toggle_night_mode
Hujjat 23.02.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq hamda davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-fevral,
135-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 135-son qaroriga
ILOVA
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga (keyingi oʻrinlarda nodavlat notijorat tashkilotlari deb ataladi) davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizom qoidalari davlat boshqaruvi organlarining sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasi berishi bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
davlat ijtimoiy buyurtmasi — sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organi hamda nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida davlat ijtimoiy buyurtmasi amalga oshirish shartnomasini tuzish orqali ishlarni bajarish yoki tadbirlar oʻtkazishga qaratilgan davlat topshirigʻi;
jamoatchilik kengashi — davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlaridan tushgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash maqsadida davlat boshqaruvi organlari huzurida tuziladigan kengash;
Keyingi tahrirga qarang.
sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) — sotsial va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan hamda davlat ijtimoiy buyurtmasi amalga oshirish shartnomasida belgilangan muddatlarda bajariladigan tashkiliy, iqtisodiy va boshqa shakldagi chora-tadbirlar majmuini oʻz ichiga olgan loyiha;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat ijtimoiy buyurtmasi amalga oshirish shartnomasi (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) — davlat ijtimoiy buyurtmasi beruvchi davlat boshqaruvi organi va tanlovda gʻolib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti oʻrtasida tuziladigan bitim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Davlat ijtimoiy buyurtmasi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:
taʼlim, ilm-fan, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport sohalarida muayyan natijaga erishish;
aholining salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
yoshlar siyosati va bolalar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash;
aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash;
bolalar va koʻp bolali oilalarni qoʻllab-quvvatlash;
aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish;
tarixiy-madaniy merosni muhofaza qilish.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Jamoatchilik kengashi tarkibini shakllantirish tartibi
5. Davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlaridan tushgan loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash maqsadida davlat boshqaruvi organlari huzurida rais, uning oʻrinbosari va kamida 5 nafar aʼzodan iborat tarkibda jamoatchilik kengashi tuziladi.
Jamoatchilik kengashi tarkibi davlat ijtimoiy buyurtmasi beruvchi davlat boshqaruvi organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Jamoatchilik kengashi aʼzolari davlat boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillaridan iborat boʻladi. Jamoatchilik kengashi aʼzolarining yarmi nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillaridan iborat boʻlishi lozim.
6. Davlat ijtimoiy buyurtmasi beruvchi davlat boshqaruvi organi rahbari yoki rahbar oʻrinbosari jamoatchilik kengashi raisi hisoblanadi.
Jamoatchilik kengashi aʼzolari birinchi yigʻilishda oʻzining tarkibidan jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari va kotibini saylaydi.
7. Jamoatchilik kengashi majlisini uning raisi boshqaradi. Jamoatchilik kengashi raisi boʻlmagan taqdirda majlisni uning oʻrinbosari boshqaradi.
Jamoatchilik kengashi majlisi unda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Zarur nafardagi aʼzolar yigʻilmagan holatlarda jamoatchilik kengashi majlisi boshqa muddatga qoldiriladi.
8. Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkiliy va texnik jihatdan taʼminlash davlat ijtimoiy buyurtmasi beruvchi davlat boshqaruvi organi tomonidan amalga oshiriladi.
9. Jamoatchilik kengashining majlislari ochiq oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda jamoatchilik kengashi yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Jamoatchilik kengashining majlislariga davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin. Taklif etiladigan shaxslarning soni va tarkibi jamoatchilik kengashi raisi tomonidan hal qilinadi.
10. Jamoatchilik kengashi qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Kengash qarori yigʻilishda ishtirok etgan aʼzolarning koʻpchiligi ovoz bergan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, kengash raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
11. Jamoatchilik kengashi raisi:
jamoatchilik kengashi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
rais oʻrinbosari va aʼzolar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
jamoatchilik kengashi majlislarini chaqiradi va ularga raislik qiladi;
jamoatchilik kengashi majlislari kun tartibini tasdiqlaydi;
jamoatchilik kengashining ish rejalarini tasdiqlaydi;
jamoatchilik kengashining samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Jamoatchilik kengashi raisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Jamoatchilik kengashi kotibi:
hujjatlarni qabul qiladi, jamoatchilik kengashi yigʻilishida koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi, rasmiylashtiradi va ularni saqlaydi;
Jamoatchilik kengashi majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Jamoatchilik kengashi aʼzolariga va taklif etilgan shaxslarga majlisning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida xabar beradi.
13. Jamoatchilik kengashi majlisini chaqirish uning aʼzolariga avvaldan yozma xabarnoma tarqatish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Xabarnomada majlisni oʻtkazish kuni, vaqti va muhokama qilinadigan masalalar toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlar koʻrsatiladi.
14. Jamoatchilik kengashi aʼzolari quyidagi hollarda kengash tarkibidan muddatidan oldin chiqarilishi mumkin:
oʻz arizasiga koʻra;
u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda;
zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda;
vafot etgan taqdirda.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Jamoatchilik kengashi va uning aʼzolarining huquqlari va majburiyatlari
15. Jamoatchilik kengashi quyidagi huquqlarga ega:
davlat ijtimoiy buyurtmasi beruvchi davlat boshqaruvi organidan maʼlumotlarni soʻrab olish;
tanlov ishtirokchilarining loyihalarini oʻrganish va baholash;
ushbu Nizomga muvofiq tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim qilingan loyihalarni maʼqullash yoki rad qilish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
davlat ijtimoiy buyurtmasi beruvchi davlat boshqaruvi organi rahbariyatiga loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflar kiritish;
yigʻilishlar oʻtkazish boʻyicha mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish;
davlat ijtimoiy buyurtmasi beruvchi davlat boshqaruvi organi va tanlov ishtirokchilaridan ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etishlarini talab qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Jamoatchilik kengashi:
ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim qilingan loyihalar va boshqa hujjatlarni oʻrganish davomida maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi shart.
17. Jamoatchilik kengashi aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
tanlov ishtirokchilarining loyihalarini oʻrganish va baholash;
jamoatchilik kengashi yigʻilishlarida ovozga ega boʻlish;
muhokama qilinayotgan masalalar boʻyicha mustaqil fikrini ifoda etish va uni yigʻilish bayonnomasiga kiritishni soʻrash.
18. Jamoatchilik kengashi aʼzolari:
jamoatchilik kengashi yigʻilishlarida shaxsan ishtirok etishi;
tanlov gʻolibini aniqlash boʻyicha masalalarni jamoatchilik kengashi yigʻilishlaridan tashqarida muhokama qilmasligi;
tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim qilingan loyihalar va boshqa hujjatlarini oʻrganish davomida maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi;
oʻzi faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotining loyihalarini koʻrib chiqishda ishtirok etmasligi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
19. Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish uchun tanlov oʻtkazilishi haqidagi eʼlon tanlov oʻtkazilishidan kamida 30 kun oldin ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, elektron ommaviy axborot vositalarida hamda davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organlarining Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
tanlov tashkilotchisining nomi va manzili;
davlat ijtimoiy buyurtmasining tavsifi;
davlat ijtimoiy buyurtmasini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari va miqdori;
davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish muddati;
tanlov ishtirokchilariga qoʻyiladigan asosiy shartlar;
tanlov ishtirokchilaridan hujjatlarni qabul qilishning joyi, oxirgi kuni va vaqti.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Davlat ijtimoiy buyurtmasi boʻyicha bir necha nodavlat notijorat tashkiloti qoʻshma guruh tuzgan holda umumiy ariza berishlari mumkin. Bunda arizada va loyihada ularning har birining funksiyalari, bir-biriga nisbatan javobgarligi va loyihani amalga oshirishga qoʻshayotgan hissalari aniqlashtirilishi lozim.
23. Tanlovda ishtirok etish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar jamoatchilik kengashiga ariza beruvchi tomonidan bevosita, pochta orqali yoki elektron koʻrinishda berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Tanlov shartlari va uni oʻtkazish tartibi
24. Tanlovda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etishlari mumkin, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar bundan mustasno.
25. Tanlovda ishtirok etish uchun nodavlat notijorat tashkilotlari jamoatchilik kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi tanlovda ishtirok etish haqida ariza;
davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishning batafsil tasnifi;
davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
nodavlat notijorat tashkiloti ustavining nusxasi;
qarzdorlik mavjud emasligi haqida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnoma;
maxsus ruxsatnoma (litsenziya) nusxasi, agar davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab etilsa.
Nodavlat notijorat tashkilotining tashabbusi bilan boshqa hujjatlar (sertifikatlar, oʻtkazilgan tekshirishlar boʻyicha maʼlumotlar va shu kabilar) ham taqdim qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Tanlov gʻolibi nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tanlovga taqdim etilgan loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash natijalariga koʻra aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Oʻtkazilayotgan tanlov doirasida loyihalarni baholash maqsadida jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangan Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni baholash metodikasidan (keyingi oʻrinlarda Baholash metodikasi deb ataladi) foydalaniladi.
Baholash metodikasida quyidagi baholash mezonlari belgilangan boʻlishi lozim:
davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi tomonidan qoʻyilgan maqsadlarga erishishning yoʻnaltirilganligi, yaʼni unga erishish yoʻllari;
taqdim qilingan loyihaning samaradorligi;
loyihani amalga oshirishda davlat boshqaruvi organining xalq bilan muloqot darajasini kuchaytirishi;
Keyingi tahrirga qarang.
loyihaning aniq va batafsil yoritilganligi;
xarajat ajratilayotgan mablagʻlardan oshib ketmasligi;
tanlov ishtirokchisining taqdim qilgan loyihasini amalga oshirish qobiliyati.
Baholash metodikasida davlat ijtimoiy buyurtmasining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib baholashning boshqa mezonlari ham belgilanishi mumkin.
28. Loyihani oʻrganish natijalariga koʻra jamoatchilik kengashi aʼzolari har bir loyiha boʻyicha baholash mezonlariga muvofiq baholash varaqasiga ballar qoʻyadi.
Baholash varaqalarida ballarni hisoblab chiqish uchun jamoatchilik kengashi aʼzolari orasidan 3 kishidan iborat boʻlgan hisoblash guruhi tuziladi.
Hisoblash guruhi tomonidan baholash varaqalaridagi ballar hisoblab chiqiladi va jamoatchilik kengashi aʼzolariga eʼlon qilinadi.
Tanlov natijasiga koʻra eng koʻp ball olgan ishtirokchi tanlovda gʻolib deb topiladi.
29. Tanlov natijasiga koʻra ishtirokchilarning ballari teng boʻlgan taqdirda ular oʻrtasida ushbu Nizomda belgilangan tartib asosida qayta tanlov oʻtkaziladi.
30. Jamoatchilik kengashi qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Jamoatchilik kengashining yigʻilishi bayonnomasi jamoatchilik kengashi kotibi tomonidan olib boriladi va jamoatchilik kengashi raisi, kotibi va ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamoatchilik kengashi yigʻilish bayonnomalarining saqlanishi uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruv organi masʼuldir.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish shartnomasini tuzish
31. Davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi va tanlovda gʻolib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti oʻrtasida davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish shartnomasi tuziladi.
Shartnoma davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi va tanlovda gʻolib deb topilgan nodavlat notijorat tashkilotining huquq va majburiyatlarini hamda javobgarligini belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Shartnoma quyidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak:
davlat ijtimoiy buyurtmasining maqsadi;
davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish muddatlari;
davlat ijtimoiy buyurtmasiga ajratilgan mablagʻlar miqdori;
mablagʻ bilan taʼminlash muddatlari;
davlat ijtimoiy buyurtmasiga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanganlik yuzasidan nazorat shakllari;
hisobotlar berish muddatlari va shakllari.
33. Agar tanlovda gʻolib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti shartnomani imzolashdan bosh tortsa yoki tanlovni oʻtkazish davomida oʻz faoliyatini tugatgan boʻlsa, tugatish, qayta tashkil etish jarayonida boʻlsa yoki qonunchilikda belgilangan tartibda bankrot deb eʼtirof etilgan boʻlsa davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi tanlovda ishtirok etgan va yuqori baho olgan keyingi ishtirokchiga shartnomani imzolashni taklif etishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Keyingi tahrirga qarang.
7-bob. Davlat ijtimoiy buyurtmasining ijrosi yuzasidan nazorat
34. Davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan moliyaviy mablagʻlar sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarni (koʻrsatilayotgan xizmatlarni) hamda uning alohida bosqichlarini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi nazoratni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini jalb qiladi.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi ijrosini nazorat qilish boʻyicha tuziladigan maxsus komissiya aʼzolarining yarmi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
36. Davlat ijtimoiy buyurtmasi uchun ajratilgan mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanish, shuningdek, shartnomada koʻrsatilgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik ishlarni sifatli va oʻz vaqtida bajarish uchun nodavlat notijorat tashkilotining rahbari javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Davlat ijtimoiy buyurtmasini joylashtirish tanlovida ishtirok etish uchun _______________________________________________________________ning

(nodavlat notijorat tashkilotining nomi)

ARIZASI (BUYURTMASI)

Ariza yuborilayotgan tanlovning mazmuni

Davlat tashkilotining nomi

Tanlovning yoʻnalishi

Loyihaning nomi

Ariza taqdim etgan tashkilot nomi (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan nizomga muvofiq)

Hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman) nomi

Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar (ariza beruvchining yuridik manzili, telefon, faks, elektron pochtasi)

Tashkilot rahbarining F.I.O., boshqa zarur maʼlumotlar (yashash manzili, elektron pochtasi, telefon kodi bilan toʻliq koʻrsatilishi lozim)

Tashkilot buxgalterining F.I.O., boshqa zarur maʼlumotlar (yashash manzili, elektron pochtasi, telefon kodi bilan toʻliq koʻrsatilishi lozim)

Tashkilotning tasdiqlangan shtat jadvalidagi lavozimlar soni

Loyihani amalga oshirish muddati (boshlanish sanasi — tugatish sanasi)

Soʻralayotgan mablagʻ miqdori (soʻm)

Jalb qilinadigan mablagʻlarning miqdori (soʻm)

Muammoning qoʻyilishi

(mavjud ijtimoiy muammo, uning ahamiyati va loyihani amalga oshirish zarurligini bayon etish, bir varaqdan ortiq boʻlmasligi lozim)

Loyihaning maqsadi

(loyiha natijasida erishadigan koʻpi bilan 3 ta asosiy maqsad)

Loyihaning asosiy vazifalari

(loyihani amalga oshirish natijasida hal etiladigan koʻpi bilan 3 ta asosiy vazifa)

Loyihani amalga oshirish shakli va mexanizmlari

(loyihani amalga oshirish usullari, miqdor va sifat koʻrsatkichlari)

Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar

(erishiladigan samaraning miqdori va sifat koʻrsatkichlari hamda taʼsiri)

Ariza beruvchining mazkur sohadagi tajribasi

(talabgorning faoliyati, uning yutuqlari)

Hamkorlar va ularning vazifalari

(talabgor va uning sheriklarining aniq vazifalari koʻrsatilgan harakat rejasi)

Tashkilot va hamkorlarning qoʻshgan hissasi

(jalb etilayotgan mablagʻlar, resurslar, tashkilot va hamkorlarning moddiy va nomoddiy hissasi)

Keyingi tahrirga qarang.