toggle_night_mode
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Toshkent shahri qabristonlarida goʻr qazish va marosim xizmatlari uchun pulli xizmatlar koʻrsatish tariflarini belgilash toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda), “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2010-y., 52-son, 508-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan “Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 8-bandi (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2011-y., 14-son, 138-modda), Toshkent shahar hokimligining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari majmuasining bildirgisi hamda Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi huzuridagi Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasining 2018-yil 30-yanvardagi 10-5/150-son murojaat xatini inobatga olib, qaror qilaman:
1. Toshkent shahri qabristonlarida goʻr qazish va marosim xizmatlari uchun pulli xizmatlar koʻrsatish tariflari ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (A. Karimov), Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi (S. Ibragimov), mazkur qaror bilan belgilangan Toshkent shahri qabristonlarida goʻr qazish va marosim xizmatlari uchun pulli xizmatlar koʻrsatish tariflari Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududida joylashgan Toshkent shahriga tegishli qabristonlarda bir xilda qoʻllanilishi hamda koʻrinarli joylariga oʻrnatilishi taʼminlansin.
3. Toshkent shahar hokimining 2016-yil 28-yanvardagi “Toshkent shahri qabristonlarida goʻr qazish va marosim xizmatlari uchun pulli xizmatlar koʻrsatish tariflarini belgilash toʻgʻrisida”gi 74-sonli qarori ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. “Vecherniy Tashkent” va “Toshkent oqshomi” gazetalari tahririyati (A. Akromov), Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati (X. Ergashev), “Kompyuterlashtirish markazi” DUK (M. Asomov), mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishini va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari N. Maksumov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim v.b. J. ARTIKXODJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-may,
708-son
Toshkent shahar hokimining 2018-yil 3-maydagi 708-son qaroriga
ILOVA
Toshkent shahri qabristonlarida goʻr qazish va marosim xizmatlari uchun pulli xizmatlar koʻrsatish
TARIFLARI

T/r

Xizmat turlari

Oʻlchov birligi

Narxi (soʻm)

1.

Tegishli diniy konfessiya qabristonlarida fuqarolarga (tashkilotlarga) dafn uchun uchastkalar berish

m2

bepul

2.

Anʼanaviy musulmoncha goʻr qazish:

katta (1x1 metr chuqurligi 1,5 metrlik* ayvon, qibla tomon chap burchagidagi 0,5 x 0,6 metrlik tuynuk, tuynuk orqali uzunligi 2 metr, eni 1 metr va balandligi 1,1 metrlik laxat)

1 goʻr

92 000

oʻrtacha (1x1 metr chuqurligi 0,8 — 1,2 metrlik* ayvon, qibla tomon chap burchagidagi 0,5 x 0,6 metrlik tuynuk, tuynuk orqali uzunligi 0,8 — 1,5 metr, eni 0,6 — 0,7 va balandligi 0,6 metrlik laxat)

1 goʻr

63 500

kichik (0,6 x 0,8 metr chuqurligi 0,7 — 0,8 metrlik* ayvon, qibla tomon chap burchagidagi 0,3 x 0,4 metrlik tuynuk, tuynuk orqali uzunligi 1-1,4 metr, eni 0,4 — 0,5 va balandligi 0,4 metrlik laxat)

1 goʻr

35 000

3.

Qabristonlarda boshqa dinga mansublar uchun goʻr qazish:

katta (uzunligi 2 metr, eni 1 metr, chuqurligi 1,5 metr* tobut (grob) qopqogʻigacha)

1 goʻr

69 000

oʻrtacha (uzunligi 1,4 — 1,6 metr, eni 0,7 — 0,8 metr, chuqurligi 1,5 metr* tobut (grob) qopqogʻigacha)

1 goʻr

54 000

kichik (uzunligi 1 — 1,3 metr, eni 0,5 — 0,6 metr, chuqurligi 1 — 1,5 metr* tobut (grob) qopqogʻigacha)

1 goʻr

35 000

4.

Raqamli ustuncha

dona

20 500

5.

Betonli ustuncha (1,3 metr x 0,2 metr x 0,1 metr)

dona

29 000

6.

Musulmon diniga mansublar uchun tobutlar tayyorlash ***:

dona

1,5 metr

dona

923 000

1,9 metr

dona

967 000

2,2 metr

dona

1563 000

7.

Sartaxta***

dona

676 000

8.

Taxtalik tobut (grob) tayyorlash **:

1,0 — 1,4 metr

dona

131 000

1,5 — 1,6 metr

dona

244 000

1,7 — 1,75 metr

dona

261 000

1,8 — 1,85 metr

dona

287 000

1,9 — 2,2 metr

dona

305 000

9.

Taxtalik transport qutisi tayyorlash **:

1,0 — 1,4 metr

dona

258 000

1,5 — 1,6 metr

dona

464 000

1,7 — 1,75 metr

dona

504 000

1,8 — 1,85 metr

dona

538 000

1,9 — 2,2 metr

dona

573 000

10.

Zichlangan tola qogʻozlik tobut (grob) tayyorlash **:

0,65 metr

dona

55 500

0,8 metr

dona

59 000

1,0 — 1,4 metr

dona

93 000

1,5 — 1,6 metr

dona

130 000

1,7 — 1,75 metr

dona

137 000

1,8 — 1,85 metr

dona

153 000

1,9 — 2,2 metr

dona

160 000

11.

Zichlangan tolali qogʻozdan tayyorlangan tobutni (grob) ruhlangan tunuka bilan qoplash:

1,0 — 1,4 metr

dona

137 000

1,5 — 1,6 metr

dona

246 500

1,7 — 1,75 metr

dona

268 000

1,8 — 1,85 metr

dona

286 000

1,9 — 2,2 metr

dona

304 000

12.

Ruhlangan tobutlar (grob) uchun taxta sinchli zichlangan tolali qogʻozdan transport qutisi tayyorlash **:

1,0 — 1,4 metr

dona

178 500

1,5 — 1,6 metr

dona

320 500

1,7 — 1,75 metr

dona

348 000

1,8 — 1,85 metr

dona

372 000

1,9 — 2,2 metr

dona

395 500

13.

Yogʻochli xoch (krest)***

dona

306 000

14.

Tobutni bezash (Gazlama bilan qoplash)

19 000

15.

Burama hoshiya qoqish

dona

15 000

16.

Qopqogʻiga tasmali xoch qoqish

dona

10 000

17.

Maxsus transportdan foydalanish:

PAZ — 672, “OTAYOL” M — 24, “FOTON

1 soat

44 500

18.

Marmarga ishlov berish:

Boʻrttirib yozish (bitta harf)

dona

3 000

Oʻyib yozish (bitta harf)

dona

2 000

Ramka oʻyish

dona

14 000

Oddiy belgi (emblema) oʻyish

dona

13 500

Murakkab belgi (emblema) oʻyish

dona

18 500

Yodgorlik toshni raxini olish

metr

2 500

Qoziq tayyorlash

metr

11 000

Teshik oʻyish

dona

10 000

Yodgorliklarni pardozlash

m2

56 000

19.

Yodgorlikni qabr ustidan buzib olish

toʻplam

200 000

20.

Yodgorlik oʻrnatish

toʻplam

300 000

21.

Qabr ustiga qalinligi 16 santimetrlik beton maydonni tayyorlash

m2

130 000

22.

Beton maydonni marmar bilan qoplash

m2

90 000

23.

Marmardan toʻsiqlar tayyorlash va oʻrnatish **:

Marmardan toʻsiqlarni oʻrnatish

metr

64 000

1 x 0,12x0,12

metr

42 000

1 x 0,12 x 0,10

metr

37 000

1 x 0,10x0,10

metr

34 500

1 x 0,10x0,09

metr

32 000

24.

Gulchambarlar tayyorlash:

katta romb (1,8 x 0,8 metr)

dona

129 000

kichik romb (1,25 x 0,75 metr)

dona

77 000

kichik romb (1,25 x 0,75 metr) (sunʼiy gullardan)

dona

77 000

oysimon (1,8 x 0,8 metr)

dona

145 000

dumaloq (1,6 x 1,2 metr)

dona

175 000

25.

Esdalik tasma tayyorlash

dona

12 000

26.

Eksgumatsiya ishlarini amalga oshirish:

Fuqarolar arizasiga asosan va tegishli mutasaddi tashkilotlarning ruxsati bilan

1 qabr

69 000

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda

1 qabr

bepul

Izoh:
* Qabrning chuqurligini belgilashda dafn etish usuli, diniy xususiyatlar va mahalliy tuproq-iqlim sharoitlari hisobga olinadi.
** Yogʻoch va marmar hom-ashyolaridan tayyorlanadigan mahsulot turlari “Terak daraxti” va “Zichlangan tolali qogʻozdan” hamda “Mahalliy oqish marmar” turlaridan foydalaniladi.
*** Yogʻoch xom ashyolaridan tayyorlanadigan mahsulot turlari “Qaragʻay daraxti”dan foydalaniladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2018-y., 11/18/708/1246-son)