Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarorining
7-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 4-son, 15-modda; 1999-y., 11-son, 64-modda; 2000-y., 8-son, 45-modda) bilan tasdiqlangan Kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash tartibi III qismining
1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda qurilish, qurilish-montaj, tuzatish-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun oʻz kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan yalpi tushum soliq solish obyekti hisoblanadi”.