1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mamlakatimizda ekin yerlaridan samarali foydalanish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloqda fuqarolarning bandligi va farovonligini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, ayrim tumanlarda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan oqilona foydalanish boʻyicha ishlar holatini oʻrganish natijalari ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni tashkil etishni yanada takomillashtirish boʻyicha aniq choralar koʻrish zarurligini koʻrsatmoqda.
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining bu sohadagi vakolatlarini kengaytirish va faol ishtirokini taʼminlash maqsadida:
1. Tegishli hududda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektor rahbarlari faoliyatini baholash koʻrsatkichlaridan biri deb hisoblansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, qishloq xoʻjaligi vaziri hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb yuritiladi) rahbarlariga fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashlari huzuridagi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga kompleks xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini tashkil etish taʼminlanmaganligi qatʼiy koʻrsatib oʻtilsin.
barcha fermer va dehqon xoʻjaliklarining Kengashga aʼzoligi majburiy, tomorqa yer egalari uchun esa ixtiyoriy hisoblanadi;
fermer va dehqon xoʻjaliklarining Kengashda aʼzoligi tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rayosati qaroriga muvofiq tugatilishi yer uchastkasiga egalik qilish, undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi yoxud uni ijaraga olish huquqi bekor boʻlishi uchun asos boʻladi;
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari qishloq xoʻjaligida shartnoma majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan monitoring hamda jamoat nazoratini amalga oshiradi.
4. Kengash, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining Kengashga aʼzolik badallarini quyidagicha belgilash haqidagi takliflari maʼqullansin:
paxta xom ashyosi hamda donli ekinlar yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari uchun paxta xom ashyosi hamda donning xarid narxidan 0,8 foiz miqdorida;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kengash, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur band talablariga muvofiq Kengashga aʼzolik badallarini oʻtkazib berish tartibini ishlab chiqsin hamda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlasin.
5. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga quyidagi huquqlar berilsin:
uyma-uy yurish orqali dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishini, shu jumladan yerni tayyorlash, urugʻ, koʻchat va daraxtlar ekish, issiqxonalar qurish, chorva va parrandalarni koʻpaytirish holatini davriy monitoring qilib borish;
Kengash aʼzolari — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga tegishli yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish zarurligi toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
tuman hokimlariga fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining tegishli yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini yer qonunchiligiga muvofiq tugatish zarurligi toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan takliflar kiritish.
6. Barcha qishloq tumanlarida asosiy vazifasi quyidagilar orqali fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishda amaliy yordam koʻrsatish hisoblangan “Tomorqa xizmati” MCHJlar tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, urugʻlar, koʻchatlar, taralar, texnika va boshqa vositalar yetkazib berish;
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.19.00 Buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini tiklash. Tuproqning hosildor qatlamini yer buzilishi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va saqlash]
yerlarni rekultivatsiya qilish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
sugʻorish tizimini yaratish va yaxshilash, suv nasoslari oʻrnatish, artezian quduqlar qazish va tomchilatib sugʻorishni tashkil etish;
ishlab chiqarilgan mahsulotlar va qishloq xoʻjaligi ekinlarini ichki va tashqi bozorlarda sotish, shu jumladan ularni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va Kengash bilan birgalikda qishloq tumanlarining ixtisosligidan kelib chiqqan holda “Tomorqa xizmati” MCHJlar faoliyatini samarali tashkil etishda, shu jumladan boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini belgilangan tartibda ajratish orqali koʻmaklashsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Kengashning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
a) quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasidan va Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan tegishlicha 350 milliard soʻm hamda 150 milliard soʻm miqdorida ajratiladigan bir martalik begʻaraz moliyaviy yordam;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
Jamgʻarmaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari]
Jamgʻarmaning daromadlari, shu jumladan mablagʻlarni depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar uchun foydalaniladi:
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yil muddatga, shu jumladan 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda yillik 7 foiz stavkada kreditlar berish uchun “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankiga resurslar joylashtirish;
tijorat banklari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasida 2 foiz bank marjasini hisobga olgan holda “Tomorqa xizmati” MCHJ, qishloq xoʻjaligi sohasidagi boshqa ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, taʼminlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy texnika bazasini mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi texnikalari va transportlarini sotib olish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berish;
Jamgʻarmani saqlab turish va faoliyatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
aylanma mablagʻlarga muhtoj boʻlgan “Tomorqa xizmati” MCHJlarning ustav fondini 25 foizdan kam boʻlmagan miqdorda shakllantirish;
fermer, dehqon xoʻjaliklariga va tomorqa yerlarini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlar;
g) mablagʻlarni tijorat banklariga joylashtirish hisobidan olinadigan daromadlarning 30 foizigacha miqdordagi Jamgʻarma daromadlari Kengashni moddiy-texnik hamda moliyaviy jihatdan taʼminlash, shuningdek, uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltiriladi.
10. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” assotsiatsiyasi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan mazkur qarorga muvofiq ajratilgan kredit mablagʻlari hisobiga yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining bozor narxlari boʻyicha xarid qilinishini taʼminlasin.
Belgilansinki, dehqon xoʻjaliklari, tomorqa yer egalari va “Tomorqa xizmati” MCHJlar oʻzlarining qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini boshqa shaxslarga ham sotish huquqiga ega.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi, Nizomi hamda 25 shtat birlikdan, shu jumladan 7 ta birlik markaziy apparatda, 18 ta birlik Jamgʻarmaning hududiy vakillaridan iborat boʻlgan Jamgʻarma ijro etuvchi apparati tuzilmasini tasdiqlasin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
12. Jamgʻarma Vasiylik kengashi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etib borsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
13. Quyidagilar:
Jamgʻarma barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan;
“Tomorqa xizmati” MCHJlar davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab mazkur qarorga muvofiq ularning asosiy faoliyati doirasida 3 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun jihozlar, qishloq xoʻjaligi texnikasi hamda qishloq xoʻjaligi transport vositalari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha 2021-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun toʻlovlardan tashqari);
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.06.00 Kasanachilik;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.04 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
“Tomorqa xizmati” MCHJ yoki fermer xoʻjaliklari bilan tuzilgan kasanachilik shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan tomorqa yer egalari — jismoniy shaxslar ularning kasanachilik faoliyati doirasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalardan ozod qilinsin.
14. Belgilansinki, 2018-yil 1-iyuldan:
dehqon xoʻjaligi va 4 sotixdan kam boʻlmagan tomorqa yerida band boʻlgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam boʻlmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga yiliga eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida sugʻurta badali toʻlangan taqdirda, sugʻurta badali toʻlangan yil mehnat stajiga kiritiladi;
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.02.00 Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (shuningdek, 07.07.02.02 ga qarang);
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.08.00 Alohida toifadagi xodimlarni ijtimoiy sugʻurta qilish]
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov 5 foiz miqdorida toʻlanadi.
15. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning qoʻshimcha yoʻnalishlari deb hisoblansin:
yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, urugʻliklar, koʻchatlar va sugʻorish vositalari xarid qilish uchun “Tomorqa xizmati” MCHJ, aholi bandligiga koʻmaklashish markazi hamda tomorqa yer egalari oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida eng kam oylik ish haqining 3 barobaridan 10 barobarigacha boʻlgan miqdorda subsidiyalar berish;
kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kollejlar va oliy oʻquv yurtlarida kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun grantlar ajratish.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi fundamental, amaliy hamda innovatsion tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik dasturlarini shakllantirishda ularga fermer, dehqon xoʻjaliklarining yer uchastkalari va tomorqa yerlaridan samarali foydalanish boʻyicha innovatsion ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi ilmiy loyihalar kiritilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
17. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi Kengash bilan birgalikda bir oy muddatda dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yerlarini rivojlantirish asosida qishloq aholisining daromadlarini oshirish uchun Jahon banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari va zayomlarini jalb etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzagrokimyohimoya” AJ va Kengash bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
kichik qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini hamda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yerlarida mini-agrotexnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot markazini;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
respublika mintaqalarida dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini kasalliklardan himoya qilish, zarur tavsiya va maslahatlar berishga koʻmaklashuvchi va xizmat koʻrsatuvchi “Oʻsimliklar klinikasi” MCHJlarni tashkil etish boʻyicha takliflar kiritsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3318-son qarorigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Kengash, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-aprel,
PQ-3680-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga kiritiladigan
OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qishloq xoʻjaligida fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari ishtirokidagi shartnomaviy majburiyatlarning ijrosini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini”.
“Bunda daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilganda manfaati koʻzlab daʼvo arizasi kiritilgan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalaridan davlat boji undirilmaydi”.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining TASHKILIY TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ijro apparatining TUZILMASI
Kengash ijro apparati xodimlarining cheklangan soni — 44 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari ijro apparatining NAMUNAVIY TUZILMASI
Hududiy kengashlar ijro apparati xodimlarining cheklangan soni — 13 — 15 nafar, jami soni — 185 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga 4-ILOVA
Tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari ijro apparatining NAMUNAVIY TUZILMASI
Tuman kengashlari ijro apparati xodimlarining cheklangan soni — 7 — 9 nafar, jami soni 1281 nafar”.
5. 5-ilovaga izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1-toifa — ijro apparati uchun 15 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (hududiy kengash raisi — 1, hududiy kengash raisi oʻrinbosari — 1, boʻlim boshligʻi — 3, bosh mutaxassis — 7, yetakchi mutaxassis — 2, hisobchi — 1);
2-toifa — ijro apparati uchun 14 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (hududiy kengash raisi — 1, hududiy kengash raisi oʻrinbosari — 1, boʻlim boshligʻi — 3, bosh mutaxassis — 7, yetakchi mutaxassis — 1, hisobchi — 1);
3-toifa — ijro apparati uchun 13 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (hududiy kengash raisi — 1, hududiy kengash raisi oʻrinbosari — 1, boʻlim boshligʻi — 2, bosh mutaxassis — 7, yetakchi mutaxassis — 1, hisobchi — 1)”.
6. 6-ilovaga izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1-toifa — ijro apparati uchun 9 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (kengash raisi — 1, guruh rahbari — 3, bosh mutaxassis — 2, yetakchi mutaxassis — 2, hisobchi — 1);
2-toifa — ijro apparati uchun 8 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (kengash raisi — 1, guruh rahbari — 3, bosh mutaxassis — 2, yetakchi mutaxassis — 1, hisobchi — 1);
3-toifa — ijro apparati uchun 7 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (kengash raisi — 1, guruh rahbari — 2, bosh mutaxassis — 2, yetakchi mutaxassis — 1, hisobchi — 1)”.