|
T/r |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari |
Mas’ul bajaruvchilar |
|
I. Normativ-huquqiy bazani ta’minlash |
|||
|
1. |
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron savdolarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish. |
2018-yil 20-aprel |
Davlat raqobat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
II. Elektron savdolarni o‘tkazish bo‘yicha dasturiy kompleksni joriy etish |
|||
|
2. |
“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasining dasturiy kompleksi bilan uyg‘unlashtirilgan tegishli dasturiy modullarni yaratish yuzasidan texnik topshiriqni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2018-yil 15-aprel |
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK, Davlat raqobat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
3. |
Ko‘chmas mulk davlat obyektlarini va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondidagi davlat ulushlarini sotish, shuningdek, jismoniy shaxslar va nodavlat tashkilotlari tomonidan davlat mulki bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlarini “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida sotish yuzasidan onlayn-auksionlar o‘tkazish uchun tegishli dasturiy modullarni ishlab chiqish. |
2018-yil 10-may |
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi |
|
4. |
Davlat mulkini “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida ijaraga berish yuzasidan onlayn-auksionlar o‘tkazish uchun tegishli dasturiy modullarni ishlab chiqish. |
2018-yil 1-iyun |
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi |
|
5. |
Ko‘chmas mulk davlat obyektlarini va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondidagi davlat ulushlarini sotish, shuningdek, Davlat mulkini “E-auksion” elektron savdo platformasida ijaraga berish yuzasidan onlayn-auksionlar o‘tkazish uchun dasturiy modullarni ularning axborot xavfsizligi talablariga va elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish. |
Dasturiy modullarni ishlab chiqish yakunlari bo‘yicha bir oy muddatda |
Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ |
|
6. |
Elektron savdolar o‘tkazish yuzasidan elektron xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK bilan shartnoma tuzish. |
2018-yil 15-aprel |
Davlat raqobat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi |
|
7. |
Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan elektron savdolar natijalari asosida hamda ularning samaradorligi tahlilini hisobga olgan holda butun respublika bo‘yicha davlat aktivlarini elektron savdolar orqali sotish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi takliflar kiritish. |
2018-yil 1-oktabr |
Davlat raqobat qo‘mitasi, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
III. Davlat mulki obyektlarini elektron savdolarga qo‘yish |
|||
|
8. |
Ko‘chmas mulk obyektlarini, shu jumladan “nol” xarid qiymati bo‘yicha, shuningdek, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondidagi davlat ulushlarini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qo‘yish. |
2018-yil 10-may |
Davlat raqobat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK |
|
9. |
Ijaraga beriladigan davlat mulkini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qo‘yish. |
2018-yil 1-iyul |
Davlat raqobat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK |
|
10. |
Toshkent viloyatida davlat aktivlarini sotish va ijaraga berish yuzasidan onlayn-auksionlarda ishtirok etish imkoniyatlarini ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmog‘ida yoritish. |
2018-yil aprel — avgust |
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Toshkent viloyati hokimligi |