toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.11.2020
Hujjat 17.03.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 17-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2775-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 17-noyabrdagi 51-son va Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 9-noyabrdagi 2020-39-sonli ““Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2775-3, 30.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 3-martdagi 10, 2016-06-son qarori (roʻyxat raqami 2775, 2016-yil 7-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 14-son, 135-modda) bilan tasdiqlangan Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-mart,
39-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-mart,
2018-22-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 1-martdagi 39 va 2018-22-son qaroriga
ILOVA
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summani soliq toʻlovchining bankdagi hisob varagʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadan “yozma” degan soʻz chiqarib tashlansin.
birinchi xatboshidan “yozma” degan soʻz chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “yozma ariza” degan soʻzlar “ariza” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 5-banddagi “yigirma kun” degan soʻzlar “oʻn besh ish kuni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 6-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish toʻgʻrisidagi yozma shaklda yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida yuborilgan arizani (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) soliq toʻlovchi tomonidan hududiy davlat soliq boshqarmasiga (bundan buyon matnda DSB deb yuritiladi) quyidagi hujjatlar uch nusxada ilova qilingan holda taqdim etiladi:”.
birinchi xatboshidagi “toʻrt” degan soʻz “uch” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “erkin muomaladagi” degan soʻzlar “milliy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
6. 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “DSIga toʻrt nusxada” degan soʻzlar “DSBga uch nusxada” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishlicha birinchi va ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
birinchi xatboshidagi “hujjatlar toʻplamiga DSI” degan soʻzlar “ariza va ilova qilinadigan hujjatlarga (bundan buyon matnda hujjatlar toʻplami deb yuritiladi) DSB” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 10-banddagi “DSI” qisqartmasi “DSB” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
9. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga (bundan buyon matnda Davlat soliq qoʻmitasi deb yuritiladi) berishga qaror qabul qilinganda DSB soliq toʻlovchining arizasi olingan kundan boshlab 3 ish kunidan kechiktirmay:
soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga qaytariladigan QQSning ortiqcha summasi hisob-kitobining barcha nusxalarini tasdiqlaydi;
ushbu Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda QQSning ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi xulosani (bundan buyon matnda Xulosa deb yuritiladi) rasmiylashtiradi va uni keyinchalik koʻrib chiqish uchun Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etadi.
Davlat soliq qoʻmitasiga yuborilayotgan Xulosaga soliq toʻlovchi taqdim etgan hujjatlarning ikki nusxasi tegishli roʻyxat bilan birgalikda ilova qilinadi. Hujjatlarning bir nusxasi DSBda saqlash uchun qoldiriladi.
Bunda soliq toʻlovchidan hujjatlar toʻplamini qabul qilgan DSB Xulosaga ilova qilinayotgan hujjatlarning barcha nusxalarining aynan bir xilligi, shuningdek ularning butligi uchun javobgar hisoblanadi.”.
10. 12-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
birinchi xatboshidagi “davlat soliq boshqarmasi tomonidan kelishilgan Xulosa olingan kundan boshlab 4 ish” degan soʻzlar “DSB tomonidan kelishilgan Xulosa olingan kundan boshlab 6 ish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “davlat soliq boshqarmasi” degan soʻzlar “DSB” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
12. 15-bandning ikkinchi xatboshisidagi “6” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin.
13. 16-bandning ikkinchi xatboshisidagi “DSI” qisqartmasi “DSB” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
14. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Agar rad etish toʻgʻrisidagi qaror DSB tomonidan qabul qilingan boʻlsa, rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma soliq toʻlovchiga rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida yuboriladi.
Agar rad etish toʻgʻrisidagi qaror Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan boʻlsa, rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida DSBga yuboriladi, DSB oʻz navbatida rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomaning koʻchirma nusxasini olgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida uning koʻchirma nusxasini soliq toʻlovchiga yuboradi.
Agar rad etish toʻgʻrisidagi qaror Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan boʻlsa, Moliya vazirligi rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida Davlat soliq qoʻmitasiga yuboradi. Davlat soliq qoʻmitasi rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida uning koʻchirma nusxasini DSBga yuboradi, DSB oʻz navbatida rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomaning koʻchirma nusxasini olgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida uning koʻchirma nusxasini soliq toʻlovchiga yuboradi.”.
15. 20-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tegishli davlat soliq boshqarmasi va DSIni” degan soʻzlar “tegishli DSBni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. 1-ilovaning 4-bandidagi “OKONX” qisqartmasi “IFUT” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
17. 4, 4a, 4b va 5-ilovalardagi “DSI” qisqartmasi “DSB” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
18. 6 va 7-ilovalar mazkur oʻzgartirishlarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summani soliq toʻlovchining bankdagi hisob varagʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
1-ILOVA
“Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summani soliq toʻlovchining bankdagi hisob varagʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

Nol darajali stavkani qoʻllash

natijasida hosil boʻlgan QQSni qaytarish uchun

_________________________________________ taqdim

(korxona nomi)


qilingan hujjatlar toʻplamining
TEXNIK YOʻNALISh QOGʻOZI


T/r

Idora (tashkilot)ning

nomi

Hujjat

raqami

va kelib

tushish

sanasi

Hujjatlar

toʻplamini

qabul qilib

oluvchi

shaxsning

lavozimi

va F.I.O.

Hujjatlar

toʻplamini

ijrochiga

berish

sanasi

Hujjatlar

toʻplamini

olgan

ijrochining

F.I.O. va

imzosi

Hujjatlarni

keyinchalik

qayta

ishlashga

berish sanasi

Hujjatlarni

koʻrib

chiqishning

kechikish

sababi

1.

Davlat soliq boshqarmasi
(3 ish kuni)

2.

Davlat soliq qoʻmitasi

(6 ish kuni)

3.

Moliya vazirligi
(6 ish kuni), shu jumladan:

3.1.

Tarmoq boshqarmasi

(4 ish kuni)

3.2.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi

(2 ish kuni)

”.

Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summani soliq toʻlovchining bankdagi hisob varagʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
2-ILOVA
“Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summani soliq toʻlovchining bankdagi hisob varagʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan nizomga
7-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”
‎Oʻzbekiston Respublikasi ‎Davlat
‎soliq qoʻmitasi raisining ‎oʻrinbosari

‎_____________________________________
‎_____________________________________
20___ y. “___” ________________

‎‎
‎_____ -son X U L O S A

‎‎‎‎________________________________________________________________________________________________
(xulosa bergan DSB nomi)
‎___________________________________________________________________________________ arizasi boʻyicha
‎(korxona nomi)

________________‎ STIR ________________________________________________________________________


‎nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan, qaytariladigan QQSning ortiqcha summasi ______________ ____________________________________________________________________________________________ uchun
‎(davr)

taqdim qilingan hujjatlarni tekshirish asosida toʻlovchida 20__ y. _______________ holatiga qaytariladigan QQSning ortiqcha summasi __________________________________________________________________________

‎‎(raqam bilan)

________________________________________________________________________________________ soʻm hosil
‎(soʻz bilan)

‎‎boʻlganligi aniqlandi.
‎‎DSB boshligʻi

‎‎____________________________________________
‎(F.I.O)

‎‎______________ ‎(imzo)

20___ yil “____” __________________

‎‎M.Oʻ.‎”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 10/18/2775-1/0915-son)