toggle_night_mode
Hujjat 07.03.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻisida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3571-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3571-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, davlat maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-mart,
180-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-martdagi 180-son qaroriga
ILOVA
Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar, pedagog va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida, tarbiyachi yordamchilariga esa 50 foiz miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlanadi.”
a) I-boʻlim quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“I. Davlat maktabgacha taʼlim tizimi pedagog xodimlari:

T/r

Lavozim nomi

Bazaviy tarif stavkasi miqdori (soʻm)

oliy

malaka

toifali

birinchi

malaka

toifali

ikkinchi

malaka

toifali

oliy

maʼlumotli

oʻrta maxsus (kasb-hunar) maʼlumotli

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari metodistlari, inspektor- metodistlari

1 375 370

1 296 461

1 214 056

1 133 700

x

2.

Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlarining metodistlari

1 266 199

1 148 291

1 075 487

1 004 547

x

3.

Til boʻyicha oʻqituvchi, oʻqituvchi-logoped, oʻqituvchi-defektolog

1 169 857

1 090 244

1 013 420

939 660

868 863

4.

Tarbiyachi-metodist, tarbiyachi, psixolog

1 090 244

1 013 420

939 660

868 863

802 296

5.

Musiqa rahbari

959 397

882 590

808 840

738 464

671 538

6.

Tarbiyachi yordamchisi, shu jumladan umumiy oʻrta maʼlumotli

610 164

”;

b) Sh-boʻlim quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“III. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri:

T/r

Lavozim nomi

Bazaviy tarif stavkalari miqdorlari (soʻm)

I guruh

II guruh

1.

Mudir

1 169 857

1 090 244

”.

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 09/18/180/0863-son; 10.03.2020-y., 09/20/135/0273-son)