1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
4.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
5.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar;
6.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar;
7.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
8.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
9.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.13.00.00 Soliqqa oid ish yurituv;
10.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar;
11.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar;
13.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
14.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
15.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar);
16.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar;
17.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
18.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
3.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi;
4.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
5.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
6.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
7.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
8.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
9.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi;
10.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
11.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 78-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda):
1) 6-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 34-moddasining uchinchi qismidagi “sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot idoralarining” degan soʻzlar “sogʻliqni saqlash organlari va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 37-moddasidagi “ijtimoiy taʼminot” degan soʻzlar “ijtimoiy taʼminot boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 38-moddasining birinchi qismidagi “Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 97-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, №5, 124-modda, №9, 229-modda) 16-moddasining nomi, birinchi va ikkinchi qismlaridagi , 28-moddasining uchinchi qismidagi va 35-moddasining ikkinchi qismidagi “Mehnat vazirligi” degan soʻzlar “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 223-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda) 25-moddasining ikkinchi qismidagi “Mehnat vazirligining” degan soʻzlar “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda):
1) 32-moddasining toʻrtinchi qismidagi “Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga” degan soʻzlar “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 37-moddasi birinchi qismining “a” bandi birinchi va uchinchi xatboshilaridagi, “g” bandidagi, 40-moddasining birinchi qismidagi “Pensiya fondiga” degan soʻzlar “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 43-moddasining toʻqqizinchi qismidagi “Pensiya fondiga” degan soʻzlar “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 52-moddasidagi “ijtimoiy taʼminot organlari” degan soʻzlar “ijtimoiy taʼminot boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 66-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “Pensiya fondi”, “Pensiya fondini”, “Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga”, “Pensiya fondiga” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
VI. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993-yil 3-sentabrda qabul qilgan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 339-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda) 3-bandidagi “Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga” degan soʻzlar “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 10, 250-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda) 17-moddasi birinchi qismidagi 6.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6.1) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi aʼzolarini, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlarini tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi”.
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda):
2) 67-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar korxona rahbari, uning oʻrinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi boʻlmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor qilingan (100-modda ikkinchi qismining 6-bandi) hollarda ham tatbiq etiladi”;
bajarilajak ishning xususiyati, uni bajarish shartlari yoki xodimning manfaatlarini hisobga olgan tarzda, nomuayyan muddatga moʻljallangan mehnat shartnomalarini tuzish mumkin boʻlmagan hollarda;
korxona rahbari, uning oʻrinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi boʻlmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi xodim bilan;
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda tuzilishi mumkin”;
4) 97-moddasi 5-bandining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi shart mehnat shartnomasida bu shartnoma ish beruvchi tomonidan korxona rahbari, uning oʻrinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi boʻlmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilganda, shuningdek qonunda yoʻl qoʻyiladigan boshqa hollarda ham nazarda tutilishi mumkin”;
5) 98-moddasi ikkinchi qismining birinchi jumlasi “korxonaning rahbari” degan soʻzlardan keyin “uning oʻrinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi boʻlmagan taqdirda esa bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 100-moddasi ikkinchi qismining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6) korxona rahbari, uning oʻrinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi boʻlmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor qilinganligi. Mazkur asos boʻyicha mehnat shartnomasini korxona mulk qilib olingan kundan boshlab uch oy mobaynida bekor qilishga yoʻl qoʻyiladi. Xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri, mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar hamda boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan taʼtillarda boʻlgan vaqti, uzrli sabablarga koʻra ishda boʻlmagan boshqa davrlari bu muddatga kiritilmaydi”;
7) 101-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Basharti jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan boʻlsa, shartnomani bunday rozilikni olmay turib bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Mehnat shartnomasi:
korxona tugatilishi munosabati bilan;
korxona rahbari bilan tuzilgan shartnomani ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslardan biriga koʻra;
ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 6-bandiga koʻra ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilingan taqdirda kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining roziligini olish talab etilmaydi”;
8) 102-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi korxona mulkdori almashishi sababli bekor qilinganda (100-modda ikkinchi qismining 6-bandi) yangi mulkdor uni mehnatga oid munosabatlarning kelgusida bekor qilinishi toʻgʻrisida kamida ikki oy oldin yozma ravishda (imzo chektirib) ogohlantirishi yoki unga shunga mutanosib kompensatsiya toʻlashi shart”.
(IX boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
X. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda):
1) 16-moddasining beshinchi qismidagi “ijtimoiy taʼminot” degan soʻzlar “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 17-moddasining uchinchi qismidagi “Mehnat vazirligi va” degan soʻzlar “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 21-moddasining birinchi qismidagi, 22-moddasining ikkinchi qismidagi, 29-moddasining birinchi qismidagi “va ijtimoiy taʼminot”, “ijtimoiy taʼminot”, 21-moddasining uchinchi qismidagi “aholini ijtimoiy himoya qilish” degan soʻzlar “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(XII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda) I boʻlimining 5-bandidagi 1-kichik bandning sakkizinchi xatboshisi, 11-bandining 1-kichik bandi, shuningdek 12-bandi chiqarib tashlansin.
(XIV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
XV. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda):
1) 4-moddasining ikkinchi xatboshisi “toʻgʻri hisoblab chiqarilishi” degan soʻzlardan oldin “shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
1-bandidagi “va soliqlarni” degan soʻzlar “soliqlar va Oʻzbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8-bandidagi “soliqlarni hisoblab chiqarish” degan soʻzlar “soliqlar va Oʻzbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 6-moddasi birinchi qismining 1-bandi “toʻgʻri hisoblab chiqilishi” degan soʻzlardan oldin “shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlarning” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
XVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 86-modda; 2001-yil, №1-2, 23-modda) 16-moddasi birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XVII. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 88-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda) 14-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi, 20-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlaridagi “Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasiga”, “Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasining” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
XVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda):
“uy-joy fondidan foydalanish va uning asralishini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini yuritadi, uy-joy sohasini rivojlantirishning davlat kompleks dasturlarini qabul qiladi”;
ikkinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“uy-joy fondi va boshqa kommunal obyektlarni boshqarish hamda ularga xizmat koʻrsatish ishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda kommunal xizmatlarga boʻlgan tarif siyosatini oʻz tasarrufidagi hududda shakllantirish”;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
XIX. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda):
1) 12-moddasining toʻrtinchi qismidagi “va Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya fondi organlarida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlanishini nazarda tutuvchi soliq solish tizimi qoʻllanilishi mumkin. Aksiz soligʻi toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqarayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda aksiz soligʻi toʻlaganlari taqdirda, yagona soliq toʻlashga oʻtishlari mumkin. Mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliq solish tizimini tanlash huquqi ushbu modda talablarini inobatga olgan holda beriladi”;
“Mikrofirmalar va kichik korxonalar, roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirganlari taqdirda, soliqning qatʼiy belgilangan summasini toʻlaydilar.
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilmagan faoliyatning turlarini amalga oshirganlari taqdirda mikrofirmalar va kichik korxonalar oʻz xohishiga koʻra yo yagona soliq, yoki mazkur toifadagi soliq toʻlovchilar uchun nazarda tutilgan barcha soliqlarni jamlagan holda toʻlaydilar.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar soliq toʻlash maqsadida ushbu moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan faoliyat turlarining alohida buxgalteriya hisobini yuritishlari shart”;
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 12-may,
220-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 1-2-son, 3-modda, 52-son, 533-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son; 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)