OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni
51-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-fevraldagi 81-son qarori bilan tasdiqlangan 2018-yil uchun Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2017-yil 9-noyabrdagi 6-mb-son “2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 2956, 2017-yil 19-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2017-y., 10/17/2956/0429-son)
ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
1.
1-banddagi “103” raqami “105” raqami bilan almashtirilsin.
2.
18-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning
1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning
2 va
3-ilovalariga muvofiq tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasidan chet elga yoʻnaltirilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot shakli (104-ilova) va Respublikadagi madaniy meros obyektlari toʻgʻrisida hisobot shakli (105-ilova) bilan toʻldirilsin.
Import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida hisobot (
18-ilova)
Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasidan chet elga yoʻnaltirilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot (
104-ilova)
Respublikadagi madaniy meros obyektlari toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (
105-ilova)