OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Dehqonchilik sanoati ishlab chiqarishida bozor munosabatlarini tashkil qilish va joriy etish hamda davlat, jamoa xoʻjaliklarini, korxonalarni va dehqonchilik sanoati kompleksining boshqa tuzilmalarini bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlata oladigan omilkor kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika dehqonchilik sanoati kompleksini boshqarish oliy maktabi uning 1991-yilgi xarajatlar smetasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Respublika agrobiznes institutiga aylantirilsin.
Dehqonchilik sanoati kompleksi tizimidagi yoshlar va qobiliyatli mutaxassislardan menejerlar, brokerlar, maklerlar, agrobirja, brokerlik idoralari agentlari hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun boshqa kadrlarni 1 yillik oʻquv muddatida tayyorlash Respublika agrobirja institutining asosiy vazifasi deb hisoblansin.
2. Bunday kadrlarni dehqonchilik sanoati kompleksi vazirliklari va idoralari yordamida tayyorlashning 1992 — 1995-yillarga moʻljallangan topshirigʻi ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
3. Davlat, jamoa xoʻjaliklarida va birlashmalarda, dehqonchilik sanoati kompleksi korxonalarida 1992-yil 1-fevraldan boshlab madaniy va maishiy ishlar boʻyicha rahbar oʻrinbosari lavozimi oʻrniga tijorat ishlari boʻyicha rahbar oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
Dehqonchilik sanoati kompleksi vazirliklari va idoralari, mahalliy boshqaruv organlari ushbu lavozimlarni Respublika agrobiznes instituti diplomlarini olgan mutaxassislar bilan taʼminlash uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Respublika agrobiznes institutiga respublikada bozor iqtisodiyoti va agrobiznesni rivojlantirish boʻyicha ilmiy muammolarni ishlab chiqish, shuningdek, institut aspiranturasida shu masalalar boʻyicha ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash uchun har yili mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
5. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” Respublika agrobiznes institutining oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash uchun (uning talabnomasiga koʻra) institutni har yilgi moddiy-texnika taʼminoti rejasiga alohida satr bilan kiritsin.