1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 Sanʼat va madaniyatning boshqa turlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi boʻlgan milliy maqom sanʼati oʻzining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy anʼanalari bilan maʼnaviy hayotimizda alohida muhim oʻrin egallaydi.
Asrlar davomida ulugʻ shoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoiyligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan ushbu noyob sanʼat nafaqat yurtimiz va sharq mamlakatlarida, balki dunyo miqyosida katta shuhrat va eʼtibor qozongan. Maqom sanʼatining gultoji boʻlgan “Shashmaqom” YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatda eʼtirof etilgani hamda uning Reprezentativ roʻyxatiga kiritilgani buning yaqqol tasdigʻidir.
Oʻtgan davr mobaynida mamlakatimizda maqom sanʼatini oʻrganish va rivojlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, oʻzbek “Shashmaqomi” nota matnlarining nashr etilishi va ularga muvofiq ravishda maqom kuy-qoʻshiqlarining magnit lentalarga yozib olinishi ulkan ilmiy-madaniy ahamiyatga ega voqea boʻldi.
Hozirgi kunda yurtimizda Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli, hududlarda maqom jamoalari, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida shu yoʻnalishda maxsus kafedra faoliyat koʻrsatayotgani, sohaga oid ilmiy izlanishlar olib borilayotganini qayd etish lozim.
Ayni vaqtda milliy oʻzligimizni anglash, madaniyatimizni har tomonlama rivojlantirish, xalqimiz, avvalo, yosh avlodimizni yuksak insoniy tuygʻular ruhida tarbiyalash, uning estetik didi va tafakkurini shakllantirishda maqom sanʼatining keng imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmayapti.
Mazkur yoʻnalishda chuqur ilmiy-nazariy tadqiqotlar, oʻquv-uslubiy adabiyotlar yaratish, maqom sanʼatini radio-televideniye, ommaviy axborot vositalari, Internet tarmogʻi orqali mamlakatimizda va chet ellarda targʻib etish, maqom ustozlari, soha olimlari va mutaxassislarining, iqtidorli va istiqbolli yosh ijrochilar faoliyatini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash ishlari eʼtibordan chetda qolib kelmoqda.
Yuqorida zikr etilgan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, oʻzbek maqom sanʼatini chuqur oʻrganib, oʻziga xos ijro maktablari va anʼanalarni yangi bosqichda ravnaq toptirish, uning “oltin fondi”ni yaratish va boyitish, xalqaro nufuzini oshirish va keng targʻib qilish maqsadida:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.10.00 Tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, musiqa]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining davlat muassasasi shaklida Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi (keyingi oʻrinlarda — Maqom markazi) faoliyatini tashkil etish haqidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga;
Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga;
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining tarkibiy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.10.00 Tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, musiqa]
3. Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekistonda maqom sanʼatini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablari va anʼanalarni, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini chuqur ilmiy asosda oʻrganish va qayta tiklash;
oʻzbek maqom sanʼati mumtoz va zamonaviy ijro namunalarining “oltin fondi”ni yaratish;
xalqimiz, xususan, yosh avlodni maqom sanʼati bilan keng tanishtirish orqali ularda milliy oʻzlikni anglash tuygʻusi yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptirish;
maqom sanʼati boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va targʻib qilish boʻyicha xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
mumtoz musiqa merosimiz namunalarini notaga olish, mavjud yozuvlarni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish, maqom sanʼatining ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bogʻliq jihatlarini yurtimiz olimlari va chet ellik mutaxassislar ishtirokida chuqur oʻrganib, yangi ilmiy tadqiqotlar yaratish;
maqom sanʼatining koʻp asrlik ijro yoʻllarini puxta oʻzlashtirib, ularni yangicha usullar bilan boyitib, yosh avlod vakillariga oʻrgatib kelayotgan maqomchilar, maqomshunos ilmiy-pedagog olimlar va mutaxassislar, Maqom markazi xodimlari faoliyatini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
Yurtimizda maqom sanʼati boʻyicha xorijiy yetuk ijrochilarning oʻzaro tajriba almashuvi, mahorat darslari hamda turli xalqaro maqom anjumanlari va tanlovlarini tashkil etish;
respublika hududlarida taniqli maqom ijrochilarining konsertlarini va mahorat darslarini tashkillashtirish;
maqom sanʼatini radio-televideniye, ommaviy axborot vositalari va Internet orqali Oʻzbekiston va chet ellarda keng targʻib etish.
4. Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining Musiqiy sharqshunosliq kafedrasi negizida “Oʻzbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasini tashkil etish, viloyatlardagi pedagogik oliy taʼlim muassasalarining musiqiy taʼlim yoʻnalishida maqom sanʼatini maxsus fan sifatida oʻqitishni joriy etish;
mazkur taʼlim muassasalariga malakali mutaxassislar, professor-oʻqituvchilarni jalb etish, ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, tegishli darslik, oʻquv qoʻllanma va ilmiy-uslubiy adabiyotlar bilan taʼminlash;
respublikadagi mavjud bolalar musiqa va sanʼat maktablari xamda madaniyat va sanʼat kollejlari va akademik litseylarda maqom sanʼatini oʻqitish boʻyicha boʻlimlar faoliyatini yanada kuchaytirish;
maqom sanʼatining ijodiy, ilmiy-uslubiy va ijro anʼanalarini puxta oʻzlashtirish va munosib davom ettirish maqsadida, taʼlim muassasalariga mohir maqomchi sanʼatkorlarni biriktirish va shu asosda “ustoz-shogird” maktablarini tashkil etish vazifasi topshirilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.10.00 Tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, musiqa]
5. 2018-yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom sanʼati anjumanini oʻtkazish belgilansin.
Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi, Qurilish vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda, 6 oy muddatda Shahrisabz shahrining Oqsaroy maydonida mazkur anjumanni oʻtkazish uchun zarur madaniy infratuzilma inshootlarini barpo etish boʻyicha takliflar kiritish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Xalqaro maqom sanʼati anjumanining ilmiy-ijodiy konsepsiyasi va Nizomini ishlab chiqish;
Oqsaroy maydonining tarixiy qismida maqom sanʼatiga bagʻishlangan muzey va milliy sozlar laboratoriyasini tashkil etish;
Shahrisabz shahar madaniyat saroyini kapital taʼmirlash, hozirgi vaqtda Oqsaroy maydonidagi mavjud Maqom markazi hamda bolalar musiqa va sanʼat maktabi faoliyatlarini takomillashtirish;
Xalqaro maqom sanʼati anjumanini yuksak saviyada oʻtkazish uchun xorijiy davlatlardan taniqli musiqashunos olimlar, sanʼatkorlar, ijodiy jamoalar va mutaxassislarni taklif etish;
2018-yildan boshlab sohada faol ijod qilayotgan sanʼatkorlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida “Eng yaxshi maqom xonandasi”, “Eng yaxshi maqom sozandasi”, “Eng yaxshi maqom ustozi”, “Eng yaxshi maqom targʻibotchisi”, “Eng yaxshi yosh maqomchi” kabi nominatsiyalar boʻyicha mukofotlar taʼsis etish;
Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
6. Maqom markazi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Toshkent radioeshittirish uyi” binosiga ijara toʻlovisiz vaqtincha joylashtirilsin. (Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli koʻchasi 49-uy.)
Madaniyat vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Toshkent shahar hokimligi 1 oy muddatda Maqom markazi uchun zamonaviy talablarga javob beradigan loyiha asosida yangi bino qurish boʻyicha taklif kiritsin.
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi oʻz tizimi uchun budjetdan ajratilgan yillik mablagʻlari doirasida doimiy ravishda “Toshkent radioeshittirish uyi”da ovoz yozish studiyalari va texnik vositalardan Maqom markazi uchun bepul foydalanish va Maqom ansambli tomonidan ijro etiladigan musiqiy asarlarni yozib olish, efirga berish va targʻibot qilishni taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.06.00 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.10.00 Tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, musiqa]
7. Maqom yoʻnalishida ijod qilib kelayotgan ijodiy jamoalar, ansambllar 2023-yilgacha barcha soliq toʻlovlaridan ozod etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.
Maqom markaziga 1 ta yengil avtomobil va 1 ta avtobus harid qilish uchun mablagʻlar ajratsin.
“Toshkent radioeshittirish uyi”da Maqom markaziga ajratilgan xonalarni joriy taʼmirlash uchun mablagʻ ajratsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.10.00 Tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, musiqa]
Maqom sanʼatini tadqiq qilish bilan bogʻliq ilmiy izlanishlar, oʻquv qoʻllanmalar, tarjimalar, ilmiy va uslubiy adabiyotlarni nashr qilish harajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida ijtimoiy sohaga nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtirilishini taʼminlasin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.10.00 Tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, musiqa]
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazini moliyalashtirish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladigan hududiy boʻlimlarini saqlab turish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, oʻz daromadlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
9. Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari uch oy muddatda viloyatlarda Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan hududiy boʻlimlarini tashkil etsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga maqom sanʼatini rivojlantirish va targʻib qilish boʻyicha xorijiy davlatlar bilan olib boriladigan barcha hamkorlik ishlarini oʻrnatilgan tartibda tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatsin.
11. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi maqom sanʼatini rivojlantirish boʻyicha bajarilgan ishlarni muntazam ravishda yoritib borish maqsadida alohida dastur ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda, bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-noyabr,
PQ-3391-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi
Sultonov X.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi
Mamatov R.
—
Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri
Sayfullayev B.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri
Saidova G.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri
Xadjayev B.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri
Davletov R.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri
Majidov I.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
Inoyatov U.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri
Komilov A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
Abduhalimov B.
—
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti
Boltabayev M.
—
Oʻzbekiston Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori
Usmanov R.
—
Toshkent shahar hokimi
Roʻziyev 3.
—
Qashqadaryo viloyati hokimi
Xadjayev A.
—
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.v.b.
Koʻchimov A.
—
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori
Tangriyev L.
—
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori
Abdullayev R.
—
Oʻzbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi raisi
Axmedov M.
—
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
Qodirov A.
—
Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari
Zakirov B.
—
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi
IsmoilovA.
—
Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli badiiy rahbari
Ibrohimov O.
—
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti yetakchi ilmiy xodimi
Begmatov S.
—
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi professori
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarini bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining Ustavini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlash.
2017-yil
noyabr
Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi
2.
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining shtatlar jadvalini ishlab chiqish va uni tasdiqlash, bunda konsert va ilmiy-tadqiqot muassasalar tashkilotlari xodimlari meqnatiga haq toʻlash tartibini qoʻllashni nazarda tutgan holda joriy etish.
2017-yil dekabr
Madaniyat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Moliya vazirligi,
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
3.
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi xodimlarining faoliyat yoʻnalishlari va funksiyalarini belgilash boʻyicha lavozim yoʻriqnomasini ishlab chiqish.
2017-yil noyabr
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
4.
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazida faoliyat olib boradigan ustozlar va ilmiy xodimlar tarkibini shakllantirish;
maqom sanʼatining keng miqyosdagi targʻibotini amalga oshirish maqsadida sharq xalqlari musiqa sanʼati namunalari va yetuk namoyandalarining konsertlari hamda mahorat darslarini tashkil etish.
2017-yil oktabr
muntazam
Madaniyat vazirligi, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
5.
Viloyatlarda Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining hududiy boʻlimlarini tashkil etish boʻyicha Respublika komissiyasiga taklif tayyorlash.
2019-yil
noyabr
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari
6.
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi joylashgan binoning markazga ajratilgai qismini taʼmirlash va zarur mebel, inventarlar hamda uskunalar bilan jihozlash.
2017-yil noyabr
Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
7.
Milliy musiqa cholgʻularida parda tizimini muvofiqlashtirish va sadolarini asl holiga keltirish, markazda cholgʻularning akustik xususiyatlarini oʻrganish va rivojlayatirish maqsadida xorijiy davlatlardan maxsus anjomlarni keltirish.
2017-yil dekabr
Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
8.
Oʻzbekiston Badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi tarkibida faoliyat yuritayotgan Yu. Rajabiy nomidagi “Maqom” ansamblini Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi tarkibiga oʻtkazish.
2017-yil noyabr
Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi
9.
Yunus Rajabiy nomidagi Yosh maqom ijrochilarining Respublika koʻrik-tanlovini tiklash hamda uni oʻtkazish.
2018-yildan boshlab har ikki yilda bir marta
Madaniyat vazirligi, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
10.
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining “Internet”dagi veb-saytini yaratish, uni oʻzbek maqomi tarixi, yoʻnalishlari, maqom asoslariga oid maʼlumotlar bilan toʻldirib yangilab borish.
2017-yil noyabrdan boshlab muntazam
Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
11.
Respublika hududlarida taniqli maqom ijrochilarining konsertlarini va mahorat darslarini tashkil etish.
“Art-turizm” dasturi doirasida xorijiy mehmonlar uchun nufuzli konsert-leksiyalarni tashkil etish.
2017-yil noyabrdan boshlab muntazam
Madaniyat vazirligi, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
12.
Yosh maqom ijrochilarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularni ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar bilan taʼminlash boʻyicha aniq takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2017-yil dekabr
Madaniyat vazirligi, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
13.
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekistoni davlat sanʼat va madaniyat instituti, madaniyat va sanʼat kollejlari, ixtisoslashtirlgan musiqa akademik litseylari, bolalar musiqa va sanʼat maktablarida milliy maqomlar (Buxoro shashmaqomi, Xorazm olti yarim maqomi va Dutor maqomlari, Fargʻona — Toshkent maqom yoʻllari, Oʻzbek “Shashmaqomi” hamda yangi yoʻnalishlar) tizimli ravishda oʻquv dasturlariga kiritish.
2018-2019 oʻquv yilidan boshlab
Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
14.
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida maqom ijrochilarining koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish, milliy maqom sanʼatini noyob meros sifatida ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish.
2017-yil noyabrdan boshlab muntazam
Madaniyat vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi,
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
15.
Bastakorlar oʻrtasida “Maqom yoʻllarida yaratilgan eng yaxshi asar” nominatsiyasi boʻyicha tanlovlar oʻtkazib borish.
2018-yildan boshlab muntazam
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
16.
Kompozitorlar oʻrtasida milliy maqomlar asosida yaratilgan zamonaviy yoʻnalishda eng yaxshi sahna asarlar (simfoniya, konsert, kamer-cholgʻu, yirik yoʻnalishdagi sahna asarlari va boshqa) tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish.
2019-yildan boshlab har ikki yilda bir marta
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
17.
Musiqashunoslar orasida respublikamiz va xorijiy mamlakatlariing yirik olimlarini jalb etgan holda doimiy raviishda tanlov va oʻquv seminarlarini tashkil etish.
2019-yildan boshlab har ikki yilda bir marta
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi, Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab- quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
18.
Koʻp asrlik maqom ijodkorligi anʼanalarini oʻzlashtirgan, oʻzining isteʼdodi va salohiyati bildn ularni zamon ruhi bilan boyitib, “ustoz-shogird” taʼlimiga muvofiq yosh avlodga singdirib kelayotgan taniqli bastakor va musiqashunoslarni Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan moddiy ragʻbatlantirish.
2018-yildan boshlab muntazam
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
19.
Maqom yoʻlida ijod qilgan ustoz sanʼatkorlar hayoti va ijodiga doir ommabop va maxsus ilmiy kitoblar, nota toʻplamlari va annotatsiyali nota albomlarni nashr etish, respublikamizdagi bolalar musiqa va sanʼat maktablari, madaniyat va sanat kollejlari va oliy oʻquv yurtlarida foydalanishlari uchun tarqatish, shu borada turli konferensiya va seminarlar oʻtkazish;
2018-yildan boshlab muntazam
Oʻzbekistoi Rsspublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Fan va texnologiyalar agentligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan musiqaga oid qoʻlyozmalar ustida tadqiqot ishlarini olib borish va ularning natijalarini monografiya, kitob va toʻplamlar tarzida nashrga tayyorlash va chop etish;
2018-yildan boshlab reja asosida
Abu Nasr Forobiy, Muhammad Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Faxriddin Roziy, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marogʻiy, Abdurahmon Jomiy, Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali Changiy, Abdurauf Fitrat, Bekjon Rahmon, Matyusuf Harratov, Gʻulom Zafariy va boshqa allomalarning musiqaga oid risolalarini, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar aqademiyasi Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot instituti arxivida saqlanyotgan S. Urmaviyning “Kitab alʼ-advar”, Darvish Ali Changiyning “Risolai musiqiy” qoʻlyozmalarini nashrga tayyorlab chop etish;
2018 — 2020
yillar
I. Rajabovning “Sharq musiqasi atamalarinint qisqacha izohli lugʻati”, “Maqom asoslari” qoʻlyozmalarini nashrga tayyorlab kitob holida chop etish;
2019-yil
noyabr
O. Matyoqubovning “Oʻzbek musiqasi” fundamental tadqiqotini nashr etish;
2018-yili
ikki jildlik “Maqom” ensiklopediyasini tuzish va nashr etish;
Buxoro Shashmaqomi, Xorazm olti yarim Dutor maqomlari, Fargʻona — Toshkent maqom yoʻli mavzularida yirik (fundamental) tadqiqotlarni olib borish uchun tadqiqotchi olimlarga yaqindan amaliy koʻmak berish.
2018-yildan boshlab muntazam
20.
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi orqali maqom sanʼatini targʻib qiluvchi maxsus ilmiy-ommabop koʻrsatuv namoyishini tashkil etish;
yosh iqtidorli ijrochilar va musiqashunos olimlarni milliy maqom sanʼatini targʻib etishda xorijiy mamlakatlar bilan ijodiy tajriba almashish maqsadida xizmat safarlariga yuborish hamda ularga xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda qatnashish imkonini yaratish.
2017-yil dekabrdan boshlab muntazam
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Jurnalistlari uyushmasi, Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Oʻzbekistoi elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining tarkibiy
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 83 ta
* Oʻzbekiston Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasining Yu. Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli negizida
** Texnik va xizmat xodimlari belgilangan meʼyorlar asosida aniqlanadi.