1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5392-son Farmoniga muvofiq:
1. “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasi tashkil qilinsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazishni taʼminlash;
arxitektura-rejalashtirish va shaharsozlik yechimlari darajasini oshirish;
loyiha ishi va qurilish ishlab chiqarishini takomillashtirish, loyihalash va qurilish sohasida ilgʻor tajribani oʻrganish va ommalashtirish;
shaharsozlik faoliyati sohasida buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish.
Belgilansinki, oʻrnatilgan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari ham ushbu bandda nazarda tutilgan vazifalarni bajarish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bir oy muddatda “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasining ustavini ishlab chiqsin va uning oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovagamuvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining tuzilmalari 3 va 3.1-ilovalarga muvofiq;
qurilish boʻyicha hududiy boʻlinmalar boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlarining cheklangan soni 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb yuritiladi) markaziy apparatining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlari cheklangan soni 81 nafar etib belgilansin.
zarur boʻlganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Vazirlik va idoraviy mansub tashkilotlarning tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Vazirlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan Vazirlikning qoʻshimcha xodimlar shtat birliklarini kiritish;
Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va chet el kompaniyalarining yuqori malakali mutaxassislarini maslahatchi sifatida jalb etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ularga ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorini belgilash huquqi berilsin.
5. Belgilansinki, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori ishga qabul qilishda xodimlar maʼlumotining eng past darajasi, ishchilar kasblari boʻyicha malaka razryadlarini belgilash yuzasidan tegishli yoʻnalishda xorijiy oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan mutaxassislarga nisbatan Vazirlikda qoʻllanilishi, istisno tariqasida. tavsiyaviy xarakterga ega.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vaziri, shuningdek, uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Vazirlik tizimidagi xodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustama haqlari va qoʻshimcha toʻlovlardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan xolda Qurilish vaziri tomonidan tasdiqlanadigan qurilish sohasi xodimlari faoliyatini baholashning reyting tizimiga muvofiq aniqlanadigan mehnatdagi yuqori natijalari uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorlarda ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar amalga oshiriladi:
lavozim maoshiga nisbatan 50 foiz — 70 balldan 80 ballgacha toʻplagan xodimlarga;
lavozim maoshiga nisbatan 100 foiz — 80 balldan 90 ballgacha toʻplagan xodimlarga;
lavozim maoshiga nisbatan 200 foiz — 90 balldan 100 ballgacha toʻplagan xodimlarga.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 414-son qarorining budjetdan tashqari mablagʻlarni ishlatish qismidagi talablari Vazirlikka nisbatan joriy etilmasligi koʻrsatib oʻtilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Vazirlik va Jamgʻarma toʻgʻrisidagi nizomlarni, jumladan Jamgʻarmaning daromad manbalarini aniqlashtirgan holda, shuningdek, Vazirlik huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining tuzilmasini tasdiqlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Vazirlikning buyurtmalari boʻyicha yuklatilgan vazifalarni ijro etish uchun jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularni vaqtincha propiska qilish, turgan joyi boʻyicha hisobga olish hamda ularning uzaytirilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Vazirlikning buyurtmalari boʻyicha yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun respublikaga chet el mutaxassislarini jalb qilishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 2-aprel,
PQ-3646-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi PQ-3646-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tizimining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi PQ-3646-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2137-son qarorining 1, 2, 6 va 7-bandlari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2936-son qarorining 3-bandi hamda 1 — 7-ilovalari.