Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/3-son qarori (roʻyxat raqami 1545, 2006-yil 14-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“1” kichik banddagi “Hisob, hisobot va hisob-kitoblar boshqarmasi boʻlimi” degan soʻzlar “Buxgalteriya hisobi, hisoboti va moliyaviy-iqtisodiy faoliyat boshqarmasi markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“2) Markaziy bankning Toʻlov markazi — Markaziy bankning banklararo va filiallararo toʻlovlarini yagona balans tartibida oʻtishini taʼminlovchi axborot tizimi;”.
2.
13-banddagi “Toʻlov tizimi va axborot texnologiyalari departamentiga” degan soʻzlar “Toʻlov tizimlari va axborot texnologiyalari departamentiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“1” kichik banddagi “Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti” degan soʻzlar “Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“5” kichik banddagi “Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamentining” degan soʻzlar “Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamentining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4. 33-band “2” kichik bandining
birinchi xatboshisidagi “Markaziy bankning maʼlumotlarni qayta ishlash boʻlimida” degan soʻzlar “Markaziy bankning Toʻlov markazida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 34-band “2” kichik bandining
birinchi xatboshisidagi “Markaziy bankning maʼlumotlarni qayta ishlash boʻlimida” degan soʻzlar “Markaziy bankning Toʻlov markazida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6.
1-ilovadagi “MB maʼlumotlarni qayta ishlash boʻlimi” degan soʻzlar “MB Toʻlov markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.