1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xorijdagi davlat mulkidan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Xorijda joylashgan va Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining qarorlariga asosan davlat daromadiga oʻtkazilgan mulkdan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:
1. Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) xorijda joylashgan va Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining qarorlariga asosan davlat daromadiga oʻtkazilgan yoki ixtiyoriy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi mulki etib (keyingi oʻrinlarda — mulk) topshirilgan mulk egaligi huquqini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan amalga oshirish vakolati berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organlari tomonidan tegishli qaror qabul qilingunga kadar Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi mulkini, mazkur davlat hamda Oʻzbekiston Respublikasi boshqa davlat organlarining xorijiy vakolatxonalari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy muassasalari ehtiyoji uchun vaqtinchalik bepul topshirish. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari va Oʻzbekiston Respublikasi boshqa davlat organlari xorijiy vakolatxonalari rahbarlari, ularga topshirilgan xorijdagi mulkning but holda saqlanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.
mulkni ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga belgilangan tartibda topshirish;
zarur hollarda mazkur qarorning matnini xorijiy davlatning vakolatli organlariga taqdim qilish;
xorijda bank hisobvaraqlarini ochish, mazkur hisobvaraqlardagi mablagʻlarni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega boʻlish;
toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida mulkni boshqarish uchun zarur boʻlgan mustaqil ekspertlarni, auditorlik, advokatlik, konsalting firmalarini, sugʻurta kompaniyalari hamda boshqa xizmat koʻrsatish kompaniyalari va tashkilotlarini, shu jumladan, xorijiy tashkilotlarni jalb qilish huquqiga ega.
3. Mulkni boshqarish, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarda amalga oshirilayotgan xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Agentlikning maxsus hisobvaraqlaridagi mablagʻlar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
mulkni ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan tushadigan tushumlar;
vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirishdan tushadigan mablagʻlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Shu bilan birga, mulkni sotishdan, ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga topshirishdan tushgan mablagʻlar mulkni boshqarish yoki sotish (baholash tashkilotlari, savdo tashkilotchilari, vositachilar, depozitariylar xizmatlariga haq toʻlash, safar xarajatlari va boshqa sarf-xarajatlar) bilan bogʻliq xarajatlar chiqarib tashlangandan soʻng Agentlikning maxsus hisobvaraqlarida jamlanib boriladi.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumat qarorlarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, Agentlik tomonidan umumiy tartibda taqsimlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
4. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi hududida mulkka boʻlgan egalik huquqini rasmiylashtirish hamda amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlardan ozod qilinsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.12.00.00 Fuqarolik va iqtisodiy ishlari boʻyicha huquqiy yordam / 19.12.01.00 Fuqarolik ishlari boʻyicha chet el sudlarining qarorlarini ijro qilish]
Adliya vazirligi va Oliy sud bilan birgalikda mulkni davlat daromadiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining hukmlarini mazkur xorijiy davlatning vakolatli organlariga ijro etish uchun belgilangan tartibda yoʻllasin;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.02.00 Mulk huquqining vujudga kelishi va uning bekor boʻlishi]
Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining qarorlari xorijiy davlatlarda ijro etilganidan keyin mulklarni inventarizatsiya qilishni va Oʻzbekiston Respublikasining mulkka egalik huquqi rasmiylashtirilishini taʼminlasin;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
mulkni yanada samarali tasarruf etish, shu jumladan uni sotish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlariga belgilangan tartibda ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga topshirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi]
6. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasining aktivlari boʻyicha huquqlarini himoya qilish, daʼvo, sud, arbitraj va boshqa ishlarni koʻrib chiqish, shuningdek, xorijiy auditorlik, advokatlik, konsalting tashkilotlari va boshqa tashkilotlarni, mustaqil ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar yuzaga kelgan taqdirda Agentlikning maxsus hisobvaraqlarida jamgʻarib borilayotgan mablagʻlari hisobiga, mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda esa Agentlikning asoslangan talabnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi]
7. Agentlik belgilangan tartibda milliy va xorijiy valyutada maxsus bank hisobvaraqlari ochilishini taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Agentlikning soʻrovnomalariga koʻra belgilangan tartibda uning xodimlariga mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan vakolatlarni tasdiqlovchi ishonchnoma va boshqa hujjatlarni bersin;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]
Bosh prokuratura, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining mulk egaligini rasmiylashtirishda, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining qarorlari ijro etilishida Agentlikka koʻmaklashsin;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.08.00 Davlatlararo munosabatlarda boshqa masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi bilan birgalikda fuqarolik oila va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish sohasida xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikni tashkillashtirish borasidagi ishlarni faollashtirsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-fevral,
PQ-3570-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2018-y., 07/18/3570/0828-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)