1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Fuqarolik muhofazasi;
3.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ichki ishlar organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoni)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-may,
321-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-maydagi 195-son qarori bilan tasdiqlangan Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandidagi “militsiya” soʻzi “ichki ishlar organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga 2-ilova I-bandining “g” kichik bandida:
“hamda hunar-texnika oʻquv yurtlarida” soʻzlari “kasb-hunar taʼlimi muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“maxsus hunar-texnika bilim yurtlari” soʻzlari “oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“militsiya” soʻzi “ichki ishlar organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari qoidalarining 4-bandiga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Turistlar hujjatlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Shoshilinch tibbiy yordam oʻquv markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 4-martdagi 94-son qarorida:
a) 1-ilovadagi “DAN xodimlariga” soʻzlari “DYHXX xodimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 2.1-bandidagi “militsiya va yongʻindan saqlash tuzilmalari” soʻzlari “ichki ishlar organlari va Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Sayyohlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 8-avgustdagi 346-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 8-son, 29-modda) 4-bandi sakkizinchi xatboshidagi “qayta tayyorlashga” soʻzlaridan keyin “shu jumladan, turistik faoliyat subyektlari xodimlari uchun turistlar xavfsizligini taʼminlash, ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish masalalari boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini davriy tashkil etishga” soʻzlari qoʻshilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-avgustdagi 350-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharda yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etishga oid nizomda:
7. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-yil, 11-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmonlarida yongʻin xavfsizligi qoidalarining 20-bandidagi “militsiya” soʻzi “ichki ishlar organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida boʻlishining qoʻshimcha shartlari toʻgʻrisida” 2000-yil 12-yanvardagi 11-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 3-modda) 2-ilovaning 13.2-bandidagi “militsiyaga yoki DANga” soʻzlari “ichki ishlar organlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilova 6-bandining oltinchi xatboshidagi “militsiya” soʻzi “ichki ishlar organlari tayanch” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasining tabiiy boyliklarini saqlab qolish hamda dam olish va sogʻlomlashtirish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 6-sentabrdagi 362-son qarori 15-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “militsiya” soʻzi chiqarib tashlansin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Ekinlarning payhon qilinishi va nobud boʻlishiga qarshi kurashni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida” 2004-yil 14-yanvardagi 20-son qarori 1-bandining beshinchi xatboshidagi “idoralari” soʻzi “organlari” soʻzi bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilova 3-boʻlimining 3.23-bandi birinchi xatboshidagi “Militsiya boʻlinmalari kuchlari” soʻzlari “Ichki ishlar organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-oktabrdagi 265-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 9–10-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish boʻyicha chaqiruv komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandi toʻqqizinchi xatboshidagi, 18-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “idoralari” soʻzi “organlari” soʻzi bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2009-yil 1-oktabrdagi 41-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 32-modda):
birinchi xatboshidagi “xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga” soʻzlari “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “Milliy xavfsizlik xizmati” soʻzi “Davlat xavfsizlik xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi” soʻzlari “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi fuqarolarni hisobga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritilgandan keyin ularni real vaqt rejimida maʼlumotlarni uzatishning idoraviy tarmogʻi boʻyicha Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining markaziy maʼlumotlar bazasiga yuboradi.
Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi har oyda maʼlumotlarni uzatish idoraviy tarmogʻi boʻyicha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga qoʻyilgan fuqarolarning roʻyxatlarini (elektron shaklda) keyinchalik huquqbuzarlik profilaktikasi hududiy boʻlinmalariga berish uchun doimiy yashash joyidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining tegishli migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga yuboradi”;
22-banddagi “militsiya tayanch punktining” soʻzlari “ichki ishlar organi tayanch punktining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“4. TSHIIB MvaFRB hujjatlar qabul qilingandan soʻng ikki hafta muddatda ularni rasmiylashtiradi, arizachining shaxsini tekshiradi va hujjatlarni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda matnda — IIBB MvaFRB) yoki Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda — IIB MvaFRB) yuboradi, ular uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va materiallarni tegishli vakolatli organga yuboradi”.
“Tegishli vakolatli organning ijobiy javobi olingan taqdirda Ichki ishlar bosh boshqarmasining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi oʻn kun muddatda xulosa tayyorlaydilar va materiallarni yakuniy qaror chiqarish uchun Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga yuboradilar”.
ikkinchi xatboshidagi “Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi” soʻzlari “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“9. TSHIIB MvaFRB hujjatlar qabul qilingandan soʻng bir sutka mobaynida arizachining shaxsini tekshiradi va hujjatlarni IIBB MvaFRBga yoki IIB MvaFRBga yuboradi, ular uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va tegishli vakolatli organga yuboradi”.
10-banddagi “IIBB XCHKvaFRB yoki IIB XCHKvaFRB” soʻzlari “IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRB” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11-bandning ikkinchi xatboshidagi “TSHIBB XCHKvaFRB yoki IIBB XCHKvaFRB, IIB XCHKvaFRB” soʻzlari “TSHIBB MvaFRB yoki IIBB MvaFRB, IIB MvaFRB” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20-banddagi “militsiya” soʻzi “ichki ishlar organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-banddagi “xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi” va “Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi” soʻzlari “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi” va “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi har oyda, Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida vaqtincha propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar roʻyxati maʼlumotlarini (elektron tarzda) idoraviy tarmoq orqali, keyinchalik huquqbuzarlik profilaktikasi hududiy boʻlinmalariga berish uchun, ularning doimiy yashash joyi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining tegishli migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga yuboradi”.
15. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-martdagi 89-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Yongʻin-texnik komissiyalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 45-bandidagi “idoralari” soʻzi “organlari” soʻzi bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-dekabrdagi 320-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 86-modda) bilan tasdiqlangan Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi yettinchi xatboshidagi “militsiya” soʻzi “ichki ishlar organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 47-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar yigʻinining “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandidagi “militsiya” soʻzi “ichki ishlar organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish qoidalarining 29-bandidagi “uchastka militsiya nozirini” soʻzi “profilaktika inspektorini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 12-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarida:
a) 91-bandga quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“5.15 va 7.17 yoʻl belgilari yoki 1.24 yoʻl chizigʻining birgalikdagi taʼsiri doirasida, nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari bundan mustasno”;
b) 92-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“5.15 va 7.17 yoʻl belgilari yoki 1.24 yoʻl chizigʻining birgalikdagi taʼsiri doirasida, nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari bundan mustasno”;
v) 1-ilovaning “Qoʻshimcha axborot belgilari” 7-boʻlimining oʻttizinchi xatboshidagi “175” raqami “176” raqami bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshiga “shuningdek, 1.24 belgisi (2x2 metr oʻlchamdagi koʻk asosda sariq rangda nogironligi boʻlgan shaxsning tasviri tushirilgan boʻladi)” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi yigirma sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“1.24 — nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun toʻxtab turish joyi”;
20. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 566-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 159-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi davlat xizmati toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandi uchinchi xatboshidagi “idoralari” soʻzi “organlari” soʻzi bilan almashtirilsin.
21.Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 765-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 217-modda) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi nizomning 26-bandi birinchi xatboshidagi “xizmatdan boʻshash paytida” soʻzlari bilan chiqarib tashlansin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-noyabrdagi 948-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 11-son, 275-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandi uchinchi xatboshidagi “idoralari” soʻzi “organlari” soʻzi bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining “Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasiga importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qaroriga 6-ilovaning ** havolasidagi “militsiyaning” soʻzi “ichki ishlar organlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari ROʻYXAT
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida” 1991-yil 25-oktabrdagi 270-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 10-modda, 36-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 1992-yil 24-yanvardagi 32-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi IIV ichki qoʻshinlari tuzilmasida oʻquv polkini tashkil qilish toʻgʻrisida” 1992-yil 29-maydagi 255-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimini qisqartirish toʻgʻrisida” 1992-yil 28-oktabrdagi 498-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmat oʻtash toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 8-yanvardagi 16-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqidagi nizomga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 14-dekabrdagi 602-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarini mustahkamlash toʻgʻrisida” 1996-yil 4-noyabrdagi 378-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarini mustahkamlash toʻgʻrisida” 1997-yil 27-maydagi 266-son qarori.
9. Vazirlar Mahkamasining “Alohida militsiya batalyonini chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlashni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining militsiya polkiga aylantirish toʻgʻrisida” 1998-yil 13-apreldagi 155-son qarori.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi davlat avtomobil nazorati xodimlarining masʼuliyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 14-noyabrdagi 474-son qarori.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2002-y., 5-son, 23-modda) ilovaning 1-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy koʻnikma markazlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 16-maydagi 162-son qarori.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ–59-son Qonuni) 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 1-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovaning 1-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarori) 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 85-modda) 1-ilovaning 1-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 1-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori)” 2013-yil 8-oktabrdagi 276-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 72-modda) ilovaning 1-bandi.
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qarori)” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-yil, 7-son, 73-modda) ilovaning 1-bandi.