1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Umumiy masalalar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqidagi nizomni hamda Majburiy jamoat ishlari turlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilangan majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Majburiy jamoat ishlari turlarining ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-may,
346-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-son qaroriga 1-ILOVA
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Majburiy jamoat ishlari mahkumni haq to‘lanmaydigan foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilishdan iboratdir. Agar mahkum doimiy ish yoki o‘qish joyiga ega bo‘lgan bo‘lsa majburiy jamoat ishlari ishdan yoki o‘qishdan bo‘sh vaqtda o‘taladi.
3. Majburiy jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaxslarga, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, harbiy xizmatchilarga, chet el fuqarolariga va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarga nisbatan qo‘llanmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
4. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo ijrosini tashkil etish mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining probatsiya bo‘linmasi (keyingi o‘rinlarda — probatsiya bo‘linmasi) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Mahkumning majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni o‘tashi mumkin bo‘lgan joylar (obyektlar) va majburiy jamoat ishlarining aniq turlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining taklifiga ko‘ra probatsiya bo‘linmasi tomonidan mahkum yashaydigan hududda belgilanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
2-bob. Majburiy jamoat ishlariga jalb qilish tartibi
5. Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan mahkum (keyingi o‘rinlarda mahkum deb ataladi) sudning hukm, ajrim yoki qarori (keyingi o‘rinlarda hukm deb ataladi) qonuniy kuchga kirganligi haqidagi xabarnomasi probatsiya bo‘linmasiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay jazoni o‘tashga jalb qilinadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
6. Mahkum majburiy jamoat ishlariga probatsiya bo‘linmasi yo‘llanmasi bo‘yicha jalb qilinadi. Ish beruvchi — tashkilot (organ) uch kun ichida probatsiya bo‘linmasiga qabul qilingan qarori haqida mazkur Nizomga berilgan 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha javob yuborishi shart.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
7. Mahkumni majburiy jamoat ishlariga jalb qilishda quyidagilar inobatga olinishi maqsadga muvofiq:
mahkumning kasbiy ko‘nikmalari (mavjud bo‘lganda), agar ular majburiy jamoat ishlari turlari ro‘yxatiga mos bo‘lsa;
sodir etilgan jinoyat turi;
mahkum ish va (yoki) o‘qishga ega bo‘lsa — asosiy ish va (yoki) o‘qish jadvali;
yoshi;
sog‘lig‘ining holati;
ish joyining transport uchun yaqinligi.
8. Voyaga yetmagan mahkum (keyingi o‘rinlarda voyaga yetmagan deb ataladi) majburiy jamoat ishlariga jalb qilinganda ishlarning turlari va mazmuni quyidagi talablarga javob berishi kerak:
ish voyaga yetmaganlarning qo‘lidan keladigan (kuchi yetadigan) bo‘lishi shart;
ish maqbul ishchanlik qobiliyatini, foydali hayotiy ko‘nikma va bilimlarni rivojlantirishga imkon yaratishi lozim.
9. Mahkum quyidagi holatlarda majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan deb hisoblanadi:
sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab o‘n kun ichida yashash joyidagi probatsiya bo‘linmasida hisobga turmaslik, shuningdek jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlash maqsadida yashirinish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
yozma ogohlantirish olganidan so‘ng, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlar mavjud bo‘lmasa-da, majburiy jamoat ishlarida bir oy davomida ikki martadan ko‘p ishtirok etmaslik (bu yerda yilning kalendar oyi emas, balki mehnat intizomini buzgan, ya’ni uzrli sabablarsiz majburiy jamoat ishlariga chiqmagan kundan boshlab bir oylik muddat nazarda tutiladi);
yozma ogohlantirish olganidan so‘ng majburiy jamoat ishlarini o‘tash joyi (obyekti)dagi tashkilot (organ)ning ichki mehnat tartibi qoidalarini bir oy davomida uch martadan ko‘p buzish (bunday holatda mehnat tartibi qoidalarini buzish deb quyidagilar tushuniladi: ishga kechikish, ishga mast holda kelish; ishni o‘zboshimchalik bilan to‘xtatish; ish vaqti davomida jazoni o‘tash joyini muddatidan avval tashlab ketish; tasdiqlangan normalar va ishlab chiqarish vazifalarini qasddan bajarmaslik; texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini qasddan buzish; ish davomida jamoat tartibini buzish va mehnat majburiyatlarini bajarish davomida tashkilotga moddiy zarar yetkazish);
mahkumning probatsiya bo‘linmasi yo‘llanmasida ko‘rsatilgan muddatda ishlarni bajarishni boshlashdan asossiz ravishda bosh tortishi;
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
yashash joyi o‘zgarganligi haqida probatsiya bo‘linmasini xabardor qilmaslik.
(9-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
10. Probatsiya bo‘linmasi mahkum tomonidan jazoni o‘tash tartibi va shartlari buzilishi oqibatlari haqida uni qonunchilikka muvofiq yozma shaklda ogohlantiradi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan mahkumga nisbatan Jinoyat kodeksining 451-moddasi (voyaga yetmaganga nisbatan esa — Jinoyat kodeksining 821-moddasi)ga muvofiq probatsiya bo‘linmasi tomonidan majburiy jamoat ishlarini boshqa jazo turi bilan almashtirish to‘g‘risida sudga taqdimnoma yuboriladi. Sud majburiy jamoat ishlarining o‘talmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bo‘yin tovlanilgan vaqt o‘talgan jazo muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
11. Mahkumning turgan joyi ma’lum bo‘lmagan taqdirda, probatsiya bo‘linmasi unga nisbatan qidiruv e’lon qilish uchun sudga taqdimnoma yuboradi. Mahkum jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni qidirish, sudyaning ajrimiga binoan, ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
12. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni o‘tash davrida mehnat qobiliyatini yo‘qotgan yoki pensiya yoshiga yetgan shaxs, shuningdek, bunday jazoni o‘tash davrida homiladorlik yoki tug‘ish ta’tili berilgan ayollar Jinoyat kodeksining 75-moddasiga ko‘ra jazoni o‘tashdan ozod etiladi.
3-bob. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo muddati va vaqtini hisoblash
13. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo muddati mahkum majburiy jamoat ishlarini o‘tashi mobaynidagi soatlar bilan hisoblanadi.
14. Majburiy jamoat ishlari bir yuz yigirma soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi va dam olish kunlari hamda mahkum o‘qishda yoki asosiy ishda band bo‘lmagan kunlari to‘rt soatdan oshmagan holda o‘taladi. Ish kunlari, o‘quv darslari (mashg‘ulotlar) o‘tkaziladigan kunlari esa, ish yoki o‘qishdan oldin yoki keyin ikki soatdan, mahkumning iltimosiga ko‘ra esa, to‘rt soatdan oshmagan holda olti oy davomida, mahkumga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa — bir yilgacha bo‘lgan muddat davomida o‘taladi. Mahkum tomonidan bajariladigan majburiy jamoat ishlarining vaqti haftasiga o‘n ikki soatdan kam bo‘lmasligi lozim.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
15. Majburiy jamoat ishlari mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan oltmish soatdan ikki yuz qirq soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Voyaga yetmagan tomonidan o‘taladigan majburiy jamoat ishlari vaqti dam olish kunlari va mahkum o‘qishda yoxud asosiy ishda band bo‘lmagan kunlari uch soatdan, ish kunlari, o‘quv darslari (mashg‘ulotlar) o‘tkaziladigan kunlari esa — ikki soatdan, biroq haftasiga uch kundan oshmasligi lozim. Majburiy jamoat ishlari voyaga yetmaganlarning sog‘lig‘iga va ma’naviy jihatdan rivojlanishiga zarar yetkazmasligi, o‘quv jarayonini buzmasligi lozim.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
16. Majburiy jamoat ishlari muddatlariga ish joyiga yetib kelish va ovqatlanish vaqti, shuningdek, mahkum ishlarni bajarishga alkogol, giyohvand yoki zaharvand mastligi holatda kelgan vaqt jazoni o‘tash muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
4-bob. Majburiy jamoat ishlarini tashkil etish
17. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi asos hisoblanadi.
18. Mahkum tomonidan bajariladigan ishlarni tashkil etish maqsadida mahkumning asosiy ish (o‘qish) joyidagi ish (o‘qish) jadvalidan va jazoni o‘taydigan joy (obyekt) bo‘yicha tashkilot (organ) ish tartibidan kelib chiqqan holda, jazoni o‘taydigan joy (obyekt) bo‘yicha tashkilot (organ)ning javobgar ishchisi tomonidan majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni o‘tashning har oylik jadvali tuziladi hamda mahkumning ishga chiqishi tabeli to‘ldiriladi.
19. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijro etilishi mehnat qonunchiligi bo‘yicha tartibga solinmaydi, mahkum bilan mehnat shartnomasi tuzilmaydi va u jazoni o‘taydigan tashkilotning ishchilari hisobi (shtati)ga kiritilmaydi.
20. Mahkumlar tomonidan bajarilgan ish hajmini nazorat qilish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, ular dam olish va bayram kunlari jazoni o‘tashmaydi.
21. Mahkumga asosiy ish joyidan navbatdagi har yilgi mehnat ta’tili, ta’lim olish munosabati bilan va ijodiy ta’tillar berilishi, shuningdek, o‘qish ta’tillari (kanikul) majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini to‘xtatib turmaydi.
22. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni o‘tash vaqti mehnat stajiga qo‘shilmaydi.
5-bob. Probatsiya bo‘linmasining, mahkumning jazoni o‘tash joyidagi tashkilot (organ)ning va mahkumning huquq va majburiyatlari
(5-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
23. Probatsiya bo‘linmasi mahkumga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda quyidagilarga haqli:
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
mahkumga hafta yoki oy mobaynida majburiy jamoat ishlari soatlarining kamroq miqdorini ishlab berishga ruxsat etish;
davolash kursini o‘tash va yaqin qarindoshi (er-xotin, ota-ona, farzandlar, farzandlikka olgan va farzandlikka olinganlar, tug‘ishgan aka-uka va opa-singillar, buva va buvilar, nevaralar) o‘limi holatida mahkumlarga O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish uchun ruxsat etish.
Mahkumga O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqishga ruxsat berish (chetga chiqishga ruxsat berishni rad etish)ga qaror qilingan taqdirda, probatsiya bo‘linmasi bu borada asoslantirilgan qaror chiqaradi va mahkumga taqdim etadi.
(23-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
mahkumlarning hisobini yuritishi;
mahkumlarga jazoni o‘tash tartibi va shartlarini tushuntirishi;
mahkum tomonidan jazoni o‘tash shartlariga rioya etilishini nazorat qilishi;
mahkumlar jazoni o‘taydigan joyda (obyektda) tashkilotlar (organlar) tomonidan hukm talablarining bajarilishini nazorat qilishi;
mahkumlar ishlagan vaqt hisobini yuritishi va tashkilotlarning (organlarning) majburiy jamoat ishlari o‘taladigan joylar (obyektlar) bo‘yicha mahkumlar ishlagan vaqt hisobga olinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni solishtirib chiqishni har ikki oyda bir marotaba amalga oshirishi;
(24-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
qidiruv e’lon qilish yoki jazoning o‘talmay qolgan muddatini jazoning boshqa turi bilan almashtirish to‘g‘risida sudga taqdimnoma yuborishi;
mahkum talabiga ko‘ra jazodan ozod qilingani yoki jazoni o‘tab bo‘lgani haqida ma’lumotnoma taqdim etishi;
mahkum vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lganida yoki uzrli sabablarga ko‘ra doimiy yashash joyidan chiqib ketganida jazoni ijro etish boshlanishi vaqtini kechiktirishi;
mahkum kasallikka chalinishi (agar majburiy jamoat ishlariga jalb qilingan shaxs o‘zining kasalligi haqida ma’lum qilsa, u probatsiya bo‘linmasi tomonidan mehnatga layoqatliligini aniqlash uchun vrach-mehnat ekspert komissiyasi (VMEK)ga yuboriladi) sababli, jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlash vaqtida (agar u o‘zining doimiy yashash joyini uzrli sabablarsiz tashlab ketgan hamda majburiy jamoat ishlariga probatsiya bo‘linmasini xabardor qilmagan holda chiqmay qo‘ygan bo‘lsa), bitiruv imtihonlarini topshirishda, mahkum huquqbuzarlik sodir etgani uchun ma’muriy qamoq ostida bo‘lgan vaqtida, shuningdek, mahkum tomonidan yangi jinoyat sodir etilgani sababli ushlangan holatlarda jazoni ijro etishni vaqtincha to‘xtatib turishi shart.
(24-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
25. Mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo o‘taladigan joydagi (obyektdagi) tashkilotning (organning) ma’muriyati probatsiya bo‘linmasi bilan kelishgan holda, ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqib, mahkum yashash joyidagi aholi punkti hududi doirasida yoki doimiy yashash joyiga (nafaqat majburiy ishlarni bajarishi, balki asosiy ishi, o‘qishini hisobga olgan holda) har kuni qaytib kelish imkoniyatiga ega bo‘lgan hududda, majburiy ishlarni ijro etishning aniq joyini o‘zgartirishga haqli.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
26. Mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlari o‘taladigan joydagi (obyektdagi) tashkilotning (organning) ma’muriyati:
mahkumga tashkilot (organ)ning ichki mehnat tartibi qoidalarini tushuntirishi;
mahkum bajaradigan ishni tashkil etishi;
ishlarni bajarish uchun tegishli sharoitlarni ta’minlashi;
mahkumga zarur xavfsizlik vositalari taqdim etgan holda ortiqcha tavakkalchilik yoki xavf-xatardan muhofaza qilishni va ular tomonidan mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashi;
mahkum tomonidan bajarilishi nazarda tutilayotgan jazoni o‘tash soatlariga muvofiq ish hajmini aniqlashi;
mahkumlarga mas’ul xodimni biriktirish orqali ular tomonidan o‘zlari uchun belgilangan ishlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishi;
har oyda va jazo muddati tugaganidan so‘ng probatsiya bo‘linmasiga mahkumlar tomonidan ishlab berilgan soatlar miqdori, ular bajargan ishlarning sifati haqida ma’lumotlar taqdim etishi;
(26-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
mahkumlar tomonidan sodir qilingan mehnat intizomi buzilishi holatlari haqida probatsiya bo‘linmasini zudlik bilan xabardor qilishi;
(26-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
mahkumlar majburiy jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasbiy kasallikka chalinishi yoki salomatligining boshqa xil shikastlanishi, agar zarar mahkum tomonidan majburiy jamoat ishlari o‘taladigan joydagi (obyektdagi) tashkilotning (organning) ma’muriyati aybi bilan emas, balki yengib bo‘lmas kuch yoxud jabrlanuvchi qasdi bilan yetkazilganini isbot eta olmasa yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplash choralarini ko‘rishi shart.
Ish beruvchi mahkum ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham mehnatda jarohatlanishi, shuningdek, ish beruvchi tomonidan ajratilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda shikastlanishi natijasida yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar bo‘ladi.
27. Mahkum quyidagi huquqlarga ega:
jazoni o‘tash tartibi va shartlari to‘g‘risida, shuningdek, o‘zining huquq va majburiyatlari haqida axborot olish;
probatsiya bo‘linmasiga, yuqori turuvchi rahbariyatga va boshqa davlat organlariga taklif, ariza va shikoyatlar bilan murojaat etish;
(27-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
majburiy jamoat ishlarini o‘tash davomida mehnatga layoqatini yo‘qotganda (shu jumladan ushbu jazoni o‘tash davrida homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilgan ayollar) yoki pensiya yoshiga yetgan taqdirda, qolgan jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risida sudga iltimosnoma bilan murojaat etish.
sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida yashash joyidagi probatsiya bo‘linmasida hisobga turishi;
(28-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni ijro etish va o‘tash shartlariga rioya etishi;
o‘zi uchun belgilangan joyda (obyektda) ishlashi hamda majburiy jamoat ishlarining belgilangan muddatlari va hajmlarini ishlab berishi;
majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni o‘tash joyidagi (obyektidagi) tashkilotning (organning) ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi, mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lishi (mahkum tomonidan majburiy jamoat ishlari jadvaliga rioya etishi, ishlab chiqarish vazifalari va belgilangan normalarni bajarishi, bevosita ishlarni bajarish davrida jamoat tartibi va mehnat intizomini buzish holatlariga yo‘l qo‘ymasligi);
majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni o‘tash davomida qo‘shimcha (navbatdan tashqari) ishlar va o‘rindoshlik asosida ishlashni to‘xtatishi, agar ularning bajarilishi sud hukmini lozim darajada ijro etishga xalaqit berayotgan bo‘lsa;
yashash joyi o‘zgarganligi haqida probatsiya bo‘linmasini xabardor qilishi, shuningdek, uning chaqiruviga binoan yetib kelishi shart. Mahkum probatsiya bo‘linmasiga yetib kelmagan taqdirda, u majburan keltirilishi mumkin
(28-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Mahkum majburiy jamoat ishlari obyektini mustaqil tarzda o‘zgartirishi yoki ishlarni to‘xtatishi mumkin emas.
Mahkumga probatsiya bo‘linmasining ruxsatisiz O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish taqiqlanadi.
(28-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
6-bob. Majburiy jamoat ishlarini tashkil etish va o‘tkazish shartlari
Majburiy jamoat ishlari turlari ro‘yxatiga muvofiq, majburiy jamoat ishlarining turlari hamda mazmunini ko‘rsatgan holda mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni o‘tashi mumkin bo‘lgan joylar (obyektlar)ning ro‘yxatini har chorakda kelishish uchun probatsiya bo‘linmasiga taqdim etadilar;
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-sonli qarori bilan tasdiqlangan Majburiy jamoat ishlari turlarining ro‘yxati.
mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni o‘tash uchun zarur sharoitlar tashkil etilishini ta’minlaydilar;
mahkumlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish va ularning xulqini nazorat qilishga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qiladilar;
mahkumlar mehnatini qo‘llash samaradorligini o‘rganadilar.
30. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan kelishgan holda Majburiy jamoat ishlari turlari ro‘yxatida nazarda tutilgan ishlarning mazmunini, belgilangan majburiy jamoat ishlari turlari doirasida hamda ularga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda kengaytirishi mumkin.
31. Mahkumlarning avariyalar, tabiiy ofatlar va shunga o‘xshash boshqa hodisalar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq faoliyat turlariga jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni ijro etishni tashkil etish tartibi haqidagi nizomga 1-ILOVA
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo ijrosini tashkil etish
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoga hukm qilinganlarga nisbatan hukm chiqaradi va ularni jazoni ijro etish uchun probatsiya bo‘linmasiga jo‘natadi.
Sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan kuni
2-bosqich
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
Mahkumlar jazoni o‘tashi mumkin bo‘lgan joylar (obyektlar) ro‘yxatini kelishish uchun probatsiya bo‘linmasiga taqdim etadi.
Mahkumning jazoni o‘tashi uchun zarur sharoitlar tashkillashtirilishini ta’minlaydi, mahkumlar mehnatiniqo‘llash samaradorligini o‘rganadi
Har chorakda
Doimiy ravishda
Probatsiya bo‘linmasi
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining taklifiga ko‘ra mahkum jazoni o‘taydigan joyda (obyektda)gi tashkilotlarga jazoni o‘tash uchun yuboradi.
Probatsiya bo‘linmasiga hukm kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun kun muddatda
3-bosqich
Mahkumlar jazoni
o‘taydigan tashkilot
Mahkumning jazoni o‘tashga jalb etilganligi haqida probatsiya bo‘linmasini xabardor qiladi.
3 sutka mobaynida
Mahkumga ichki mehnat tartibi qoidalarini tushuntiradi, ishlarni tashkil etadi, ishlarni bajarishi uchun tegishli sharoitlar bilan ta’minlaydi, ish hajmini belgilaydi, va ularnining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Doimiy ravishda
Probatsiya bo‘linmasiga mahkumlar tomonidan ishlab berilgan soatlar miqdori va bajarilgan ishlarning sifati haqida ma’lumotlar taqdim etadi.
Har oyda va muddatlar tugashi bilan
Mahkumlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan mehnat intizomini buzilishi holatlari haqida probatsiya bo‘linmasini xabardor qiladi.
Zudlik bilan
4-bosqich
Probatsiya bo‘linmasi
Mahkumlar tomonidan jazoni o‘tash shartlariga rioya etilishini, shuningdek, tashkilotlar tomonidan hukm talablarining ijrosini nazorat qiladi.
Doimiy ravishda
Mahkumlarga nisbatan quyidagilar bo‘yicha sudga taqdimnoma kiritadi:
jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, jazoning o‘talmagan muddatini boshqa jazo to‘ri bilan almashtirish yoki qidiruv e’lon qilish;
jazoni o‘tash davrida mehnat qobiliyatini yo‘qotgan yoki pensiya yoshiga yetgan, shuningdek, ayollar tomonidan jazoni o‘tash davrida homiladorlik yoki to‘g‘ish ta’tili berilgan taqdirda, jazodan ozod etish to‘g‘risida.
Zudlik bilan
Mahkumning jazoni o‘tab bo‘lganligi yoki jazodan ozod qilinganligi to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar IIB va Toshkent shahri IIBB axborot markaziga tegishli ma’lumot jo‘natadi.
3 sutka mobaynida
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni ijro etishni tashkil etish tartibi haqidagi nizomga 2-ILOVA
______________________________________________________________________ bo‘yicha
(mutaxassisligi, kasbi)
____________________________________muddatga majburiy jamoat ishiga qabul qilindi.
Rahbar:
___________________
M.O‘
(imzo)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-son qaroriga 2-ILOVA
Shaharlar, tumanlar, posyolkalar, dam olish zonalari, sport va bolalar maydonchalari, tarixiy-arxitektura yodgorliklari, qabristonlarni obodonlashtirish.
Irrigatsiya tarmoqlarini yotqizish va tozalash; hududlarni tozalash, qishki yig‘ishtirishlar: supurish yoki qor kurash, yaxmalakni yo‘q qilish, qorni va qor-muzni ko‘chirish; yozgi yig‘ishtirish: hududlarni supurish va axlatlarni to‘plash; hovli-joy hududini qo‘l bilan yig‘ishtirish: namlab supurish va zinalarni yuvish, derazalarni yuvish, dahlizga chiqishdagi maydonchani supurish va yuvish; ishlab chiqarish hududlarini yig‘ishtirish; yo‘llarni, aylanma ko‘prik va ko‘priklarni ta’mirlash* va qurish*; hududlarni ko‘kalamzorlashtirish; o‘tkazilgan daraxtlarni parvarish qilish (sug‘orish, shakl berish, o‘rish, organik va ma’danli o‘g‘itlar bilan qo‘shimcha oziqlantirish); elektr ta’minoti obyektlari bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar (elektr tarmoqlarini qurish va ulardan foydalanish*); suv ta’minoti obyektlari (suv quvurlari tarmoqlarini qurish va ulardan foydalanish*); dam olish zonalari, sport va bolalar maydonchalari, tarixiy-arxitektura yodgorliklari, qabristonlarni obodonlashtirish.
2.
Qurilish-montaj ishlari
Bolalar maydonchalari va sport obyektlari, cho‘milish hovuzlari, maktablar, kasalxonalar va boshqa obyektlar* qurish.
3.
Yuk ortish-tushirish ishlari
Vagonlar, avtomashinalardan yuk tushirish; vagonlarga, avtomashinalarga yuk ortish, omborlarda ishlash.
4.
Sog‘liqni saqlash tizimidagi ishlar
Kasalxona va boshqa tibbiyot muassasalarining binolari va hududlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlar (farroshlar, sanitarlar, hovli-hudud tozalovchilari, bog‘bonlar, qorovullar, texnik xodimlar)*.
5.
Xalq ta’limi tizimidagi ishlar
Ta’lim muassasalarining binolari va hududlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlar (farroshlar, hovli-hudud tozalovchilari, bog‘bonlar, qorovullar, texnik xodimlar)*.
6.
Meva-sabzavot bazalaridagi ishlar
Meva-sabzavot mahsulotlarini saralash va idishlarga joylashtirish, idishlarni tuzatish, ortish, tushirish.
7.
Agrosanoat kompleksidagi mavsumiy ishlar
Mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari (meva-sabzavot mahsulotlarini yig‘ishtirish**, paxta terish**, ekinlarni o‘tash**, chorva ozuqasi tayyorlash, chorva mollari boqish va boshqalar).
8.
Ikkilamchi xomashyolarni tayyorlash va topshirish bo‘yicha ishlar
Makulatura, shisha idishlar, ishlatilgan shinalar, ikkilamchi polimerlar, ikkilamchi metall buyumlarni to‘plash va shu kabilar.
9.
Tegishli ro‘yxatlardan o‘tgan nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz yashovchi keksalar va og‘ir turdagi bemorlarning uy-joylarini ta’mirlash hamda hududlarini obodonlashtirish ishlari
Uy-joylarni ta’mirlash hamda hududlarni obodonlashtirishda ko‘maklashish
Izohlar.
1. Malaka va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan mahkumlar faqat (*) bilan belgilangan yordamchi ishlarga jalb qilinadi;
2. Voyaga yetmaganlar (**) belgisi qo‘yilgan ishlarga jalb etilmaydi;
3. Ishlarni bajarish uchun tegishli malaka talab etiladigan ayrim ish turlariga zarur malakaga va kasb-hunar ko‘nikmalariga ega bo‘lgan mahkumlar jalb qilinishi mumkin.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 09/18/346/1174-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)