1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.01.00 Asosiy qoidalar;
5.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar;
6.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar;
7.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.15.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishga vakolatli boʻlgan organlar (mansabdor shaxslar);
8.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.09.00 Ishni sudga qadar yuritish;
9.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
4.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;
(I boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi OʻRQ-393-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 451-modda)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 1-son, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 6-son, 118-modda; 1997-yil, 4—5-son, 126-modda; 1999-yil, 1-son, 20-modda; 2000-yil, 5—6-son, 153-modda):
4) 31-moddasi ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4—5-son, 126-modda; 1998-yil, 9-son, 181-modda) 8-moddasining ikkinchi qismidagi, 9-moddasining ikkinchi qismidagi va 27-moddasining birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, 2-son, 50-modda):
1) 1-moddasi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“sifat boʻyicha ekspert-auditor” — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va tekshirish sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakasi boʻlgan mutaxassis;
“sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organi” — belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlangan mahsulot va sifatni boshqarish tizimini baholashni sertifikatlashtirish organlari topshirigʻiga binoan amalga oshiruvchi organ;
“nazorat yoʻsinidagi tekshiruv” — belgilangan talablarga muvofiqligini sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish chogʻida tasdiqlash maqsadida sertifikatlangan mahsulot, sifatni boshqarish tizimini yoki ishlab chiqarishni, sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari) faoliyatini takroriy baholash taomili”;
“bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlarini, sinov laboratoriyalarini (markazlarini), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organlarini, shuningdek sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni akkreditatsiya qiladi;
sertifikatlangan mahsulotlarning, sifatni boshqarish tizimlarining, akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlarining, sinov laboratoriyalarining (markazlarining), sifat boʻyicha ekspert-auditorlarning Davlat reyestrini yuritadi, shuningdek oziq-ovqat mahsulotini hamda bunday mahsulotni tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi”;
3) 6-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzdavstandart”ning oʻzi, uning tomonidan akkreditatsiya qilingan yoki eʼtirof etilgan sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organlari, sifat boʻyicha ekspert-auditorlar, shuningdek mahsuloti sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jismoniy shaxslar sertifikatlashtirish subyektlaridir”;
4) 8-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish subyektlari oʻz faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan sertifikatlashtirish sohasida ish olib borish huquqini beruvchi litsenziya hamda ularning sertifikatlashtirish muayyan tizimidagi vakolatlarini belgilovchi hujjat asosida amalga oshiradi”;
5) 11-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Majburiy sertifikatlashtirish ishlab chiqarishni tekshirishni, mahsulot xususiyati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash uchun uni sinashni, nazorat yoʻsinidagi tekshiruvni va sertifikatlangan mahsulot ustidan nazoratni oʻz ichiga oladi”;
6) 16-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning, sotuvchilarning, ijrochilarning) majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etishlari ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini “Oʻzdavstandart”ning davlat inspektorlari qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda amalga oshiradi”;
7) quyidagi mazmundagi 16-1-modda bilan toʻldirilsin:
“16-1-modda. Nazorat yoʻsinidagi tekshiruv
Sertifikatlangan mahsulot, sifatni boshqarish tizimlari, ishlab chiqarish, akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish organlari ustidan nazorat yoʻsinidagi tekshiruvni sifat boʻyicha ekspert-auditorlar “Oʻzdavstandart” tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi”;
8) 21-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzdavstandart”ning, Shikoyatlarni qarab chiqish kengashining qarorlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin”;
9) 23-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tayyorlovchilar (tadbirkorlar) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan, ammo sertifikatlanmagan mahsulotni realizatsiya qilganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, realizatsiya qilingan mahsulot qiymati miqdorida jarima solinadi. Jarima nizosiz tartibda undiriladi. Jarimaning undirilishi majburiy sertifikatlashtirishni oʻtkazishdan ozod qilmaydi. Jarima majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etish ustidan tekshiruvni oʻtkazish qonun hujjatlari bilan zimmasiga yuklangan davlat boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining qaroriga binoan undiriladi”.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.09.00 Ishni sudga qadar yuritish]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, 2-son, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 269-modda; 1997-yil, 2-son, 56-modda, 9-son, 241-modda; 1998-yil, 5—6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-yil, 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-yil, 5—6-son, 153-modda) 339-moddasining ikkinchi qismidagi “va milliy xavfsizlik xizmati” degan soʻzlar “milliy xavfsizlik xizmati va davlat soliq xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.15.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishga vakolatli boʻlgan organlar (mansabdor shaxslar)]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, 3-son, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 9-son, 193-modda; 12-son, 269-modda; 1996-yil, 5—6-son, 69-modda, 9-son, 144-modda; 1997-yil, 2-son, 56-modda, 4—5-son, 126-modda, 9-son, 241-modda; 1998-yil, 3-son, 38-modda, 5—6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-yil, 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-yil, 5—6-son, 153-modda):
1) 97-moddasining nomidagi va birinchi qismi dispozitsiyasidagi, 98-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasidagi “Davtexkonnazorat” degan soʻz “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“260-modda. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi organlari
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi organlariga ushbu Kodeksning 55, 70-moddalarida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilish qoidalari bundan mustasno), 72-moddasida (termal suvlarga doir qismida), 97, 98-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasi qoʻllashga haqlidir:
bosh direktor va uning oʻrinbosari — eng kam ish haqining yetti baravarigacha miqdorda;
tarmoq inspeksiyalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda;
mintaqaviy konchilik-texnik inspeksiyalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining uch baravarigacha miqdorda;
davlat inspektorlari — eng kam ish haqining bir baravarigacha miqdorda”.
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, 10-son, 252-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 2-son, 56-modda; 1998-yil, 5—6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda) 7-moddasining ikkinchi qismidagi, 14-moddasining yettinchi qismidagi, 45-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlaridagi tegishli kelishikdagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar shunday kelishikdagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(VIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda; 1998-yil, 5—6-son, 102-modda; 1999-yil, 9-son, 229-modda):
1) 3-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tarkibida hududiy boʻlinmalarga ega boʻlgan: soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maxsus boʻlinmasi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat hamda hujjat asosidagi tekshiruv va taftishni amalga oshiruvchi maxsus nazorat-taftish boʻlinmasi, shuningdek davlat soliq xizmati organlarida rejim va xodimlar bilan ishlash maxsus boʻlinmasi tuziladi”;
“14) soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik hollarini aniqlash, bunday hollarning oldini olish va bartaraf etish uchun, shuningdek ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash uchun tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, qonun hujjatlariga muvofiq surishtiruv oʻtkazish, jinoiy ishlar qoʻzgʻatish va ularni tergovga tegishliligiga koʻra oʻtkazish”;
quyidagi mazmundagi 15-band bilan toʻldirilsin:
“15) yuridik va jismoniy shaxslar egallab turgan va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun foydalanayotgan binolarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moneliksiz kirish. Soliq solish miqdorlarini hisoblab chiqarishning asosliligini tekshirish chogʻida ishlab chiqarish, omborxona, savdo va boshqa binolarni, hujjatlar, pul mablagʻlari va tovar-moddiy boyliklar saqlanadigan joylarni mulkdorning ishtirokida koʻzdan kechirish”;
“Davlat soliq xizmati organlarining ushbu modda birinchi qismining 1—7-bandlarida nazarda tutilgan huquqlari davlat soliq xizmati organlarining barcha mansabdor shaxslariga, 8—14-bandlarida nazarda tutilgan huquqlari esa (tezkor-qidiruv faoliyati bundan mustasno) faqat davlat soliq xizmati organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlariga beriladi. Ushbu modda birinchi qismining 8—15-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maxsus boʻlinmasi va uning hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaxslariga beriladi”;
3) 13-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat soliq xizmatining mansabdor shaxslari quyidagilar uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar boʻladilar:
oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoxud zarur darajada bajarmaganligi, ijro intizomini buzganligi uchun;
ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi uchun;
gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqarolarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazganligi uchun;
oʻzining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirib yuborganligi va soliq solish bazasini kamaytirib yuborganligi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan qarorlar qabul qilganligi uchun;
boshqa huquqbuzarliklari uchun.
Soliq organlari mansabdor shaxslarining soliq tekshiruvini amalga oshirish chogʻidagi gʻayriqonuniy harakatlari bilan yetkazilgan zararlar qonunda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Davlat soliq organlari xodimlarining oʻz xizmat vakolatlari doirasidan chetga chiqqanligi, shuningdek zimmasiga yuklangan xizmat vazifalarini bajarmaganligi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda intizomiy, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 31-avgust,
125-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda; 2015-y., 34-son, 451-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son; 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son; 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)