toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2320-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2011-yil 31-dekabrdagi 38/1 va 89-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2320, 2012-yil 1-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 5-son, 54-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-mart,
322-V-1-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-mart,
63-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2018-y., 10/18/2320-1/0945-son)