1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.02.00 Notarial faoliyatining tashkiliy asoslari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 22-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2165-11]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 3-mh-sonli “Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3114, 04.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-dekabrdagi 303-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165, 2010-yil 20-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 498-modda) bilan tasdiqlangan Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-fevral,
100-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 100-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“7. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxs (bundan keyingi oʻrinlarda talabgor deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga bevosita yoki tegishli adliya boshqarmasi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
komissiya nomiga ariza;
pasport nusxasi;
belgilangan shaklda toʻldirilgan shaxsiy varaqa;
mehnat daftarchasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki uning ish joyida tasdiqlangan nusxasi;
oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi).
Agar talabgor adliya organlari tizimida ishlayotgan boʻlsa, ushbu bandning toʻrtinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilishi talab etilmaydi.
Ishchi organ tomonidan talabgorning malaka imtihonini topshirganligi, shuningdek malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamaganligi sababli malaka imtihonini qayta topshirganligi haqidagi malaka komissiyasi (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda komissiya)ning qaroridan koʻchirma tegishli adliya boshqarmalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasidan olinadi.”.
“21. Tanlov ijtimoiy, huquqiy va notariat sohasidagi beshta savolga yozma va ogʻzaki javob berish asosida oʻtkazilib, ularga tayyorlanish uchun toʻqson daqiqa vaqt ajratiladi.
Savollar komissiya raisi va masʼul kotibining imzolari bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.”.
5. 27-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “gʻolib deb topish uchun yetarli ball toʻplay olmagan” degan soʻzlar “tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam ball toʻplagan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.