1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni koʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-sonli qaroriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Kichik tadbirkorlik subyektlarining davlat moliyaviy koʻmagidan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni koʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni koʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-sonli qarorigailovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-mart,
PQ-3634-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3634-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-sonli qaroriga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
“milliy valyutada, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida — 5 foizli punkt miqdorida”;
quyidagicha mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“milliy valyutada — yosh tadbirkorlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyasi bilan jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari hisobidan ajratiladigan imtiyozli kreditlar boʻyicha — banklar xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli punkt miqdorida”;
“3. Belgilansinki, Jamgʻarma kichik tadbirkorlik subyektlariga:
a) tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kafolatlar beradi, kuyidagilar nazarda tutilgan kreditlar bundan mustasno:
avval olingan kreditlar yoki boshqa har qanday qarzlarni qaytarish;
spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
savdo-vositachilik tashkilotlari va umumiy ovqatlanish korxonalarining aylanma mablagʻlarini shakllantirish;
savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish obyektlari qurilishini moliyalashtirish;
tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyinlari va boshqa oʻyinlarni tashkil etish, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar xarid qilish.
b) tijorat banklarining kuyidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini qoplashga kompensatsiyalar beradi:
qishloq xoʻjaligida, birinchi navbatda, energiya samarador zamonaviy issiqxonalarni tashkil etishga, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, uzumchilik va bogʻdorchilikni, shu jumladan intensiv bogʻlarni rivojlantirishga;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida, meva- sabzavot mahsulotlarini saqlash boʻyicha infratuzilma va ushbu mahsulotlarni transportda tashish bilan bogʻlik logistika markazlarini tashkil etishga;
koʻp kvartirali uylarda umumiy foydalaniladigan joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan obodonlashtirish va taʼmirlashga yoʻnaltirilgan loyihalar;
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni koʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha Kengash (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha kengash) belgilaydigan tadbirkorlik faoliyatining boshqa yoʻnalishlaridagi loyihalar”.
3. Quyidagicha mazmundagi 31 bandi bilan toʻldirilsin:
“31 Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Jamgʻarma tomonidan taqdim etiladigan kafolatlarning maksimal umumiy miqdori Jamgʻarma mablagʻlarining 10 barobari miqdoridan oshmasligi kerak”.
4. 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “(keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Quyidagicha mazmundagi 51-bandi bilan toʻldirilsin:
“51. Jamgʻarma Toshkent shahri, Qoratosh koʻchasi, 1-uy, (7-qavat) manzili boʻyicha begʻaraz foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin va Oʻzbekiston Banklari assotsiatsiyasining “Moliya Binokor Xizmat” shuʼba korxonasi Jamgʻarmaga begʻaraz taqdim etilgan xizmat binosi boʻyicha yagona soliq toʻlovidan ozod etilsin”.
6. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha Kengash TARKIBI
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari-moliya vaziri, Kengash raisi
T.A. Ishmetov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari
M.M. Mirzayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari
U.U. Butayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari
A.R. Karimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari
B.M. Nizomov
—
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining oʻrinbosari
N.Sh. Sharipov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yigʻma axborot-tahlil departamentining Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari shuʼbasi mudiri, Kengash kotibi
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar uning tarkibiga kiritiladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 07/18/3634/0973-son)