Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi ijodkorlari jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida” 1991-yil 22-oktabrdagi
Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika ijodiy uyushmalarining Oʻzbekiston ijodkorlari jamgʻarmasining taʼsis konferensiyasini 1992-yil yanvar oyida oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. Taʼsis konferensiyasini tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy Qoʻmitaning ilova
* qilinayotgan tarkibiga rozilik bildirilsin.
Jamgʻarmaning saylangan boshqaruviga bir oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi ijodkorlari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni tayyorlash va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi ijodkorlari jamgʻarmasi apparati xodimlarining soni 7 kishidan iborat qilib belgilansin. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mehnatga haq toʻlash miqdorini, shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi tomonidan taʼminlanadigan bitta yengil avtomashinani saqlash uchun ajratiladigan mablagʻni va limitni belgilasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi, Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi va Aloqa vazirligi respublika ijodkorlari jamgʻarmasi boshqaruvining talabnomasiga muvofiq birkitilgan nomenklatura boʻyicha zarur moddiy-texnika resurslari ajratsinlar.
Belgilab qoʻyilsinki, jamgʻarma boshqaruvi apparatini saqlash va moddiy-texnika taʼminoti xarajatlari
Farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi rezervidan ajratilgan 3 million soʻm hisobidan amalga oshiriladi.
3. Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi ijodkorlari jamgʻarmasiga zarur joy ajratish masalasini koʻrib chiqsin va belgilangan tartibda hal etsin.
4. Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki sovet va chet el fuqarolaridan, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan soʻm hisobida va xorijiy valyutada kelib tushadigan mablagʻlarni hisobga oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ijodkorlari jamgʻarmasining maxsus schyotlarini ochsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat televideniye va radio-eshittirish kompaniyasi, roʻznomalar va jurnallarning tahririyatlari jamgʻarma faoliyatini keng targʻib qilishni hamda ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishda oshkoralikni taʼminlasinlar.