toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI TIZIMI UChUN DARSLIKLAR VA OʻQUV ADABIYoTLARINING YaNGI AVLODINI YaRATISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-martdagi 80-sonli “2009 — 2013-yillarda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini nashr etish dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, taʼlimning belgilangan standartlari va zamonaviy talablariga javob beradigan darsliklar va oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini shakllantirish, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarni muntazam ravishda nashr etish, yangilab borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Uzluksiz taʼlim tizimi uchun yangi oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari yaratishga tayyorgarlik koʻrish, ularni qayta koʻrib chiqish va yaratishni muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan 2001—2006-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar va oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish dasturi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
darsliklar va oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini tayyorlash va nashr etish jadvali 1-ilovaga* muvofiq;
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun 2002-yilda nashr etiladigan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan 2006-yilgacha nashr etiladigan darsliklar miqdoridan kelib chiqqan holda joriy yilda nashr etish moʻljallangan darsliklar va oʻquv adabiyotlarining aniq roʻyxatini har yili aniqlasin va koʻrib chiqish uchun Hukumat komissiyasiga kiritsin.
3. Uzluksiz taʼlim tizimi uchun yangi oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari yaratishga tayyorgarlik koʻrish, ularni qayta koʻrib chiqish va yaratishni muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish boʻyicha Hukumat komissiyasi:
mualliflarni yuqori malakali olimlar, amaliyotchilar va mutaxassislardan tanlov asosida tanlanishiga;
darsliklar qoʻlyozmalarining taʼlimning belgilangan standartlariga va zamonaviy metodik talablarga muvofiqligi yuzasidan mustaqil ekspertizadan oʻtkazilishi tashkil etilishiga;
oʻquv va metodik adabiyotlarni tayyorlashning, shu jumladan masofadan turib oʻqitishda foydalanish uchun multimediya tizimlari, kompyuter texnologiyalari va boshqa zamonaviy usullaridan keng foydalanilishiga alohida eʼtiborni qaratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda:
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-avgustdagi 305-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 15-16-son, 125-modda)
darsliklar aholining turli tabaqalari uchun mumkin qadar arzon boʻlishini taʼminlovchi narxlarni shakllantirish maqsadida darsliklarning yangi avlodini tayyorlayotgan va nashr etayotgan nashriyotlarga soliq imtiyozlari va preferensiylar berish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
2002-yildan boshlab oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalarining kutubxona fondini 15 foizga toʻldirib borish uchun har yili budjet mablagʻlari ajratishni nazarda tutsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklarning yangi avlodini yaratish xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bajarish boʻyicha tadbirlarni roʻyobga chiqarish uchun nazarda tutilgan davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda darsliklar va oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va nashr etishni mablagʻ bilan taʼminlash uchun chet el grantlari hamda imtiyozli kreditlar jalb etilishini taʼminlasinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-avgustdagi 305-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 15-16-son, 125-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Sharq” aksiyadorlik kompaniyasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi buyurtmanomalariga muvofiq akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklarning toʻliq nashr qilinishini taʼminlasinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-avgustdagi 305-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 15-16-son, 125-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-noyabrdagi 548-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 47-son, 485-modda)
9. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklarni sotish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda darsliklar aholining barcha tabaqalari uchun mumkin qadar arzon boʻlishini taʼminlash maqsadida oʻquv adabiyotlari narxlarining shakllantirilishi ustidan muntazam ravishda qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari H.S. Karomatov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 16-avgust,
341-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 15-16-son, 103-modda; 2002-y., 15-16-son, 125-modda; 2004-y., 47-son, 485-modda)