1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.07.00 Alohida tarmoqlarda hisob;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 17-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2169-2]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomagailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-mart,
45-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 1-martdagi 45-son buyrugʻiga ILOVA
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatida buxgalteriya hisobi boʻysunuvidagi quyi muassasalar kesimida alohida mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq yuritiladi.”.
“82. Asosiy vositalarning butligi ustidan nazoratni yoʻlga qoʻyish va ularning hisobini tashkil etish uchun har bir obyekt (predmet)ga, kutubxona fondlaridan tashqari, oʻn belgidan iborat inventar raqami beriladi.
Bunda, dastlabki uch belgi subschyotni bildiradi, toʻrtinchi va beshinchi belgi — guruhni, qolgan besh belgi esa, predmetning guruhdagi tartib raqamini bildiradi. Guruhlar ajratilmagan subschyotlar boʻyicha esa, toʻrtinchi va beshinchi belgi “Nol” bilan belgilanadi.
Masalan, 0100000001 — inventar raqamida 010 “Turarjoy imoratlar” subschyotini, 001 — obyektning tartib raqamini bildiradi;
0131000001 — inventar raqamida 013 “Mashina va jihozlar” subschyotini, 10-guruh — xoʻjalik inventari, 00001 — predmetning tartib raqamini bildiradi.”.
“112. Tashkilotlar asosiy vositalarining eskirishi mazkur Yoʻriqnomaning 63-ilovasiga muvofiq budjet tashkilotlari asosiy vositalarining yillik eskirish meʼyorlaridan (keyingi oʻrinlarda eskirish meʼyorlari deb yuritiladi) kelib chiqqan holda, har yili aniqlanadi va har oyda shu tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi.
Bunda eskirish meʼyorlari asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi.”.
“116. Eskirish quyidagi asosiy vositalar boʻyicha aniqlanmaydi: arxitektura va sanʼatning noyob yodgorliklari boʻlgan imoratlar va inshootlar, kabinet va laboratoriyalarda joylashgan oʻquv ishlari va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan jihozlar, eksponatlar, nusxalar, amaldagi va amal qilmayotgan modellar, maketlar va boshqa koʻrgazmali qoʻllanmalar, mahsuldor qora mollar, qoʻtoslar, hayvonot olami eksponatlari (hayvonot bogʻi va shunga oʻxshash tashkilotlarda), foydalanish mumkin boʻlgan yoshga yetmagan koʻp yillik koʻchatlar, kutubxona fondlari, filmlar fondi, sahnaga qoʻyish uskunalari, badiiy va muzey buyumlari, qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagan kapital qurilish obyektlari yoki uning qismlari hamda tugallanmagan qurilishlar.”.
5. Quyidagi mazmundagi 1181-band bilan toʻldirilsin:
“1181. Mavsumiy tusga ega budjet tashkilotlarida foydalanilayotgan asosiy vositalar boʻyicha eskirish summasi 118-bandda belgilangan tartibda aniqlanadi.”.
6. 210-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Kelgusida ishlab chiqarish jarayonida foydalanish mumkin boʻlgan chiqindilarning kirim qilinishi 06 “Boshqa tovar-moddiy zaxiralar” va boshqa schyotlarning tegishli subschyotlari debetida va 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyoti kreditida aks ettiriladi.”.
7. 231-bandning ikkinchi xatboshisidagi “15 va boshqa” degan soʻzlar “15, 23 va boshqa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. Quyidagi mazmundagi 2351 — 2358- bandlar bilan toʻldirilsin:
“2351. Quyidagi hollarda hisobot choragining soʻnggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasida boʻshab qolgan mablagʻlar tejab qolingan hisoblanmaydi va tegishli budjetga qaytarilishi yoki tegishli budjetda qolishi kerak:
budjet tashkilotlarining tarmogʻi, shtatlari va kontingentlari boʻyicha reja bajarilmaganda;
budjet tashkilotlarining tasdiqlangan shtat jadvalida nazarda tutilgan shtat birliklari toʻldirilmaganda;
kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar moliya yili yakuni boʻyicha toʻliq oʻzlashtirilmaganda;
budjet tashkilotlari faoliyati toʻxtatib turilganda — toʻxtatib turilgan davr uchun;
budjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan, davlat moliyaviy nazorati boʻyicha tadbirlar davomida aniqlangan ortiqcha va qonunga xilof ravishda budjetdan ajratilgan mablagʻlarning summalari;
qonun hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar miqdorlarining qisqartirilishi summalari;
moliya yili boshiga tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaxiralarining summalari;
dotatsiyalar va subsidiyalarni toʻlash uchun moʻljallanib, ammo zarurati qolmagan summalar.
2352. Xodimlar sonining toʻldirilmaganligi natijasida boʻshab qolgan mablagʻlardan bir yoʻla bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganligi, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmining ortganligi, oʻzining asosiy ishi bilan birga, ishda vaqtincha boʻlmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun qoʻshimchalar belgilashga, shuningdek homiladorlik, tugʻish va mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini (vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari) toʻlash uchun foydalanilishi mumkin.
2353. Budjet tashkilotlarining moliya yilida foydalanilmay qolgan budjetdan tashqari mablagʻlari keyingi moliya yiliga oʻtadi hamda ulardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi. Oʻtgan moliya yilida foydalanilmay qolgan budjetdan tashqari mablagʻlar keyingi moliya yilida qayta taqsimlanmay oʻsha maqsadlarda foydalaniladi.
2354. Budjet tashkiloti qayta tashkil etilgan (qoʻshib yuborilgan, qoʻshib olingan, oʻzgartirilgan) hollarda, budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha hisobvaraqlaridagi (shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi) qoldiq mablagʻlar qayta tashkil etilgan budjet tashkiloti tasarrufida qoladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
2355. Budjet tashkiloti boʻlish yoki uning tarkibidan bir yoxud bir necha budjet tashkilotini ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilganda budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha hisobvaraqlaridagi (shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi) qoldiq mablagʻlar qayta tashkil etilgan budjet tashkilotlari boʻyicha mutanosib ravishda taqsimlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
2356. Budjet tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlash xarajatlari toʻxtatilgan hollarda, budjetdan tashqari mablagʻlar qoldigʻi mazkur tashkilot tasarrufida qoladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
2357. Tugatilgan budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha hisobvaraqlaridagi (shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi) mablagʻlar qoldigʻi belgilangan tartibda tegishli budjet daromadlariga oʻtkaziladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
2358. Budjet tashkilotlarining hisobvaraqlariga (shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga) notoʻgʻri kelib tushgan mablagʻlar qaytarilishi budjet tashkiloti tomonidan toʻlovchi murojaat qilgan kundan boshlab oʻn bank kuni mobaynida amalga oshiriladi.”.
9. 275-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarma, Respublika yoʻl jamgʻarmasi” degan soʻzlar “davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 296-banddagi “hisob-kitoblar, jumladan, markazlashgan tartibda berilgan moddiy aktivlarga” degan soʻzlar “hisob-kitoblarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 297-banddan ikkinchi va uchinchi jumlalar chiqarib tashlansin.
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ishlab chiqarilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxiga kiritilmaydigan davr xarajatlari 211 “Davr xarajatlari” subschyoti debeti va sarf-xarajatlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar kreditida aks ettiriladi.”;