toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.10.2008
Hujjat 09.06.2002 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK DEPOZITORLARINING MILLIY AXBOROTLAR BAZASI VA UNDA MIJOZLARGA XOS RAQAM BERISh HAMDA BANK HISOBVARAQLARI ROʻYXATINI YuRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 30-mayda 1145-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 23-avgustdagi 18/6-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (roʻyxat raqami 1863, 27.09.2008-y.) qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga asosan Boshqaruv qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
3. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab mijozlarni va ularning hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlari Milliy axborot bazasida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (1999-yil 5-yanvarda 586-raqam bilan davlat roʻyxatiga olingan) va Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan 2000-yil 26-aprel (7/6-bayonnoma) 266-1-sonli 1-qoʻshimcha va oʻzgartirishlar, Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlari Milliy axborot bazasi toʻgʻrisidagi Nizom (1999-yil 6-yanvarda 587-raqam bilan davlat roʻyxatiga olingan) hamda Markaziy bank Boshqaruvining 2002-yil 21-fevraldagi 5/3-sonli va 23-martdagi 7/2-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Markaziy bank Raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 22-aprel,
10/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
banki Boshqaruvining 2002-yil 22
apreldagi 10/5-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
(№ 509)
Oʻzbekiston Respublikasi Bank Depozitorlarining Milliy Axborotlar Bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, u bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi, unda bank mijozlariga xos raqam berish va ularning hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish hamda mijozlar hisobvaraqlari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish tartibini belgilaydi.
1 §. Umumiy qoidalar
1. Bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi (keyingi matnda BDMAB) Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan yuridik shaxslarga, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat koʻrsatayotgan dehqon xoʻjaliklari va yakka tartibdagi tadbirkorlarga birinchi marotaba bank hisobvaraqlari ochishda ularga xos raqam berish, ularning hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish hamda mijozlar hisobvaraqlari toʻgʻrisida maʼlumotlar olishni taʼminlovchi axborotlar bazasi boʻlib hisoblanadi.
BDMABga Axborotlashtirish Bosh Markazi (keyingi matnda ABM) tomonidan xizmat koʻrsatiladi hamda uning faoliyati ustidan nazorat Markaziy bank tomonidan olib boriladi.
2. BDMAB bank mijozlari va ularning bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, qoldiq summalarini qayd qilmagan holda saqlaydi.
3. Agar yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan filiallar (vakolatxonalar) yuridik shaxs sifatida amal qilayotgan boʻlsa, ushbu filiallar (vakolatxonalar)ga ham alohida xos raqam beriladi.
4. BDMABda mijozlarga berilgan xos raqamlar ularning xoʻjalik faoliyati tugatilgan vaqtdan boshlab, 3 yil mobaynida saqlanadi va bu davr ichida mazkur xos raqam boshqa mijozlarga berilmaydi.
5. Mijozlarning hisobvaraqlari BDMABda, har bir balans hisobvaraqlari uchun valyutalar kodlari boʻyicha ketma-ket raqamlash tamoyili asosida dasturiy ravishda shakllantiriladi, budjet tashkiloti bundan mustasnodir. Budjet tashkilotlarining hisobvaraqlarini shakllantirishda hisobvaraq tartib raqami oʻrniga daromad (xarajat) moddasi (boʻlimi) koʻrsatiladi. Mijozning BDMABda shakllantirilgan bank hisobvaragʻi bankning maʼlumotlar bazasiga kiritiladi va ularni bankda oʻzgartirish mumkin emas.
6. Mijozga asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaraq (keyingi matnda — asosiy depozit hisobvaraq) ochish jarayonida bank BDMABdan mijozga xos raqam berilganligi toʻgʻrisidagi xabarni olgandan keyin, bu toʻgʻrisida oʻz mijoziga xabar beradi va shundan keyingina mijoz ushbu hisobvaraq boʻyicha bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
7. Mijozga dastlabki ochilgan yoki boshqa bankdan oʻtkazilgan bank hisobvaraqlari boʻyicha barcha hisob-kitoblar keyingi ish kunidan boshlab amalga oshiriladi.
8. BDMABda hisobvaraqlarni ochish, boshqa bankka oʻtkazish, yopish, vaqtincha yopish va vaqtincha yopilgan hisobvaraqlarni ochish sanalari shakllantiriladi va banklarga uzatiladi. Ular bankning maʼlumotlar bazasiga dasturiy ravishda kiritiladi va bank tomonidan oʻzgartirishga ruxsat etilmaydi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi banklari bilan BDMAB oʻrtasidagi axborot almashinish soʻrov fayli tamoyiliga asoslanadi va ABMning elektron pochta tizimi orqali amalga oshiriladi.
10. BDMABga soʻrovlar joʻnatilgandan keyin, ABM faylning BDMABga uzatilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomani bankka joʻnatadi.
11. Banklardan BDMABga kelib tushadigan barcha soʻrov turlari dasturiy ravishda shu kunning oʻzidayoq qayta ishlanadi.
12. Banklarning BDMABga yuboradigan soʻrov turlari ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashkil topadi.
13. BDMABdan kelib tushgan javob fayllarining barcha maʼlumotlari bankda mijoz taqdim etgan hujjatlar asli bilan takroran solishtiriladi. Agar xatolar aniqlansa, BDMABga xato maʼlumotlar bartaraf qilingan holda qayta soʻrov joʻnatiladi.
14. Bank yoki bank filialining faoliyati tugatilayotganda, mijozlarning barcha hisobvaraqlari oldindan yopilishi yoki bank faoliyati tugatilgunga qadar BDMAB orqali boshqa bankka oʻtkazilishi shart.
15. Soʻrovlar boʻyicha koʻrsatilgan xizmat haqi ABM va bank oʻrtasida tuzilgan shartnomada koʻrsatib oʻtiladi.
16. BDMABdagi maʼlumotlarni, shu jumladan bank siri hisoblangan maʼlumotlarni qonunchilikka zid ravishda oshkor qilishda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
2 §. BDMABning funksiyalari
17. BDMAB quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) bank depozitorlarining axborotlar bazasini shakllantirish, saqlash, toʻldirib borish va uni faol holatda saqlab turishni taʼminlash;
b) qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda, bank siriga rioya etgan holda tegishli davlat organlari bilan bank depozitorlari hisobvaraqlari va depozitorlar turi boʻyicha elektron maʼlumotlar almashish;
v) banklararo elektron toʻlovlarning aniq bajarilishini taʼminlash;
g) banklarning soʻrovlariga javob berish;
d) banklarning maʼlumotlariga muvofiq axborotlar bazasini tezkor oʻzgartirib borish;
e) soʻralgan axborotlarni tezkor izlash;
j) axborotlar bazasi arxivini tashkil etish va uni belgilangan muddatda saqlash;
z) tizimning faoliyat koʻrsatish boʻyicha elektron bayonnomasini yuritish;
i) qabul qilingan, joʻnatilayotgan, qayta ishlanayotgan va saqlanayotgan axborotlar muhofazasini taʼminlash;
k) favqulodda holatlar yuz berganda banklarni oʻz mijozlari va ularning bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan toʻliq taʼminlash;
l) qonunda koʻzda tutilgan hollarda tegishli davlat organlarining yozma soʻrovlariga asosan BDMABda roʻyxatga olingan depozitorlar va ularning bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish.
3 §. BDMABning tarkibiy tuzilishi
18. BDMAB bank mijozlarining haqqoniy maʼlumotlarini saqlaydi va quyidagi tarkibdagi maʼlumotlar bilan shakllanadi:
a) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
b) mijozning nomi;
v) mijoz maqomi;
g) mijoz turi;
d) roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami;
e) roʻyxatdan oʻtkazilgan guvohnoma sanasi;
j) roʻyxatga olgan tashkilot nomi;
z) tashkiliy-huquqiy shakli kodi;
i) mulkchilik shakli kodi;
k) manzil kodi;
l) yuridik shaxs kodi;
m) tarmoq kodi;
n) rezidentlik belgisi (rezident yoki norezident);
o) mijozning mamlakat kodi;
p) mijozning xos raqami;
r) bosh korxonaning STIRi (alohida yuridik shaxs sifatidagi filiallar va vakolatxonalar uchun);
s) bosh korxonaning BDMABdagi xos raqami (alohida yuridik shaxs sifatidagi filiallar va vakolatxonalar uchun);
t) bosh korxonaning nomi (alohida yuridik shaxs sifatidagi filiallar va vakolatxonalar uchun);
u) mijozga bank hisobvaragʻi ochgan bank kodi;
f) mijozning hisobvaragʻi.
4 §. BDMAB ga(dan) joʻnatiladigan soʻrov (javob) turlari
19. BDMAB banklarga quyidagi soʻrov turlari boʻyicha xizmat koʻrsatadi:
a) mijozni identifikatsiyalash (0-soʻrov turi);
b) mijozlarga xos raqam berish va asosiy depozit hisobvaraq ochish (1-soʻrov turi);
v) mijozlarga ularning xos raqami bilan hisobvaraqlar ochish (2-soʻrov turi);
g) hisobvaraqlardan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turish (3-soʻrov turi);
d) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatib turilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish (4-soʻrov turi);
e) mijozlarning haqqoniy maʼlumotlarini oʻzgartirish (5-soʻrov turi);
j) asosiy hisobvaraqni boshqa bankka koʻchirish (6-soʻrov turi);
z) mijozlarning hisobvaraqlarini yopish (7-soʻrov turi);
i) mijozlarning boshqa banklarda ochgan hisobvaraqlari roʻyxatini olish (8-soʻrov turi);
k) mijozning xos raqami faolligini tugatish (9-soʻrov turi).
0-soʻrov turi. “Mijozni identifikatsiyalash”
20. 0-soʻrov turi BDMABda mijozni STIRi orqali aniqlash uchun belgilangan. Bu soʻrov mijozga xos raqam berishdan oldin va unga hisobvaraq ochilayotganda shakllantiriladi hamda mijozni oldin boshqa biror bir bank filialida bank hisobvaragʻi ochgan yoki ochmaganligini aniqlash uchun qoʻllaniladi.
21. Mijoz oldin xos raqam olgan boʻlsa, unda BDMABdan mijoz haqidagi haqqoniy maʼlumotlar koʻrsatilgan holda javob qaytariladi. Bank xodimi BDMABdan olingan maʼlumotni mijoz haqidagi maʼlumot bilan taqqoslaydi, ular mos kelgan holda, 2-soʻrov turi yordamida mijozga hisobvaraqlar ochadi.
0-soʻrov va javob turi koʻrsatkichlari roʻyxati 1-ilovada keltirilgan.
1-soʻrov turi. “Mijozlarga xos raqam berish va asosiy depozit hisobvaraq ochish”
22. 1-soʻrov turi bank mijozlariga milliy valyutada dastlabki asosiy depozit hisobvaragʻi ochishda ularga BDMABda xos raqam berish uchun moʻljallangan. Ushbu soʻrov faqat mijoz oldin BDMABdan xos raqam olmagan boʻlsagina shakllantiriladi.
23. Agarda filiallar (vakolatxonalar) yuridik shaxs maqomiga ega boʻlsa, BDMABga 1-soʻrov turini shakllantirishda bosh korxonaning nomi, xos raqami va STIRi koʻrsatilishi shart. Qolgan hollarda filiallar (vakolatxonalar) uchun BDMABga 2-soʻrov turi shakllantiriladi va bosh korxonaning xos raqami va STIRi bilan hisobvaraq ochiladi.
1-soʻrov va javob turi koʻrsatkichlari roʻyxati 2-ilovada keltirilgan.
2-soʻrov turi. “Mijozlarga ularning xos raqami bilan hisobvaraqlar ochish”
24. 2-soʻrov turi bankda mijozlarga ularning xos raqami bilan hisobvaraqlar ochishda qoʻllaniladi.
25. BDMABda mijozlarning mavjudligi tekshiriladi va soʻrovda koʻrsatilgan balans hisobvaragʻi va valyuta kodi boʻyicha ochilgan mijozning barcha hisobvaraqlari tahlil qilinadi hamda hisobvaraq shakllantirilib, javob faylida bankka qaytariladi.
26. Agar mijozning asosiy depozit hisobvaragʻi yopilgan yoki vaqtincha toʻxtatilgan boʻlsa, u holda mijozga ikkilamchi depozit hisobvaraq (ssuda va boshqa hisobvaraqlar) ochilmaydi va bankka bajarilmaganlik belgisi bilan javob qaytariladi.
2-soʻrov va javob turi koʻrsatkichlari roʻyxati 3-ilovada keltirilgan.
3-soʻrov turi. “Hisobvaraqlardan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turish”
27. 3-soʻrov turi qonunchilikda koʻzda tutilgan hujjatlarga asoslangan holda, mijozning hisobvaragʻi boʻyicha mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turish uchun bank tomonidan shakllantiriladi.
28. Mijozning barcha hisobvaraqlaridan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turish boʻyicha soʻrov faqat asosiy depozit hisobvaragʻini ochgan bank tomonidan shakllantiriladi.
29. Aniq bir hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turish soʻrov turini shu hisobvaraqni ochgan bankning oʻzi shakllantirishi mumkin.
30. Mijozning aniq bir hisobvaragʻidan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turishga 3-soʻrov turida koʻrsatilgan barcha maʼlumotlar koʻrsatiladi.
3-soʻrov va javob turi koʻrsatkichlari roʻyxati 4-ilovada keltirilgan.
31. Aniq bir balans hisobvaragʻi boʻyicha mijozning barcha hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turishda hisobvaraqning tartib raqami oʻrniga uchta nol — “000” kiritiladi. Agar mijozning barcha valyutalar boʻyicha hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turish zarur boʻlsa, u holda valyuta kodi oʻrniga — “VVV” uzatiladi.
32. Mijozning hamma valyutalar boʻyicha barcha hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turishda balans hisobvaragʻi oʻrniga beshta nol — “00000”, valyuta kodi oʻrniga — “VVV” va hisobvaraqning tartib raqami oʻrniga uchta nol — “000” beriladi.
33. BDMABning maʼlumotlar bazasida 3-soʻrov turi qayta ishlangandan keyin, hisobvaraqlar vaziyatining “harakatda”gi maqomi “vaqtincha toʻxtatilgan” maqomiga oʻzgaradi. BDMAB 3-soʻrov turini shakllantirgan bankka hisobvaraqlar va banklar roʻyxatini tegishli javob bilan qaytaradi va hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallari toʻxtatiladi. Shu bilan bir vaqtning oʻzida boshqa bir bankning soʻrovi boʻyicha hisobvaraqlardan vaqtincha hisobdan chiqarish amallari toʻxtatilgan banklarga, quyidagilarni oʻz ichiga olgan javob fayllari (banklar maʼlumotlar bazasini yangilash uchun) joʻnatiladi:
a) hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatish uchun soʻrovni joʻnatgan bank kodi;
b) hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatish uchun asos;
v) asos berilgan sana;
g) mijozning hisobvaragʻi;
d) hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan sana.
34. BDMABdan mijozning bank hisobvaragʻidan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi xabar olinganda, hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan sanasi bankning maʼlumotlar bazasiga kiritiladi va ushbu hisobvaraqlar boʻyicha hisobdan chiqarish amallari hisobvaraqlarni harakatga keltirish toʻgʻrisida maʼlumot olingunga qadar vaqtincha toʻxtatiladi.
4-soʻrov turi. “Hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatib turilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish”
35. 4-soʻrov turi bank tomonidan mijozning hisobvaragʻidan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatilgan holatdan hisobdan chiqarishga ruxsat etilishida yaʼni harakatga keltirishda shakllantiriladi. Ushbu soʻrov turi faqat BDMABga 3-soʻrov turini joʻnatgan banklar tomonidan shakllantiriladi.
4-soʻrov va javob turi koʻrsatkichlari roʻyxati 5-ilovada keltirilgan.
36. Mijozning aniq bir hisobvaragʻidan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqni harakatga keltirishda, hamma koʻrsatilgan rekvizitlar 4-soʻrov turiga kiritiladi.
37. Aniq bir balans hisobvaragʻi boʻyicha mijozning barcha hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirishda hisobvaraqning tartib raqami oʻrniga uchta nol — “000” kiritiladi. Agar mijozning barcha valyuta boʻyicha koʻrsatilgan hisobvaraqlarini harakatga keltirish zarur boʻlsa, u holda valyuta kodi oʻrniga — “VVV” uzatiladi.
38. Mijozning barcha valyutalar boʻyicha hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hamma hisobvaraqlarini harakatga keltirishda balans hisobvaragʻi oʻrniga beshta nol — “00000”, valyuta kodi oʻrniga — “VVV”, hisobvaraqning tartib raqami oʻrniga uchta nol — “000” beriladi.
39. BDMABning maʼlumotlar bazasida 4-soʻrov turi qayta ishlangandan keyin hisobvaraqlar “vaqtincha toʻxtatilgan” maqomidan “harakatda”gi maqomiga almashtiriladi va bankka hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirilganligi toʻgʻrisida banklar roʻyxati bilan javob qaytariladi hamda hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqlar harakatga keltiriladi. Shu bilan bir vaqtning oʻzida boshqa bir bankning soʻrovi boʻyicha hisobdan chiqarish vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirilganligi toʻgʻrisida banklarga quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan javob fayllari (banklar maʼlumotlar bazasini yangilash uchun) joʻnatiladi:
a) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish uchun soʻrovni joʻnatgan bank kodi;
b) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish uchun asos;
v) asos berilgan sana;
g) mijozning hisobvaragʻi;
d) hisobvaraqlardan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan sana;
e) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqlarning harakatga keltirilgan sanasi.
40. BDMABdan mijozning hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish toʻgʻrisidagi xabar olinganda, hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish sanasi bankning maʼlumotlar bazasiga kiritiladi va ushbu hisobvaraqlar boʻyicha hisobdan chiqarish amallarini bajarishga ruxsat etiladi.
5-soʻrov turi. “Mijozning haqqoniy maʼlumotlarini oʻzgartirish”
41. 5-soʻrov turi faqat mijozning asosiy depozit hisobvaragʻi ochilgan bank tomonidan mazkur Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlardan birontasi oʻzgarganda shakllantiriladi.
42. BDMABda 5-soʻrov turi orqali mijozning barcha oldingi tarixiy tavsifnomalari saqlangan holda maʼlumotlari yangilanadi.
5-soʻrov va javob turlari koʻrsatkichlari roʻyxati 6-ilovada keltirilgan.
6-soʻrov turi. “Asosiy hisobvaraqni boshqa bankka koʻchirish”
43. 6-soʻrov turi mijozning asosiy depozit hisobvaragʻini xizmat koʻrsatuvchi boshqa bankka koʻchirishda bank tomonidan shakllantiriladi.
44. Mijozning asosiy depozit hisobvaragʻini xizmat koʻrsatuvchi boshqa bankka koʻchirilishida:
a) mijoz boshqa bankka oʻtayotganda bank mijozning arizasi va topshirigʻiga asosan, uning acosiy depozit hisobvaragʻidagi qoldiqni boshqa bankka mijozning arizasida koʻrsatilgan bankda ochilgan 29801 — “Mijozlarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar hisob-kitobi” ichki hisobvaragʻiga oʻtkazadi va oʻzida asosiy depozit hisobvaraqni 6-soʻrov turi bilan shu kunning oʻzidayoq yopadi;
b) mijozni qabul qilayotgan bank oʻzida mijozning yopiladigan hisobvaragʻidagi qoldiqni qabul qilish uchun bankda 29801 — “Mijozlarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar hisob-kitobi” ichki hisobvaragʻini ochishi kerak. Qoldiqlar ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgandan keyin, keyingi ish kuni BDMABga mijozning xos raqami boʻyicha unga asosiy depozit hisobvaraq ochish uchun 2-soʻrov turi joʻnatiladi. Bunda BDMABda soʻraladigan rekvizit boʻyicha hisobvaraqning mavjudligi “koʻchirilgan” belgi, yaʼni “1” belgi bilan tekshiriladi va ushbu rekvizit boʻyicha nazorat kalitidan tashqari yangi hisobvaraq ochiladi;
v) BDMABga 6-soʻrov turi kelib tushganda hisobvaraq maqomi “aktiv”dan “boshqa bankka koʻchirildi”ga oʻzgartiriladi. Mijozning asosiy depozit hisobvaragʻi bankdan bankka koʻchirilganda ikkilamchi depozit hisobvaraqlar yopilmaydi va asosiy depozit hisobvaraqning tartib raqami saqlanib qolinadi.
6-soʻrov va javob turi koʻrsatkichlari roʻyxati 7-ilovada keltirilgan.
45. BDMABdan javob fayli olinganda ushbu hisobvaraq boʻyicha soʻrov joʻnatgan bankda hisobvaraqning koʻchirilgan sanasi dasturiy ravishda bankning maʼlumotlar bazasiga kiritiladi va barcha amallar toʻxtatiladi.
7-soʻrov turi. “Mijozning hisobvaragʻini yopish”
46. 7-soʻrov turi mijozning hisobvaragʻini yopish uchun bank tomonidan shakllantiriladi.
47. Agar mijozning asosiy depozit hisobvaragʻi yopilayotgan boʻlsa, qaysi valyutada boʻlishidan qatʼi nazar, mijozning barcha ikkilamchi hisobvaraqlari yopilishi kerak, aks holda, mijozning asosiy depozit hisobvaragʻi yopilmaydi.
48. 7-soʻrov turi olinganda BDMABda koʻrsatilgan hisobvaraq maqomi “harakatdagi”dan “yopilgan”ga oʻzgaradi.
7-soʻrov va javob turi koʻrsatkichlari roʻyxati 8-ilovada keltirilgan.
8-soʻrov turi. “Mijozning boshqa banklarda ochgan hisobvaraqlari roʻyxatini olish”
49. 8-soʻrov turi mijozning boshqa banklarda barcha valyuta kodlari boʻyicha ochgan hisobvaraqlari roʻyxatini olish uchun moʻljallangan boʻlib, u maʼlumotlar olish uchun xizmat qiladi.
50. Mijozning depozit hisobvaraqlari roʻyxatini olish uchun soʻrov turini faqatgina mijozning asosiy depozit hisobvaragʻini ochgan bankning oʻzigina shakllantirishi mumkin.
51. Ssuda hisobvaraqlari roʻyxatini olish uchun 8-soʻrov turini shu mijozga xizmat koʻrsatuvchi barcha bank yuborishi mumkin.
8-soʻrov va javob turlari koʻrsatkichlari roʻyxati 9-ilovada keltirilgan.
52. Aniq bir balans hisobvaragʻi (talab qilib olinguncha depozit, ssuda va boshqa hisobvaraqlar) roʻyxatini olish uchun soʻrovda shu balans hisobvaraq raqami koʻrsatiladi.
53. Mijozlarning boshqa banklarda ochilgan barcha bank hisobvaraqlari roʻyxatini olish uchun balans hisobvaragʻi oʻrniga beshta nol — “00000” beriladi.
54. Soʻrov turi BDMABda tahlil qilinadi va soʻralgan mijozning hisobvaraqlari bilan banklar kodini koʻrsatgan holda bankka javob qaytariladi.
9-soʻrov turi. “Mijozning xos raqami faolligini tugatish”
55. 9-soʻrov turi bank tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tugatish vaqtida shakllantiriladi. Bunday hollarda, banklar tegishli hujjatga asoslangan holda, mijozining xos raqami faolligini toʻxtatadi va ushbu holat BDMABda qayd etiladi.
56. Bunda mijozning barcha hisobvaraqlari BDMABda quyidagi tartibda yopiladi:
a) mijozning asosiy depozit hisobvaragʻini ochgan bank uning boshqa banklarda ochilgan barcha hisobvaraqlari roʻyxatini 8-soʻrov turi bilan olishi kerak;
b) mijozning xos raqami faolligining tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi munosabati bilan banklarga mijozning ikkilamchi depozit va boshqa hisobvaraqlaridagi qoldiqlarini (agar bor boʻlsa) asosiy depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib yopishi toʻgʻrisida asosiy depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bank xabardor qilishi kerak.
v) mijozning depozit va boshqa hisobvaraqlarini yopish 7-soʻrov turi bilan amalga oshiriladi;
g) mijozning xos raqami faolligi 9-soʻrov turi bilan toʻxtatiladi.
9-soʻrov va javob turlari koʻrsatkichlari roʻyxati 10-ilovada keltirilgan.
57. Mijozning xos raqami faolligini toʻxtatishda, uning barcha haqqoniy maʼlumotlari dasturiy ravishda BDMABning maʼlumotlar bazasidan elektron arxiv bazasiga oʻtkaziladi.
1-ILOVA
Mijozni identifikatsiyalash

‎‎0-soʻrov turi

T/r‎

Koʻrsatkichlar‎

Soʻrov‎

Javob‎

1.‎

Bajarilish belgisi‎

-‎

+‎

2.‎

Mijoz maqomi‎

+‎

+‎

3.‎

Mijozning nomi‎

-‎

+‎

4.‎

Mijoz turi‎

-‎

+‎

5.‎

Rezidentlik belgisi‎

-‎

+‎

6.‎

Mamlakat kodi‎

-‎

+‎

7.‎

Roʻyxatga olgan tashkilot nomi‎

-‎

+‎

8.‎

Roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami‎

-‎

+‎

9.‎

Roʻyxatdan oʻtkazilgan guvohnoma sanasi‎

-‎

+‎

10.‎

Tashkiliy-huquqiy shakl kodi‎

-‎

-+‎

11.‎

Mulkchilik shakli kodi‎

-‎

-+‎

12.‎

Manzil kodi‎

-‎

-+‎

13.‎

Yuridik shaxs kodi‎

-‎

-+‎

14.‎

Tarmoq kodi‎

-‎

-+‎

15.‎

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami‎

+‎

+‎

16.‎

Mijozning BDMABdagi xos raqami‎

-‎

+‎

17.‎

Hisob varaq ochilgan sana‎

-‎

+‎

18.‎

Mijozga hisobvaraq ochgan bank kodi‎

-‎

+‎

19.‎

Bosh korxonaning nomi‎

-‎

-+‎

20.‎

Bosh korxonaning BDMABdagi xos raqami‎

-‎

-+‎

21.‎

Bosh korxonaning STIRi ‎

-‎

-+‎

Izoh: 7, 8, 9-koʻrsatkichlarida soʻralgan maʼlumotlar turidan budjet tashkilotlari mustasno.
Nizom jadvalidagi “+” va “-” ishoralar quyidagi maʼnoni bildiradi:
“+” — soʻrov (javob) tarkibiga kiradi;
“-” — soʻrov (javob) tarkibiga kirmaydi;
“_+” — soʻrov tarkibiga kirishi yoki kirmasligi mumkin.
2-ILOVA
Mijozlarga xos raqam berish va asosiy depozit hisobvaraq ochish

1-soʻrov turi

T/r‎

Koʻrsatkichlar‎

Soʻrov‎

Javob‎

1.‎

Bajarilish belgisi‎

-‎

+‎

2.‎

Mijoz maqomi‎

+‎

+‎

3.‎

Mijozning nomi‎

+‎

+‎

4.‎

Mijoz turi‎

+‎

+‎

5.‎

Rezidentlik belgisi‎

+‎

+‎

6.‎

Mamlakat kodi‎

+‎

+‎

7.‎

Roʻyxatga olgan tashkilot nomi‎

-+‎

-+‎

8.‎

Roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami‎

-+‎

-+‎

9.‎

Roʻyxatdan oʻtkazilgan guvohnoma sanasi‎

-+‎

-+‎

10.‎

Tashkiliy-huquqiy shakl kodi‎

-+‎

-+‎

11.‎

Mulkchilik shakli kodi‎

-‎+

-+‎

12.‎

Manzil kodi‎

-‎+

-+‎

13.‎

Yuridik shaxs kodi‎

-‎+

-+‎

14.‎

Tarmoq kodi‎

-‎+

-+‎

15.‎

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami‎

+‎

+‎

16.‎

Mijozning BDMABdagi xos raqami‎

-‎

+‎

17.‎

Balans Hisobvaragʻi‎

+

+‎

18.‎

Valyuta kodi

+‎

+‎

19.‎

Mijozning hisobvaragʻi

-‎

+‎

20.‎

Hisobvaraq ochilgan sana

-‎

+‎

21.‎

Hisobvaraqning tartib raqami

-‎+

+‎

22‎

Bosh korxonaning nomi‎

-‎

+‎

23‎

Bosh korxonaning BDMABdagi xos raqami‎

-+‎

+‎

24‎

Bosh korxonaning STIRi‎

-+‎

+‎

Izoh: Agar roʻyxatdan oʻtkaziladigan mijoz bosh korxonaga ega boʻlmasa, u holda 22, 23, 24, — koʻrsatkichlar koʻrsatilmaydi va ularning oʻrniga “0” — nol uzatiladi, hamda soʻrov turining, 10, 11, 12, 13, 14- koʻrsatkichlarida soʻralgan maʼlumotlarni yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xoʻjaliklari uchun uzatilmaydi.
3-ILOVA
Mijozlarga ularning xos raqami bilan hisobvaraqlar ochish

2-soʻrov turi

T/r‎

Koʻrsatkichlar‎

Soʻrov‎

Javob‎

1.‎

Bajarilish belgisi‎

-‎

+‎

2.‎

Mijozning nomi‎

-‎

+‎

3.‎

Mijoz turi‎

-‎

+‎

4.‎

Rezidentlik belgisi‎

-‎

+‎

5.‎

Mamlakat kodi‎

-‎

+‎

6.‎

Roʻyxatga olgan tashkilot nomi‎

-‎

+‎

7.‎

Roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami‎

-‎

+‎

8.‎

Roʻyxatdan oʻtkazilgan guvohnoma sanasi‎

-‎

+‎

9.‎

Tashkiliy-huquqiy shakl kodi‎

-

+‎

10.‎

Mulkchilik shakli kodi‎

-‎

+‎

11.‎

Manzil kodi

-‎

+‎

12.‎

Yuridik shaxs kodi‎

-

+‎

13.‎

Tarmoq kodi‎

-‎

+‎

14.‎

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami‎

-

+‎

15.‎

Mijozning BDMABdagi xos raqami‎

+‎

+‎

16.‎

Balans Hisobvaragʻi‎

+‎

+‎

17.‎

Valyuta kodi

+

+‎

18.‎

Mijozning hisobvaragʻi

-‎

+‎

19.‎

Hisobvaraq ochilgan sana

-‎

+‎

20.‎

Hisobvaraqning tartib raqami

+‎

+‎

21.‎

Bosh korxonaning nomi‎

-‎

+‎

22‎

Bosh korxonaning BDMABdagi xos raєami‎

-+‎

+‎

23‎

Bosh korxonaning STIRi‎

-+‎

+‎

24‎

Hisobvaraq ochish belgisi

+‎

+‎

Izoh: Hisobvaraq ochilishi belgisi quyidagi maʼnoni bildiradi:
1) “0” belgi — ikkilamchi hisobvaraq ochishda koʻrsatiladi;
2) “1” belgi — 6-soʻrov turi bilan boshqa bankdan oʻtkazilgan talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqni ochishda koʻrsatiladi;
3) “2” belgi — 7-soʻrov bilan yopilgan asosiy depozit hisobvaraqni qayta ochishda koʻrsatiladi.
4-ILOVA
Hisobvaraqlardan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turish

3-soʻrov turi

T/r‎

Koʻrsatkichlar‎

Soʻrov‎

Javob‎

1.‎

Bajarilish belgisi‎

-‎

+‎

2.‎

Mijozning BDMABdagi xos raqami

+‎

+‎

3.‎

Balans hisobvaragʻi

+‎

+‎

4.‎

Valyuta kodi

+‎

+‎

5.‎

Hisobvaragʻning tartib raqami

+‎

+‎

6.‎

Hisobvaragʻdan �isobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatish uchun asos

+‎

+‎

7.‎

Asos berilgan sana

+‎

+‎

8.‎

Hisobvarakdan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan sana

-‎

+‎

9.‎

Bank kodi

-‎

+‎

10.‎

Mijozning hisobvaragʻi

-‎

+‎

5-ILOVA
Hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatib turilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish

4-soʻrov turi

T/r‎

Koʻrsatkichlar‎

Soʻrov‎

Javob‎

1.‎

Bajarilish belgisi‎

-‎

+‎

2.‎

Mijozning BDMABdagi xos raqami

+‎

+‎

3.‎

Balans hisobvaragʻi

+‎

+‎

4.‎

Valyuta kodi

+‎

+‎

5.‎

Hisobvaragʻning tartib raqami

+‎

+‎

6.‎

Hisobdan chiqar�sh amallari vaqtincha toʻxtatilgan hisobvaraqni harakatga keltirish uchun asos

+‎

+‎

7.‎

Asos berilgan sana

+‎

+‎

8.‎

Hisobvarakdan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan sana

-‎

+‎

9.‎

Bank kodi

-‎

+‎

10.‎

Mijozning hisobvaragʻi

-‎

+‎

11‎

Mijozning hisobvaragʻi‎

-‎

+‎

6-ILOVA
Mijozlarning haqqoniy maʼlumotlarini oʻzgartirish

5-soʻrov turi

T/r‎

Koʻrsatkichlar‎

Soʻrov‎

Javob‎

1.‎

Bajarilish belgisi‎

-‎

+‎

2.‎

Mijozning nomi‎

+‎

+‎

3.‎

Mijoz turi‎

+‎

+‎

4.‎

Mijozning haqqoniy maʼlumotlarini oʻzgartirish uchun asos

+‎

+‎

5.‎

Mijozning STIRi

+‎

+‎

6.‎

Mijoz�ing BDMABdagi xos raqami‎

+‎

+‎

7.‎

Roʻyxatga olgan tashkilot nomi‎

-+‎

+‎

8.‎

Roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami‎

-+‎

+‎

9.‎

Roʻyxatdan oʻtkazilgan guvohnoma sanasi‎

-+‎

+‎

10.‎

Tashkiliy-huquqiy shakl kodi‎

-+‎

-+‎

11.‎

Mulkchilik shakli kodi‎

-‎+

-+‎

12.‎

Manzil kodi‎

-‎+

-+‎

13.‎

Yuridik shaxs kodi‎

-‎+

-+‎

14.‎

Tarmoq kodi‎

-‎+

-+‎

15.‎

Rezidentlik belgisi

+‎

+‎

16.‎

Haqqoniy malumotlarning oʻzgarish sanasi

-‎

+‎

17.‎

Bosh korxonaning STIRi‎

+

+‎

18.‎

Bosh korxonaning BDMABdagi xos raqami‎

+‎

+‎

19.‎

Bosh korxonaning nomi‎

-‎

+‎

7-ILOVA
Hisobvaraqlarni boshqa bankka koʻchirish

6-soʻrov turi

T/r‎

Koʻrsatkichlar‎

Soʻrov‎

Javob‎

1.‎

Bajarilish belgisi‎

-‎

+‎

2.‎

Mijozning BDMABdagi xos raqami

+‎

+‎

3.‎

Mijozning hisobvaragʻi

+‎

+‎

4.‎

Hisobvaraq oʻtkazilayotgan bankning kodi

+‎

+‎

5.‎

Koʻchirish sanasi

-‎

+‎

8-ILOVA
Mijozlarning hisobvaraqlarini yopish

7-soʻrov turi

T/r‎

Koʻrsatkichlar‎

Soʻrov‎

Javob‎

1.‎

Bajarilish belgisi‎

-‎

+‎

2.‎

Mijozning BDMABdagi xos raqami

+‎

+‎

3.‎

Mijozning hisobvaragʻi

+‎

+‎

4.‎

Hisobvaraqning yopilish sanasi

-‎

+‎

9-ILOVA
Mijozlarning boshqa banklarda ochgan hisobvaraqlari roʻyxatini olish

8-soʻrov turi

T/r‎

Koʻrsatkichlar‎

Soʻrov‎

Javob‎

1.‎

Bajarilish belgisi‎

-‎

+‎

2.‎

Mijozning BDMABdagi xos raqami

+‎

+‎

3.‎

Balans hisobvaragʻi

+‎

+‎

4.‎

Bank kodi

-‎

+‎

5.‎

Mijozning hisobvaragʻi

-‎

+‎

10-ILOVA
Mijozning xos raqami faolligini tugatish

9-soʻrov turi

T/r‎

Koʻrsatkichlar‎

Soʻrov‎

Javob‎

1.‎

Bajarilish belgisi‎

-‎

+‎

2.‎

Mijozning BDMABdagi xos raqami

+‎

+‎

3.‎

Mijozning xos raqami faolligani toʻxtatish sanasi

+‎

+‎

4.‎

Mijozning xos raqami faolligani toʻxtatish asosi

+‎

+‎

5.‎

Asos sanasi

+‎

+‎

(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 10-son)