2. Talabalar turar joylarini maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishdagi targʻibot vositalari bilan jihozlash, axborot-resurs markazi (kutubxonalar), dam olish, sport-sogʻlomlashtirish, kompyuter xonalari va maishiy xizmat shoxobchalarida zarur shart-sharoitlar yaratish. 3. Talabalar turar joylarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishda talabalarning oʻzini oʻzi boshqarish tizimidan keng foydalanish. 4. Toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularda talabalar qamrovini kengaytirish. 5. “Eng yaxshi talabalar turar joyi” tanlovining oliy taʼlim muassasasi bosqichini oʻtkazish va tanlov gʻoliblarini ragʻbatlantirish. | doimiy | Oʻzbekiston jurnalistika | Oʻzbekiston jurnalistika |
| 20. | Ijarada yashovchi talabalar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish. | 1. Ijarada yashovchi talabalarning roʻyxati va yashash manzillarini shakllantirish, ular bilan ishlash boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar rejasini tuzish va amalga oshirish. 2. Xonadonlardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit, talabalarning yashash sharoiti, dars tayyorlashi, dam olishi kabi holatlarni oʻrganib borish. 3. Ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini nazorat qilish maqsadida profilaktika inspektori, mahalla oqsoqoli, ijarachi (uy egasi), dekan, talaba oʻrtasida hamkorlik ishlarini yoʻlga qoʻyish. | doimiy | - | Oʻzbekiston jurnalistika |
| 21. | Professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda jamoatchilik bilan hamkorlikdagi faoliyatni yanada rivojlantirish, profilaktika chora-tadbirlarini samarali amalga oshirish. | 1. Professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda jamoatchilik bilan hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish. 2. Belgilangan muddatlarda professor-oʻqituvchilar va talabalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida davra suhbatlarini oʻtkazish. | doimiy | - | Toshkent shahar prokuraturasi, Toshkent shahar |
| 22. | Talabalar davomatini onlayn nazorat qilish tizimini joriy etish. | Universitetda tahsil olayotgan talabalar hamda professor-oʻqituvchilar uchun shaxsni identifikatsiyalash (ID) kartasini joriy etish. | 2018-yil sentabr | Oʻzbekiston jurnalistika | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston jurnalistika |
| 23. | Universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari uchun “Yoshlar ijodiyot klubi” faoliyatini samarali tashkil etish. | Universitetning “Yoshlar ijodiyot klubi” bazasida ijtimoiy hududlarni yaratish, jumladan: - media markaz; - bufet; - Wi-Fi zona; - musiqa va ovoz yozish studiyasi; - talabalar teatr studiyasi; - press-klub. | 2018 — 2020-yillar davomida | Oʻzbekiston jurnalistika | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston jurnalistika |
| IV. Universitetda amalga oshiriladigan qurilish, mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari | |||||
| 24. | Universitetning oʻquv binolari va inshootlarida qurilish-taʼmirlash va hududini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish. | 1. Bosh bino va ustaxonada qurilish-taʼmirlash ishlarini bajarish. 2. Taʼlim yoʻnalishlarining xususiyatidan kelib chiqqan holda, oʻquv binolarida qurilish-taʼmirlash ishlarini bajarish va auditoriyalarni jihozlash. 3. Talabalar turar joyini qurish va jihozlash ishlarini bajarish. 4. Ustaxona binosida Axborot-resurs markazi hamda Yoshlar ijodiyot klubini joylashtirish maqsadida qurilish-taʼmirlash ishlarini bajarish, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari bilan jihozlash. 5. Universitet sport inshootlarida qurilish-taʼmirlash ishlarini bajarish va zamon talablari darajasida jihozlash. 6. Universitet oshxonasida qurilish-taʼmirlash ishlarini bajarish. 7. Universitet hududini zamonaviy landshaft dizayni asosida obodonlashtirish. | 2019 — 2021-yillar davomida | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, |
| 25. | Universitetning oʻquv binolarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash. | Taʼlim va kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida universitetda yangi ochiladigan oʻquv laboratoriyalari, mini tele-radio va fotostudiyalarni zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash. | 2018 — 2021-yillar davomida | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, |
|
Shifr |
Taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklar) nomi |
2018/2019 oʻquv yili qabul rejasi | ||
|
Jami |
shu jumladan: | |||
|
grant |
kontrakt | |||
|
Bakalavriat | ||||
|
Jami |
100 |
31 |
69 | |
|
5220100 |
Jurnalistika (faoliyat turlari boʻyicha) |
60 |
19 |
41 |
|
Bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi |
15 |
5 |
10 | |
|
Teleradio jurnalistikasi |
15 |
5 |
10 | |
|
Internet jurnalistika |
10 |
3 |
7 | |
|
Xalqaro jurnalistika |
10 |
3 |
7 | |
|
Sport jurnalistikasi |
10 |
3 |
7 | |
|
raqamsiz |
Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar |
20 |
6 |
14 |
|
raqamsiz |
Mediadizayn |
10 |
3 |
7 |
|
raqamsiz |
Mediamarketing va reklama |
10 |
3 |
7 |
|
Magistratura | ||||
|
Jami |
30 |
8 |
22 | |
|
5A220101 |
Jurnalistika (faoliyat turlari boʻyicha) |
9 |
3 |
6 |
|
Bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi |
3 |
1 |
2 | |
|
Siyosiy-huquqiy jurnalistika |
3 |
1 |
2 | |
|
Internet jurnalistika |
3 |
1 |
2 | |
|
5A220101 |
Oliy jurnalistika kurslari |
6 |
- |
6 |
|
5A220102 |
Xalqaro jurnalistika |
3 |
1 |
2 |
|
5A220104 |
Noshirlik ishi va muharrirlik |
3 |
1 |
2 |
|
5A220105 |
Axborot xizmatlari texnologiyalari |
3 |
1 |
2 |
|
5A220103 |
Televideniye va radio eshittirish |
3 |
1 |
2 |
|
raqamsiz |
Mediamenedjment |
3 |
1 |
2 |
|
T/r |
Kadrlar buyurtmachilari nomi |
Talabalar soni |
|
Bakalavriat |
100 | |
|
1. |
Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy axborot vositalari |
28 |
|
2. |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
22 |
|
3. |
Vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari |
20 |
|
4. |
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi |
16 |
|
5. |
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |
14 |
|
Magistratura |
30 | |
|
1. |
Vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari |
6 |
|
2. |
Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti |
5 |
|
3. |
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |
5 |
|
4. |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
5 |
|
5. |
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi |
5 |
|
6. |
Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy axborot vositalari |
4 |
|
Jami |
130 | |
|
T/r |
Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari nomi |
Amaliyot turlari (bakalavriat/magistratura) va oʻtkazish obyektlari | ||
|
Oʻquv-tanishuv |
Oʻquv amaliyoti obyekti |
Ishlab chiqarish amaliyoti/ ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti | ||
|
1. |
Jurnalistika |
1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi. 2. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi. 3. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy axborot vositalari. |
1. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi. 2. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi. 3. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi. 4. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy axborot vositalari. 5. Vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari. |
1. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi. 2. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi. 3. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi. 4. “Dunyo” axborot agentligi va axborot agentliklarining xalqaro boʻlimlari. 5. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy axborot vositalari. 6. Vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari. |
|
2. |
Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar |
1. Vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari. 2. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy axborot vositalari. |
1. Vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari. 2. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy axborot vositalari. |
1. Vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari. 2. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy axborot vositalari. |
|
3. |
Mediadizayn |
1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi. 2. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi. 3. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy axborot vositalari. |
1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi. 2. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi. 3. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy axborot vositalari. |
1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi. 2. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi. 3. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy axborot vositalari. |
|
4. |
Mediamarketing va reklama |
1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi. 2. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi. 3. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy axborot vositalari. |
1. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi. 2. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi. 3. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi. 4. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy axborot vositalari. 5. Vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari. |
1. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi. 2. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi. 3. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi. 4. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy axborot vositalari. 5. Vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari. |
|
Magistratura mutaxassisliklari boʻyicha | ||||
|
1. |
Jurnalistika |
- |
- |
1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi. 2. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi. 3. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi. 4. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy axborot vositalari. |
|
2. |
Oliy jurnalistika kurslari |
- |
- |
1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi. 2. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi. 3. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi. 4. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy axborot vositalari. 5. Vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari. |
|
3. |
Xalqaro jurnalistika |
- |
- |
1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi. 2. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi. 3. “Dunyo” axborot agentligi va axborot agentliklarining xalqaro boʻlimlari. 4. Respublika, viloyat, shahar ommaviy axborot vositalarining xalqaro boʻlimlari. |
|
4. |
Noshirlik ishi va muharrirlik |
- |
- |
1. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi. 2. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy axborot vositalari. |
|
5. |
Axborot xizmatlari texnologiyalari |
- |
- |
1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi. 2. Vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari. 3. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy axborot vositalari. |
|
6. |
Televideniye va radio eshittirish |
- |
- |
1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi. 2. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi. |
|
7. |
Mediamenedjment |
- |
- |
1. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi. 2. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi. 3. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi. 4. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy axborot vositalari. |