1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat toʻgʻrisida qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3206-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda jamoat tashkilotlari uchun istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslariga qoʻyiladigan davlat talablari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Institutga istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash kursi boʻyicha bir oʻquv yiliga moʻljallangan qabul kvotasi 120 nafar (birinchi yarim yillikda 60 nafar tinglovchilar qabul qilinadi) va oʻquv jarayoni toʻrt oy etib belgilanadi hamda malaka oshirish kurslarining qabul kvotasi buyurtma asosida tashkil etilib, uning oʻquv jarayoni muddati bir oygachani tashkil qiladi;
qabul kvotalariga muvofiq tinglovchilarni qayta tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi buyurtmasi asosida tashkil etiladigan malaka oshirish oʻquv kurslari bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Institutda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlarining buyurtmasi, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlov-kontrakt asosida malaka oshirish oʻquv kurslari tashkil etiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Institutning qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv rejalari hamda dasturlarini shakllantirishda amaliy yordam berilishini taʼminlasin.
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-may,
336-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-maydagi 336-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Institutga tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish qayta tayyorlash (toʻrt oylik) va malaka oshirish (bir oygacha) shaklida amalga oshiriladi.
3. Institutga tinglovchilarni qayta tayyorlash boʻyicha qabul qilishning har yilgi kvotasi 120 nafar (birinchi yarim yillikda 60 nafar tinglovchilar qabul qilinadi) etib belgilanadi.
4. Institutning malaka oshirish oʻquv kurslariga tinglovchilarni qabul qilishning har yilgi kvotasi Institut bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi (keyingi oʻrinlarda Yoshlar ittifoqi deb ataladi) tomonidan belgilanadi.
5. Institutning qayta tayyorlash oʻquv kurslari bitiruvchilari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari tizimlaridagi rahbar kadrlar zaxirasiga kiritiladi hamda Institut va Agentlik tomonidan ularning lavozimi oshishi monitoringi yuritiladi.
Malaka oshirish oʻquv kurslari bitiruvchilari ish faoliyatidan kelib chiqqan holda yuqori lavozimlarga tavsiya etilishi mumkin.
2-bob. Institutning qayta tayyorlash oʻquv kurslariga qabul qilish
6. Institutning qayta tayyorlash oʻquv kurslariga 30 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, oliy maʼlumotli va oliy taʼlim muassasasini tugatgandan keyin kamida 2 yil ish stajiga ega boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari rahbar xodimlari va mutaxassislari test sinovi va suhbat orqali ochiq tanlov asosida qabul qilinadi.
7. Tinglovchilarni Institutning qayta tayyorlash oʻquv kurslariga qabul qilish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
8. Tinglovchilarning Institutdagi ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqish davrida egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.
9. Qayta tayyorlash oʻquv kurslariga ochiq tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar qabul qilinadi. Tinglovchilarni qabul qilish Institut direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
10. Tinglovchilarni qayta tayyorlash oʻquv kurslari bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
12. Komissiya tinglovchilarni test sinovi va suhbat oʻtkazish yoʻli bilan qayta tayyorlash oʻquv kurslariga qabul qilishni tashkil etadi.
13. Nomzodlar Komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining birinchi rahbarlari imzosi bilan tavsiyanoma;
Institut direktori nomiga yozilgan ariza;
soʻrovnoma, maʼlumotnoma-obyektivga (yaqin qarindoshlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda);
oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat va ilovasining nusxasi, topshirishda hujjatning asl nusxasi koʻrsatiladi;
mehnat daftarchasining nusxasi;
086-U shakl boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma;
3,5 x 4,5 oʻlchamli 6 ta rangli fotosurat;
pasport nusxasi, topshirishda hujjatning asl nusxasi koʻrsatiladi.
Hujjatlarga nomzodning ish faoliyati davomidagi muayyan yutuqlarini (mukofotlari, ixtiro patentlari va boshqa erishilgan yutuqlarini) aks ettiruvchi hujjatlar nusxalari ilova qilinishi mumkin.
Institutga oʻqishga tavsiya etishda nomzodlarning oʻziga va ularning hujjatlariga nisbatan qoʻyilgan talablarga qatʼiy rioya etish, hujjatlarning haqqoniyligi va toʻgʻriligi boʻyicha masʼuliyat tavsiya etayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda jamoat tashkilotlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi 759-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/759/3730-son)
14. Institutning qayta tayyorlash oʻquv kurslariga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish boʻyicha eʼlon Institut va Yoshlar ittifoqining veb-saytlarida hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
15. Komissiya nomzodlarning hujjatlarini hujjatlarni qabul qilish eʼlon qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida qabul qiladi.
16. Komissiya tomonidan hujjatlar qabul qilish tugagandan soʻng, besh ish kuni mobaynida Nizomning 12-bandiga muvofiq nomzodlar hujjatlarini oʻrganadi, kirish sinovlariga ruxsat berilgan nomzodlar roʻyxatini shakllantiradi hamda Institut va Yoshlar ittifoqining veb-saytlarida eʼlon qiladi.
17. Institutning qayta tayyorlash oʻquv kurslariga kirish sinovlari test va suhbat shaklida oʻtkaziladi. Kirish sinovlari nomzodlarning tanloviga koʻra ikki tilda — davlat tilida yoki rus tilida oʻtkaziladi.
18. Test sinovi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda Davlat test markazi deb ataladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Institut Davlat test markazi bilan kelishgan holda kirish sinovlariga ruxsat berilgan kundan boshlab, yigirma kun mobaynida test sinovlarini oʻtkazish uchun shartnoma tuzadi, test sinovlari oʻtkaziladigan kunni belgilaydi hamda test sinovlarini oʻtkazadi.
19. Test sinovi savollari Oʻzbekiston tarixi, iqtisodiyot nazariyasi va huquqshunoslik fanlaridan Davlat test markazi tomonidan belgilangan talablar asosida Institut tomonidan tuziladi.
Har bir fan boʻyicha 20 tadan savol tuziladi. Bunda, har bir savolning toʻgʻri javobi uchun Oʻzbekiston tarixi fanidan — 1,5 ball, iqtisodiyot nazariyasi fanidan — 1,6 ball va huquqshunoslik fanidan — 1,5 ball etib belgilanadi;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/759/3730-son)
Test sinovi natijalari boʻyicha 49,5 (55 foiz) ball va undan yuqori ball olgan nomzodlar suhbatdan oʻtishga tavsiya etiladi.
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/759/3730-son)
Test sinovidan oʻtganlar soni kvota boʻyicha ajratilgan tinglovchilar soniga teng yoki undan kam boʻlganda suhbat oʻtkazilmaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi 759-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/759/3730-son)
20. Test sinovi natijalari test oʻtkazilgan kundan soʻng uch kun mobaynida eʼlon qilinadi.
21. Nomzodlar bilan suhbat Komissiya tomonidan test natijalari eʼlon qilingan kundan soʻng uch ish kuni mobaynida oʻtkaziladi.
22. Suhbat nomzodlarning boshqaruv qobiliyati, ijtimoiy va maʼnaviy-axloqiy darajasi, psixologik barqarorligi, tashkilotchiligi, yetakchiligi, vatanparvarlik xususiyatlarini va jamoa bilan ishlash koʻnikmalarini aniqlashga qaratiladi.
23. Suhbat ikki qismdan iborat boʻladi. Birinchi qismda nomzodning vaziyatlar tahlili, muammoning qoʻyilishi, muammoning yechimi, hayotiyligi, ijro mexanizmi va nazorati, ikkinchi qismda vatanparvarligi, yetakchiligi, rahbarlik kasbiy mahorati, tizimli fikrlashi, kreativligi va innovatsiyalar bilan samarali ishlashi baholanadi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/759/3730-son)
Suhbat jarayoni har bir nomzod uchun suhbat varaqasi bilan baholanib, komissiya aʼzolari tomonidan tasdiqlanadi.
Suhbatda eng yuqori ball — 100 ball etib belgilanadi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/759/3730-son)
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi 759-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/759/3730-son)
Har bir nomzod uchun suhbatga 15 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Suhbat jarayoni videotasvirga olinadi.
24. Suhbat oʻtkazilgan kundan soʻng uch ish kuni mobaynida test sinovlari va suhbat natijasi (ball) umumlashtirilib, har bir nomzodning umumiy ballari tegishli baholash varaqlarida qayd etiladi hamda Institut va Yoshlar ittifoqining veb-saytida eʼlon qilinadi.
25. Test sinovlari va suhbat natijalari boʻyicha eng yuqori ball olgan 60 nafar nomzodlar uch ish kuni mobaynida Komissiya qarori asosida Institut direktorining buyrugʻi bilan oʻqishga qabul qilinadi.
Qabul natijalariga koʻra nomzodlar toʻplagan ballar teng boʻlgan taqdirda, suhbat natijalariga koʻra yuqori ball toʻplagan nomzod imtiyozga ega boʻladi. Agar suhbat natijasiga koʻra bir xil ballga ega boʻlgan nomzodlar boʻlsa, ularning qoʻlga kiritgan yutuqlari eʼtiborga olinadi.
26. Institutning qayta tayyorlash oʻquv kurslariga kirish test sinovlari va suhbat natijalari yuzasidan nomzodlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Institut direktorining buyrugʻiga asosan Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
27. Apellyatsiya komissiyasiga test sinovi hamda suhbat natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida Apellyatsiya komissiyasi raisi nomiga nomzodlar tomonidan shikoyat berilishi mumkin.
Apellyatsiya komissiyasi taqdim etilgan shikoyatlarni ular kelib tushgan kundan boshlab uch kun muddatda koʻrib chiqadi.
3-bob. Institutning malaka oshirish oʻquv kurslariga qabul qilish
28. Institutda Yoshlar ittifoqi buyurtmasi asosida quyidagi malaka oshirish oʻquv kurslari tashkil etiladi:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining yosh istiqbolli kadrlari malakasini oshirish;
Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilot yetakchilari hamda Yetakchilar Kengashi raislari malakasini oshirish.
29. Malaka oshirish oʻquv kurslariga tinglovchilarni qabul qilish Institut va Yoshlar ittifoqi tomonidan belgilangan kvota doirasida amalga oshiriladi.
Har yil boshida Yoshlar ittifoqi va Institutning malaka oshirish oʻquv kurslariga belgilangan kvotaga muvofiq tinglovchilar kontingentini aniqlaydi hamda Institut tomonidan yilning har choragi yakuniga qadar tinglovchilarning oʻqish yoʻnalishlari va egallab turgan lavozimiga koʻra reja — jadval tasdiqlanadi.
Tashkil etiladigan malaka oshirish oʻquv kurslari bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
34. Institutning malaka oshirish oʻquv kurslari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining buyurtmasiga binoan toʻlov-kontrakt shartnomasi asosida tashkil etiladi.
35. Shartnoma shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari, toʻlovlarni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari talablariga muvofiq belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 26-bobi.
36. Institut va nomzod (tashkilot) oʻrtasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish yuzasidan tegishli shartnoma tuziladi.
37. Tinglovchilarni Institutning malaka oshirish oʻquv kurslariga qabul qilish ushbu Nizomning 3-ilovasidagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
38. Malaka oshirish oʻquv kurslari bilan bogʻliq xarajatlar Institut va nomzod (tashkilot) bilan kelishilgan holda belgilanadi va nomzod (tashkilot) tomonidan qoplanadi.
39. Institutning malaka oshirish oʻquv kurslariga tinglovchilarni qabul qilish tegishli toʻlov-kontrakt shartnomasida nazarda tutilgan mablagʻni belgilangan muddatda toʻlagandan soʻng, direktorning buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Oʻquv kurslarini tugatgan tinglovchilarga belgilangan tartibda tegishli sertifikat beriladi.
40. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar yuzasidan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
41. Tinglovchi Institutning oʻquv kursidan quyidagi holatlarda chetlashtirilishi mumkin:
oʻz xohishiga binoan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
oʻquv intizomini va Institutning ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
oʻqishi davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan (malaka oshirish oʻquv kurslari uchun 18 soat) ortiq qoldirganligi uchun;
darslarni oʻzlashtira olmaganligi uchun;
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
vafot etganligi sababli.
42. Institut faoliyatini muvofiqlashtirib borish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Institutning qayta tayyorlash oʻquv kurslariga qabul qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Institutning malaka oshirish oʻquv kurslariga qabul qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Institutning malaka oshirish oʻquv kurslariga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-maydagi 336-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslariga qoʻyiladigan
1. Ushbu davlat talablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda buyurtmachi deb ataladi) kadrlarini qayta tayyorlash va kadrlar malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablarini belgilaydi.
2. Davlat talablari Institutda istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv kurslarida oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini nazorat qilish va baholash tartibini belgilash uchun asos hisoblanadi.
3. Istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv kurslarining mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
zamonaviy bilim, koʻnikma, malaka va kompetentligini shakllantirish va uning kasb va lavozimlarga muvofiqligi;
zamonaviy boshqaruv texnologiyalariga tayanish;
taʼlim dasturlari mazmunining qayta tayyorlash va malaka oshirish turlari va shakllariga muvofiqligi.
4. Istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv kurslarining oʻquv yuklamasida maʼruzalar hajmi umumiy auditoriya soatining 40 foizidan oshmasligi kerak.
5. Qayta tayyorlash oʻquv kurslarida oʻqish kasbiy faoliyatdan ajralgan holda, malaka oshirish oʻquv kurslarida oʻqish kasbiy faoliyatdan ajralgan yoki ajralmagan holda, shuningdek masofaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin.
2-bob. Istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash oʻquv kurslari
6. Istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash oʻquv kurslari — tinglovchini mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida xalqaro standartlar va talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari asosida yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha yangi zaruriy hamda yetarli bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish, yangi kasbiy faoliyatga yoʻnaltirishdan iborat.
7. Qayta tayyorlash oʻquv kurslarining oʻquv yuklamasi Institut tomonidan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan oʻquv reja va dasturlari asosida belgilanadi, ular Institut Ilmiy kengashida tasdiqlanadi. Oʻquv yuklamasini rejalashtirishda asosiy eʼtibor tinglovchilarning mustaqil taʼlimiga qaratiladi.
8. Qayta tayyorlash muddati ishlab chiqarishdan ajralgan holda 16 hafta (amaliyot (stajirovka) oʻtashni hisobga olgan holda, jami 576 soatdan kam boʻlmagan hajm)ni tashkil etadi. Auditoriya mashgʻulotlari haftasiga 36 soatdan, oʻquv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soatdan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
9. Qayta tayyorlash oʻquv kursini toʻliq oʻzlashtirgan hamda malakaviy amaliyot (stajirovka)ni muvaffaqiyatli oʻtagan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga kiritiladi.
10. Qayta tayyorlash oʻquv kursini oʻzlashtirgan va yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga mazkur davlat talablarining 1-ilovasida belgilangan namunadagi diplom beriladi.
3-bob. Malaka oshirish oʻquv kurslari
11. Malaka oshirishning maqsadi — tegishli taʼlim turlari boʻyicha Davlat talablaridan kelib chiqqan holda, malaka va koʻnikmalarni muntazam ravishda yangilab borish orqali kasbiy mahoratning oʻsishini taʼminlashdan iborat.
12. Malaka oshirish oʻquv kurslarining oʻquv yuklamasi hajmi Institut tomonidan buyurtmachi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan oʻquv rejasi asosida belgilanadi.
13. Malaka oshirish oʻquv kurslarining dasturlari 18 soatdan kam boʻlmasligi lozim. Malaka oshirish oʻquv kurslarining muddatlari, oʻquv rejasi va fan dasturlari buyurtmachi bilan kelishgan holda Institut Ilmiy kengashida tasdiqlanadi.
14. Malaka oshirish oʻquv kurslarini toʻliq oʻzlashtirgan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga kiritiladi. Bunda yakuniy attestatsiyani oʻtkazish tartibi Institut tomonidan malaka oshirish oʻquv kurslarining davomiyligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Malaka oshirish oʻquv kursini oʻzlashtirgan va yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga mazkur davlat talablarining 2-ilovasida belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
4-bob. Malakaviy amaliyot (stajirovka)ni oʻtash
15. Malakaviy amaliyot (stajirovka)ni oʻtash — taʼlimning ilm-fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, boshqaruvchilik malakasi va koʻnikmasini amaliy jihatdan uzluksiz takomillashtirib borishni taʼminlash, yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash sohasidagi yangi yutuqlar bilan tanishtirish maqsadida aniq yoʻnalishlar boʻyicha kasbiy taʼlim dasturlarini oʻzlashtirishdan iborat.
16. Malakaviy amaliyot (stajirovka) oʻtash — davlat, nodavlat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlarida tinglovchilarining nazariy va amaliy bilimlari, malaka hamda koʻnikmalarini chuqurlashtirishga qaratilgan.
17. Qayta tayyorlash oʻquv kursi tinglovchilarining malakaviy amaliyot (stajirovka)ni oʻtash tartibi Institut tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Ittifoq bilan kelishilgan holda belgilanadi va Institut Ilmiy kengashida tasdiqlanadi.
18. Ittifoq bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan dasturlar asosida tinglovchilarning xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida va davlat organlarida malakaviy amaliyot (stajirovka)ni oʻtashlari tashkil etilishi mumkin.
5-bob. Tinglovchilarning tayyorgarligiga qoʻyiladigan umumiy talablar
19. Quyidagi mavzular va muammolar istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv kurslari tinglovchilarining tayyorgarligiga qoʻyiladigan umumiy talablar doirasiga kiradi:
yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlar muammolari;
davlat va jamiyat boshqaruvining konstitutsiyaviy-huquqiy va tashkiliy asoslari;
Davlat boshqaruvi tarixi, Oʻzbekistonda davlatchilik tarixi;
boshqaruvning milliy-maʼnaviy negizlari va axloqiy jihatlari;
fuqarolik jamiyati asoslari, fuqarolik jamiyati institutlari va ijtimoiy sheriklik;
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyati va ahamiyati;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish;
strategik menejmentni va inson resurslarini boshqarish;
axborot xavfsizligi va mafkuraviy tahdidlar;
boshqaruv psixologiyasi;
liderlik psixologiyasi;
boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholay olish;
aniq vaziyatlar tahlilida muammolarni aniqlash, ularni hal qilishning usullarini belgilay olish va kutilayotgan natijalarni baholay olish;
rahbar shaxsi va rahbarlik uslublari;
loyihaviy boshqaruv;
axborot-tahliliy faoliyat asoslari;
jamoadagi psixologik jarayonlar;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimi va faoliyat yoʻnalishlari;
tizimli tahlil va boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruv tamoyillari va mexanizmlari toʻgʻrisida nazariy bilimlar;
vaziyatlar tahlili va bosqichlari hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish usullari;
nizolarni hal etish texnologiyalari;
xodimlarni baholash va shaxsning oʻz-oʻzini boshqarish uslublari;
jamoaga taʼsir etish uslublari;
ommaviy muloqot va notiqlik mahorati;
boshqaruvni tashkil qilish va samarali amalga oshirish;
vaziyatlar boʻyicha tahliliy fikrlash hamda strategik rejalashtirish;
boshqaruv qarorlarini qabul qilish;
tashkilot madaniyatini shakllantirish va boshqarish;
masʼuliyatni his qilish, tashabbuskorlik va qatʼiyatlilik;
vaziyatni obyektiv baholash va nazorat qilish;
oʻz maqsad va vazifalarini aniq ifodalay olish;
jamoada uygʻun muhitni shakllantira olish;
tashkilot faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi sharoit oʻzgarishlarini oldindan anglash va baholash;
tashkilotning ichki imkoniyatlarini tahlil qilish, muammolarni aniqlash va ularni yechishning samarali yoʻllarini topish;
tashkilotning innovatsion faoliyatini tahlil qilish va baholash;
eng ilgʻor tajribalar va yangiliklarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirishni tashkil etish;
tashkilotchilik, shaxsiy tashabbuskorlik, qarorlar qabul qilish, muzokaralar olib borish;
oʻz fikrlarini ham yozma, ham ogʻzaki bayon etish kompetensiyalariga ega boʻlish;
idoraviy boshqaruv va ish yuritish texnologiyalari;
20. Istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv kurslari sifatini nazorat qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Institutda tasdiqlangan tegishli ichki-tartib qoidalar asosida oʻquv jarayoni davrida amalga oshiriladigan ichki nazorat;
qayta tayyorlash oʻquv kursi tinglovchilarining fanlar boʻyicha attestatsiyasi va bitiruv malakaviy ishi himoyasiga qaratilgan yakuniy davlat nazorati;
vakolatli davlat organi, jamoat tashkilotlari, kadrlar buyurtmachilari tomonidan olib boriladigan davlat-jamoatchilik nazorati;
taʼlimni boshqarishga vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat.
7-bob. Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslari tinglovchilarini attestatsiyadan oʻtkazish
21. Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslari tinglovchilarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha Institut direktorining buyrugʻi bilan attestatsiya komissiyasi tuziladi.
22. Attestatsiya komissiyasi qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslari tinglovchilarini quyidagi shakllarda attestatsiyadan oʻtkazadi:
qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun bitiruv malakaviy ishi himoyasi;
malaka oshirish oʻquv kurslari tinglovchilari uchun kurs ishi himoyasi.
23. Attestatsiya komissiyasining qarori qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi diplom yoki sertifikat berish toʻgʻrisidagi Institut direktori buyrugʻini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
24. Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslarida oʻqish yakunlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtmagan tinglovchilar bir yil mobaynida pulli asosda keyingi qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kursi yakunida attestatsiyadan oʻtishi mumkin.
Istiqbolli kadrlarni Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini takroran oʻzlashtirishi asosiy ishdan ajralmagan holda oʻquv kurslarining dasturlarini mustaqil ravishda yoki masofadan oʻqitish usullari orqali oʻzlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Mustaqil ravishda yoki masofadan oʻqitish usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslarining dasturlari boʻyicha tayyorlanib kelgan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga kiritiladi.
25. Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslarida uzrsiz sabablarga koʻra dars qoldirgani uchun tinglovchilar safidan chiqarilgan tinglovchilar pulli asosda qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kursidan takroran oʻtishi hamda keyingi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursida attestatsiyadan oʻtishi mumkin.
8-bob. Yakunlovchi qoida
26. Mazkur Davlat talablariga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari ehtiyojlarini oʻrganishdan, istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy shakllari va usullarini joriy etishdan kelib chiqqan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga qoʻyiladigan davlat talablariga 1-ILOVA
kursida taʼlim olib, __________________________________________________________________________________
_____________________________________________________ mavzusida bitiruv ishini Yakuniy attestatsiya komissiyasida _____________________________________ bahoga himoya qildi va qayta tayyorlash oʼquv kursini muvaffaqiyatli tamomladi
Attestatsiya komissiyasi raisi
___________
Direktor
___________
muhr oʼrni
____________
Qayd raqami ____________
(sana)
Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplomning
TAVSIFI
Qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi diplom A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 30 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” soʻzlari bosiladi. Diplom ikki lotin harfi — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.
Diplom:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qogʻozlar;
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga qoʻyiladigan davlat talablariga 2-ILOVA
Malaka oshirish haqida davlat namunasidagi sertifikat
TAVSIFI
Malaka oshirish toʻgʻrisidagi sertifikat A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 30 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI. Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — MO va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.
Sertifikat:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qogʻozlar;
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.