1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilgʻor texnologiyalar markazini tashkil qilish toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda respublikada mamlakatning innovatsion salohiyatini yanada rivojlantirish uchun kulay shart-sharoitlarni yaratishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishga, ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish va uni xar tomonlama koʻllab-quvvatlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Yosh olimlar va talabalarga dunyo amaliyotidagi ilgʻor ilmiy-tadqiqot usullarini va zamonaviy texnologiyalarni oʻzlashtirishlari uchun va zamonaviy innovatsion infratuzilma va kulay sharoitlarni yaratish maqsadida “Yuqori texnologiyalar oʻquv-eksperimental markazi” davlat korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Yuqori texnologiyalar markazi) tashkil etildi.
Oʻtgan davr mobaynida Yuqori texnologiyalar markazining moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Unda diagnostika toʻplamlarini ishlab-chiqishga va qimmatbaho oʻsimliklarning nihollarini mikroklonal usulda kuchaytirishga moʻljallangan ikkita ishlab-chiqarish maydonchasi tashkil etildi.
Ayni vaqtda mamlakatda innovatsion faoliyat rivojlanishining hozirgi holati va asosiy yoʻnalishlari samarali innovatsion texnologiyalarni qoʻllash bilan bogʻlik boʻlgan va jahon standartlari darajasida mahsulot ishlab chiqarishga imkon beruvchi ishlanmalarga ega, iqtisodiyotning ilmiy hajmdor tarmoqlaridagi yuqori texnologik korxonalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni talab etadi.
Hozirgi sharoitda Yuqori texnologiyalar markazi zamonaviy fan va ishlab-chiqarishning haqiqiy ehtiyojlarini toʻla taʼminlamaydi. Uning faoliyatidagi mavjud kamchiliklar innovatsion jarayonlarni jadallashtirishga hamda zamonaviy ilmiy yutuqlar va ishlanmalarni ishlab-chiqarishga joriy etishga toʻsqinlik qiladi.
Ilmiy va innovatsion faoliyatning rivojlanishini faollashtirish, fan, taʼlim va ishlab-chiqarishning yanada keng integratsiyasini taʼminlash, yangi bilimlarni yaratish va koʻllash, ilgʻor innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalarni ishlab-chiqish va joriy etishda ilmiy-innovatsion salohiyatdan va ilmiy laboratoriya bazasidan samarali foydalanish boʻyicha sharoitlar yaratish maqsadida:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar Akademiyasi xamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining “Yuqori texnologiyalar oʻquv-eksperimental markazi” Davlat korxonasini Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markaziga (keyingi oʻrinlarda — Ilgʻor texnologiyalar markazi) aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Ilgʻor texnologiyalar markazining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib kuyidagilar belgilansin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
fundamental, amaliy ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish va ilgʻor texnologiyalar boʻyicha innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish;
dunyo talablari va standartlari darajasida maqsadli ilmiy-texnik va innovatsion dasturlarni bajarish, ishlab-chiqarish korxonalarida tadqiqot-sinov ishlarini bajarishga koʻmaklashish;
olimlar va tadqiqotchilarni hamkorlik qilishga jalb etish uchun zaruriy sharoitlarni yaratish, ilmiy hajmdor mahsulotlar va raqobatbardosh mahalliy innovatsion texnologiyalarni yaratish maqsadida fan, taʼlim va ishlab-chiqarishning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash;
iqtisodiyot sohasida ilmiy va oliy taʼlim muassasalarining yangi istiqbolli gʻoyalari va innovatsion ishlanmalarini shakllantirishga koʻmaklashish, uskunalar va infratuzilmadan hamkorlikda foydalanish asosida yuqori texnologik innovatsion ishlab chiqarishlarni har tomonlama koʻllab-quvvatlash;
akademik, oliy taʼlim va tarmoq fanlari bilan hamkorlikning samarali shakllarini rivojlantirish, hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlarini bajarish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.02 Ixtiroga boʻlgan huquq]
xalqaro darajada patentlash imkoniyatiga ega boʻlgan ilmiy hajmdor va ilgʻor texnologiyalarni yaratish, yangi innovatsion mahsulotlarning namunalarini maketlashtirish, modellashtirish, tayyorlashda va ularni tekshirishda ishtirok etish;
yosh olimlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishning zamonaviy, dunyo amaliyotida ilgʻor boʻlgan usul va texnologiyalarini oʻzlashtirishlari maqsadida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat uchun kulay shart-sharoitlar yaratish;
mahalliy va xorijiy ilmiy va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda, shu jumladan innovatsion faoliyatni tashkil etish va boshqarish, texnologiyalarning transferi va intellektual mulk obyektlarini kommersializatsiyalash masalalari yuzasidan ilmiy konferensiyalar, seminarlar, treninglar va mahorat darslarini tashkillashtirish;
ilmiy faoliyatni natijadorligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishning yangi shakllarini koʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi uslubiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish uchun informatsion-kommunikatsion texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng foydalanish;
xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik shakllarini rivojlantirishda ishtirok etish, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni, shu jumladan xalqaro dasturlar va jamgʻarmalarning grantlarini jalb etgan xolda bajarish;
Markaz faoliyati, shu jumladan tijoratlashtirish, ilmiy tadbirkorlik va biznes boʻyicha bilim va koʻnikmalarni oshirish boʻyicha pulli toʻlov asosida oʻquv va trening kurslarini tashkil etish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-son Farmoniga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
yaratiladigan oʻz biotexnologik mahsulotlarning tajriba-sinov ishlarini tashkil etish;
biotexnologik mahsulotlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish;
tirik organizmlar kultivatsiyasi va biotexnologik jarayonlarni masshtablashtirish;
oʻzak hujayralari namunalarini toʻplash va saqlash;
biotexnologik preparat moddalarini tozalash va ishlab chiqarish boʻyicha texnologik yechimlarni ishlab chiqish;
texnologiyalarga asoslangan mahalliy biotexnologik mahsulotlardan vaksina va rekombinat oqsillar ishlab chiqarish;
saraton va autoimmun kasalliklarini davolash uchun monoklonal antitanachalarga asoslangan yuqori texnologiyali dori preparatlarini yaratish;
biotexnologik yoʻl bilan koronavirus infeksiyasiga qarshi yangi avlod mahalliy vaksinalarni yaratish texnologiyalarini ishlab chiqish va klinik oldi sinovlarini oʻtkazish va ommaviy ishlab chiqarish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qaroriga asosan oʻn uchinchi — yigirmanchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 07/22/307/0614-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
4. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
Ilgʻor texnologiyalar markazi davlat ilmiy muassasasi shaklidagi yuridik shaxs boʻlib, davlat tilidagi nomi va Oʻzbekiston Respublikasining gerbi tasviri tushirilgan muhriga va blanklariga, mustaqil balansiga, banklarda hisob raqamlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachiligida gʻazna hisob raqamlariga egadir;
Ilgʻor texnologiyalar markazining direktori oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Ilgʻor texnologiyalar markazi xodimlariga lavozim maoshlari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy muassasalaridagi tegishli lavozimlarga belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi;
5. Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi:
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Fanlar Akademiyasi va iqtisodiyot real sektorining korxonalari — istiqbolli buyurtmachilar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Ilgʻor texnologiyalar markazining 2018 — 2020-yillarga moʻljallangan ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni kiritsin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasi, Fanlar Akademiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Innovatsion menedjment” va “Investitsion loyihalarni boshqarish” fanlari boʻyicha maxsus oʻquv dasturlarini yaratish va Davlat boshqaruv akademiyasida rahbar kadrlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalariga joriy etishni taʼminlasin.
6. Ilgʻor texnologiyalar markazi faoliyatining moliyaviy manbalari etib kuyidagilar belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
binolar, xonalar va inshootlarni saqlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish hamda Ilgʻor texnologiyalar markazi xodimlarining ushbu qarorda belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida mehnatiga haq toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Ilgʻor texnologiyalar markazining faoliyatiga mos yoʻnalishlar boʻyicha xoʻjalik shartnomalarini bajarish asosida olingan mablagʻlar;
xayriya qiluvchilar — yuridik va jismoniy shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining oʻrnatilgan tartibda beriladigan mablagʻlari;
xalqaro moliyaviy tashkilotlar va institutlarning grantlari va kreditlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziriga kuyidagi huquqlar berilsin:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
zarur hollarda, Ilgʻor texnologiyalar markazining tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy shtat birligi va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartishlar kiritish;
Ilgʻor texnologiyalar markazi xodimlarining lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga) asosiy egallab turgan lavozimi boʻyicha, qonunchilikda koʻrsatilgan boshqa qoʻshimchalar va ustamalardan qatʼiy nazar Ilgʻor texnologiyalar markazining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ustamalar belgilash.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
8. Ilgʻor texnologiyalar markaziga begʻaraz asosda:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.01.00 Umumiy masalalar]
Toshkent shahar, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Za-uy manzilida joylashgan Yuqori texnologiyalar markazining binosi, inshootlarini unga tutash hudud bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi bilan;
Yuqori texnologiyalar markazining laboratoriya uskunalari, mebel, kompyuter texnikalari va boshqa mulklari berilsin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmanomalariga binoan Markazga ishga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga oʻrnatilgan tartibda kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirishni taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmanomalariga binoan Markazga ishga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik kirish vizalari berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishini va uning muddati uzaytirilishini davlat boji undirilmasdan taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
bir oy muddatda Ilgʻor texnologiyalar markazining nizomini ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlab, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ilgʻor texnologiyalar markazining ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali muvofiqlashtirishni, asosiy eʼtiborni amaliyotga yoʻnaltirilganlik va natijadorlikka qaratgan xolda, ularni zamonaviy fanning talablariga va dunyo ilmiy yutuqlarining darajasiga mos kelishini taʼminlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining raisi S.R. Xolmurodov va Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-apreldagi PQ-3674-sonli qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblangan ayrim qarorlarining
Roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 26-oktabrdagi “Toshkent shahrida Kembridj universitetining ishtirokida Yuqori texnologiyalar markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-1631-sonli qarori;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2699-son qarorining 37-ilovasi 6-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2018-y., 07/18/3674/1088-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 07/22/307/0614-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)