1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.91.00 (Кучини йукотган) Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va o‘quv qurollari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2005—2009-YILLARDA UMUMTA’LIM MAKTABLARI UCHUN DARSLIKLAR VA O‘QUV-METODIK QO‘LLANMALAR NASHR ETISH DASTURI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida” 2004-yil 21-maydagi PF-3431-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda davlat ta’lim standartlari talablariga javob beradigan zamonaviy o‘quv adabiyotlari va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni tayyorlash, nashr etish va umumta’lim maktablarini ular bilan ta’minlashning kompleks tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
1. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 2005—2009-yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr etish dasturi 1, 1a, 1b, 1v-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
* 1, 1a, 1b, 1v-ilovalar berilmaydi.
2. Quyidagilar:
umumta’lim maktablari uchun yangi darsliklar yaratish va ularni nashr etish jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
* 2-ilova berilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.05.00 Davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari]
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibini tanlab olish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.00 Davlat ta’lim standartlari va talablari]
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni tanlov asosida tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni nashr etish yuzasidan tender savdolari o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.05.00 Davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim]
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun yangi darsliklar va o‘quv-metodik komplekslar yaratish, ularni nashr etishga hamda qayta nashr etishga davlat buyurtmasini joylashtirish tender (tanlov) asosida yoki buyurtmachilar tomonidan tashkil etiladigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 992-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.00 Davlat ta’lim standartlari va talablari]
umumiy o‘rta ta’lim ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni (xorijiy tillar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik komplekslar bundan mustasno) xarid qilish va yetkazib berish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasidan mablag‘lar ajratish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan, akademik litseylar uchun — Respublika budjeti mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan, kasb-hunar kollejlari uchun esa — mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobiga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2021-y., 07/21/4963/0064-son)
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.05.00 Davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim]
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun xorijiy tillar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni xarid qilish va yetkazib berish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining aylanma mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2021-y., 07/21/4963/0064-son)
4. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (A.I. Ikramov)ga:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
nashr etishga tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlarini tanlov asosida tanlab olishni tashkil etish va o‘tkazish masalalarini muvofiqlashtirish;
o‘quv adabiyotlarining belgilangan davlat ta’lim standartlariga va zamonaviy metodik talablarga muvofiqligini ekspertizadan o‘tkazish va baholash;
qabul qilingan 2005—2009-yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr etish dasturi amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish yuklansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
2005—2009-yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslar nashr etishning 1a va 1b-ilovalarga muvofiq tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda har yili kelgusi yilda nashr etish mo‘ljallangan o‘quv adabiyotlarining aniq ro‘yxatini va tirajini belgilasin va tasdiqlasin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim]
umumiy o‘rta ta’limning takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari, darsliklarga nisbatan yangilangan metodik talablar asosida o‘quv adabiyotlari 2-ilovaga muvofiq muddatlarda yaratilishini va nashr etilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda, Darsliklarning respublika aylanma fondini yaratishni hamda maktablar o‘quvchilarini ushbu fond hisobiga darsliklar bilan ta’minlash tartibini nazarda tutuvchi maktablar o‘quvchilarini darsliklar bilan ta’minlashning samarali mexanizmini joriy etish yuzasidan 2004-yil oxirigacha taklif tayyorlasin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.00 Davlat ta’lim standartlari va talablari]
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2005—2009-yillarda umumta’lim maktablari uchun davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq yuqori samarali multimediy tizimlarini hamda o‘quv adabiyotlari va qo‘llanmalarning kompyuter elektron turlarini yaratish dasturini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat to‘g‘risida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]
6. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni nashr etish va qayta nashr qilishga tender (tanlov) savdolari o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yetkazib berish xizmatlari narxlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida narxlarini tartibga solish nazarda tutilgan o‘quv adabiyotlari ayrim turlarining narxlarini deklaratsiyalashda ularning sun’iy ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ustidan nazorat o‘rnatsin;
o‘quv adabiyotlarini yangilashda ularga narxlar dinamikasi monitoringini olib borsin hamda ular yuzasidan ma’lumotlarni Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratish va ularni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasiga kiritsin.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun darsliklar va o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish to‘g‘risida” 2001-yil 16-avgustdagi 341-son qarorining 8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 22-noyabr,
548-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-noyabrdagi 548-son qaroriga 3-ILOVA
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibini tanlab olish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim]
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida” 2004-yil 21-maydagi PF-3431-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqishga mualliflar tarkibini tanlab olish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi]
2. O‘quv adabiyotlarini ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibi tanlov asosida tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadi, xorijiy tillar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bundan mustasno.
Xorijiy tillarni o‘rganish uchun o‘quv adabiyotlari yaratish va ularni modernizatsiya qilish bo‘yicha mualliflar guruhlari (ta’lim turlari, xorijiy tillar predmetlari, sinflar, kurslar va shu kabilar bo‘yicha) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan shakllantiriladi va tasdiqlanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
3. Quyidagilar mualliflar tarkibini tanlov asosida tanlab olishning maqsadi va vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.00 Davlat ta’lim standartlari va talablari]
o‘quvchilarni takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari asosida yaratilgan o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat to‘g‘risida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]
vazirliklar va vakolatli muassasalarning buyurtmalari asosida o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibini tanlash tizimida raqobat muhitini yaratish, shuningdek uning ochiq-oshkoraligini ta’minlash;
o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqishga eng malakali mutaxassislarni jalb etish, shuningdek yosh iste’dodli mualliflar va mualliflar jamoalarini qo‘llab-quvvatlash.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.05.00 Davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari]
4. Ham jismoniy shaxslar, ham kadrlar salohiyatiga, ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlari yaratish tajribasiga ega bo‘lgan turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi ilmiy va o‘quv tashkilotlari mualliflar tarkibini tanlov asosida tanlab olish qatnashchilari bo‘lishlari mumkin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi o‘rinlarda buyurtmachi deb yuritiladi) takomillashtirilgan davlat standartlari va o‘quv dasturlarining bosqichma-bosqich joriy etilishini hisobga olgan holda tanlov asosida ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini belgilaydilar va Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Hukumat komissiyasi deb yuritiladi) tasdig‘iga kiritadilar.
6. Hukumat komissiyasi mualliflar tarkibini tanlab olish asosida ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini o‘rganadi va tasdiqlaydi.
II. Mualliflar tarkibi tanlovini o‘tkazish
7. Mualliflar tarkibini tanlab olish Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasi huzurida tuziladigan tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Tanlov komissiyasi a’zolari soni (kamida 9 kishi) toq bo‘lgan tarkibda tuziladi, uning shaxsiy tarkibi Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tanlov komissiyasi tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
manfaatdor vazirliklar va idoralarning (O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqalar) vakillari;
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
ilmiy-pedagogik jamoatchilik vakillari;
yetakchi amaliyotchi o‘qituvchilar, metodik kabinetlar mutaxassislari, ota-onalar qo‘mitasi a’zolari.
Buyurtmachining rahbari yoki uning o‘rinbosarlaridan biri tanlov komissiyasi raisi hisoblanadi.
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
8. O‘quv adabiyotlari loyihasini ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibini tanlov asosida tanlab olish va tasdiqlashni tashkil etish hamda o‘tkazish ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
9. Tanlov asosida ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan keyin tanlov komissiyasi ommaviy axborot vositalarida mualliflar tarkibi tanlanishi to‘g‘risida e’lon beradi.
E’lon buyurtmanomalarni qabul qilish muddati tugashidan kamida 30 kun oldin beriladi.
10. Qatnashchilardan arizalarni qabul qilish va mualliflarni tanlab olish tartibotlarini tashkil etish funksiyalari tanlov komissiyasiga yuklanadi.
11. Qatnashchilar tanlov komissiyasiga quyidagilardan iborat bo‘lgan takliflarni taqdim etadilar:
ishtirok etish uchun buyurtmanoma;
qatnashchining so‘rovnomasi;
o‘quv adabiyoti konsepsiyasi (0,5 bosma toboqqacha), unda o‘quv kursining maqsadi va vazifalari, mazmuni va tuzilmasiga nazariy-metodologik yondashuv, o‘quv adabiyotining metodik apparatiga asos qilib olinadigan didaktik prinsiplar aks ettirilishi kerak;
o‘quv adabiyotining reja-prospekti (bo‘limlar va mavzular mazmunining tezisli bayoni, 1 bosma toboqqacha) va bitta bobning namuna matni.
12. Buyurtmanomalar taqdim etishning belgilangan muddati tugagandan keyin tanlov komissiyasi belgilangan kun va soatda buyurtmanomalar mavjud bo‘lgan takliflarni ochadi.
13. E’londa ko‘rsatilgan oxirgi muddatdan keyin tushgan buyurtmanomalar tanlovga qo‘yilmaydi. Tanlovda ishtirok etish shartlariga va rasmiylashtirish qoidalariga muvofiq bo‘lmagan buyurtmanomalar ko‘rib chiqilmaydi.
14. Tanlov komissiyasi bayonnoma tuzadi, unda tushgan buyurtmanomalarni hamda zarur ma’lumotlar va hujjatlar mavjudligini ro‘yxatdan o‘tkazadi. Bayonnomada:
tushgan buyurtmanomalar;
tanlovga qo‘yilgan qatnashchilar;
tanlov qatnashchilari tarkibiga kiritilmagan talabgorlar (ularning takliflari rad etilishining aniq sabablari ko‘rsatilgan holda) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
15. Ishlab chiquvchi mualliflarning takliflarini ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish uchun tanlov komissiyasi tomonidan ilmiy va pedagogik jamoatchilik, olimlar, amaliyotchi o‘qituvchilar, metodistlar va talab etiladigan ixtisoslikning boshqa mutaxassislaridan iborat tarkibda tegishli fanlar bo‘yicha ekspert guruhi tayinlanadi.
Tegishli fanlar bo‘yicha ekspert guruhining shaxsiy tarkibi tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert guruhi a’zolarining tarkibi oshkor qilinmaydi.
Ekspert guruhi ishlab chiquvchi mualliflarning taqdim etilgan takliflarini ularning kod raqamlari bo‘yicha baholaydi va o‘zining asoslangan xulosalarini tanlov komissiyasiga kiritadi.
16. Buyurtmachining rahbarlari, tanlov komissiyasi va ekspert guruhlarining a’zolari ishlab chiquvchi mualliflar bo‘lishlari mumkin emas.
17. Tanlov komissiyasi ekspert guruhlarining xulosalari va tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan mezonlar asosida 10 kun muddatda g‘oliblarni tanlab olish uchun taqdimnomalarni Hukumat komissiyasiga yuboradi.
O‘quv adabiyotlari loyihalarini ishlab chiqish uchun mualliflar guruhini tanlash g‘oliblari to‘g‘risidagi yakuniy qaror Hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va qaror tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Tanlov natijalari to‘g‘risidagi axborot Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan keyin 3 kun mobaynida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
171. Quyidagi hollarda tanlab olish bo‘lib o‘tmagan deb e’lon qilinadi:
tanlab olishga uchtadan kam bo‘lgan qatnashchilarning takliflari taqdim etilganda;
uchtadan kam qatnashchilarning tanlov takliflari tanlov hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lganda.
(171-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
172. Tanlov asosida tanlab olish bo‘lib o‘tmagan deb e’tirof etilgan taqdirda, tanlov komissiyasi takroriy tanlov asosida tanlab olishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Takroriy tanlov asosida tanlab olish o‘tkazilganda takliflarni taqdim etish shartlari va muddatlarini qayta ko‘rib chiqishga yo‘l qo‘yiladi.
Takroriy tanlov bo‘lib o‘tmagan deb e’tirof etilgan taqdirda, tanlov komissiyasi ta’lim muassasasiga yoki ilmiy tashkilotga o‘quv adabiyotini ishlab chiqarishni topshiradi.
(172-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
173. Tanlov asosida tanlab olish jarayonida va u tugallangandan keyin mualliflar — ishlab chiquvchilar o‘z tarkibini olimlar, metodistlar va tajribali amaliyotchi o‘qituvchilar bilan to‘ldirishi mumkin.
(173-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
18. Buyurtmachi Hukumat komissiyasining qarori asosida g‘oliblar bilan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv adabiyotlari loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan shartnoma tuzadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-bobi (“Shartnoma tuzish”).
III. Yakuniy qoidalar
19. Buyurtmachi o‘quv adabiyotlari loyihasi ishlab chiqilishining muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi.
20. O‘quv adabiyotlari loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtma olgan g‘oliblar o‘quv adabiyotlari loyihasining sifati va ishlab chiqish muddatlari uchun javob beradilar.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibini tanlab olish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risida nizomga ILOVA
O‘quv adabiyotlari loyihasini ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibini tanlab olish va tasdiqlash sxemasi
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-noyabrdagi 548-son qaroriga 4-ILOVA
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni tanlov asosida tanlab olish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom keyinchalik nashr etish uchun yangi avlod darsliklarni va o‘quv-metodik komplekslarni tanlab olish tanlovini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarga (keyingi o‘rinlarda o‘quv adabiyotlari deb yuritiladi) umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun yaratiladigan darsliklar, qo‘shimcha o‘quv, metodik va ma’lumotnoma adabiyotlar kiradi.
3. O‘quv adabiyotlarini tanlab olish tanlov asosida amalga oshiriladi, unda faqat mualliflar tarkibini tanlab olish g‘oliblari qatnashadi (o‘rganish va tasdiqlash Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan o‘quv adabiyotlari bundan mustasno). Quyidagilar tanlov yo‘li bilan tanlab olishning maqsadi hisoblanadi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
zamonaviylashtirilgan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari talablariga muvofiq o‘quv adabiyotlari mazmunini takomillashtirish, ularning dizayni sifatini oshirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat to‘g‘risida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat to‘g‘risida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]
o‘quv adabiyotlari yaratish jarayonida raqobat muhitini shakllantirish, yosh mualliflar va mualliflar jamoalarini qo‘llab-quvvatlash.
4. Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Hukumat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
5. O‘quv adabiyotlarini tanlov asosida tanlab olish a’zolari soni (kamida 9 kishi) toq bo‘lgan, shaxsiy tarkibi esa Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tanlov komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Tanlov komissiyasi tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
buyurtmachining — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining yoki Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (tegishliligiga ko‘ra) vakillari;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Respublika ta’lim markazi yoki Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi mutaxassislari;
idoraviy mansub ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralarning vakillari;
Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa tegishli ilmiy-tadqiqot ta’lim muassasalari xodimlari;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim]
umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yetakchi amaliyotchi o‘qituvchilari;
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi vakillari.
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
Buyurtmachining rahbari yoki uning o‘rinbosarlaridan biri tanlov komissiyasi raisi hisoblanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
II. Tanlov orqali tanlab olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish
6. O‘quv adabiyotlarini tanlov orqali tanlab olishni tashkil etish va o‘tkazish ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
7. Tanlov komissiyasi tanlov boshlanishidan 120 kun oldin ommaviy axborot vositalarida tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon beradi. E’londa quyidagilar ko‘rsatiladi:
ishlab chiqilishi mo‘ljallanayotgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxati;
tanlov takliflarini qabul qilish va tanlovni o‘tkazish muddatlari;
tanlov hujjatlarini va tanlov shartlari to‘g‘risida qo‘shimcha axborotni olish uchun manzil, bog‘laniladigan shaxslar va telefon raqamlari.
8. Tayyorgarlik ko‘rish muddati, tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi sanasi va soati, shuningdek takliflarni ochish kuni va vaqti tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadi, u tanlov hujjatlarini tayyorlash va tarqatishni tashkil etadi, talabgorlarga maslahatlar beradi, arizalarni qabul qiladi, tanlov takliflarining hisobga olinishini, saqlanishi va maxfiyligini ta’minlaydi.
9. Tanlov hujjatlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
tanlov orqali tanlab olishda qatnashish uchun beriladigan buyurtmanomaning namunaviy shakli;
ishlab chiqish mo‘ljallangan o‘quv adabiyotlari ro‘yxati;
tanlov qatnashchisi uchun yo‘riqnoma;
tanlov takliflarini baholash mezonlari;
o‘quv adabiyotlarini nashr etish huquqini beruvchi shartnomaning namunaviy shakli.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi]
10. Tanlov hujjatlari faqat talabgorlarga — mualliflar tarkibini tanlab olish tanlovi g‘oliblariga, o‘quv adabiyotlari loyihasini ishlab chiqish yuzasidan shartnoma tuzilgan shaxslarga yuboriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
11. Tanlov takliflarini tayyorlash davri ommaviy axborot vositalarida e’lon berilgan yoki tanlov qatnashchisi rasmiy ravishda xabardor qilingan (taklif etilgan) sanadan boshlab kamida 120 kunni tashkil qiladi.
12. Talabgorlar tanlov taklifi sifatida qatnashish uchun buyurtmanoma, o‘quv adabiyotlarining qo‘lyozmasi yoki maketini taqdim etadilar.
13. Tanlov orqali tanlab olishda qatnashish uchun beriladigan buyurtmanomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
taklif etilayotgan o‘quv adabiyotining nomi;
umumiy ma’lumotlar hamda o‘quv adabiyotlari muallifi (mualliflari)ning tajribasi va kasb-malaka darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
muallifning pochta va elektron manzili (mavjud bo‘lsa), telefoni va telefaksi (mavjud bo‘lsa) raqamlari.
14. Tanlov takliflari qatnashchi uchun yo‘riqnomada nazarda tutilgan shartlar asosida ishlab chiqiladi, unda quyidagilar mavjud bo‘lishi kerak:
tanlovga taqdim etilayotgan hujjatlarning ro‘yxati va ularga qo‘yiladigan talablar;
o‘quv adabiyotini yaratish va rasmiylashtirishga qo‘yiladigan pedagogik va texnik talablar;
tanlov takliflari turkumini shakllantirish tartibotiga qo‘yiladigan talablar va uni tanlov komissiyasiga berish usullari;
tanlov orqali tanlab olish doirasida tuzilgan har qanday hujjatning maxfiyligiga izoh;
buyurtmanomalar va tanlov takliflarini qabul qilishning eng so‘nggi muddatlari;
tanlovni o‘tkazish tartibotlari tavsifi va muddatlari;
g‘olibni aniqlash va shartnoma tuzish tartibining tavsifi;
tanlov orqali tanlab olishga doir tushuntirishlar olish uchun manzil va bog‘lanish telefonlari.
15. Tanlov takliflari muhrlangan holda qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan takliflar ko‘rib chiqilmaydi va konvertlar ochilmagan holda talabgorlarga qaytariladi.
Tanlov ishtirokchisi tomonidan tanlov takliflarining to‘liq bo‘lmagan holda taqdim etilishi ham uning taklifi rad etilishi uchun asos bo‘lishi mumkin.
16. Tanlov qatnashchisi tanlov takliflarini taqdim etishning so‘nggi sanasi va vaqtidan keyin o‘z taklifiga o‘zgartirishlar kiritishga yoki uni qaytarib olishga haqli emas.
III. Tanlov orqali tanlab olishni o‘tkazish shartlari
17. Buyurtmanomalar berishning belgilangan muddati tamom bo‘lgandan keyin tanlov komissiyasi belgilangan kun va soatda tanlov takliflari joylangan konvertlarni ochadi.
Tanlov takliflari joylangan konvertlarni ochish tanlov komissiyasi a’zolari va tanlovda qatnashayotgan o‘quv adabiyotlari mualliflari ishtirokida amalga oshiriladi.
18. Konvertlar ochilgandan keyin komissiya bayonnoma tuzadi, unda tushgan takliflarni hamda zarur ma’lumotlar va hujjatlar mavjud ekanligini qayd etadi. Bayonnomada quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
tushgan takliflar;
tanlovga qo‘yilgan qatnashchilar, ularning kod raqamlari;
tanlov qatnashchilari tarkibiga kiritilmagan talabgorlarning takliflari rad etilishining aniq sabablari ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati.
19. O‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish va baholashni tashkil qilish uchun tanlov komissiyasi tomonidan ilmiy va pedagogik jamoatchilik, olimlar, amaliyotchi o‘qituvchilar, metodistlar va muayyan ixtisoslikning boshqa mutaxassislaridan iborat tarkibda tegishli fan bo‘yicha ekspert guruhi tayinlanadi. Ekspert guruhi a’zolari tarkibi oshkor qilinmaydi.
20. Tanlovda qatnashayotgan o‘quv adabiyotlarini ekspert baholash komissiya tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq 30 kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.
21. Tanlov takliflarini baholash va tanlov g‘olibini aniqlash tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Quyidagilar o‘quv adabiyotlarini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
o‘quv adabiyotlarining davlat ta’lim standartlariga, o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiqlik darajasi;
taklif etilayotgan o‘quv materialining uzviyligi va izchilligi ta’minlanganligi darajasi, shuningdek predmetlararo aloqaning ta’minlanishi;
taklif etilayotgan o‘quv materialining ilmiy-pedagogik asoslanganligi;
predmetga milliy mustaqillik g‘oyalarining singdirilganligi darajasi;
o‘quv materialining ta’lim olayotganlarning psixologik va yosh xususiyatlariga, shuningdek ularning bilimlari darajasiga muvofiqligi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]
bayon etish tilining ravonligi, taklif etilayotgan materialning ko‘rgazmaliligi va rasmlar ilova qilinganligi;
nazariy materialning mashqlar, vazifalar va amaliy mashg‘ulotlar bilan maqbul nisbati;
taklif etilayotgan maket dizaynining sifati.
22. Baholash mezonlari tafsilotlari tanlov komissiyasi tomonidan tanlov takliflari konvertlari ochilgunga qadar amalga oshiriladi. Tanlov paytida mezonlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
23. Tushgan o‘quv adabiyotini ko‘rib chiqish va baholash to‘g‘risidagi axborot maxfiy hisoblanadi va tanlab olish tartibotlariga rasman aloqador bo‘lmagan shaxslarga ma’lum qilinmaydi. Komissiya va ekspert guruhi a’zolari mazkur axborot oshkor qilinganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 46-moddasi.
24. Ekspert guruhi tanlov qatnashchilarining taqdim etilgan takliflarini ularning kod raqamlari bo‘yicha baholaydi hamda o‘zining asoslangan xulosalarini tanlov komissiyasiga kiritadi.
Tanlov komissiyasi ekspert guruhlar xulosalari hamda tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan mezonlar asosida 10 kun muddatda Hukumat komissiyasiga g‘oliblarni tanlab olish bo‘yicha tavsiyanoma yuboradi.
g‘olibni aniqlash to‘g‘risidagi uzil-kesil qaror Hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi, qaror tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
25. Tanlov yakunlari g‘olib aniqlangandan keyin 3 kundan kechikmay ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
26. Hukumat komissiyasi qarori asosida buyurtmachi bilan qo‘lyozma muallifi (mualliflar jamoasi) o‘rtasida o‘quv adabiyotlarini nashr etish to‘g‘risida shartnoma imzolanadi.
Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq tuzilishi va o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqqanlik uchun moddiy rag‘batlantirish, ularga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish, nizolarni hal etish shartlarini hamda shartnoma tuzishdagi boshqa majburiy shartlarni aks ettirishi zarur.
IV. Yakuniy qoidalar
27. Tanlovning har bir qatnashchisi mazkur Nizomda belgilangan tanlov asosida tanlab olishni o‘tkazish shartlariga rioya etilishi va natijalarning xolisligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasig Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1758-moddasi.
28. Tanlov asosida tanlab olishni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq nizolar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni tanlov asosida tanlab olish to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
O‘quv adabiyotlari loyihalarini tanlov asosida tanlab olishni tashkil etish va o‘tkazish sxemasi
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-noyabrdagi 548-son qaroriga 5-ILOVA
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni nashr etish va qayta nashr qilish yuzasidan tender savdolari o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(5-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
1. Mazkur Nizom darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni nashr etish va qayta nashr etish uchun davlat buyurtmasini joylashtirish yuzasidan tender savdolarini tashkil qilish va o‘tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Darsliklar, qo‘shimcha o‘quv, metodik adabiyotlar va ish daftarlari darsliklar va o‘quv-metodik komplekslar (keyingi o‘rinlarda o‘quv adabiyotlari deb ataladi) sifatida qaraladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
11. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
o‘quv adabiyoti maketi — nashriyot tomonidan tasdiqlangan bosma sahifada polosalar joylashtirilgan holda nashr polosalarini verstka va montaj qilish uchun o‘quv adabiyoti etaloni;
o‘quv adabiyotining asl nusxasi-maketi — har bir sahifasi bo‘lg‘usi nashrning tegishli sahifasiga to‘liq muvofiq bo‘lgan o‘quv adabiyotining asl nusxasi;
nashr — o‘xshash nusxalarning muayyan soni bilan o‘quv adabiyotining birlamchi chop etilishi;
qayta nashr qilish — oldin chiqarilgan o‘quv adabiyotini takroran nashr qilish. Qayta nashr qilish stereotip, ya’ni biror-bir tuzatishlarsiz, yoki tuzatilgan, to‘ldirilgan, qayta ishlangan bo‘lishi mumkin”;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim]
2. Mazkur Nizomning amal qilishi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlari nashr etishda va qayta nashr etishda tender savdolari o‘tkazishga tatbiq etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
3. Tender savdolari 100 ming AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan summaga bitta kontrakt bo‘yicha o‘quv adabiyotlari nashr etilganda va qayta nashr etilganda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.07.00.00 Muddatlar. Da’vo muddati / 03.07.01.00 Muddatlar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.15.00 Mahsulot sifati xavfsizligi, belgilangan normalarga va savdo qoidalariga rioya etish ustidan nazorat]
Bir ming AQSH dollaridan kam summaga bitta kontrakt bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini nashr etish va qayta nashr etishda noshir narx, sifat va muddatlar bo‘yicha eng maqbul shartlarni taklif etganlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish yo‘li bilan aniqlanadi.
Bir ming AQSH dollaridan 100 ming AQSH dollarigacha summaga bitta kontrakt bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini nashr etish va qayta nashr etishda noshir buyurtmachilar tomonidan tashkil etiladigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadi.
Istisno hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida o‘quv adabiyotlarini nashr etish va qayta nashr etishga kontraktlar tender (tanlov) savdolari o‘tkazilmasdan tuzilishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 992-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
4. Xorijiy kreditlar mablag‘lari (grantlar) hisobiga o‘quv adabiyoti nashr etishda va qayta nashr etishda mazkur Nizomning talablari tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi va, agar xorijiy kreditlar va grantlarni berish shartlariga ko‘ra savdolarni o‘tkazishning o‘zgacha tartibi belgilangan bo‘lsa, qo‘llanilishi mumkin emas.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-martdagi 77-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 13-son, 142-modda)
5. Tender savdolarini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Hukumat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Nashr qilish va qayta nashr qilishga tender savdolari faqat Hukumat komissiyasining qarori va huquq egalari (mualliflar va mualliflar jamoalari)ning roziligi mavjud bo‘lgan o‘quv adabiyotlariga e’lon qilinishi mumkin. O‘quv adabiyotlarini qayta nashr qilishda o‘quv adabiyotlarining asl nusxasi-maketiga huquqlarga ega bo‘lgan nashriyotlarning roziligi ham zarurdir.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
O‘quv adabiyotlarini qayta nashr qilish bo‘yicha tender savdolari g‘oliblariga muallifni taqdirlash to‘lovini va o‘quv adabiyotlarining asl nusxasi-maketini tayyorlashga tasdiqlangan sarf-xarajatlarni huquq egasi bo‘lgan nashriyotga qoplash uchun mablag‘larni to‘lash O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
6. Quyidagilar tender savdolarining maqsadi hisoblanadi:
o‘quv adabiyotining texnik jihatdan bajarilishi sifatini oshirish va undan uzoq muddat foydalanilishini ta’minlash;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
o‘quv adabiyotini nashr etish va qayta nashr etish jarayonida raqobat muhitini yaratish, noshirlik va matbaa faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tenderlarda ishtirok etishini kengaytirish va rag‘batlantirish, shuningdek ularning teng huquqli ishtirok etishini ta’minlash, mazkur jarayonga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini jalb etish;
o‘quv adabiyotini nashr etishga va qayta nashr etishga yo‘naltiriladigan davlat budjeti, budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish.
(6-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-martdagi 77-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 13-son, 142-modda)
7. Oshkoralik, talablarning yagonaligi va qarorlar qabul qilishdagi xolislik hamda savdoning barcha qatnashchilari uchun teng raqobat shart-sharoitlari yaratish tender savdolarini tashkil etish va o‘tkazishning asosiy prinsiplari hisoblanadi.
8. O‘quv adabiyoti nashr etishga va qayta nashr etishga tender savdolari mazkur Nizomga ilovaga muvofiq bir bosqichli ikki konvertli tartib-qoida bo‘yicha axborotnoma ochiq e’lon qilinishi yo‘li bilan o‘tkaziladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-martdagi 77-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 13-son, 142-modda)
II. Tender savdolarining qatnashchilari
9. Buyurtmachi, tender komissiyasi, tender savdolarining tashkilotchisi va oferentlar tender savdolarining asosiy qatnashchilari hisoblanadi.
10. Buyurtmachi (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yoki Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi):
rasmiy farmoyish beruvchi hujjat (buyruq) chiqargan holda tender o‘tkazish shakli, turi, sanasi, joyi va shartlarini belgilaydi;
o‘quv adabiyotining maksimal qiymatini mustaqil ravishda yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etgan holda belgilaydi;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
talabgorlarning malakasiga qo‘yiladigan asosiy talablarni, o‘quv adabiyotiga qo‘yiladigan maxsus va texnik talablarni belgilaydi;
tender savdolarini tayyorlash va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshiradi;
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
tender hujjatlari ishlab chiqilishini nazorat qiladi va ularni tasdiqlaydi;
(10-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
tender savdolarining g‘olibi bilan kontrakt tuzadi.
11. Tender komissiyasi o‘quv adabiyotini nashr etishga va qayta nashr etishga davlat buyurtmasini joylashtirish uchun tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha doimiy organ hisoblanadi. Komissiyaning son tarkibi a’zolarning toq sonidan, qoidaga ko‘ra, kamida 11 kishidan iborat bo‘ladi. Buyurtmachining rahbari yoki uning o‘rinbosarlaridan biri komissiya raisi hisoblanadi. Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan komissiya tarkibiga Tender komissiyasi buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” respublika loyiha instituti, shuningdek, buyurtmachining tarmoq ilmiy-texnik kengashlari vakillari majburiy tartibda jalb etilgan holda tashkil etiladi:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 992-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining (tender O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan o‘tkazilgan taqdirda);
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yoki O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining (mansubliligiga ko‘ra);
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat to‘g‘risida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat to‘g‘risida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
kitob nashr etish sohasidagi mustaqil ekspert tashkilotlarining vakillari majburiy tartibda kiritiladi.
Buyurtmachining yoki uning idoraviy mansub korxonalari va tashkilotlarining vakillari soni tender komissiyasi umumiy tarkibining 30 foizidan oshmasligi kerak.
tender takliflarini qabul qilishning oxirgi kuni va vaqtini, konvertlarni ochish vaqti va joyini belgilaydi;
tegishlicha rasmiylashtirgan holda tender savdolarini o‘tkazadi;
takliflar bildirilgan konvertlarni ochadi, ularning tender hujjatlari bilan belgilangan talablarga (taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi, ularning rasmiylashtirilishi va hokazo) muvofiqligini tekshiradi;
baholash guruhlari jalb etiladigan mustaqil ekspertlar yoki maslahatchilar ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
(12-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
tender savdolari natijalarini tasdiqlash uchun Hukumat komissiyasiga kiritadi.
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
13. Tender savdolarining tashkilotchisi (buyurtmachining taklifiga ko‘ra tender komissiyasi tomonidan tayinlanadigan ishchi guruh yoki buyurtmachi tomonidan shartnoma asosida jalb etiladigan konsalting kompaniyasi):
buyurtmachi bilan kelishgan holda tender hujjatlarini ishlab chiqadi va tasdiqlangandan keyin uni talabgorlarga taqdim etadi;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi va maxsus axborot portalida joylashtiradi hamda potensial talabgorlarga taklifnomalar jo‘natilishini ta’minlaydi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
tender takliflarini baholash mezonlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
arizalar va tender takliflarini qabul qiladi, ularning hisobga olinishi va maxfiyligini ta’minlaydi;
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
tender takliflarining asl nusxalarini konvertlarni ochish va tender o‘tkazish uchun tender komissiyasiga taqdim etadi.
Savdolarni tashkil etish uchun konsalting kompaniyasi jalb etilgan taqdirda tender savdolari tashkilotchisining huquq va majburiyatlari uning bilan buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
14. Tender takliflarini ekspertizadan o‘tkazish va baholashni tashkil etish uchun tender komissiyasi tomonidan texnik va tijorat bahosi bo‘yicha baholash guruhlari tayinlanadi.
Texnik baho bo‘yicha baholash guruhi tender komissiyasi a’zolaridan yoki mustaqil maslahatchilar orasidan, o‘quv adabiyotlari yaratish va chiqarish hamda kitob nashr etish texnologiyasi sohasida vakolatli bo‘lgan kamida besh nafar mutaxassisdan iborat tarkibda tuziladi.
Tijorat bahosi bo‘yicha baholash guruhi tender komissiyasi a’zolari yoki mustaqil maslahatchilar orasidan, bank-moliya, yuridik va boshqa sohalarda vakolatli bo‘lgan kamida besh nafar mutaxassisdan, shuningdek buyurtmachining vakillaridan iborat tarkibda tuziladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-martdagi 77-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 13-son, 142-modda)
15. Baholash guruhlarining shaxsiy tarkibi tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va tender savdolari tugallangunga qadar maxfiy axborot hisoblanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
17. Noshirlik faoliyatida tajribaga ega bo‘lgan ham mahalliy, ham xorijiy yuridik shaxslar oferentlar — tender savdolari qatnashchilari bo‘lishlari mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
qayta tashkil etish, tugatish yoki to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi;
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
buyurtmachi bilan sud muhokamasi holatidagi;
tender komissiyasi a’zolaridan kimgadir bevosita tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy qaram bo‘lgan;
malakaviy tanlov uchun barcha zarur hujjatlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmagan.
Buyurtmachi bilan oldin tuzilgan kontraktlar bo‘yicha o‘z zimmasiga olingan majburiyatlarni zarur tarzda bajarmagan oferentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tender komissiyasiga taqdim etiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
tender takliflarini tayyorlaydilar va savdo tashkilotchisiga taqdim etadilar;
ularning faoliyatini va moliyaviy holatini baholash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborotni taqdim etadilar (tender komissiyasining so‘roviga ko‘ra);
tender takliflarini tayyorlash va taqdim etish davomida sarflangan barcha moliyaviy xarajatlarni o‘z manbalari hisobidan qoplaydilar;
(20-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
tender savdolarida g‘olib chiqqan taqdirda buyurtmachi bilan kontrakt tuzadilar.
21. Tender hujjatlari ishlab chiqilishini tender komissiyasi tashkil etadi, tender savdolari tashkilotchisi esa amalga oshiradi. Tender hujjatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
oferentlar uchun yo‘riqnoma;
talabgorlarga qo‘yiladigan malaka talablari;
nashr etiladigan o‘quv adabiyotlari ro‘yxati, texnik talablar va spetsifikatsiya;
tender taklifi shakli, shu jumladan tender takliflarini o‘rash va markirovka qilishga qo‘yiladigan talablar, takliflarni texnik va moliyaviy baholash mezonlari;
kontraktning taxminiy ko‘rinishi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
22. Oferentlar uchun yo‘riqnomada quyidagilar mavjud bo‘ladi:
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
tushuntirish olish mumkin bo‘lgan savdo tashkilotchisi vakilining manzili va bog‘lanish telefonlari ko‘rsatilgan holda tenderda ishtirok etishga taklifnoma;
tender savdolarida qatnashish uchun talabgorlarning buyurtmanomalari shakli namunasi;
rasmiylashtirish tartibi, shu jumladan tender taklifi tuzilishi kerak bo‘lgan til, shuningdek viza qo‘yishga va nusxalar soni to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarga qo‘yiladigan talablar;
(22-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
tender taklifi tender komissiyasiga taqdim etilgandan keyin unga o‘zgartirishlar kiritish va uni rasmiylashtirish tartibi;
narx bo‘yicha ko‘rsatma;
takliflarni tender komissiyasiga berish tartibiga qo‘yiladigan talablar;
qayd etilgan vaqt mobaynida oferent taklifi qaytarib olinmasligini kafolatlovchi tender taklifiga pul kafolati miqdori, uni qo‘yish tartibi va qaytarish tartibi;
(22-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
buyurtmachining xohishiga ko‘ra — tender savdolari natijasi bo‘yicha tuzilgan kontraktni zarur tarzda ijro etish bo‘yicha pul kafolati (garov shaklida) miqdori, uni qo‘yish va qaytarish tartibi;
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qaroriga asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
tender hujjatlari talablariga asoslangan taklif bilan birgalikda oferentlarga qarshi takliflar berish imkoniyati to‘g‘risidagi axborot;
(22-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
takliflar bildirilgan konvertlarni ochish tartib-qoidasi tavsifi, ularni baholash va tender g‘olibini aniqlash muddatlari;
tender takliflarini baholash mezonlari;
o‘tkazilayotgan savdo doirasida tuziladigan hujjatlarning maxfiyligiga izoh.
23. Talabgorlarga tenderda qatnashish uchun quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:
shartnoma tuzishga fuqarolik huquqiy layoqati va vakolatlari (talabgorning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va sud majburiyatlari mavjudligi to‘g‘risidagi axborot hamda faoliyatning mazkur turini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar);
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
talabgorning ustav sarmoyasi miqdori va moliyaviy holatining boshqa ko‘rsatkichlari (belgilangan tartibda tasdiqlangan);
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
davlat buyurtmasining talabgorlik qilinayotgan hajmini bajarish uchun zarur mehnat resurslari va malakali mutaxassislar, o‘z ishlab chiqarish bazasi yoki o‘quv adabiyotlarining talabgorlik qilinayotgan hajmi nusxalarini ko‘paytirish to‘g‘risidagi shartnoma mavjudligi;
(23-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
o‘quv adabiyotini nashr etish va qayta nashr etish uchun mo‘ljallangan qiymatning kamida 20 foizi miqdorida bo‘sh aylanma mablag‘lar mavjudligi yoki ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni berishga bankning ishonch xati;
(23-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-martdagi 77-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 13-son, 142-modda)
kitob, shu jumladan o‘quv adabiyoti nashr etishga doir ish tajribasi;
(23-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
Tender savdolarida qatnashish uchun talabgorga buyurtmachi tomonidan belgilanadigan, biroq talabgorlarning o‘z tijorat siri muhofaza qilinishi huquqini buzmaydigan boshqa talablar ham qo‘yilishi mumkin.
24. Nashr etiladigan o‘quv adabiyotlarining ro‘yxati, texnik talablari va o‘ziga xosligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
nomi va nusxasi;
tuzilma va maketga qo‘yilgan talablar;
qog‘oz formati va sifati, bo‘yoqlarning hajmi va soni, materiallar va matbaaning sifati;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
nashr etilayotgan o‘quv adabiyotining yuqori sifati va uzoq muddat foydalanilishini ta’minlashga ko‘maklashadigan boshqa texnologik talablar.
talabgorning tender savdolarida qatnashish uchun malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan ma’lumotlar;
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
texnik taklif;
tijorat taklifi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
vakilga berilgan ishonchnoma;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi]
o‘quv adabiyotini nashr va qayta nashr etish jadvalidan iborat bo‘ladi.
(25-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-martdagi 77-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 13-son, 142-modda)
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
27. Kontrakt proformasi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va o‘quv adabiyotini nashr etish va qayta nashr etish shartlari, narxi va jadvalini, xizmatlarning manbalari va haq to‘lash shaklini, to‘lovlar shartlari va jadvalini, tomonlarning majburiyatlarini, nizolarni hal etish tartibini, shuningdek bitishuvlar tuzishda majburiy bo‘lgan boshqa shartlar va holatlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Kontrakt proformasini tuzishda buyurtmachi yoki tender savdolari tashkilotchisi shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan konsalting kompaniyalariga maslahat so‘rab murojaat qilishga haqlidir.
(27-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-martdagi 77-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 13-son, 142-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1758-moddasi.
28. Takliflarni taqdim etish muddati tamom bo‘lgunga qadar tender savdolari tashkilotchisi tender hujjatlarini sotib olgan talabgorlarni darhol ular to‘g‘risida ma’lum qilib, taklifga tuzatish kiritish uchun yetarli bo‘lgan vaqt bergan holda uning muddatini uzaytirib tender hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga haqlidir.
29. Tender savdolari tashkilotchisi talabgorning so‘roviga ko‘ra tender takliflarini taqdim etishning so‘nggi muddatidan kamida 10 kun oldin so‘rov manbaini ko‘rsatmagan holda tender savdolarining barcha talabgorlariga majburiy tartibda javob yuborib tender hujjatlarining mohiyati yoki mazmuni bilan bog‘liq savolga yozma javob berishi shart.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
30. Tender komissiyasi, savdo tashkilotchisi va talabgorlar o‘rtasida xabar, bildirishnoma va boshqa axborotni ayirboshlash yozma shaklda amalga oshiriladi.
IV. Tender savdolarini o‘tkazish tartibi va shartlari
31. Ommaviy axborot vositalarida tender savdolari o‘tkazish to‘g‘risida rasmiy e’lon berilgan sana yoki talabgorga pochta (sana pochta shtempeli bo‘yicha aniqlanadi), telefaks yoki boshqa shaklda qatnashish uchun rasmiy bildirishnoma (taklifnoma) yuborilgan sana savdo ochilgan sana hisoblanadi.
32. Tender savdolari to‘g‘risidagi e’lon markaziy va boshqa eng ko‘p tarqalgan yoxud ixtisoslashtirilgan gazeta va jurnallarda tender takliflari bildirilgan konvertlar rasmiy ochilishidan kamida 30 kun oldin e’lon qilinadi hamda maxsus axborot portalida joylashtiriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
33. E’londa quyidagilar ko‘rsatiladi:
buyurtmachining nomi va manzili;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
nashr etish va qayta nashr etish mo‘ljallangan o‘quv adabiyotining nomi, nusxasi va maksimal qiymati;
(33-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
talabgorlarga qo‘yiladigan asosiy shartlar va talablar;
tender hujjatlari olinadigan joy (tender savdolari tashkilotchisining manzili, aloqa telefoni va telefaksi);
tender hujjatlari uchun haq to‘lash qiymati va tender taklifi berishda tender talabgori uchun zakalat summasi;
(33-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
zakalat summasini va tender hujjatlari uchun haq to‘lash shartlari, ularni to‘lash uchun bank rekvizitlari;
tender hujjatlarini taqdim etish joyi, oxirgi muddati (kun va soat ko‘rsatilgan holda);
tender takliflari bildirilgan konvertlarni ochish joyi, kuni va vaqti.
34. Tender savdolarida qatnashish istagini bildirgan talabgorlar e’lon berilgandan keyin savdo tashkilotchisidan tender hujjatlarini oladilar.
Tender hujjatlari uchun to‘lov miqdori buyurtmachi tomonidan uning tender savdolarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq kutilayotgan xarajatlaridan kelib chiqib belgilanadi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
35. Tender takliflari tender hujjatlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq ishlab chiqiladi va bir paketga solingan ikki konvertda taqdim etiladi.
Paketda talabgorning malaka talablariga muvofiqligini va moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar, kafolat (tender komissiyasi tomonidan nashr etiladigan o‘quv adabiyoti maksimal qiymati (narxi)ning 1 foizidan 5 foizigacha belgilanadigan miqdorda) qo‘yilganligini tasdiqlaydigan bank hujjatlari, yoki ekvivalent summaga xizmat ko‘rsatuvchi bankning kafolat xati taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Birinchi konvert texnik taklif hisoblanadi va unda o‘quv adabiyoti maketi, taklif etilayotgan jadval hamda o‘quv adabiyotini nashr etish va qayta nashr etish muddatlari ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Ikkinchi konvert tijorat taklifi hisoblanadi va unda narx takliflari, bo‘lishi mumkin bo‘lgan chegirmalar mavjud bo‘ladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
36. Paketda talabgorning nomi va manzili, tender savdolari tashkilotchisining nomi va manzili yozilgan bo‘lishi kerak. Konvertlarda talabgorning nomi va manzili, tender savdolari tashkilotchisining nomi va manzili, nashr etish va qayta nashr etish uchun taklif qilinayotgan o‘quv adabiyotlari nomi va, zaruriyat bo‘lganda, taklifnoma raqami ko‘rsatiladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
37. Tender taklifining tegishli ravishda “Asl nusxa” va “Nusxa” so‘zlari bilan belgi qo‘yilgan, talabgorning imzosi va muhri bilan tasdiqlangan asl nusxasi va nusxasi tender savdolari tashkilotchisiga muhrlangan shaklda yuboriladi.
38. Tender taklifining amal qilish muddati tender hujjatlari bilan belgilanadi.
Talabgorlar o‘z tender takliflarini ularni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tamom bo‘lgunga qadar chaqirib olishlari mumkin.
Quyidagi hollarda tender taklifi ko‘rib chiqilmaydi va konvertlar ochilmasdan talabgorga qaytariladi:
tender hujjati uni taqdim etish muddati tamom bo‘lgandan keyin tushganda;
talabgor tender savdolari malaka talablariga muvofiq bo‘lmaganda.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
39. Tender takliflarini taqdim etish sanasi tender savdolari tashkilotchisining pochta bildirishnomasi olinganligi to‘g‘risidagi belgisi yoki chopar bilan yuborilgan tender takliflari ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana bo‘yicha aniqlanadi.
40. Tender takliflarini berishning belgilangan muddati tamom bo‘lgandan keyin, tender komissiyasi belgilangan kun va soatda talabgorning malaka talablariga muvofiqligini va moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar, bank hujjatlari, texnik va tijorat takliflari mavjud bo‘lgan konvertlar bor bo‘lgan konvertni ochadi.
Texnik va tijorat takliflari bildirilgan konvertlar muhrlangan shaklda qoladi hamda navbatdagi majlisgacha tender savdolari tashkilotchisining po‘lat sandig‘ida saqlanadi. Tender savdolari tashkilotchisi birinchi va ikkinchi konvertlardagi hujjatlarning saqlanishi uchun javob beradi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
401. Talabgorning malaka talablariga muvofiqligini va moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar, bank hujjatlari tenderda qatnashish uchun qo‘yiladigan talabgorlarni malakali tanlab olish uchun tender savdolari tashkilotchisiga beriladi.
Tanlab olingan oferentlar ro‘yxati tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tenderda qatnashishga qo‘yilmagan talabgorlarning tender hujjatlari texnik va tijorat takliflari bildirilgan konvertlar ochilmasdan talabgorlarga qaytariladi.
(401-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
41. Texnik takliflar bildirilgan konvertlar qatnashish istagini bildirgan oferentlar yoki ularning vakolatli vakillari ishtirokida ochiladi.
Birinchi konvert ochilgandan keyin oferentlar nomlari o‘qiladi, savdolar shartlari va tartib-qoidalariga rioya etish, tegishli hujjatlar mavjudligi tekshiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
42. Hujjatlar paketida tender hujjatlariga qo‘yiladigan talablar buzilganligi aniqlangan taqdirda, hujjatlar ularning mazmuni e’lon qilinmasdan oferentga qaytariladi.
Tender komissiyasi, ular boshqa oferentlarning reytingiga ta’sir ko‘rsatmasa va ularga yo‘l qo‘ygan tender savdosi oferentga ustunliklar bermasa, tender hujjatlarining e’lon qilingan shartlarga nomuvofiqligini yoki tender takliflarini rasmiylashtirishdagi noaniqliklarni e’tiborga olmasligi mumkin.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
43. Tender komissiyasi majlisining natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada savdo oferentlari tomonidan e’tirof etilgan tashkilotlar sanab o‘tiladi. Shakl bo‘yicha taqdim etilmagan va savdolarga qo‘yilmagan takliflar bayonnomada ular rad etilishining sabablari ko‘rsatilgan holda alohida sanab o‘tiladi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
44. Tender komissiyasi majlisining natijalari to‘g‘risidagi axborot hozir bo‘lmagan talabgorga yozma shaklda yetkaziladi. Tender takliflari bildirilgan konvertlarni ochish to‘g‘risidagi bayonnoma ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinmaydi.
45. Texnik takliflar o‘rganish, tahlil qilish va baholash uchun texnik baho bo‘yicha baholash guruhiga beriladi. Takliflarni baholashda, o‘quv adabiyotlari namunalari parametrlarining belgilangan sanitariya qoida va normalariga, davlat standartlariga, shuningdek texnik talablarga va buyurtmachi tomonidan belgilangan spetsifikatsiyaga muvofiqligi majburiy tartibda hisobga olinadi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
46. Takliflarni baholash tender komissiyasi tomonidan belgilangan har bir baholash mezoni bo‘yicha ballar qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Savdo oferentlari yoki ularning vakillari tender takliflarini baholashda hozir bo‘lishga haqli emas.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
47. Baholash davomida tender komissiyasi tushuntirishlar olish uchun oferentlarga yozma ravishda murojaat qilish, ulardan qo‘shimcha ma’lumotlar va tasdiqnomalar olish huquqiga ega bo‘ladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
48. Oferentning malaka ma’lumotlari to‘g‘risida ishonchsiz axborot aniqlangan taqdirda tender komissiyasining qarori bilan talabgor tender savdolari tartibotida bundan keyin ishtirok etishdan chetlashtiriladi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
49. Takliflari maqbul deb e’tirof etilgan oferentlar tijorat takliflarini baholashga qo‘yiladilar. Texnik takliflarni baholash shartlariga ko‘ra o‘tmagan oferentlar bundan keyin tenderda qatnashishdan chetlatiladilar.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
50. Tender komissiyasi tomonidan tijorat takliflarini baholashga qo‘yilgan oferentlar ro‘yxati ma’qullangandan keyin belgilangan manzil bo‘yicha, ko‘rsatilgan kun va soatda tijorat takliflari bildirilgan konvertlar ko‘pchilikning oldida ochiladi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
51. Ikkinchi paketga solingan barcha talab etiladigan hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, tender komissiyasi ularni baholash uchun tijorat asosida baholash bo‘yicha baholash guruhiga beradi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
52. Tijorat asosida baholash bo‘yicha baholash guruhi taqqoslash usuli bilan oferentlar tomonidan taklif etilayotgan o‘quv adabiyotlari qiymatini (narxini), chegirmalar miqdorlarini va oferentlarning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqadi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
53. Tender takliflarini baholashning umumiy davri tender komissiyasi tomonidan belgilanadi va u takliflar bildirilgan konvertlar rasman ochilgan paytdan boshlanadi va 30 kalendar kundan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
54. Tender takliflarini baholash va savdo g‘olibini aniqlash tender komissiyasi tomonidan uning majlisi boshlangunga qadar tasdiqlangan mezonlar asosida amalga oshiriladi. Tanlov paytida mezonlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
55. Tushgan takliflarning ko‘rib chiqilishi va ularning tender komissiyasi va baholash guruhlari a’zolari tomonidan baholanishi to‘g‘risidagi axborot maxfiy hisoblanadi hamda tanlov tartib-qoidasiga rasman aloqador bo‘lmagan shaxslarga ma’lum qilinmaydi. Tender komissiyasi va baholash guruhlari a’zolari mazkur axborot oshkor qilinganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 46-moddasi.
56. Tender hujjatlarini tekshirish chog‘ida aniqlangan arifmetik xatolar mavjud bo‘lgan taqdirda tender komissiyasi:
oferentga tender taklifiga tuzatish kiritish imkoniyatini berishi;
(56-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
takliflarni baholashda, agar o‘quv adabiyoti birligi narxi bilan birlik narxi va sonini ko‘paytirish natijasida olingan yakuniy narx o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud bo‘lsa, o‘quv adabiyoti birligi narxi ustunlik qiladigan, umumiy narxga tuzatish kiritiladigan qaror qabul qilishi mumkin. Agar so‘zlar bilan yozilgan summa bilan raqamda ko‘rsatilgan summa o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud bo‘lsa, u holda so‘zlar bilan yozilgan summa ustunlik qiladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
57. Texnik va tijorat takliflarini baholash yakunlari yig‘indisi bo‘yicha tender taklifi eng ko‘p ball olgan oferent savdoning g‘olibi deb e’lon qilinadi. Ballarning yakuniy yig‘indisi teng bo‘lgan taqdirda eng kam narx takliflarini taklif etgan oferentga ustunlik beriladi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
58. Yakun chiqarish va savdoning g‘olibi to‘g‘risidagi qaror tender komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. G‘olibni tanlashda baholash guruhlarining xulosalari natijalariga asoslaniladi. Qaror tender komissiyasi a’zolari umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, tender komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.07.00.00 Muddatlar. Da’vo muddati / 03.07.01.00 Muddatlar]
59. Tender komissiyasining yakuniy bayonnomasida g‘olib va zaxira oferentlar, tender komissiyasi tarkibi, baholash guruhlarining xulosalari, oferentlarning tender takliflari yig‘ma jadvali va g‘olib bilan kontraktni imzolashning mo‘ljallanayotgan muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi.
(59-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
Bayonnoma hozir bo‘lgan a’zolar tomonidan imzolanishi va tender komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Tender komissiyasi g‘oliblar aniqlangan kundan boshlab 10 kun mobaynida natijalarni tasdiqlash uchun Hukumat komissiyasiga yuboradi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
G‘olibni aniqlash to‘g‘risidagi qaror Hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
60. Tender savdolari tashkilotchisi tender savdolari g‘olibiga savdo yakunlangandan keyin uch kundan kechikmay yozma bildirishnoma yuboradi va yakunlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
61. Buyurtmachi va tender savdolari g‘oliblari o‘rtasidagi kontrakt tender savdolari g‘olibi bildirishnomani olgan kundan boshlab o‘n kun muddatda tuziladi.
62. Agar tender savdolari g‘olibi kontrakt tuzishni rad etsa yoki belgilangan muddatda kontraktni bajarish uchun kafolat bermasa, u holda buyurtmachi tender komissiyasi bilan birgalikda taklifi ikkinchi bahoni olgan oferentni tender savdolari g‘olibi deb e’tirof etishi yoki takroriy tender savdolari o‘tkazishni tayinlashi mumkin.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
V. Yakuniy qoidalar
63. Tender komissiyasi majlisini o‘tkazish uchun kvorum uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismini tashkil etadi. Agar tender komissiyasi majlisida komissiya raisi va uning o‘rinbosari qatnashmasa yoxud kvorum mavjud bo‘lmasa tender komissiyasi majlisi huquqiy vakolatli hisoblanmaydi.
64. Tender savdolari quyidagi hollarda bo‘lib o‘tmagan deb e’lon qilinadi:
tender takliflarini taqdim etishning oxirgi muddatiga kelib bir lot bo‘yicha uchtadan kam taklif tushganda;
barcha tender takliflari tender hujjatlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lmaganda;
barcha tender takliflarida tender hujjatlari shartlari talab etadigan hujjatlar mavjud bo‘lmaganda;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
o‘quv adabiyotining maksimal qiymati doirasida ikkitadan kam bo‘lgan oferentning narx taklifi taqdim etilganda;
malakaviy tanlov shartlariga uchtadan kam bo‘lgan talabgorning takliflari muvofiq bo‘lganda.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
65. Tender savdolarining bo‘lib o‘tmagan deb e’lon qilinishi savdo qatnashchilaridan biron-birining mulkiy yoki boshqa javobgarligiga olib kelmaydi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.07.00.00 Muddatlar. Da’vo muddati / 03.07.01.00 Muddatlar]
66. Agar tender savdolari bo‘lmagan deb e’tirof etilsa, takroriy tender savdolari o‘tkaziladi, unda tender hujjatlari shartlarini va tender komissiyasining qarori bo‘yicha uni taqdim etish muddatlarini qayta ko‘rib chiqishga yo‘l qo‘yiladi.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
67. Zakalat:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash / 03.10.02.05 Kafolat]
tender savdolari g‘olibiga — kontrakt bajarilishining talab etiladigan ta’minlanishi (kafolati) taqdim etilishi bo‘yicha kontrakt tuzilgandan keyin;
qolgan qatnashchilarga — tender savdolari g‘olibi bilan kontrakt tuzilgandan keyin, biroq tender takliflari amal qilishi muddatidan kechikmay;
o‘z taklifini taklifni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tamom bo‘lgunga qadar qaytarib olgan qatnashchiga qaytariladi.
tender savdolari bo‘lib o‘tmagan deb e’lon qilingan taqdirda;
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash / 03.10.02.06 Zakalat]
Zakalat qaytarish uchun asoslar paydo bo‘lgan paytdan boshlab besh kun mobaynida qaytariladi.
68. Zakalat:
taklifni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tamom bo‘lgandan keyin o‘z taklifiga o‘zgartirish kiritgan yoki uni qaytarib olgan qatnashchiga;
taklifi amal qilishi davrida o‘z taklifini qaytarib olgan, tender hujjatlarida belgilangan shartlarda kontrakt tuzishni yoki kontrakt bajarilishining talab etiladigan ta’minlanishini (kafolatini) taqdim etishni rad etgan tender savdolari g‘olibiga qaytarilmaydi.
69. Savdolarning har bir qatnashchisi mazkur Nizom bilan belgilangan tender savdolarini o‘tkazish qoidalari va tartibotlariga rioya etilishi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda natijalarning xolisligi uchun javob beradi.
70. Tender savdolari o‘tkazilishi munosabati bilan paydo bo‘ladigan nizolar va kelishmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni nashr etish yuzasidan tender savdolari o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga ILOVA