1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasini yanada rivojlantirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida” 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi Kengashining faoliyati samarali va sifatli tashkil etilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasini yanada rivojlantirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida” 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 87-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxadjayev zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 21-may,
380-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi 380-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasini yanada rivojlantirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida” 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-oktabrdagi 817-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 09/18/817/2033-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/380/1262-son, 11.10.2018-y., 09/18/817/2033-son)