1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
4.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari;
7.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar;
8.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
9.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar;
10.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari;
11.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.99 Umumiy qoidalar;
12.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona;
13.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik;
14.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar;
15.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar;
16.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar;
17.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrogʻi. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
4.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
5.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari;
6.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
7.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi;
8.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
9.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
10.Moliya / Auditorlik faoliyati;
11.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik;
12.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik;
13.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
(I-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrogʻi. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 27-modda):
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining binosida;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining binosida;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining binosida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va hukumatining binosida;
Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlarining binosida;
sudlarning binosida”.
4-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6-banddagi “Oliy Kengashining Raisi”, “Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa ishlari vaziri — Milliy gvardiya qoʻmondoni” degan soʻzlar tegishincha “Oliy Majlisining Raisi”, “Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa vaziri” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 9-moddasining birinchi qismidagi “Oliy Kengashi Rayosatining qaroriga muvofiq” degan soʻzlar “Prezidentining Farmoniga muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 12-moddasidagi “xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya qoʻmitalariga” degan soʻzlar “viloyatlar, tumanlar va shaharlarning hokimliklariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin”.
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 97-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda) 25-moddasining yettinchi qismidagi “shu korxonalarning huquqiy vorislari mablagʻlaridan toʻlanadi, huquqiy vorislar boʻlmagan taqdirda esa — Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi” degan soʻzlar “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrogʻi. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 328-modda):
1) 3-moddasining ikkinchi qismidagi “yarim oy va yulduzlar — oltin rangida” degan soʻzlar “yarim oy va yulduzlar — oq rangda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qism 1-bandining “b”, “d” va “e” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining binosida”;
“d) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qarashli boshqa organlarning binolarida;
e) sudlarning binolarida”;
birinchi qismning 2, 3 va 4-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalari oʻtkazilayotgan zallarda, sudlarning sud majlislari zallarida, shuningdek tugʻilish va nikoh tantanali suratda roʻyxatga olinadigan xonalarda;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning devoni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, uning Kengashi, qoʻmitalari, komissiyalari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kotibiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va davlat qoʻmitalarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qarashli boshqa organlarning, sudlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining, davlat notarial idoralarining, Oʻzbekiston Respublikasi bank muassasalari va tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan muhrlari va hujjat blankalarida gerbning tasvirini tushirish huquqi berilgan respublika va mahalliy boʻysunuvdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning muhrlari va hujjat blankalarida;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rasmiy nashrlarida”;
ikkinchi qismdagi “sudlar va hakamlik sudlari — sud oʻtkaziladigan Majlis zallarida” degan soʻzlar “sudlarning sud majlislari zallarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 355-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda) 27-moddasi birinchi qismining “j” bandida “istalgan vaqtda xizmat guvohnomasini koʻrsatib, qaysi idoraga qarashli boʻlishdan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarga toʻsqinliksiz kirish” degan soʻzlar “qaysi idoraga qarashli boʻlishdan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 15-modda) 10-moddasining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Auditorlik tekshirishlarini oʻtkazish xarajatlari shu tekshirishlarni tayinlagan tashkilotlar hisobidan qoplanadi”.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda):
1) 53-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Turar joylar yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylar, mulk shaklidan qatʼi nazar, davlatga xoinlik qilish, konstitutsiyaviy tuzumga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, terrorizm, qoʻporuvchilik jinoyatlari sodir etish uchun foydalanilgan yoxud bu jinoyatlar qasddan odam oʻldirish, bosqinchilik, talonchilik yoki boshqa ogʻir, oʻta ogʻir jinoyatlar bilan bogʻliq boʻlgan hollarda — bu joylar davlat foydasiga musodara qilinadi”;
birinchi qismning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
ikkinchi qismning sanksiyasidagi “mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay, uch yildan besh yilgacha” degan soʻzlar “mol-mulk musodara qilinib, besh yildan sakkiz yilgacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismning sanksiyasidagi “mol-mulk musodara qilinib, besh yildan oʻn yilgacha” degan soʻzlar “mol-mulk musodara qilinib, sakkiz yildan oʻn ikki yilgacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) Kodeks quyidagi mazmundagi 1841-modda bilan toʻldirilsin:
“1841-modda. Budjet intizomini buzish
Budjet intizomini buzish, yaʼni budjet mablagʻlarini budjetda yoki budjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarning smetalarida nazarda tutilmagan xarajatlarga yoʻllash, shunday muassasalar va tashkilotlarda xarajatlar qismi boʻyicha budjetdan ajratilgan mablagʻlarning limitlardan ortib ketishi, shtat-smeta intizomini buzish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish juda koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Budjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlar toʻlovi uchun pul mablagʻlari berish banklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan asossiz ravishda kechiktirilganligi, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
4) 216-moddasining nomi va dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“216-modda. Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish
Gʻayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash, shuningdek bunday birlashmalar yoki tashkilotlar faoliyatida faol qatnashish —”;
5) 2161-moddasining nomi va dispozitsiyasidagi “Faoliyati taqiqlangan”, “Faoliyati Oʻzbekiston Respublikasida taqiqlangan” degan soʻzlar tegishincha “Gʻayriqonuniy”, “Oʻzbekiston Respublikasida Gʻayriqonuniy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismning dispozitsiyasidagi “roʻyxatdan oʻtish, propiska” degan soʻzlar “vaqtincha yoki doimiy propiska” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
uchinchi qismning dispozitsiyasidagi “mazkur fuqarolarning chet el pasportlarini oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazishga, ular shu erda boʻlishining belgilangan muddati oʻtgach chiqib ketishlarini taʼminlashga” degan soʻzlar “mazkur fuqarolarning vaqtincha propiskadan oʻtishlarini, shuningdek ular shu erda boʻlishining belgilangan muddati oʻtgach chiqib ketishlarini taʼminlashga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismning sanksiyasidagi “yetmish besh baravarigacha” degan soʻzlar “yuz baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) Kodeks quyidagi mazmundagi 2442-moddasi bilan toʻldirilsin:
“2442-modda. Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish
Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish —
mol-mulk musodara qilinib, besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar — ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib, oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Basharti shaxs taqiqlangan tashkilotlar mavjudligi toʻgʻrisida oʻz ixtiyori bilan xabar qilgan va jinoyatni ochishga yordam bergan boʻlsa, u ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilinadi”.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda):
1) 48-moddasining birinchi qismidagi “qaror yoki ushlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma unga maʼlum qilingan paytdan boshlab” degan soʻzlar “qaror unga maʼlum qilingan paytdan yoki u ushlangan paytdan boshlab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 49-moddasining uchinchi qismidagi “qaror yoxud ushlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma eʼlon qilingan paytdan boshlab” degan soʻzlar “qaror eʼlon qilingan paytdan yoxud u ushlangan paytdan boshlab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 53-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Himoyachi: manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini bilish; ishda ishtirok etish uchun oʻziga ijozat berilgani toʻgʻrisida surishtiruv, dastlabki tergov organlari va suddan yozma ravishda tasdiq talab qilish; gumon qilinuvchi soʻroq qilinayotganda ishtirok etish, shaxsga ayblov eʼlon qilinayotganda hozir boʻlish hamda ayblanuvchi soʻroq qilinayotganda, shuningdek ularning ishtirokida oʻtkaziladigan boshqa tergov harakatlarida qatnashish va gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga savollar berish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan boshqa tergov harakatlari yurgizilayotganda ishtirok etish; oʻzi qatnashgan tergov harakatlarining yuritilishi xususida yozma mulohazalar berish; iltimosnoma berish va rad etish; dalillar taqdim qilish; davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan hamda jamoat birlashmalaridan himoyani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlar soʻrab olish; gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida oʻtkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, dastlabki tergov tamom boʻlgandan keyin esa, jinoyat ishiga doir barcha materiallar bilan tanishish va ulardan kerakli maʼlumotlarni yozib olish; agar himoyani amalga oshirish zaruriyati taqozo etsa, davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sir hisoblangan maʼlumot bilan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tanishish; ishning suddagi muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish; kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi majlislarida ishtirok etish huquqiga egadir”;
4) 216-moddasining ikkinchi qismidagi “Ushlab turilgan va qamoqqa olinganlar saqlanadigan joy maʼmuriyati: qamoqqa olinganlarga ayblov xulosasining nusxasini, shuningdek sudning hukmi va ajrimining nusxasini ular kelib tushgan kunda topshirishni taʼminlashi” degan soʻzlar “Ushlab turilgan va qamoqqa olinganlar saqlanadigan joy maʼmuriyati: ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga advokat bilan moneliksiz va holi uchrashish hamda undan maslahat olish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashi; qamoqqa olinganlarga ayblov xulosasining nusxasini, shuningdek sudning hukmi va ajrimining nusxasini ular kelib tushgan kunda topshirishni taʼminlashi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 290-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Turar joylar yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylar, mulk shaklidan qatʼi nazar, davlatga xoinlik qilish, konstitutsiyaviy tuzumga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, terrorizm, qoʻporuvchilik jinoyatlari sodir etish uchun foydalanilgan yoxud bu jinoyatlar qasddan odam oʻldirish, bosqinchilik, talonchilik yoki boshqa ogʻir, oʻta ogʻir jinoyatlar bilan bogʻliq boʻlgan hollarda — bu joylar xatlanadi”;
ikkinchi qism “183” raqamidan keyin “1841” degan raqam bilan toʻldirilsin, “2441” raqami esa chiqarib tashlansin;
oltinchi qismdagi “167-moddasida” degan soʻzlar “167, 2441, 2442-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 479-moddasi toʻrtinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishni nazorat tartibida koʻrish chogʻida himoyachi ishtirok etishga haqlidir, boshqa shaxslar esa zarurat tugʻilgan hollarda taklif etiladilar”.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda):
1) Kodeks quyidagi mazmundagi 1041-modda bilan toʻldirilsin:
“1041-modda. Qishloq xoʻjalik ekinlarining navini yangilash va nav joylashtirish tartibini buzish
Qishloq xoʻjalik ekinlarining navini yangilash va nav joylashtirish tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
“159-modda. Turar joylardan foydalanish qoidalarini, uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish
Turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish, umum foydalanadigan joylarni sanitariya holatida saqlash qoidalarini buzish, uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish, koʻp kvartirali uylardagi turar joylarda chorva mollarni, xuddi shuningdek odamlarning salomatligiga xavf soluvchi hayvonlarni boqish —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 160-moddasining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarning sanksiyalaridagi “uch baravaridan besh baravarigacha” degan soʻzlar “sakkiz baravaridan oʻn ikki baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismdagi “ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan, “besh baravaridan oʻn baravarigacha” degan soʻzlar esa “oʻn ikki baravaridan oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) Kodeks quyidagi mazmundagi 1752 va 1753-moddalar bilan toʻldirilsin:
“1752-modda. Budjet intizomini buzish
Budjet intizomini buzish, yaʼni budjet mablagʻlarini budjetda yoki budjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarning smetalarida nazarda tutilmagan xarajatlarga yoʻllash, shunday muassasalar va tashkilotlarda xarajatlar qismi boʻyicha budjetdan ajratilgan mablagʻlarning limitlardan ortib ketishi, shtat-smeta intizomini buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Budjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlar toʻlovi uchun pul mablagʻlari berish banklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan asossiz ravishda kechiktirilganligi —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
1753-modda. Soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini qoʻllanish tartibini buzish
Soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini qoʻllanish tartibini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
6) 1762-moddasining nomi va birinchi qismidagi “yoki bank rekvizitlari oʻzgarganligi” degan soʻzlar “bank rekvizitlari oʻzgarganligi yoki qayta roʻyxatdan oʻtganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) Kodeks quyidagi mazmundagi 1781-modda bilan toʻldirilsin:
“1781-modda. Reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Reklamaga taalluqli maʼlumotlarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik, shuningdek reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini tugatish haqidagi koʻrsatmalarni oʻz muddatida bajarmaganlik —
eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Notoʻgʻri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya etmaganlik yoki aksilreklama berishdan bosh tortganlik —
eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”.
8) 2021-moddasining nomi va dispozitsiyasidagi “Faoliyati taqiqlangan”, “Faoliyati Oʻzbekiston Respublikasida taqiqlangan” degan soʻzlar tegishincha “Gʻayriqonuniy”, “Oʻzbekiston Respublikasida Gʻayriqonuniy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
10) Kodeks quyidagi mazmundagi 2151-modda bilan toʻldirilsin:
“2151-modda. Korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni taqdim etish tartibini buzish
Korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni mansabdor shaxslar tomonidan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organlariga taqdim etmaslik yoki vaqtida taqdim etmaslik —
eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Pasporti boʻlishi shart boʻlgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yashashi, pasportni qasddan yaroqsizlantirishi, shuningdek pasportni beparvolik bilan saqlashi va buning oqibatida pasportning yoʻqolishi —
eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Fuqarolarning yoʻqolganligi toʻgʻrisida oʻzlari ariza bergan oʻz pasportlaridan, shuningdek boshqa fuqarolarga tegishli pasportlardan gʻarazli maqsadlarda foydalanishi —
eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun masʼul boʻlgan shaxslarning fuqarolarning pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan yoxud vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yashashiga yoʻl qoʻyishi, xuddi shuningdek fuqarolarning oʻz turar joylarida pasportsiz, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz shaxslar yashab turishiga yoʻl qoʻyishi —
eng kam ish haqining uch baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan, xuddi shuningdek vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yashab turgan fuqarolarni ishga qabul qilish, shuningdek fuqarolardan pasportlarini qonunga xilof ravishda olib qoʻyish yoki ularning pasportlarini garovga olish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
224-modda. Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va boʻlishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish
Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va boʻlishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish —
eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
birinchi qismning dispozitsiyasidagi “roʻyxatdan oʻtish, propiska” degan soʻzlar “vaqtincha yoki doimiy propiska” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismning sanksiyasidagi “oʻn baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismning dispozitsiyasidagi “mazkur fuqarolarning chet el pasportlarini oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazishga, ular shu erda boʻlishining belgilangan muddati oʻtgach chiqib ketishlarini taʼminlashga” degan soʻzlar “mazkur fuqarolarning vaqtincha propiskadan oʻtishlarini, shuningdek ular shu erda boʻlishining belgilangan muddati oʻtgach chiqib ketishlarini taʼminlashga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismning sanksiyasidagi “besh baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 245-moddasining birinchi qismidagi “1751-moddasida” degan soʻzlar “1751, 1753-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) Kodeks quyidagi mazmundagi 2641, 2663 va 2671-moddalar bilan toʻldirilsin:
“2641-modda. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi organlariga ushbu Kodeksning 1751-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishga haqlidirlar”;
“2663-modda. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi organlari
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi organlariga ushbu Kodeksning 1041-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishga haqlidirlar:
Qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va ularning sifatini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori — eng kam ish haqining oʻn baravarigacha miqdorda;
Qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va ularning sifatini nazorat qilish boʻyicha davlat markazi inspektorlari, qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va ularning sifatini nazorat qilish boʻyicha viloyatlar davlat inspektorlari — eng kam ish haqining yetti baravarigacha miqdorda;
Qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va ularning sifatini nazorat qilish boʻyicha tumanlar inspektorlari — eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga”;
“2671-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organlari
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organlariga ushbu Kodeksning 2151-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishga haqlidirlar:
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining oʻn baravarigacha miqdorda;
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga”;
birinchi qismdagi “178-moddasida” degan soʻzlar “178 va 1781-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismning ikkinchi xatboshisidagi “besh baravarigacha” degan soʻzlar “yetti baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismning uchinchi xatboshisidagi “toʻrt baravarigacha” degan soʻzlar “besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
X. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda):
“Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining, shuningdek Markaziy bank faoliyat yuritishini taʼminlovchi korxonalar va tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishini istisno etganda, banklar va boshqa yuridik shaxslarning kapitallarida qatnashishga haqli emas”;
ikkinchi qismning toʻqqizinchi xatboshisidagi “bank aksiyalarining yigirma foizidan ortigʻini” degan soʻzlar “ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiq qismini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda bank aksiyalarini sotib olish uchun oldindan Markaziy bankning roziligini olish talab qilinadi. Markaziy bank aksiya sotib oluvchilarning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi aniqlangan taqdirda bank aksiyalari xarid qilinishi va sotilishiga rozilik bermaslik huquqiga ega. Markaziy bank oʻz qarori toʻgʻrisida ariza beruvchiga iltimosnoma olingan kundan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmay yozma ravishda xabar beradi”.
(XI-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 25-maydagi 70-II-son Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 141-modda;)
XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda):
1) 67-moddasining yettinchi qismidagi “shu korxonalarning huquqiy vorislari mablagʻlaridan toʻlanadi, huquqiy vorislari boʻlmagan taqdirda esa — Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi” degan soʻzlar “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 131-moddasidagi “9-may — Gʻalaba kuni” degan soʻzlar “9-may — Xotira va qadrlash kuni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 237-moddasi birinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur ayollarni ishga joylashtirishni mahalliy mehnat organi ularni ishga joylashtirish davrida qonun hujjatlarida belgilangan tegishli ijtimoiy toʻlovlar bilan taʼminlagan holda amalga oshiradi”.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda):
“Har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ishtirokining eng koʻp ulushi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Banklarning aksiyalarini olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bank muassislari bank aksiyadorlari tarkibidan u roʻyxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar.
Bankning boshqa banklarning ustav kapitalida ishtirokiga yoʻl qoʻyilmaydi, chet el kapitali ishtirokidagi banklar va shuʼba banklar tashkil etish hollari bundan mustasno”;
“ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiq qismiga egalik qilib turgan bank aksiyadorlari;
ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiq qismiga egalik qilib turgan aksiyador yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari”;
3) 31-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mijozlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzlari tanlagan bitta yoki bir nechta bankda milliy valyutada va chet el valyutasida talab qilib olguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar ochishga haqli”.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.99 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda):
1) 5-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
sogʻliqni saqlash va tibbiy sugʻurtaning, sogʻliqni saqlash sifati davlat standartlarining normativ bazasini ishlab chiqadi hamda barcha tibbiy muassasalarning ularga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasida tarmoq davlat dasturlarini amalga oshiradi;
davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishni budjet mablagʻlari hisobidan moliyalaydi;
davolash-profilaktika va dorixona muassasalarining sertifikatsiyasi va akkreditatsiyasini amalga oshiradi;
shifokorlarga xususiy tibbiyot amaliyoti bilan shugʻullanish uchun, farmatsevtlarga xususiy farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyalar beradi;
tibbiy xizmat tariflari darajasini boshqarib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanishga ruxsat etilgan dori vositalari va preparatlarini standartlashtirish va sertifikatsiya qilishni amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi”;
2) 6-moddasi quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“sogʻliqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlarini rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi sharoitlar yaratish”;
3) 8-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam koʻrsatadi. Bepul tibbiy yordam koʻrsatish hajmi va tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmining belgilanganidan ortiqcha tibbiy va boshqa xil xizmatlar koʻrsatish qoʻshimcha xizmatlar boʻlib, aholi tomonidan belgilangan tartibda haq toʻlanadi”;
4) 9-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davolash-profilaktika muassasalarining davlat tomonidan kafolatlangan hajmdan ortiqcha tibbiy yordam koʻrsatganlik uchun va pullik xizmatlar koʻrsatganlik uchun olingan mablagʻlari”;
beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
5) 10-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sogʻliqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlariga taalluqli davolash-profilaktika muassasalari fuqarolarning ayrim guruhlariga bepul tibbiy xizmat koʻrsatadilar. Bunday xizmatlarning hajmi, roʻyxati, ularni koʻrsatish tartibi hamda kompensatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
6) 17-moddasining birinchi qismidagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Sogʻliqni saqlash vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 29-moddasining ikkinchi qismi “ushbu Qonun 10-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq shunday yordam koʻrsatiladigan fuqarolarning ayrim guruhlari bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
XV. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 130-modda; 1997-yil, № 4—5, 126-modda):
“muvofiqlik sertifikati va fitosanitariya yoki karantin ruxsatnomasi mavjud boʻlmasa, urugʻlik turkumlarining tashilishini taqiqlab qoʻyish;
muvofiqlik sertifikati, fitosanitariya yoki karantin ruxsatnomasi boʻlmagan urugʻliklarni boshqa davlatlardan respublikaga olib kirishga yoʻl qoʻymaslik”;
qism quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qishloq xoʻjalik ekinlarining navini yangilash va nav joylashtirish tartibini buzganlik uchun xoʻjaliklarning rahbarlari va boshqa masʼul shaxslariga jarima jazosi berish”.
XVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda):
1) 12-moddasi birinchi qismining 1-bandi “manzili oʻzgargan” degan soʻzlardan keyin “yoki qayta roʻyxatdan oʻtgan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan, davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik va jismoniy shaxslar roʻyxatga olingan paytdan eʼtiboran oʻn kun mobaynida identifikatsiya raqami olish uchun soliq organiga murojaat qiladi. Norezidentlar (shu jumladan tegishli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan norezidentlar) Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat boshlaganidan eʼtiboran oʻn kun mobaynida hisobga turish va identifikatsiya raqami olish uchun soliq organlariga murojaat qiladi.
Boshqa soliq toʻlovchilar — jismoniy shaxslar boʻyicha identifikatsiya raqamlarini rasmiylashtirish soliq organlari tomonidan xonadonlarni aylanib chiqish paytida amalga oshiriladi.
Soliq organi har bir soliq toʻlovchiga identifikatsiya raqami beradi.
Soliq toʻlovchi ushbu Kodeksga muvofiq foydalaniladigan barcha hujjatlarda oʻzining soliq toʻlovchi tariqasidagi identifikatsiya raqamini koʻrsatishi shart. Soliq organi soliq toʻlovchiga yuboradigan uning soliq majburiyatlariga taalluqli barcha xabarnomalarida soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini koʻrsatadi”.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
XVII. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 120-modda):
Ushbu Qonunda quyidagi tushunchalar qoʻllanilmoqda:
dori vositalari — kelib chiqishi tabiiy va sunʼiy boʻlgan bir yoki bir necha dori moddalari (substansiyalari) hamda yordamchi moddalar asosida hosil qilingan, kasallikning oldini olish, tashxis qoʻyish va davolash uchun qoʻllashga ruxsat etilgan vositalar. Ular jumlasiga immunobiologik, radiofarmatsevtik va parafarmatsevtik preparatlar, gomeopatik, tashxis qoʻyish va sterilizatsiya vositalari kiradi;
dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-oʻralgan, qoʻllashga tayyor dori vositalari;
dori moddalari (substansiyalari) — kelib chiqishi tabiiy va sunʼiy boʻlgan, qoʻllashga ruxsat etilgan biologik faol moddalar;
farmakologik vositalar — belgilangan farmakologik faollikka ega boʻlib, klinik sinov obyektlari hisoblanadigan muayyan dorivor shaklidagi moddalar yoki moddalar aralashmasi;
farmakopeya — dori vositalari sifatini, ularni tayyorlash, sifat-miqdor jihatidan nazorat qilishni, saqlash shart-sharoitlarini va nomlanishini belgilaydigan davlat standartlari toʻplami;
farmakopeya maqolasi — dori vositasi uchun farmakopeya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan normativ-texnik hujjat;
farmakopeya qoʻmitasi — dori vositalari, tibbiy buyumlar sifatiga va ularni nazorat qilish usullariga nisbatan qoʻyiladigan talablarni belgilaydigan normativ-texnik hujjatlarni tasdiqlovchi rasmiy ekspert organi;
roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi — dori vositalarini tibbiy qoʻllanish huquqi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ruxsatini tasdiqlovchi hujjat;
dori vositalarining, tibbiy buyumlarning davlat reyestri — rasmiy hujjat boʻlib, u tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar roʻyxatidan iborat;
generik dori vositalari (generiklar) — patent berilganlaridan qolishmaydigan, lekin boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlangan dori preparatlari;
gomeopatik vositalar — gomeopatik qoidalarga binoan qoʻllaniladigan va davlat reyestrining maxsus boʻlimiga kiritilgan dorilar;
farmatsevtik faoliyat — dori vositalarini, tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha izlanishlarni, tadqiqotlarni, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, sifatini nazorat qilish, standartlash, roʻyxatdan oʻtkazish, saqlash, axborot berish, yetkazib berish va realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat;
dorixona — dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, ularning sifatini nazorat qilish, shuningdek davolash hamda kasallikning oldini olishga moʻljallangan dori vositalari, tibbiy buyumlarni, sanitariya va gigiyena ashyolarini, shifobaxsh oziq-ovqatlarni, maʼdanli suvlarni, davolash-kosmetika mahsulotlarini xarid qilish, saqlash va sotishni amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasi. Dorixona muassasalari jumlasiga dorixonalar va ularning filiallari, davolash va kasallikning oldini olish muassasalarining dorixonalari kiradi;
retsept — shifokorning farmatsevtga dori tayyorlash va berish haqidagi yozma koʻrsatmasi boʻlib, unda dorini qoʻllash usuli qayd etilgan boʻladi;
standart yozuv — dori preparatlarining davolash xususiyatlari samaradorligi tekshirilganidan soʻng tuzilgan tarkibi;
tibbiy buyumlar — kasallikning oldini olish, tashxis qoʻyish va davolash uchun tibbiyotda qoʻllaniladigan buyumlar. Ular jumlasiga bogʻlash va tikish materiallari shpritslar, qon va infuzion eritmalarni quyishga moʻljallangan sistemalar, bemorlarni parvarishlashda qoʻllaniladigan ashyolar va materiallar kiradi”;
2) 6-moddasi uchinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“dorilarni tayyorlashda qoʻllaniladigan dori vositalari (substansiyalari) va biologik faol yordamchi moddalar”;
Dori vositalarini ishlab chiqarish — dori vositalarini ularni ishlab chiqarish hamda sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalariga muvofiq koʻplab hosil qilish, shu jumladan toʻliq texnologik turkum yoki uning ayrim bosqichlari: dori vositalarini sintez (biosintez) qilish, ekstraksiyalash, tozalash, ularga ishlov berish, ularni qadoqlash, idishga joylash-oʻrash va ularni markalash bosqichlari boʻyicha hosil qilish.
Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan dori vositalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi.
Dori vositalarini ishlab chiqarish litsenziyaga ega boʻlgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Dori vositalari davlat reyestridan chiqarilgan taqdirda ishlab chiqarilgan hamda dorixonalar, omborlar va davolash-kasallikning oldini olish muassasalarida mavjud boʻlgan mazkur dori vositalarining qoldiqlari masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan hal qilinadi.
Dori vositalarini yaratish, ularni sinash, ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, yoʻq qilishni amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar dori vositalarining sifatini nazorat qiluvchi ichki idoraviy xizmatga ega boʻlishlari kerak”;
4) 8-moddasidagi “dori vositalari substansiyalaridan” degan soʻzlar “dori vositalaridan (substansiyalaridan)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 13-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining qalbakisi yoki gʻayriqonuniy nusxasi boʻlgan dori vositalarini realizatsiya qilish taqiqlanadi”;
beshinchi va oltinchi qismlar tegishincha oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
6) 14-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining qalbakisi yoki gʻayriqonuniy nusxasi boʻlgan dori vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilish taqiqlanadi”;
“Dori vositalari va tibbiy buyumlarni reklama qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 15-aprel,
772-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda; 2000-y., 5-6-son, 141-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 533-modda; 2015-y., 34-son, 451-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 03/19/521/2627-son; 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son; 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)