1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq xamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-sentabrdagi PQ-4436-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 07/19/4436/3693-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-maydagi PF-75-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
3. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) soʻroviga koʻra unga yuklatilgan vazifalar bilan bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlar, statistik va boshqa maʼlumotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotning bepul taqdim etilishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son)
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Kengash Qoʻmita huzurida faoliyat yuritadigan jamoatchilik-maslahat organi hisoblanadi;
Qoʻmita raisi lavozimiga koʻra Kengash raisi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Kengash aʼzolari oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradi;
Kengash oʻz majlislarida respublika hududlari va xorijiy davlatlardagi diniy-ijtimoiy jarayonlarning joriy holatini, shu jumladan Markaz tomonidan tayyorlangan axborot-tahliliy materiallarning tegishli qismini doimiy ravishda muhokama qilib boradi va natijasiga koʻra Qoʻmitaga tavsiyalar beradi;
Kengash Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat olib boradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PF-6212-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 06/21/6212/0358-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.10.00 Budjet jarayoni]
ushbu qarordan kelib chiqib, 2018-yil uchun tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida zarur boʻlgan budjet mablagʻlarini ajratsin, 2019-yildan boshlab esa har yili ushbu mablagʻlarni nazarda tutsin;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.01.00 Umumiy masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Qoʻmitaning asosli hisob-kitoblari asosida yangi tashkil etilgan tarkibiy tuzilmalar va Markaz uchun zarur boʻladigan kompyuter texnikasi, mebel va jihozlar, aloqa tarmogʻi bilan taʼminlash hamda Markaz joylashtiriladigan maʼmuriy binoni taʼmirlash uchun mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari R.T. Kamilov va R.S. Kosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-sentabrdagi PQ-4436-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 07/19/4436/3693-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PQ-3668-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-apreldagi 196-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 4-son, 41-modda) 1 va 3-bandlari, qarorga 1-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi 10-son “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 5-modda) 1-bandi toʻrtinchi xatboshisi va qarorga 3-ilova.