1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlar davlat xizmatlari deb ataladi) koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari hisoblansin:
davlat xizmatlari koʻrsatishda yuridik yoki jismoniy shaxslarning bevosita ishtirok etishini talab qiladigan tartibotlar sonini hamda ularni koʻrsatish muddatlarini tubdan qisqartirish;
yuridik va jismoniy shaxslardan boshqa davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinadigan hujjatlar va maʼlumotlar talab qilinishini bekor qilish;
davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiq va gʻovlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro yaqin idoralararo elektron hamkorlik oʻrnatish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini taʼminlash, ularning masʼuliyatini va ijro intizomini kuchaytirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yagona axborot maydonchasi sifatida belgilash.
2. Quyidagilar tasdiqlansin va 2018-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin:
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suv chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq.
3. Belgilansinki, 2018-yil 1-apreldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qiladilar.
4. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va davlat xizmatlari koʻrsatilishida ishtirok etadigan boshqa davlat organlari:
oʻn kun muddatda davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar va davlat xizmatlari koʻrsatilishida ishtirok etadigan boshqa tuzilmalarning YIDXPga ulanishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2018-yil mobaynida har chorakda kamida bir marta Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarni amalda qoʻllashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda YIDXPda:
davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlarining koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibotini;
loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlaridan tijorat takliflarini olish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha texnik shartlarini joylashtirishni nazarda tutuvchi tizimni joriy etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda Yagona billing tizimi orqali real vaqt rejimida elektron shaklda toʻlovlar qabul qilinishini hamda davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobi yuritilishini taʼminlasinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlarning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni koʻllasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2155-moddaci.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018-yil 1-apreldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Belgilab qoʻyilsinki, davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 31-mart,
256-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qaroriga 1-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarni (keyingi oʻrinlarda isteʼmolchilar deb ataladi) elektr tarmoqlariga ulash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi isteʼmolchilarning elektr tarmoqlariga ulanayotgan yangi va rekonstruksiya qilinayotgan elektr qurilmalariga, shuningdek, ulangan quvvat miqdori koʻpaymasdan elektr taʼminoti sxemasi oʻzgarishiga olib keladigan elektr taʼminoti ishonchliligi toifasi, ulanish nuqtalari, ishlab chiqarish faoliyati turlari oʻzgartirilayotganda tatbiq etiladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1030-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1030/2348-son — 2019-yil 21-martdan kuchga kiradi)
3. Elektr energiyasini elektr taʼminoti shartnomasini tuzmasdan yetkazib berish taqiqlanadi.
4. Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
texnik shartlarni ishlab chiqish;
quvvati 20 kVtdan oshmagan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish;
quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma berish;
elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash;
5. Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash jarayonini amalga oshirishda:
a) hududiy elektr tarmoqlari korxonasi (keyingi oʻrinlarda HETK deb ataladi):
texnik shartlarni ishlab chiqadi;
quvvati 20 kVtdan oshmagan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun qurilish-montaj ishlarini amalga oshiradi (isteʼmolchining ixtiyoriga koʻra);
quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqadi (isteʼmolchining ixtiyoriga koʻra);
quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun elektr taʼminoti loyihasini koʻrib chiqadi;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1030-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1030/2348-son — 2019-yil 21-martdan kuchga kiradi)
quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshiradi (isteʼmolchining ixtiyoriga koʻra);
elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalashda ishtirok etadi;
elektr taʼminoti shartnomasini tuzadi;
kuchlanishni yetkazib berishni amalga oshiradi;
b) loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshiradi (isteʼmolchining ixtiyoriga koʻra);
v) Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzdavenergonazorat” DI deb ataladi):
quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun elektr taʼminoti loyihasini kelishadi;
quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma beradi;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalashda ishtirok etadi.
6. Davlat xizmatlari markazlari, “Oʻzdavenergonazorat” DI, Byuro, HETK, loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
7. Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
1-§. Murojaatlarni shakllantirish va yuborish
8. Isteʼmolchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
9. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi isteʼmolchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa isteʼmolchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Isteʼmolchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
10. Isteʼmolchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
11. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq HETKning bank hisob raqamiga (quvvati 20 kVtdan oshmagan elektr tarmoqlariga ulanganda) yoki teng miqdorda Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi va HETKning bank hisob raqamlariga (quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr tarmoqlariga ulanganda) oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq HETKning bank hisob raqamiga (quvvati 20 kVtdan oshmagan elektr tarmoqlariga ulanganda) yoki teng miqdorda Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi va HETKning bank hisob raqamlariga (quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr tarmoqlariga ulanganda) oʻtkaziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
13. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
14. Isteʼmolchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan u koʻrsatilishining har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Isteʼmolchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
15. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni HETKga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda HETKga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboriladi.
2-§. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish
16. HETK soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida texnik shartlarni ishlab chiqadi va elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi.
HETK loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishga oʻzining tijorat takliflarini hamda shartnomalari loyihalarini ham yuborish huquqiga ega.
Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi texnik shartlar hamda HETKning loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishga tijorat takliflari va shartnomalar loyihalari tushganidan soʻng bir soat mobaynida texnik shartlarga oʻzining muhrini bosib, isteʼmolchiga beradi.
17. Ishlab chiqilgan texnik shartlar isteʼmolchining aloqa qilinadigan maʼlumotlari ilova qilingan holda loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishga oʻzlarining tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etishi maqsadida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlarining tanishishi uchun YIDXPda joylashtiriladi.
3-§. Isteʼmolchilarni quvvati 20 kVtdan oshmagan elektr tarmoqlariga ulash
18. Quvvati 20 kVtdan oshmagan elektr tarmoqlariga ulash uchun loyihalash va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish talab etilmaydi.
19. Quvvati 20 kVtdan oshmagan elektr energiyasi isteʼmolchilari qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha HETK yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish huquqiga ega.
20. Quvvati 20 kVtdan oshmagan elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj ishlari qurilish-montaj ishlarini oʻtkazish boʻyicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
4-§ . Isteʼmolchilarni quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr tarmoqlariga ulash
21. Quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish uchun isteʼmolchilar HETK yoki boshqa loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish huquqiga ega.
22. Loyihalash ishlari loyihalash ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
23. Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirgandan soʻng YIDXPda ushbu Reglamentga 3-ilova muvofiq shakl boʻyicha soʻrovnomani toʻldiradi va uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
Soʻrovnoma avtomatik ravishda elektr taʼminoti loyihasini koʻrib chiqish uchun HETKga va kelishish uchun “Oʻzdavenergonazorat” DIga yuboriladi.
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1030-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1030/2348-son — 2019-yil 21-martdan kuchga kiradi)
24. Elektr taʼminoti loyihasi HETK tomonidan ishlab chiqilgan hollarda esa uni XETK koʻrib chiqishi talab etilmaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1030-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1030/2348-son — 2019-yil 21-martdan kuchga kiradi)
25. HETK soʻrovnoma tushganidan soʻng ikki ish kuni mobaynida elektr taʼminoti loyihasini koʻrib chiqadi va ERI bilan tasdiqlangan koʻrib chiqish natijalarini “Oʻzdavenergonazorat” DIga yuboradi.
Elektr taʼminoti loyihasini kelishishda “Oʻzdavenergonazorat” DI elektr taʼminoti loyihasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha HETK tayyorlagan takliflarni hisobga oladi.
“Oʻzdavenergonazorat” DI soʻrovnoma tushgan kundan boshlab quyida keltirilgan muddatlardan oshmagan muddatlarda elektr taʼminoti loyihasini kelishadi yoki uni kelishishni rad etadi:
bir ish kunida — kuchlanishi 1000 V (1 kV) gacha boʻlgan elektr qurilmalari uchun;
besh ish kunida — kuchlanishi 6 — 10 kV boʻlgan elektr qurilmalari uchun;
yetti ish kunida — kuchlanishi 35 kV va undan yuqori elektr qurilmalari uchun.
Elektr taʼminoti loyihasini kelishish “Oʻzdavenergonazorat” DIning ERIsi bilan tasdiqlanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1030-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1030/2348-son — 2019-yil 21-martdan kuchga kiradi)
26. Elektr taʼminoti loyihasi texnik shartlar hamda elektr uskunalarini oʻrnatish qoidalari talablaridan chetga chiqish elektr taʼminoti loyihasini kelishishni rad etishga asos boʻladi.
Boshqa sabablarga koʻra elektr taʼminoti loyihasini kelishishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Elektr taʼminoti loyihasini kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar loyihalash tashkiloti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, qayta kelishish takroriy soʻrovnoma tushganidan soʻng bir ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Elektr taʼminoti loyihasini takroran koʻrib chiqishda “Oʻzdavenergonazorat” DI tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
(26-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1030-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1030/2348-son — 2019-yil 21-martdan kuchga kiradi)
27. Kelishilgan elektr taʼminoti loyihasi u kelishilgan kunda elektron shaklda “Oʻzdavenergonazorat” DI tomonidan loyihalash tashkilotiga YIDXP orqali yuboriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1030-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1030/2348-son — 2019-yil 21-martdan kuchga kiradi)
271. Agar soʻrovnoma tushgan kundan boshlab ushbu Reglamentning 25-bandida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan soʻng “Oʻzdavenergonazorat” DI elektr taʼminoti loyihasi kelishilganligi toʻgʻrisida xulosa bermasa, u holda elektr taʼminoti loyihasi kelishilgan deb hisoblanadi.
(271-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1030-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1030/2348-son — 2019-yil 21-martdan kuchga kiradi)
28. Quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun isteʼmolchilar HETK yoki boshqa qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari bilan tegishli shartnomalar tuzish huquqiga ega.
29. Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
5-§. Quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsat berish
31. Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini tugatgandan soʻng YIDXPda ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda soʻrovnomani toʻldiradi va uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
Soʻrovnomaga ushbu Reglamentga 5-ilovada koʻrsatilgan hujjatlar roʻyxatiga muvofiq hujjatlar elektron shaklda ilova qilinadi.
Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlaridan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Soʻrovnoma quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsat berish uchun “Oʻzdavenergonazorat” DIga avtomatik tarzda yuboriladi.
311. “Oʻzdavenergonazorat” DI taqdim etilgan hujjatlarni ularning: HETK tomonidan berilgan elektr tarmoqlariga ulanishning texnik shartlariga; texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi, shuningdek, elektr qurilmalarida sozlash va sinash ishlari oʻtkazilganligi toʻliqligi, bayonnomalar rasmiylashtirilishining toʻgʻriligi, ekspluatatsiya qilish va tashkiliy-boshqaruv hujjatlari mavjudligi, xodimlarning malakasi mavjudligi va yetarliligi va ularning elektr qurilmasini ekspluatatsiya qilishga tayyorligi, muvofiqlik sertifikatlari mavjudligi yuzasidan koʻrib chiqadi.
(311-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1030-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1030/2348-son — 2019-yil 21-martdan kuchga kiradi)
32. “Oʻzdavenergonazorat” DI joylarga chiqib bajarilgan qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalariga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga muvofiqligi, shuningdek, kelishilgan loyiha, ijro va texnik qabul qilish-topshirish hujjatlari mavjudligi yuzasidan elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1030-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1030/2348-son — 2019-yil 21-martdan kuchga kiradi)
33. “Oʻzdavenergonazorat” DI soʻrovnoma tushgan kundan boshlab quyidagi muddatlarda elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsatnoma beradi yoki ruxsatnoma berishni rad etadi:
uch ish kunida — kuchlanishi 1000 V (1 kV)gacha boʻlgan elektr qurilmalari uchun;
besh ish kunida — kuchlanishi 6 — 10 kVli elektr qurilmalari uchun;
yetti ish kunida — kuchlanishi 35 kV va undan yuqori elektr qurilmalari uchun.
Elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsatnoma “Oʻzdavenergonazorat” DI tomonidan tasdiqlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan shakl boʻyicha elektron shaklda rasmiylashtiriladi va “Oʻzdavenergonazorat” DIning ERI bilan tasdiqlanadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1030-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1030/2348-son — 2019-yil 21-martdan kuchga kiradi)
34. Zarur xujjatlarni toʻliq hajmda taqdim etmaslik, taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi, elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish yakunlari boʻyicha isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini montaj qilishda kamchiliklar, elektroenergetika sohasidagi amaldagi texnik normativ hujjatlarning talablaridan chetga chiqishlar aniqlanganligi, shuningdek, elektr qurilmalariga xizmat koʻrsatish uchun tayyorlangan xodimlarning mavjud emasligi kabi kamchiliklar ruxsatnomani berishni rad etishga asos boʻladi.
Boshqa asoslarga, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sababli ruxsat etish tusidagi hujjatni berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ruxsat etish tusidagi hujjatni berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma soʻroqnoma toʻldirilgan holda qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlariga YIDXP orqali yuboriladi, bunda rad etish sabablari koʻrsatiladi, qonun hujjatlarining aniq normalari va tegishli tashkilotlar koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, qayta koʻrib chiqish uchun hujjatlarni topshirishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi. Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari rad etish sabablarini bartaraf etishi va qayta koʻrib chiqish uchun xujjatlarni topshirishi xuquqiga ega boʻlgan muddat ruxsat etish tusidagi hujjatni berishni rad etish toʻgʻrisida bildirishnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari tomonidan rad etishga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsatnoma soʻrovnoma qaytadan tushgan kundan boshlab ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda beriladi.
Ruxsatnoma berish masalasi takroran koʻrib chiqilganda “Oʻzdavenergonazorat” DI tomonidan ilgari rad etish sabablarida keltirilmagan yangi sabablar koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari bundan istisno.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1030-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1030/2348-son — 2019-yil 21-martdan kuchga kiradi)
35. Elektr qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma u berilgan kunda elektron shaklda “Oʻzdavenergonazorat” DI tomonidan qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlariga YIDXP orqali yuboriladi.
36. Elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash va elektr taʼminoti shartnomasini tuzish quvvati 20 kVtdan oshmagan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun qurilish-montaj ishlari bajarilgandan soʻng yoki quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma berilgandan soʻng amalga oshiriladi.
37. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi isteʼmolchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa isteʼmolchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash va elektr taʼminoti shartnomasini tuzish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Isteʼmolchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
38. Isteʼmolchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
39. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni HETK va Byuroga elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash va elektr taʼminoti shartnomasini tuzish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda HETK va Byuroga elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash va elektr taʼminoti shartnomasini tuzish uchun yuboriladi.
40. HETK va Byuro soʻrovnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida joyning oʻziga chiqib elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash ishlarini amalga oshiradi va bu haqda uch nusxada dalolatnoma tuzadi.
Elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash qoʻshma tasdiqlangan jadvallar asosida oldindan belgilangan vaqtda amalga oshiriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
41. Elektr energiyasini hisobga olish tizimi plombalangan kunning oʻzida HETK rasmiylashtirilgan elektr taʼminoti shartnomasini, Byuro elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasini elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
42. Davlat xizmatlari markazi rasmiylashtirilgan elektr taʼminoti shartnomasi va plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma kelib tushgandan soʻng bir soat ichida bu haqida isteʼmolchini axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
43. Isteʼmolchi rasmiylashtirilgan elektr taʼminoti shartnomasi tushganidan soʻng besh ish kuni mobaynida uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
Shartnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Isteʼmolchi tomonidan tasdiqlangan elektr taʼminoti shartnomasi Davlat xizmatlari markazi tomonidan (oʻzi kelib murojaat etganda) HETKga yoki isteʼmolchi tomonidan YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboriladi.
44. Isteʼmolchi elektr taʼminoti shartnomasini tasdiqlashdan bosh tortganda yoki u belgilangan muddatda yuborilmaganda elektr taʼminoti shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi.
45. Elektr energiyasini yetkazib berish HETK tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
qonun hujjatlarida oldindan toʻlovni amalga oshirishi nazarda tutilgan isteʼmolchilar uchun — isteʼmolchi tomonidan oldindan toʻlov amalga oshirilgan kuni;
qonun hujjatlarida oldindan toʻlovni amalga oshirishi nazarda tutilmagan isteʼmolchilar uchun — isteʼmolchi tomonidan tasdiqlangan shartnoma olingan kuni.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
46. Texnik shartlarni, shu jumladan, qoʻshimcha texnik shartlarni ishlab chiqish, berish, elektr taʼminoti loyihalarini kelishish, elektr qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish va elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash toʻlov undirilmagan holda amalga oshiriladi, davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilishi bundan mustasno.
47. Davlat xizmatlari markazlari, HETK, “Oʻzdavenergonazorat” DI, Byuro, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan isteʼmolchi haqidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi kerak.
48. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
49. Isteʼmolchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
50. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash
I. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish
1-bosqich
Isteʼmolchi
1. Elektr tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtish.
2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlash.
1. Xohishiga koʻra
2. Murojaat qilinganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Texnik shartlarni ishlab chiqish uchun soʻrovnomani HETKga yuborish.
1. 1 soat mobaynida
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
HETK
1.Texnik shartlarni ishlab chiqish va Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat qilinganda) yuborish.
2. Loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzlarining tijorat takliflarini va shartnomalar loyihalarini berish huquqi.
3 kun mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Texnik shartlarni, HETKning loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini texnik shartlarga oʻzining muhrini bosib, isteʼmolchiga berish.
1 soat mobaynida
II. Isteʼmolchilarni quvvati 20 kVtdan oshmagan elektr tarmoqlariga ulash
1-bosqich
Isteʼmolchi
HETK yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari bilan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha shartnomalar tuzish.
Xohishiga koʻra
(texnik shartlarni olgandan soʻng)
2-bosqich
HETK yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari
Quvvati 20 kVtdan oshmagan elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.
Shartnomalarda belgilangan muddatlarda
III. Isteʼmolchilarni quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr tarmoqlariga ulash
1-bosqich
Isteʼmolchi
Quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish uchun HETK yoki boshqa loyiha tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarishga shartnomalar tuzish.
Xohishiga koʻra
(texnik shartlarni olgandan soʻng)
2-bosqich
HETK yoki boshqa loyiha tashkilotlari
Quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha loyihalash ishlarini amalga oshirish.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
3-bosqich
Loyiha tashkiloti
Quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr tarmoqlari isteʼmolchilari uchun elektr taʼminoti loyihasini kelishish uchun YIDXPda soʻrovnomani toʻldirish.
Xohishiga koʻra
(loyihalash ishlari amalga oshirilgandan soʻng)
4-bosqich
YIDXP
Soʻrovnomani quvvati 20 kVtdan yuqori elektr energiyasi isteʼmolchilari-ning elektr taʼminoti loyihalarini HETKga koʻrib chiqish, shuningdek, “Oʻzdavenergonazorat” DIga kelishish uchun yuborish.
Avtomatik tarzda
5-bosqich
“Oʻzdavenergonazorat” DI
1. “Oʻzdavenergonazorat” DIga elektr taʼminoti loyihasini koʻrib chiqish natijalarini yuboradi.
2. Elektr taʼminoti loyihasini ERI bilan tasdiqlash yoʻli bilan kelishish.
3. Kelishilgan elektr taʼminoti loyihasini YIDXP orqali loyiha tashkilotiga yuborish.
2 ish kuni mobaynida
Kuchlanishi 1 kVgacha boʻlgan elektr qurilmalari uchun 1 ish kuni
Kuchlanishi 6 — 10 kV boʻlgan elektr qurilmalari uchun 5 ish kuni
Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan elektr qurilmalari uchun 7 ish kuni
6-bosqich
Isteʼmolchi
HETK yoki boshqa qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari bilan qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha shartnoma tuzish.
Xohishiga koʻra
(loyiha kelishilgandan soʻng)
7-bosqich
HETK yoki boshqa qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari
Quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
IV. Quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsat berish
1-bosqich
Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari
Quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsat berish uchun YIDXPda soʻrovnoma toʻldirish.
Xohishiga koʻra
(qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari tugaganidan soʻng)
2-bosqich
YIDXP
Soʻrovnomani quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsat berish uchun “Oʻzdavenergonazorat” DIga yoʻllash.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
“Oʻzdavenergonazorat” DI
1. Elektr energiyasi isteʼmolchilari-ning elektr qurilmalarini amalga oshirilgan qurilish-montajva ishga tushirish-sozlash ishlari elektr qurilmalarning tuzilishi qoidalariga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga muvofiqligini, shuningdek, kelishilgan loyiha, ijro va topshirish-qabul qilish texnik hujjatlari bilan taʼminlanganligini joylarga chiqib oʻrganish.
2. Elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsat berish.
3. Elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsatnomani YIDXP orqali qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlariga yuborish.
Kuchlanishi 1 kVgacha boʻlgan elektr qurilmalari uchun 3 ish kuni
Kuchlanishi 6-10 kV boʻlgan elektr qurilmalari uchun 5 ish kuni
Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan elektr qurilmalari uchun 7 ish kuni
V. Elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash, elektr taʼminoti shartnomasini tuzish va kuchlanishni yetkazib berish
1-bosqich
Isteʼmolchi
Elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash, elektr taʼminoti shartnomasini tuzish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilish.
Xohishiga koʻra
(II yoki IV boʻlimlarda koʻrsatilgan ishlar tugatilgandan soʻng)
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. IDXYAP
Elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash, elektr taʼminoti shartnomasini tuzish uchun soʻrovnomani HETK va Byuroga yuborish.
1. 1 soat mobaynida
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
1. HETK va Byuro
2. HETK
1. Elektr energiyasini hisobga olish tizimini joyning oʻziga chiqib plombalash.
2. Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelgan holda murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) rasmiylashtirilgan va plombalanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan elektr taʼminoti shartnomasini yuborish.
2 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Isteʼmolchini rasmiylashtirilgan elektr taʼminoti shartnomasi toʻgʻrisida axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qilish.
1 soat mobaynida
5-bosqich
Isteʼmolchi
1. Rasmiylashtirilgan elektr taʼminoti shartnomasini tasdiqlash.
2. Tasdiqlangan elektr taʼminoti shartnomasini Davlat xizmatlari markazi orqali HETKga yuborish (oʻzi kelgan holda murojaat etganda) yoki isteʼmolchi tomonidan YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda).
5 ish kuni mobaynida
6-bosqich
HETK
1. Qonun hujjatlarida toʻlovni oldindan amalga oshirishi nazarda tutilgan isteʼmolchilar uchun elektr energiyasini yetkazib berish.
2. Qonun hujjatlarida toʻlovni oldindan amalga oshirishi nazarda tutilmagan isteʼmolchilar uchun elektr energiyasini yetkazib berish
1. Toʻlov oldindan amalga oshirilgan kunda
2. Isteʼmolchi tomonidan tasdiqlangan shartnoma olingan kuni
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
I. (jismoniy) Isteʼmolchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
3. STIR:
4. manzili:
6. telefon raqami:
7. elektron pochta manzili:
I. (yuridik) Isteʼmolchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. toʻliq nomi:
3. STIR:
11. telefon raqami:
12. elektron pochta manzili:
II. Ulanayotgan obyekt toʻgʻrisida maʼlumot:
1.ulanayotgan obyektning joylashgan joyi (indeks, manzil, moʻljal):
2. ulanayotgan quvvat:
3.elektr taʼminotining ishonchliligi boʻyicha toifasi:
4. xizmat turi:
yangi ulash
elektr qurilmalarining rekonstruksiya qilish
elektr taʼminotining ishonchliligi boʻyicha toifasini oʻzgartirish
qayta rasmiylashtirish
quvvatni oshirish
ulanish nuqtasini oʻzgartirish
ishlab chiqarish faoliyati turini oʻzgartirish
III. Avval ulanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
1. elektr taʼminoti shartnomasi tuzilgan sanasi va raqami
(ulangan boʻlsa toʻldiriladi)
Berilayotgan texnik shartlardan loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari kelgusida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishda oʻz tijorat takliflarini berish maqsadida tanishishi uchun texnik shartlarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kiritilishiga isteʼmolchining roziligi:
roziman
rozi emasman
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
__________________
(sana)
________________
(raqam)
Quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun elektr taʼminoti loyihasini kelishish uchun
SOʻROVNOMA
I. Kelishilayotgan elektr taʼminoti loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. elektr taʼminoti loyihasining nomi:
2. loyiha tashkilotining nomi:
3. loyiha tashkilotining STIR:
4. loyiha tashkilotining yuridik manzili:
5. ulanayotgan quvvat:
II. Ilova qilinadigan hujjatlar:
1. elektr taʼminoti loyihasi:
Loyiha tashkilotining
ERI
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
__________________
(sana)
________________
(raqam)
Elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsat berish uchun
SOʻROVNOMA
I. Elektr qurilmalari toʻgʻrisida maʼlumot:
1. yangi qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan elektr qurilmalarining nomi:
2. qurilish-montaj va (yoki) sozlash-ishga tushirish tashkilotining nomi:
3. qurilish-montaj va (yoki) sozlash-ishga tushirish tashkilotining STIR:
4. qurilish-montaj va (yoki) sozlash-ishga tushirish tashkilotining yuridik manzili:
5. elektr qurilmalarining muvofiqlik sertifikati raqami va sanasi:
II. Ilova qilinadigan hujjatlar:
1. isteʼmolchining elektr xoʻjaligi uchun javobgar boʻlgan shaxs tomonidan imzolangan elektr taʼminoti obyektining bir chiziqli sxemasi:
2. qurilish-montaj tashkiloti va isteʼmolchi oʻrtasida tuzilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi:
3. mavjud himoya vositalari, ularning sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnomalar, yongʻinga qarshi inventarlar, texnika xavfsizligi boʻyicha plakatlar roʻyxati:
4. elektr qurilmalarining laboratoriya sinovlaridan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnomalar:
5. asosiy elektr qurilmalari uchun pasportlar:
6. elektr xoʻjaligi uchun javobgar boʻlgan shaxsning lavozimga tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq:
7. ijro sxemalari, yer osti ishlarining dalolatnomalari:
8. hududiy elektr tarmoqlari korxonasining tezkor-dispetcherlik xizmatiga isteʼmolchi nomidan elektr qurilmalarini ulash va oʻchirish uchun buyurtmanoma berish huquqiga ega boʻlgan tezkor va tezkor-taʼmirlash xodimlarining roʻyxati (F.I.O., lavozimi, elektr xavfsizligi boʻyicha malaka guruhi, telefon raqamlari):
Qurilish-montaj va (yoki) sozlash-ishga tushirish tashkilotining ERI
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
Quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsat berish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI
1. Isteʼmolchining elektr xoʻjaligi uchun javobgar shaxs tomonidan imzolangan obyekt elektr taʼminotining bir chiziqli sxemasi;
2. Qurilish-montaj tashkiloti bilan isteʼmolchi oʻrtasida tuzilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
3. Mavjud himoya vositalari, ularning sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnomalar, yongʻinga qarshi inventarlar, texnika xavfsizligi boʻyicha plakatlar roʻyxati;
4. Asosiy elektr qurilmalari uchun pasportlar;
5. Elektr qurilmalarining laboratoriya sinovlaridan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnomalar;
6. Elektr xoʻjaligi uchun javobgar boʻlgan shaxsning lavozimga tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq;
7. Ijro sxemalari, yer osti ishlarining dalolatnomalari;
8. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining tezkor-dispetcherlik xizmatiga isteʼmolchi nomidan elektr qurilmalarini ulash va oʻchirish uchun buyurtmanoma berish huquqiga ega boʻlgan tezkor va tezkor-taʼmirlash xodimlarining roʻyxati (F.I.O., lavozimi, elektr xavfsizligi boʻyicha malaka guruhi, telefon raqamlari).
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 6-ILOVA
Elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash va elektr taʼminoti shartnomasini tuzish uchun
SOʻROVNOMA
Elektr energiyasini hisobga olish tizimi toʻgʻrisida maʼlumotlar
1. elektr energiyasini hisobga olish tizimi pasporti raqami:
2. elektr energiyasini hisobga olish tizimining muvofiqlik sertifikati raqami
3. elektr energiyasini hisobga olish tizimining oxirgi marta qiyoslashdan oʻtkazilganligi sanasi
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qaroriga 2-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarni (keyingi oʻrinlarda isteʼmolchilar deb ataladi) gaz tarmoqlariga ulash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi isteʼmolchilarning gaz tarmoqlariga ulanayotgan yangi va qoʻshimcha gaz isteʼmoli jihozlariga, shuningdek, gaz taʼminoti loyihasi va tabiiy gazdan foydalanish hajmlari oʻzgarishiga olib keladigan ulanish nuqtalari, ishlab chiqarish faoliyati turlari oʻzgartirilayotganda tatbiq etiladi.
Ushbu Reglament talablari isteʼmolchilarning 1,2 MPa bosimdan yuqori boʻlgan gaz tarmoqlariga ulanishiga tatbiq etilmaydi.
3. Tabiiy gazni gaz taʼminoti shartnomasini tuzmasdan yetkazib berish taqiqlanadi.
4. Isteʼmolchilarni gaz tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
texnik shartlarni ishlab chiqish;
gaz taʼminoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash;
sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilgʻi sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xoʻjaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz isteʼmoli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish;
gaz taʼminoti shartnomasini tuzish;
sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish;
b) loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshiradi (isteʼmolchining ixtiyoriga koʻra);
v) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalashda ishtirok etadi;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” DI deb ataladi) sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilgʻi sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslarning gaz xoʻjaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz isteʼmoli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar beradi.
6. Davlat xizmatlari markazlari, Byuro, HGK, loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
7. Isteʼmolchilarni gaz tarmoqlariga ulash ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
1-§. Murojaatlarni shakllantirish va yuborish
8. Isteʼmolchilar gaz tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
9. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi isteʼmolchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa isteʼmolchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Zarur hollarda soʻrovnomada ulanish nazarda tutilayotgan gaz kommunikatsiyalari balansda saqlovchilarining roziligi mavjudligi haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Isteʼmolchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
10. Isteʼmolchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq HGKning bank hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq HGKning bank hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
13. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
14. Isteʼmolchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan u koʻrsatilishining har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Isteʼmolchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
15. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni HGKga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda HGKga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboriladi.
2-§. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish
16. HGK soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida texnik shartlarni ishlab chiqadi va elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi yoxud ularni ishlab chiqishni rad etadi.
HGK loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzining tijorat takliflarini hamda shartnomalari loyihalarini ham yuborish huquqiga ega.
Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi texnik shartlar hamda HGKning loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalari tushganidan soʻng bir soat mobaynida texnik shartlarga oʻzining muhrini bosib, isteʼmolchiga beradi.
17. Isteʼmolchining obyekti joylashgan hududda quvvati HGK tomonidan isteʼmolchiga tabiiy gazni yetkazib berishni taʼminlaydigan gaz taqsimoti tarmogʻining mavjud emasligi texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish uchun asos boʻladi.
Boshqa asoslarga koʻra texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
18. Ishlab chiqilgan texnik shartlar isteʼmolchining aloqa qilinadigan maʼlumotlari ilova qilingan holda loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzlarining tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etishi maqsadida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlarining tanishishi uchun YIDXPda joylashtiriladi.
3-§. Isteʼmolchilarni gaz tarmoqlariga ulash
19. Gaz taʼminoti loyihasini ishlab chiqish uchun isteʼmolchilar HGK yoki boshqa loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalar tuzish huquqiga ega.
20. Loyihalash ishlari loyihalash ishlarini amalga oshirish boʻyicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
21. Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirganidan soʻng YIDXPda ushbu Reglamentga 3-ilova muvofiq shaklda soʻrovnomani toʻldiradi va uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
24. Gaz taʼminoti loyihasining texnik shartlar talablaridan chetga chiqishi gaz taʼminoti loyihasini kelishishni rad etishga asos boʻladi.
Boshqa sabablarga koʻra gaz taʼminoti loyihasini kelishishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Gaz taʼminoti loyihasini kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar loyihalash tashkiloti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, qayta kelishish takroriy soʻrovnoma tushganidan soʻng bir ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Gaz taʼminoti loyihasini takroran koʻrib chiqishda HGK tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
26. Gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun isteʼmolchilar HGK yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari bilan tegishli shartnomalar tuzish huquqiga ega.
27. Qurilish-montaj ishlari qurilish-montaj ishlarini oʻtkazish boʻyicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
4-§. Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash, gaz taʼminoti shartnomasini tuzish va tabiiy gazni yetkazib berish
28. Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz taʼminoti shartnomasini tuzish gaz tarmoqlariga ulanish boʻyicha qurilish-montaj ishlari bajarilgandan soʻng amalga oshiriladi.
29. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi isteʼmolchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa isteʼmolchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz taʼminoti shartnomasini tuzish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Isteʼmolchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
30. Isteʼmolchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
31. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni HGK va Byuroga tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz taʼminoti shartnomasini tuzish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda soʻrovnoma avtomatik tarzda HGK va Byuroga tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz taʼminoti shartnomasini tuzish uchun yuboriladi.
32. HGK va Byuro soʻrovnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida joyning oʻziga chiqib, tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash ishlarini amalga oshiradi va bu haqda uch nusxada dalolatnoma tuzadi.
Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash qoʻshma tasdiqlangan jadvallar asosida oldindan belgilangan vaqtda amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
33. Tabiiy gazni hisobga olish pribori plombalangan kunning oʻzida HGK rasmiylashtirilgan gaz taʼminoti shartnomasini, Byuro tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasini elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
34. Davlat xizmatlari markazi rasmiylashtirilgan gaz taʼminoti shartnomasi va plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma kelib tushgandan soʻng bir soat ichida bu haqida isteʼmolchini axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
35. Isteʼmolchi rasmiylashtirilgan gaz taʼminoti shartnomasi tushgandan soʻng besh ish kuni mobaynida uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
Shartnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Isteʼmolchi tomonidan tasdiqlangan gaz taʼminoti shartnomasi Davlat xizmatlari markazi tomonidan (oʻzi kelib murojaat etganda) HGKga yoki isteʼmolchi tomonidan YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboriladi.
36. Isteʼmolchi gaz taʼminoti shartnomasini tasdiqlashdan bosh tortganda yoki u belgilangan muddatda yuborilmaganda gaz taʼminoti shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi.
37. Tabiiy gazni yetkazib berish HGK tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
qonun hujjatlarida oldindan toʻlovni amalga oshirishi nazarda tutilgan isteʼmolchilar uchun — isteʼmolchi tomonidan oldindan toʻlov amalga oshirilgan kuni;
qonun hujjatlarida oldindan toʻlovni amalga oshirishi nazarda tutilmagan isteʼmolchilar uchun — isteʼmolchi tomonidan tasdiqlangan shartnoma olingan kuni.
38. Gaz isteʼmoli jihozlarni sozlash-ishga tushirish ishlari hamda ulash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-§. Sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilgʻi sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xoʻjaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz isteʼmoli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish
39. Yiliga 100 000 gacha kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilgʻi sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xoʻjaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz isteʼmoli obyektlarini ishga tushirish uchun, sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olish talab etilmaydi.
40. Sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilgʻi sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xoʻjaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz isteʼmoli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar “Sanoatgeokontexnazorat” DI tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
41. Texnik shartlarni, shu jumladan, qoʻshimcha texnik shartlarni ishlab chiqish, berish, gaz taʼminoti loyihalarini kelishish va tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash toʻlov undirilmagan holda amalga oshiriladi, davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilishi bundan mustasno.
42. Davlat xizmatlari markazlari, HGK, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, Byuro, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan isteʼmolchi haqidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi kerak.
43. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
44. Isteʼmolchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
45. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2155-moddaci.
Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash
I. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish
1-bosqich
Isteʼmolchi
1. Gaz tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtish.
2. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlash.
1. Xohishiga koʻra
2. Murojaat qilinganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Texnik shartlarni ishlab chiqish uchun soʻrovnomani HGKga yuborish.
1. 1 soat mobaynida
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
HGK
1. Texnik shartlarni ishlab chiqish va Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat qilinganda) yuborish.
2. Loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzining tijorat takliflarini va shartnomalar loyihalarini berish huquqi.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Texnik shartlarni, shuningdek HGKning loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini texnik shartlarga oʻzining muhrini bosib, isteʼmolchiga berish.
1 soatmobaynida
II. Isteʼmolchilarni gaz tarmoqlariga ulash
1-bosqich
Isteʼmolchi
Gaz taʼminoti loyihasini ishlab chiqish uchun HGK yoki boshqa loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalar tuzish.
Xohishiga koʻra
(texnik shartlarni olganidan soʻng)
2-bosqich
HGK yoki boshqa loyihalash tashkilotlari
Gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha loyihalash ishlarini amalga oshirish.
Shartnomalarda belgilangan muddatlarda
3-bosqich
Loyihalash tashkiloti
Gaz taʼminoti loyihasini kelishish uchun YIDXPda soʻrovnomani toʻldirish.
Xohishiga koʻra
(loyihalash ishlari amalga oshiril-ganidan soʻng)
4-bosqich
YIDXP
Soʻrovnomani gaz taʼminoti loyihasini kelishish uchun HGKga yuborish.
Avtomatik tarzda
5-bosqich
HGK
1. Gaz taʼminoti loyihasini ERI bilan tasdiqlash orqali kelishish.
2. Kelishilgan gaz taʼminoti loyihasini YIDXP orqali loyihalash tashkilotiga yuborish.
3 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Isteʼmolchi
HGK yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari bilan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha shartnoma tuzish.
Xohishiga koʻra
(loyiha kelishilgandan soʻng)
7-bosqich
HGK yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari
Gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.
Shartnomalarda belgilangan muddatlarda
III. Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash, gaz taʼminoti shartnomasini tuzish va tabiiy gazni yetkazib berish
1-bosqich
Isteʼmolchi
Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash, gaz taʼminoti shartnomasini tuzish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilish.
Xohishiga koʻra
(qurilish-montaj ishlari tugatil-ganidan soʻng)
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. IDXYAP
Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash, gaz taʼminoti shartnomasini tuzish uchun soʻrovnomani HGK va Byuroga yuborish.
1. 1 soat mobaynida
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
1. HGK va Byuro
2. HGK
1. Tabiiy gazni hisobga olish priborini joyning oʻziga chiqib plombalash.
2. Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) rasmiylashtirilgan va plombalanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan gaz taʼminoti shartnomasini yuborish.
2 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Isteʼmolchini gaz taʼminoti shartnomasi rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qilish.
1 soat mobaynida
5-bosqich
Isteʼmolchi
1. Rasmiylashtirilgan gaz taʼminoti shartnomasini tasdiqlash.
2. Tasdiqlangan gaz taʼminoti shartnomasini HGKga Davlat xizmatlari markazi tomonidan (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchi tomonidan YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuborish.
5 ish kuni mobaynida
6-bosqich
HGK
1. Qonun hujjatlarida toʻlovni oldindan amalga oshirishi nazarda tutilgan isteʼmolchilar uchun tabiiy gazni yetkazib berish.
2. Qonun hujjatlarida toʻlovni oldindan amalga oshirishi nazarda tutilmagan isteʼmolchilar uchun tabiiy gazni yetkazib berish
1. Oldindan toʻlov amalga oshirilgan kuni
2. Isteʼmolchi tomonidan tasdiqlangan shartnoma olingan kuni
IV. Sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilgʻi sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xoʻjaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz isteʼmoli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish
1-bosqich
“Sanoatgeokontexnazorat” DI
Sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilgʻi sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xoʻjaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz isteʼmoli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish.
Belgilangan muddatlarda
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
1. gaz taʼminoti shartnomasi tuzilgan sanasi va raqami:
(ulangan boʻlsa toʻldiriladi)
IV. Rozilik toʻgʻrisida maʼlumot:
T/r
Gaz kommunikatsiyalarini balansda saqlovchilar — yuridik shaxslarning nomi, gaz kommunikatsiyalarini balansda saqlovchilar — jismoniy shaxslarning F.I.O.
Raqam
Sana
1.
Berilayotgan texnik shartlardan loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari kelgusida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishda oʻz tijorat takliflarini berish maqsadida tanishishi uchun texnik shartlarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirilishiga isteʼmolchining roziligi:
roziman
rozi emasman
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz taʼminoti shartnomasini tuzish uchun
SOʻROVNOMA
Tabiiy gazni hisobga olish pribori toʻgʻrisida maʼlumotlar:
1. tabiiy gazni hisobga olish pribori pasporti raqami:
2. tabiiy gazni hisobga olish priborining muvofiqlik sertifikati raqami:
3. tabiiy gazni hisobga olish priborining oxirgi marta qiyoslashdan oʻtkazilganligi sanasi:
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qaroriga 3-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarni (keyingi oʻrinlarda isteʼmolchilar deb ataladi) issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi yangi yoki amaldagi obyektlarda shartnomaviy oʻlchamlarga nisbatan issiqlik yuklamasi oʻzgarganda (ortganda yoki kamayganda) rekonstruksiya qilinayotgan issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ulashga tatbiq etiladi.
3. Issiqlik energiyasini issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzmasdan yetkazib berish taqiqlanadi.
4. Isteʼmolchilarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
texnik shartlarni ishlab chiqish;
issiqlik taʼminoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish;
isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarinini ishga tushirish uchun ruxsatnoma berish;
issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash;
5. Isteʼmolchilarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash jarayonini amalga oshirishda:
a) issiqlik taʼminoti korxonasi:
texnik shartlarni ishlab chiqadi;
qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshiradi (isteʼmolchining ixtiyoriga koʻra);
issiqlik taʼminoti loyihasini texnik shartlarga muvofiqlik yuzasidan kelishadi;
issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalaydi;
issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzadi;
issiqlik energiyasini yetkazib berishni amalga oshiradi;
b) loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshiradi (isteʼmolchining ixtiyoriga koʻra);
v) Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzdavenergonazorat” DI deb ataladi) isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarinini ishga tushirish uchun ruxsatnoma beradi.
6. Davlat xizmatlari markazlari, “Oʻzdavenergonazorat” DI, issiqlik taʼminoti korxonalari, loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
7. Isteʼmolchilarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
1-§. Murojaatlarni shakllantirish va yuborish
8. Isteʼmolchilar issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
9. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi isteʼmolchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa isteʼmolchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Isteʼmolchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
10. Isteʼmolchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar teng miqdorda Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi va issiqlik taʼminoti korxonasining bank hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga;
qolgan mablagʻlar teng miqdorda Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi va issiqlik taʼminoti korxonasining bank hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
13. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
14. Isteʼmolchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan u koʻrsatilishining har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Isteʼmolchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
15. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni issiqlik taʼminoti korxonasiga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda soʻrovnoma avtomatik tarzda issiqlik taʼminoti korxonasiga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboriladi.
2-§. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish
16. Issiqlik taʼminoti korxonasi soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida texnik shartlarni ishlab chiqadi va elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi yoxud ularni ishlab chiqishni rad etadi.
Issiqlik taʼminoti korxonasi qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzining tijorat takliflarini hamda shartnomalar loyihalarini ham yuborishi mumkin.
Oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi texnik shartlar hamda issiqlik taʼminoti korxonasining qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalari tushganidan soʻng bir soat mobaynida texnik shartlarga oʻzining muhrini bosib, isteʼmolchiga beradi.
17. Ulanish yoki mavjud issiqlik yuklamalarini oshirishning texnik imkoniyati mavjud emasligi texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish uchun asos boʻladi.
Boshqa asoslarga koʻra texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
18. Ishlab chiqilgan texnik shartlar isteʼmolchining aloqa qilinadigan maʼlumotlari ilova qilingan holda loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzlarining tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etishi maqsadida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlarining tanishishi uchun YIDXPda joylashtiriladi.
3-§. Isteʼmolchilarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash
19. Issiqlik taʼminoti loyihasini ishlab chiqish uchun isteʼmolchilar loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarishga shartnomalar tuzadi.
20. Loyihalash ishlari loyihalash ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
21. Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirganidan soʻng YIDXPda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soʻrovnomani toʻldiradi va oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
Soʻrovnomaga issiqlik taʼminoti loyihasi elektron shaklda ilova qilinadi.
Loyihalash tashkilotidan ushbu bandda koʻrsatilmagan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishni talab etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Soʻrovnoma issiqlik taʼminoti loyihasini kelishish uchun issiqlik taʼminoti korxonasiga avtomatik tarzda yuboriladi.
22. Issiqlik taʼminoti korxonasi soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida issiqlik taʼminoti loyihasini kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
23. Issiqlik taʼminoti loyihasining texnik shartlar talablaridan chetga chiqishi issiqlik taʼminoti loyihasini kelishishni rad etishga asos boʻladi.
Boshqa sabablarga koʻra issiqlik taʼminoti loyihasini kelishishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Issiqlik taʼminoti loyihasini kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar loyihalash tashkiloti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, qayta kelishish takroriy soʻrovnoma tushganidan soʻng bir ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Issiqlik taʼminoti loyihasini takroran koʻrib chiqishda issiqlik taʼminoti korxonasi tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
24. Kelishilgan issiqlik taʼminoti loyihasi u kelishilgan kunda elektron shaklda issiqlik taʼminoti korxonasi tomonidan loyihalash tashkilotiga YIDXP orqali yuboriladi.
25. Issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun isteʼmolchilar issiqlik taʼminoti korxonalari yoki boshqa qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari bilan tegishli shartnomalar tuzish huquqiga ega.
26. Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
27. Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini tugatgandan soʻng YIDXPda ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soʻrovnomani toʻldiradi va oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
Soʻrovnomaga ushbu Reglamentga 5-ilovada koʻrsatilgan hujjatlar roʻyxatiga muvofiq hujjatlar elektron shaklda ilova qilinadi.
Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlaridan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Soʻrovnoma isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarinini ishga tushirish uchun ruxsat berish uchun “Oʻzdavenergonazorat” DIga avtomatik tarzda yuboriladi.
28. “Oʻzdavenergonazorat” DI joyning oʻziga chiqib qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari qonun hujjatlarida belgilangan talablar va texnik shartlarga muvofiqligini oʻrganadi, shuningdek, issiqlikdan foydalanish qurilmalarini soz holda saqlashga tayyorlangan issiqlik-texnik xodimlarning mavjudligini tekshiradi.
29. “Oʻzdavenergonazorat” DI soʻrovnoma tushganidan soʻng besh ish kuni mobaynida issiqlikdan foydalanish qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma beradi yoki uni berishni rad etadi.
Issiqlikdan foydalanish qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma “Oʻzdavenergonazorat” DI tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan elektron shaklda rasmiylashtiriladi va “Oʻzdavenergonazorat” DIning ERI bilan tasdiqlanadi.
30. Taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi, isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari montajida kamchiliklar, texnik shartlar talablaridan chetga chiqish holatlari aniqlanishi, shuningdek, issiqlikdan foydalanish qurilmalarini soz holda saqlashga tayyorlangan issiqlik-texnik xodimlarning mavjud emasligi ruxsatnoma berishni rad etishga asos boʻladi.
Boshqa sabablarga koʻra issiqlikdan foydalanish qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma berishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Rad etish uchun asos boʻlgan sabablar qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, issiqlikdan foydalanish qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma berish takroriy soʻrovnoma tushganidan soʻng ikki ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ruxsatnoma berish masalasini takroran koʻrib chiqishda “Oʻzdavenergonazorat” DI tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
31. Issiqlikdan foydalanish qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma u berilgan kunda elektron shaklda “Oʻzdavenergonazorat” DI tomonidan qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlariga YIDXP orqali yuboriladi.
32. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma berilgandan soʻng amalga oshiriladi.
33. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi isteʼmolchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa isteʼmolchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Isteʼmolchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
34. Isteʼmolchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritganidan soʻng uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
35. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni issiqlik taʼminoti korxonasiga issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda soʻrovnoma avtomatik tarzda issiqlik taʼminoti korxonasiga issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish uchun yuboriladi.
36. Issiqlik taʼminoti korxonasi soʻrovnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida joyning oʻziga chiqib issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalashni amalga oshiradi.
37. Issiqlik taʼminoti korxonasi issiqlik energiyasini hisobga olish pribori plombalangan kunning oʻzida elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilgan rasmiylashtirilgan issiqlik taʼminoti shartnomasini yuboradi.
38. Davlat xizmatlari markazi rasmiylashtirilgan issiqlik taʼminoti shartnomasi tushganidan soʻng bir soat ichida bu haqida isteʼmolchini axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi.
Shartnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Isteʼmolchi tomonidan tasdiqlangan issiqlik taʼminoti shartnomasi issiqlik taʼminoti korxonasiga Davlat xizmatlari markazi tomonidan (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchi tomonidan YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboriladi.
40. Isteʼmolchi issiqlik taʼminoti shartnomasini tasdiqlashdan bosh tortganda yoki u belgilangan muddatda yuborilmaganda issiqlik taʼminoti shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi.
41. Issiqlik energiyasini yetkazib berish issiqlik taʼminoti korxonasi tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
qonun hujjatlarida oldindan toʻlovni amalga oshirishi nazarda tutilgan isteʼmolchilar uchun — isteʼmolchi tomonidan oldindan toʻlov amalga oshirilgan kuni;
qonun hujjatlarida oldindan toʻlovni amalga oshirishi nazarda tutilmagan isteʼmolchilar uchun — isteʼmolchi tomonidan tasdiqlangan shartnoma olingan kuni.
42. Ulash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
43. Texnik shartlarni, shu jumladan, qoʻshimcha texnik shartlarni ishlab chiqish, berish, issiqlik taʼminoti loyihalarini kelishish, issiqlikdan foydalanish qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish va issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash toʻlov undirilmagan holda amalga oshiriladi, davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilishi bundan mustasno.
44. Davlat xizmatlari markazlari, issiqlik taʼminoti korxonalari, “Oʻzdavenergonazorat” DI, loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan isteʼmolchi haqidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi kerak.
45. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
46. Isteʼmolchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
47. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2155-moddaci.
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash
I. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish
1-bosqich
Isteʼmolchi
1. Issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtish.
2. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlash.
1. Xohishiga koʻra
2. Murojaat qilinganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Texnik shartlarni ishlab chiqish uchun soʻrovnomani issiqlik taʼminoti korxonasiga yuborish.
1. 1 soat mobaynida
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Issiqlik taʼminoti korxonasi
1. Texnik shartlarni ishlab chiqish va Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yuborish.
2. Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzining tijorat takliflarini va shartnomalar loyihalarini berish huquqi.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Texnik shartlarni, shuningdek, issiqlik taʼminoti korxonasining qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini texnik shartlarga oʻzining muhrini bosib, isteʼmolchiga berish.
1 soat mobaynida
II. Isteʼmolchilarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash
1-bosqich
Isteʼmolchi
Issiqlik taʼminoti loyihasini ishlab chiqish uchun loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalar tuzish.
Xohishiga koʻra
(texnik shartlarni olgandan soʻng)
2-bosqich
Loyihalash tashkilotlari
Issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha loyihalash ishlarini amalga oshirish.
Shartnomalarda belgilangan muddatlarda
3-bosqich
Loyihalash tashkiloti
Issiqlik taʼminoti loyihasini kelishish uchun YIDXPda soʻrovnomani toʻldirish.
Xohishiga koʻra
(loyihalash ishlari amalga oshiril-ganidan soʻng)
4-bosqich
YIDXP
Soʻrovnomani issiqlik taʼminoti loyihasini kelishish uchun issiqlik taʼminoti korxonasiga yuborish.
Avtomatik tarzda
5-bosqich
Issiqlik taʼminoti korxonasi
1. Issiqlik taʼminoti loyihasini ERI bilan tasdiqlash orqali kelishish.
2. Kelishilgan issiqlik taʼminoti loyihasini YIDXP orqali loyihalash tashkilotiga yuborish.
3 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Isteʼmolchi
Issiqlik taʼminoti korxonasi yoki boshqa qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari bilan qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha shartnoma tuzish.
Xohishiga koʻra
(loyiha kelishil-ganidan soʻng)
7-bosqich
Issiqlik taʼminoti korxonasi yoki boshqa qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari
Issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish.
Shartnomalarda belgilangan muddatlarda
III. Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun ruxsat berish
1-bosqich
Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari
Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirishga ruxsat berish uchun YIDXPda soʻrovnomani toʻldirish.
Xohishiga koʻra
(qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari tugaganidan soʻng)
2-bosqich
YIDXP
Soʻrovnomani isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirishga ruxsat berish uchun “Oʻzdavenergonazorat” DIga yuborish.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
“Oʻzdavenergonazorat” DI
1. Joyning oʻziga chiqib qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari qonun hujjatlarida belgilangan talablar va texnik shartlarga muvofiqligini oʻrganish, shuningdek, issiqlikdan foydalanish qurilmalarini soz holda saqlashga tayyorlangan issiqlik-texnik xodimlarning mavjudligini tekshirish.
2. Issiqlikdan foydalanish qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma berish.
3. Issiqlikdan foydalanish qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsatnomani YIDXP orqali qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlariga yuborish.
5 ish kuni mobaynida
IV. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash, issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish va issiqlik energiyasini yetkazib berish
1-bosqich
Isteʼmolchi
Issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash, issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilish.
Xohishiga koʻra
(ishga tushirish uchun ruxsatnoma olingandan soʻng)
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. IDXYAP
Issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish uchun soʻrovnomani issiqlik taʼminoti korxonasiga yuborish.
1. 1 soat mobaynida
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Issiqlik taʼminoti korxonasi
1. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborini joyning oʻziga chiqib plombalash.
2. Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) rasmiylashtirilgan va plombalanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan issiqlik taʼminoti shartnomasini yuborish.
2 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Isteʼmolchini issiqlik taʼminoti shartnomasi rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qilish.
1 soat mobaynida
5-bosqich
Isteʼmolchi
1. Rasmiylashtirilgan issiqlik taʼminoti shartnomasini tasdiqlash.
2. Tasdiqlangan issiqlik taʼminoti shartnomasini issiqlik taʼminoti korxonasiga Davlat xizmatlari markazi tomonidan (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchi tomonidan YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuborish.
5 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Issiqlik taʼminoti korxonasi
1. Qonun hujjatlarida toʻlovni oldindan amalga oshirishi nazarda tutilgan isteʼmolchilar uchun issiqlik energiyasini yetkazib berish.
2. Qonun hujjatlarida toʻlovni oldindan amalga oshirishi nazarda tutilmagan isteʼmolchilar uchun issiqlik energiyasini yetkazib berish.
1. Oldindan toʻlov amalga oshirilgan kuni
2. Isteʼmolchi tomonidan tasdiqlangan shartnoma olingan kuni
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini oʻzgartirish
qoʻshimcha issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ulash
ulanish nuqtalarini oʻzgartirish
ishlab chiqarish faoliyati turlarini oʻzgartirish
III. Avval ulanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
1. tuzilgan issiqlik taʼminoti shartnomasining raqami va sanasi:
(ulangan boʻlsa toʻldiriladi)
Berilayotgan texnik shartlardan loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari kelgusida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishda oʻz tijorat takliflarini berish maqsadida tanishishi uchun texnik shartlarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirilishiga isteʼmolchining roziligi:
roziman
rozi emasman
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
5. yangi oʻrnatilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan issiqlikdan foydalanish qurilmalari nomi:
6. qurilish-montaj va (yoki) sozlash-ishga tushirish tashkiloti nomi:
7. qurilish-montaj va (yoki) sozlash-ishga tushirish tashkilotining STIR:
8. qurilish-montaj va (yoki) sozlash-ishga tushirish tashkilotining yuridik manzili:
9. ishlatilayotgan issiqlikdan foydalanish qurilmalari va trubalarining sertifikati raqami va sanasi:
II. Ilova qilinadigan hujjatlar:
1. issiqlik xoʻjaligi uchun javobgar shaxsni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi
2. issiqlik punktining armatura raqamlari qoʻyilgan quvurlari va berkituvchi armaturalarning ijro (koʻrgazmali) sxemasi, yer osti ishlari dalolatnomalari
3. issiqlikdan foydalanish qurilmalarining pasporti nusxasi
4. isitish tizimi, issiq suv taʼminoti tizimi va issiqlik tarmoqlarini yuvish; boshqarish bogʻlamasi, issiqlik kiritish va isitish tizimi zichlanganligi, soplolar yoki tegishli diametrdagi cheklovchi shaybalar oʻrnatilganligi haqidagi dalolatnomalar
5. ishlab chiqarish xavfsizligi ekspertizasi xulosasi
Qurilish-montaj va (yoki) sozlash-ishga tushirish tashkilotining
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma berish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI
1. Issiqlik xoʻjaligi uchun javobgar shaxsni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi;
2. Issiqlik punktining armatura raqamlari qoʻyilgan quvurlari va berkituvchi armaturalarning ijro (koʻrgazmali) sxemasi, yer osti ishlari dalolatnomalari;
3. Issiqlikdan foydalanish qurilmalarining pasport nusxasi;
4. Isitish tizimi, issiq suv taʼminoti tizimi va issiqlik tarmoqlarini yuvish; boshqarish bogʻlamasi, issiqlik kiritish va isitish tizimi zichlanganligi, soplolar yoki tegishli diametrdagi cheklovchi shaybalar oʻrnatilganligi haqidagi dalolatnomalar;
5. Ishlab chiqarish xavfsizligi ekspertizasi xulosasi.
Issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish uchun
SOʻROVNOMA
Issiqlik energiyasini hisobga olish pribori toʻgʻrisida maʼlumotlar:
1. issiqlik energiyasini hisobga olish pribori pasporti raqami:
2. issiqlik energiyasini hisobga olish priborining muvofiqlik sertifikati raqami:
3. issiqlik energiyasini hisobga olish priborining oxirgi marta qiyoslashdan oʻtkazilganligi sanasi:
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qaroriga 4-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarni (keyingi oʻrinlarda isteʼmolchilar deb ataladi) suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi quyidagilarga tatbiq etiladi:
suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarini loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini bajarishga;
loyiha-smeta hujjatlarida suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish nazarda tutilgan obyektlarga.
Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) koʻrsatmasi boʻyicha oldin suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tizimlaridan uzilgan isteʼmolchilarni qayta ulash jarayoniga tatbiq etilmaydi.
3. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzmasdan suvni yetkazib berish va oqova suvlarni qabul qilish taqiqlanadi.
4. Isteʼmolchilarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
texnik shartlarni ishlab chiqish;
suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
suvni hisobga olish priborini plombalash;
suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish;
suvni yetkazib berish va oqova suvlarni qabul qilish.
5. Isteʼmolchilarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash jarayonini amalga oshirishda:
a) suv quvurlari va kanalizatsiya xoʻjaligi tashkiloti (keyingi oʻrinlarda SQKX tashkiloti deb ataladi):
texnik shartlarni ishlab chiqadi;
loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshiradi (isteʼmolchining ixtiyoriga koʻra);
suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini texnik shartlarga muvofiqlik yuzasidan kelishadi, agar loyiha ishlab chiquvchi loyihalash tashkiloti boʻlsa;
6. Davlat xizmatlari markazlari, Byuro, SQKX tashkilotlari, loyihalash va qurilish-montaj tashkilotlari oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
7. Isteʼmolchilarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
1-§. Murojaatlarni shakllantirish va yuborish
8. Isteʼmolchilar suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
9. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi isteʼmolchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa isteʼmolchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Zarur hollarda soʻrovnomada ulanish nazarda tutilayotgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarini balansda saqlovchilarning roziligi mavjudligi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar elektron shaklda ilova qilinadi:
obyektning aholi yashash joyi hududiga nisbatan joylashishi aks ettirilgan vaziyat rejasi (tarxdan koʻchirma nusxasi);
ulanayotgan obyektning suvdan foydalanish turlari, shu jumladan, oʻt oʻchirish boʻyicha koʻrsatkichlari (subisteʼmolchilarni hisobga olgan holda) aks ettirilgan suv isteʼmoli va suvni chiqarib tashlash hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning mulkida boʻlgan suv quvurlari — kanalizatsiya tarmoqlariga ulanish uchun ruxsatnoma.
10. Isteʼmolchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq SQKX tashkilotining bank hisob raqamiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq SQKX tashkilotining bank hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
13. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
14. Isteʼmolchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan u koʻrsatilishining har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Isteʼmolchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
15. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni SQKX tashkilotiga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda soʻrovnoma avtomatik tarzda SQKX tashkilotiga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboriladi.
2-§. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish
16. SQKX tashkiloti soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida texnik shartlarni ishlab chiqadi va elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi yoxud ularni ishlab chiqishni rad etadi.
SQKX tashkiloti loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzining tijorat takliflarini hamda shartnomalari loyihalarini ham yuborish huquqiga ega.
Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi texnik shartlar hamda SQKX tashkilotining loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalari tushganidan soʻng bir soat mobaynida texnik shartlarga oʻzining muhrini bosib, isteʼmolchiga beradi.
17. Isteʼmolchining obyekti joylashgan hududda quvvati SQKX tashkiloti tomonidan isteʼmolchiga suvni yetkazib berish va undan oqova suvlarini qabul qilishni taʼminlaydigan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarining mavjud emasligi texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish uchun asos boʻladi.
Boshqa asoslarga koʻra texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
18. Ishlab chiqilgan texnik shartlar isteʼmolchining aloqa qilinadigan maʼlumotlari ilova qilingan holda loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzlarining tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etishi maqsadida loyihalash va qurilish-montaj tashkilotlarining tanishishi uchun YIDXPda joylashtiriladi.
3-§. Isteʼmolchilarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash
19. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini ishlab chiqish uchun isteʼmolchilar SQKX tashkiloti yoki boshqa loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini amalga oshirishga shartnomalar tuzish huquqiga ega.
20. Loyihalash ishlari loyihalash ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
21. Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirgandan soʻng YIDXPda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soʻrovnomani toʻldiradi va uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
Soʻrovnomaga suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi elektron shaklda ilova qilinadi.
Loyihalash tashkilotidan ushbu bandda koʻrsatilmagan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishni talab etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Soʻrovnoma suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun SQKX tashkilotiga avtomatik tarzda yuboriladi.
22. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi SQKX tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan hollarda suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish talab etilmaydi.
23. SQKX tashkiloti soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
24. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasining texnik shartlar talablaridan chetga chiqishi suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishishni rad etishga asos boʻladi.
Boshqa sabablarga koʻra suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar loyihalash tashkiloti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, qayta kelishish takroriy soʻrovnoma tushganidan soʻng bir ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini takroran koʻrib chiqishda SQKX tashkiloti tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
25. Kelishilgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi u kelishilgan kunda elektron shaklda SQKX tashkiloti tomonidan loyihalash tashkilotiga YIDXP orqali yuboriladi.
26. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun isteʼmolchilar SQKX tashkiloti yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari bilan tegishli shartnomalar tuzish huquqiga ega.
27. Qurilish-montaj ishlari qurilish-montaj ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
4-§. Suvni hisobga olish priborini plombalash, suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish, shuningdek, suvni yetkazib berish va oqova suvlarini qabul qilish
28. Suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish boʻyicha qurilish-montaj ishlari bajarilgandan soʻng amalga oshiriladi.
29. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi isteʼmolchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa isteʼmolchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Bunda, soʻrovnomada SQKX tashkiloti tomonidan tasdiqlangan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish muddati koʻrsatiladi.
Isteʼmolchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
30. Isteʼmolchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirganidan va soʻrovnomaga kiritganidan soʻng uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
31. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni SQKX tashkiloti va Byuroga suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda soʻrovnoma avtomatik tarzda SQKX tashkiloti va Byuroga suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish uchun yuboriladi.
32. SQKX tashkiloti va Byuro soʻrovnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida joyning oʻziga chiqib, tabiiy suvni hisobga olish priborini plombalash ishlarini amalga oshiradi va bu haqda uch nusxada dalolatnoma tuzadi.
Suvni hisobga olish priborini plombalash qoʻshma tasdiqlangan jadvallar asosida oldindan belgilangan vaqtda amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
33. Suvni hisobga olish pribori plombalangan kunning oʻzida SQKX tashkiloti rasmiylashtirilgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani, Byuro suvni hisobga olish priborini plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasini elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
34. Davlat xizmatlari markazi rasmiylashtirilgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma va plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma kelib tushgandan soʻng bir soat ichida bu haqida isteʼmolchini axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
35. Isteʼmolchi rasmiylashtirilgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tushganidan soʻng besh ish kuni mobaynida uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
Shartnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Isteʼmolchi tomonidan tasdiqlangan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma SQKX tashkilotiga Davlat xizmatlari markazi tomonidan (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchi tomonidan YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboriladi.
36. Isteʼmolchi suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tasdiqlashdan bosh tortganda yoki u belgilangan muddatda yuborilmaganda, suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
37. Suvni yetkazib berish va oqova suvlarni qabul qilish isteʼmolchi tomonidan oldindan toʻlov amalga oshirilgan kuni SQKX tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
38. Ulash hamda suv quvurlari kirish tarmoqlarini yuvish, kanalizatsiya quvurlarini ulash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
39. Texnik shartlarni, shu jumladan, qoʻshimcha texnik shartlarni ishlab chiqish, berish, suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihalarini kelishish, suvni hisobga olish priborini plombalash toʻlov undirilmagan holda amalga oshiriladi, davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilishi bundan mustasno.
40. Davlat xizmatlari markazlari, SQKX tashkilotlari, Byuro, loyihalash va qurilish-montaj tashkilotlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan isteʼmolchi haqidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi kerak.
41. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
42. Isteʼmolchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
43. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash
I. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish
1-bosqich
Isteʼmolchi
1. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtish.
2. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlash.
1. Xohishiga koʻra
2. Murojaat qilinganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Texnik shartlarni ishlab chiqish uchun soʻrovnomani SQKX tashkilotiga yuborish.
1. 1 soat mobaynida
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
SQKX tashkiloti
1. Texnik shartlarni ishlab chiqish va Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yuborish.
2. Loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzining tijorat takliflarini va shartnomalar loyihalarini berish huquqi.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Texnik shartlarni, shuningdek, SQKX tashkilotining loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini texnik shartlarga oʻzining muhrini bosib, isteʼmolchiga berish.
1 soat mobaynida
II. Isteʼmolchilarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash
1-bosqich
Isteʼmolchi
Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini ishlab chiqish uchun SQKX tashkiloti yoki boshqa loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalar tuzish.
Xohishiga koʻra
(texnik shartlarni olganidan soʻng)
2-bosqich
SQKX tashkiloti yoki boshqa loyihalash tashkilotlari
Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha loyihalash ishlarini amalga oshirish.
Shartnomalarda belgilangan muddatlarda
3-bosqich
Loyihalash tashkiloti
Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun YIDXPda soʻrovnomani toʻldirish.
Xohishiga koʻra
(loyihalash ishlari amalga oshirilganidan soʻng)
4-bosqich
YIDXP
Soʻrovnomani suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun SQKX tashkilotiga yuborish.
Avtomatik tarzda
5-bosqich
SQKX tashkiloti
1. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini ERI bilan tasdiqlash orqali kelishish.
2. Kelishilgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini YIDXP orqali loyihalash tashkilotiga yuborish.
3 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Isteʼmolchi
SQKX tashkiloti yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari bilan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha shartnoma tuzish.
Xohishiga koʻra
(loyiha kelishilganidan soʻng)
7-bosqich
Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari
Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.
Shartnomalarda belgilangan muddatlarda
III. Suvni hisobga olish priborini plombalash, suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish hamda suvni yetkazib berish va oqova suvlarini qabul qilish
1-bosqich
Isteʼmolchi
Suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilish.
Xohishiga koʻra
(qurilish-montaj ishlari tugatil-ganidan soʻng)
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish uchun soʻrovnomani SQKX tashkiloti va Byuroga yuborish.
1. 1 soat mobaynida
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
1. SQKX tashkiloti va Byuro
2. SQKX tashkiloti
1. Suvni hisobga olish priborini joyning oʻziga chiqib plombalash.
2. Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) rasmiylashtirilgan va plombalanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani yuborish.
2 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Isteʼmolchini suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qilish.
1 soat mobaynida
5-bosqich
Isteʼmolchi
1. Rasmiylashtirilgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tasdiqlash.
2. Tasdiqlangan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani SQKX tashkilotiga Davlat xizmatlari markazi tomonidan (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchi tomonidan YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuborish.
5 ish kuni mobaynida
6-bosqich
SQKX tashkiloti
Suvni yetkazib berish va oqova suvlarini qabul qilishni amalga oshirish.
Isteʼmolchi tomonidan oldindan toʻlov amalga oshirilgan kuni
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
1. suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzilgan sana va raqami:
(ulangan boʻlsa toʻldiriladi)
IV. Rozilik toʻgʻrisida maʼlumot:
T/r
Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarini balansda saqlovchilar — yuridik shaxslarning nomi, suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarini balansda saqlovchilar — jismoniy shaxslarning F.I.O.
Raqam
Sana
1.
Berilayotgan texnik shartlardan loyihalash va qurilish-montaj tashkilotlari kelgusida loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda oʻz tijorat takliflarini berish maqsadida tanishishi uchun texnik shartlarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirilishiga isteʼmolchining roziligi:
roziman
rozi emasman
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
__________________
(sana)
________________
(raqam)
Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun
SOʻROVNOMA
I. Kelishilayotgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasining nomi:
2. loyiha tashkilotining nomi:
3. loyiha tashkilotining STIR:
4. loyiha tashkilotining yuridik manzili:
5. suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash isteʼmoli hisobi:
II. Ilova qilinadigan hujjatlar:
1. suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi:
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish uchun
SOʻROVNOMA
Suvni hisobga olish pribori toʻgʻrisida maʼlumotlar:
1. suvni hisobga olish pribori pasporti raqami:
2. suvni hisobga olish priborining muvofiqlik sertifikati raqami:
3. SQKX tashkiloti tomonidan tasdiqlangan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish muddati
4. suvni hisobga olish priborining oxirgi marta qiyoslashdan oʻtkazilganligi sanasi:
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Energiya taʼminoti sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 5-martdagi 52-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 21-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini elektr va gaz tarmoqlariga foydalanishga tayyor holda ulash tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 2-oktabrdagi 280-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 87-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Suv taʼminoti va kanalizatsiya tashkilotlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 30-oktabrdagi 306-son qarorining 5 va 6-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y. 44-son, 560-modda), shuningdek qarorga 3-ilova.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ–2750-son qarori)” 2017-yil 1-maydagi 252-son qaroriga 1-ilovaning 18-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xuquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 37-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarori)” 2018-yil 22-yanvardagi 40-son qaroriga ilovaning 13-bandi.