Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika yoʻl jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 5-iyuldagi 334-son
qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-yil, 7-son, 26-modda; 1996-yil, 12-son, 39-modda; 2000-yil, 4-son, 18-modda):
a) 3-band “a” kichik bandining
toʻrtinchi xatboshi “tovar aylanishidan” soʻzlaridan keyin “ulgurji va chakana dorixona muassasalari tomonidan esa yalpi daromaddan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
b) Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi
Nizomda:6-bandning
uchinchi xatboshi “tovar aylanishidan” soʻzlaridan keyin “ulgurji va chakana dorixona muassasalari tomonidan esa yalpi daromaddan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
7-bandning
uchinchi xatboshi “tovar aylanishidan” soʻzlaridan keyin “ulgurji va chakana dorixona muassasalari tomonidan esa yalpi daromaddan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
8-bandning
uchinchi xatboshi “tovar aylanishidan” soʻzlaridan keyin “ulgurji va chakana dorixona muassasalari tomonidan esa yalpi daromaddan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida pensiya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 27-dekabrdagi 459-son
qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 37-modda, 1998-y., 1-son 4-modda, 1999-y., 4-son, 22-modda, 2000-y., 4-son, 18-modda):
“mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning sotilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) haqiqiy hajmining, ulgurji va chakana dorixona muassasalarining esa yalpi daromadning 0,5 foizi miqdoridagi majburiy ajratmalari”;
b) Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 8-bandining
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning sotilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) haqiqiy hajmining, ulgurji va chakana dorixona muassasalarining esa yalpi daromadning 0,5 foizi miqdoridagi majburiy ajratmalari”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 14-yanvardagi 19-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 4-modda) 1-bandining
ikkinchi xatboshi “tibbiyot buyumlari” soʻzlaridan soʻng “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyalariga ega boʻlgan korxonalar tomonidan import boʻyicha olib kelinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlaridan tashqari)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti toʻgʻrisida” 1999-yil 31-dekabrdagi 554-son qaroriga 21-ilovaning 2-bandi “tovar aylanishidan” soʻzlaridan soʻng “ulgurji va chakana dorixona muassasalari esa yalpi daromadidan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.