Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 14-sentabrdagi 79, 336-V, 2015-29-son qarori (roʻyxat raqami 2716, 2015-yil 29-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 39-son, 513-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
7-banddan “hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
100 va 110-satrlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining amaldagi stavkasida 22 foiz va kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash ulushi sharoitida tuzatilgan soliq stavkasi 17,6 foizni (22 × 80%) tashkil etadi.”.