OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitlarida aholini ijtimoiy himoya qilish, ichki isteʼmol bozorini himoya qilish va tovarlarni faqat respublika fuqarolariga sotish uchun sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1992-yil 10-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida aholiga soʻmlarda haq toʻlash bilan birga kuponlar boʻyicha tovarlar sotish joriy qilinsin.
4. Bolalar oziq-ovqatiga muhtoj 2 yoshgacha boʻlgan bolalarni taʼminlashni yaxshilash uchun 1992-yilning 10-yanvaridan boshlab bu tovarlarni vrach retsepti boʻyicha berish joriy qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarning bolalariga tekin bolalar ovqati berish uchun maxsus blankalarda beriladigan retseptlar, bolalar ovqatiga muhtoj boʻlgan qolgan bolalarga esa oddiy retsept blankalarida retseptlar berishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv aholiga bolalar ovqati sotishni vrach retsepti boʻyicha tashkil etsinlar.
10. Mazkur qarorni amalga oshirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida kupon sistemasini joriy qilish Respublika komissiyasining tarkibi tasdiqlansin (5-ilova
*).
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi joylarda ushbu qarorning ogʻishmay amalga oshirilishini taʼminlasinlar, buning uchun aholi oʻrtasida zarur tashkilotchilik va tushuntirish ishlarini olib borsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat teleradio qoʻmitasi, OʻzTAG, respublika gazetalari muharririyatlari ushbu qarordan kelib chiqadigan qoidalarni keng tushuntirish boʻyicha koʻrsatuvlar, eshittirishlar va materiallar turkumini tashkil etishni nazarda tutsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish komplekslarning rahbarlariga — Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosarlariga yuklatilsin.