1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻ ajratishni tartibga solish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish va davlat budjetiga tushumlarni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi]
1. Jamiyatning barcha sohalarini erkinlashtirish va isloh qilishga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish hamda maʼmuriy islohotlarni amalga oshirish komissiyasining:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar]
2004-yil 1-noyabrdan boshlab vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarning 1-ilovaga muvofiq ayrim turlarini bekor qilish;
2004-yil 1-noyabrdan boshlab vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan ajratmalar, maʼmuriy va moliyaviy jazolar miqdorlarini 2-ilovaga muvofiq belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2005-yildan boshlab budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmalar mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari:
mablagʻlar sarfini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan daromadlar va xarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiradilar;
yilning har choragida budjet tashkilotlari uchun belgilangan muddatlarda koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlardan foydalanilishi toʻgʻrisida Moliya vazirligiga hisobot taqdim etadilar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga Departament tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlar natijalari boʻyicha budjetga qoʻshimcha ravishda hisoblangan summalardan ajratmalar va soliq haqidagi qonunlar buzilganligi uchun moliyaviy jazolar hisobiga 10 foiz miqdorida budjetdan tashqari maxsus jamgʻarma tashkil etilishiga ruxsat berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 25-oktabr,
499-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga 1-ILOVA
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarning bekor qilinayotgan turlari
ROʻYXATI
T/r
Vazirliklar va idoralarning nomi
Ajratmalar turlarining nomi
1.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi
Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar
2.
“Davbionazorat” inspeksiyasi
Yovvoyi hayvonlarni ovlash va tutish huquqini beruvchi litsenziyalar sotilishidan olingan mablagʻlar
3.
“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish jamgʻarmasi
Sertifikatlash organlari va sinov laboratoriyalari akkreditatsiya qilinganligi uchun toʻlov
4.
Mudofaa vazirligi
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolarning ish haqidan ushlab qolish
5.
Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash jamgʻarmasi
Patent bojlari va boshqa soliq boʻlmagan toʻlovlar
6.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy sugʻurta boʻyicha majburiy badallar va ajratmalarni toʻlash tartibi buzilganligi uchun jarimalar summasi
7.
Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (“Oʻzkimyosanoat” DAK)
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ishonchli boshqaruvidagi aksiyalarning davlat ulushi boʻyicha dividendlar
8.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlan-tirish jamgʻarmasi (Aloqa va axborotlashtirish agentligi)
Agentlik tizimiga kiruvchi aloqa obyektlari va korxonalarini xususiylashtirishdan olingan mablagʻlar Agentlik tizimiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari va qoʻshma korxonalar aksiyalarining davlatga tegishli paketlari boʻyicha divedendlar
9.
Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi (Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi)
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlarini sotishdan olingan mablagʻlar
10.
Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashishga litsenziyalar berilganligi va ularning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji
11.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Havo transportida yoʻlovchilar va yuk tashishga litsenziyalar berilganligi va ularning muddati uzaytirilganligi, aeroportlarda havo kemalariga xizmat koʻrsatish faoliyati va aviatsiya ishlari uchun davlat boji
12.
Asillik palatasi
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarning asillik darajasi aniqlanganligi va tamgʻalanganligi uchun toʻlov
13.
Rekonstruksiya va rivojlantirish jamgʻarmasi (“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” XK)
Xolding tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli paketlari boʻyicha dividendlar
14.
“Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Korxonalarni xususiylashtirishdan olingan mablagʻlar Aksiyalarning davlat ulushi boʻyicha dividendlar
15.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi obyektlarini xususiylashtirishdan olingan mablagʻlar
16.
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari
Erkin sotish uchun moʻljallangan ochiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlarini sotishdan olingan mablagʻlar
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan ajratmalar, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratiladigan mablagʻlar
MIQDORI
T/r
Vazirliklar va idoralarning nomi
Shakllantirish manbai
Ajratmalar miqdori (foizlarda)
1.
Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq Inspeksiya tomonidan solinadigan jarimalar summasi
100
2.
Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi)
Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun jarima summalari va atrof muhit ifloslanganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari
50
3.
Davlat bojxona qoʻmitasi
Koʻrsatilgan xizmatlar uchun bojxona yigʻimlari va toʻlovlar shaklidagi tushumlar
25
Bojxona organlari (shu jumladan chegara xizmatlari) tomonidan olib qoʻyilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi
Bojxona organlari tomonidan chegara xizmatlari bilan birgalikda olib qoʻyilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar
Adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish jamgʻarmasi (Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Oliy sud, Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti)
Umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan koʻriladigan ishlar boʻyicha jarimalar va davlat bojlari summasi
20
Xoʻjalik sudlari tomonidan koʻriladigan ishlar boʻyicha jarimalar va davlat bojlari summasi
15
Adliya organlari va FHDY boʻlimlari tomonidan undiriladigan davlat bojlari summasi
20
Notariuslar tomonidan undiriladigan davlat bojlari summasi
15
Nodavlat notijorat tashkilotlari, advokatlik byurolari, firmalari, hayʼatlari, xususiy notarial idoralar roʻyxatdan oʻtkazilganligi, notarial va advokatlik faoliyati litsenziyalanganligi, yuridik kadrlar malaka attestatsiyasidan oʻtkazilganligi uchun adliya organlari tomonidan undiriladigan mablagʻlar hamda adliya organlari tomonidan undiriladigan jarimalar
100
Ijro etish boʻyicha budjetga undirilgan summalar bundan, budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlar undirilishi mustasno
30
Vakolatli organlar tomonidan olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan, shuningdek soliqlar va budjetga hamda budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan qarzlarni undirish boʻyicha mablagʻlar
10
6.
Milliy xavfsizlik xizmati
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar
20
7.
“Davbionazorat” inspeksiyasi
Yovvoyi hayvonlar tutilganligi (ovlanganligi) va oʻsimliklar yigʻilganligi, ular respublika tashqarisiga olib chiqib ketilganligi uchun toʻlov
25
Nobud boʻlgan hayvonlar mahsulotlari sotilishidan olingan mablagʻlar, Davlat ovchilik fondiga hamda baliqchilik xoʻjaligi suv havzalariga zarar yetkazilgan taqdirda zararni undirib olish
100
Musodara qilingan ovchilik va baliq ovlash qurollari, shuningdek ovchilikning noqonuniy mahsulotlari sotilishidan tushgan mablagʻlar
50
Jarimalardan tushgan mablagʻlar
50
Respublikaning tabiiy baliqchilik xoʻjaligi suv havzalari ijaraga berilishidan tushgan mablagʻlar
15
8.
“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish jamgʻarmasi
Standartlar, metrologiya va sertifikatlashtirishning majburiy talablari, davlat inspektorlarining xoʻjalik faoliyati subyektlari tomonidan mahsulotlar realizatsiyasi (yetkazib berilishi, sotilishi) taqiqlanishi haqidagi koʻrsatmalari buzilganligi uchun jarimalar
10
9.
Tashqi ishlar vazirligi
Kirish va chiqish hujjatlari, boshqa konsullik xizmatlari rasmiylashtirilganligi uchun yigʻimlar va boshqa tushumlar
10
10.
Davlat soliq qoʻmitasi
Soliq organlari tomonidan olib qoʻyilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulk sotilishidan olingan mablagʻlar
10
Soliq haqidagi qonunlar buzilganligi uchun moliyaviy jazolar summasi va maʼmuriy huquqbuzarlik uchun jarimalar
Taftishlar va tekshirishlar natijalari boʻyicha budjet daromadiga undirilgan rastrata, talon-toroj, kamomad, noqonuniy xarajatlar summasi, aksiyalarning davlat ulushidan olingan dividendlar budjetga oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi uchun jarimalar
10
12.
Ichki ishlar vazirligi
Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasi
10
Avtomototransport vositalari qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun toʻlov summasi
10
Qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar
10
Chiqish va kirish vizalari berilganligi, ular muddatining uzaytirilganligi, vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligi, doimiy yashash uchun hujjatlar rasmiylashtirilganligi uchun davlat bojlari
10
13.
Bosh prokuratura
Qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar
10
14.
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi
Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun iqtisodiy jazolar summasi
10
15.
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi
Qurilish sohasidagi huquqbuzarlik uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar summasi
10
16.
Davlat patent idorasi
Patent bojlari va boshqa soliq boʻlmagan toʻlovlar
5
17.
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Monopoliyaga qarshi qonunchilik, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi uchun jarimalar summasi
6
18.
Iqtisodiyot vazirligi
Monopoliyaga qarshi qonunchilik, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi uchun jarimalar summasi
4
19.
Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab quvatlash davlat qoʻmitasi
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar
2
20.
Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi
Mahsulotlar va materiallarni Davlat zaxirasidan qarzga olish
1
21.
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi
Suv limiti ortiqcha olinganligi uchun jarimalar
50
22.
Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (“Oʻzkimyosanoat” DAK)
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvidagi tashkilotlarning davlat mulkini sotish va aksiyalarini sotishdan olingan mablagʻlar
100
23.
Avtomobil va daryo transporti agentligi
Avtomobil va daryo transportida yoʻlovchilar va yuk tashishga litsenziyalar berilganligi vaularning amal qilish muddati uzaytirilganlik uchun davlat boji
25
24.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi (Aloqa va axborotlashtirish agentligi)
Aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyatn¸ amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji
50
Aloqa sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan normativ hujjatlar, davlat tarmoq standartlari talablari, aloqa sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun undiriladigan jarima sanksiyalari
50
25.
Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi (Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi)
Respublikaning tabiiy baliqchilik xoʻjaliklari suv havzalari ijaraga berilganligidan tushgan mablagʻlar
25
26.
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi
Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun yuridik shaxslarga iqtisodiy jazolar summasi
10
27.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Neft mahsulotlari va gazdan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun yuridik shaxslarga iqtisodiy jazolar summasi
* Mablagʻlar sarfi tovarlarning chegara orqali qonuniy oʻtishini taʼminlovchi budjetdan tashqari yagona Ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasidan amalga oshiriladi.
** Ushbu mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan aniqlangan holatlar boʻyicha tushumlar Departamentning yangidan tashkil etiladigan budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSJ hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xoʻjaligini yuritish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1991-yil 10-apreldagi 95-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 4-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSJ hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xoʻjaligini yuritish toʻgʻrisida nizomda:
26-banddagi “litsenziyalarni sotishdan” soʻzlaridan keyin “olingan mablagʻlar respublika budjetiga oʻtkaziladi” soʻzlari qoʻshilsin hamda “(ruxsatnoma)” soʻzi chiqarib tashlansin;
27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“27. Yovvoyi hayvonlarni boshqa joyga koʻchirish yoki ular bilan kolleksiyalarni toʻldirish uchun ularni ovlashga litsenziya (ruxsatnoma)larni sotishdan olingan mablagʻlar respublika budjetiga oʻtkaziladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 24-may 246-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomda:
5-bandning ikkinchi—yettinchi xatboshi “50 foizi hisobiga” soʻzlari bilan tugallansin;
5-bandning oxirgi xatboshidagi “undirilgan jarimalar summasining” soʻzlaridan keyin “50 foizi” soʻzlari qoʻshilsin;
8-bandning uchinchi xatboshi “50 foizi hisobiga” soʻzlari bilan tugallansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan cheklangan miqdorda foydalanish toʻgʻrisida” 1993-yil 3-avgustdagi 385-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida suvdan cheklangan miqdorda foydalanish boʻyicha Vaqtinchalik tartibda 4-band oxirgi xatboshining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“jarimaning 50 foizi respublika budjetiga oʻtkaziladi, qolgan 50 foizi esa — suv xoʻjaligi tashkilotlarining maxsus hisob raqamlariga oʻtkaziladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga 2-ilovaning “Boj, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlardan olingan valyuta tushumlarining taqsimlanishi” jadvalida:
2 va 3-bandlardagi “65” va “35” raqamlari tegishli ravishda “25” va “75” raqamlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “15” va “85” raqamlari tegishli ravishda “10” va “90” raqamlari bilan almashtirilsin;
11-banddagi “10” va “75/15” raqamlari tegishli ravishda “5” va “95” raqamlari bilan almashtirilsin;
5. Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklarni muhofaza qilishni kuchaytirish hamda ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 15-dekabrdagi 600-son qaroriga 2-ilovaning 6-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Haq undirishdan olingan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi “Davbionazorat” maxsus mablagʻlarining joriy hisob raqamiga oʻtkaziladi, ulardan 75 foizi “Davbionazorat” inspeksiyasi tomonidan respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati toʻgʻrisida nizomning 9-bandidagi “50” va “20” raqamlari tegishli ravishda “60” va “10” raqamlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Respublika meva-sabzavot xoʻjaligida monopoliyadan chiqarish va ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-iyuldagi 363-son qarorining 6-bandida:
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xolding tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning boʻsh foydasi qoldiqlari hisobiga korxonalar balans foydasining bir foizi miqdorida shartnoma asosidagi ajratmalari Rekonstruksiya va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin”.
8. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-iyuldagi 368-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizomning III boʻlimi ikkinchi xatboshidagi “42,5” raqami “45” raqami bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 1997-y., 7-son, 26-modda) 7-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan maxsus jamgʻarma bojxona yigʻimlari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar tarzidagi tushumlarning 25 foizi miqdoridagi ajratmalar hisobiga shakllantiriladi”.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 1-son, 2-modda) 5-bandida:
ikkinchi xatboshiga “(Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan mablagʻlardan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “20” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibi 3-bandining oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2 foizi — idora qilish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hisob raqamiga”.
12. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-martdagi 128-30-son qarorining 3-bandi chiqarib tashlansin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 16-fevraldagi 54-16-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 24-fevraldagi 93-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 3-martdagi 108-son qarorining 5-bandi chiqarib tashlansin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 13-martdagi 124-son qarori 8-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Respublika paxta tozalash sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 12-iyundagi 252-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 29-modda) 7-bandi chiqarib tashlansin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi tuzilmasini takomillashtirish va 2002—2010-yillarda respublika koʻmir sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 4-iyundagi 196-son qarorining 7-bandi chiqarib tashlansin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 14-iyundagi 209-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 32-modda):
3-banddagi “75” va “10” raqamlari tegishli ravishda “95” va “5” raqamlari bilan almashtirilsin, uchinchi xatboshi hamda beshinchi xatboshidagi “va Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash jamgʻarmasining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
qarorga 3-ilovaning 6-bandidagi “75” va “10” raqamlari tegishli ravishda “95” va “5” raqamlari bilan almashtirilsin hamda uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
20. Vazirlar Mahkamasining “Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qaroriga 2-ilovaning 4-bandida:
21. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qarori 13-bandining beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin, uchinchi va toʻrtinchi xatboshi esa quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“standartlar, metrologiya va sertifikatlashtirishning majburiy talablarini buzganlik hamda davlat inspektorlarining mahsulot sotilishi (yetkazib berilishi, sotilishi)ni taqiqlash toʻgʻrisidagi yozma koʻrsatmalarining xoʻjalik faoliyati yurituvchi subyektlar tomonidan buzilganligi uchun jarimalar summasining 10 foizi”.
22. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun toʻlovlar tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 1-maydagi 199-son qarorining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari tomonidan undiriladi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-maydagi 246-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq foydalanish uchun tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalariga;
23. Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik tarmogʻida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 13-avgustdagi 350-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 70-modda) 8-bandi chiqarib tashlansin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 73-modda):
1 va 2-ilovalar 35-bandlarining 3—5 xatboshi hamda 3 va 4-ilovalarning 33-bandlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Litsenziyalar berilganligi uchun undiriladigan davlat boji mablagʻlari toʻliq respublika budjetiga oʻtkaziladi”;
25. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 488-86-son qarorining 6-bandi chiqarib tashlansin.
26. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son qaroriga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.