Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018-yil 30-martdagi VP/04-01-32-08/397-son Xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarida mablagʻlari boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan budjet oldidagi majburiyatlarini bajarish
tartibini (roʻyxat raqami 753, 1999-yil 21-iyun) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish masalasi yuzasidan xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarida mablagʻlari boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan budjet oldidagi majburiyatlarini bajarish
tartibi (roʻyxat raqami 753, 1999-yil 21-iyun) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi ushbu buyruqni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.