1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.10.00 Demografiya]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DEMOGRAFIYA VA ISTEʼMOL BOZORINI OʻRGANISH MARKAZINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Demografiya muammolari, aholi daromadlari shakllanishi manbalari va isteʼmol darajasi, isteʼmol talabi rivojlanishi tendensiyalari, ichki isteʼmol bozori dinamikasi va uni raqobatbardosh tovarlar bilan toʻldirish kompleks tadqiq etilishini taʼminlash, ijtimoiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini hal etish uchun normativ baza barpo etish va odamlarning farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, respublika “Mahalla” jamgʻarmasi, “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi, boshqa jamoat tashkilotlari hamda hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlarning Demografiya va isteʼmol bozorini oʻrganish markazini (keyingi oʻrinlarda matnda “Markaz” deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
respublikada demografiya jarayonlari rivojlanishi omillari va tendensiyalarini tahlil etish, demografik oʻsishning mintaqaviy xususiyatlarini oʻrganish va shu asosda demografik oʻsish va demografik tarkib oʻzgarishi, mehnatga layoqatli aholini ish bilan taʼminlash prognozlarini asoslash;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.09.00 Migratsiya (05.01.09.00 ga qarang)]
aholi migratsiyasi, urbanizatsiya jarayonlari, mehnat resurslarining hududlar boʻyicha joylashtirilishi monitoringini amalga oshirish, ularni maqbullashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.07 Ayrim turdagi tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun hisob-kitobning xususiyatlari]
eng kam “isteʼmol savati”ni asoslash, inflyatsiya darajasi dinamikasiga va boshqa omillarga bogʻliq ravishda uning oʻzgarishi dinamikasini tahlil qilish, isteʼmol tovarlari va xizmatlarning asosiy guruhlari boʻyicha aholining hisobot beriladigan va prognoz qilinadigan isteʼmol budjetlari tizimini shakllantirish, mintaqalar, shaharlar va qishloqlar boʻyicha isteʼmol budjetlari hajmi va tarkibi oʻzgarishi ustidan monitoringni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.08.00 Aholi punktlarining bosh rejalari]
oilalarning daromadlari darajasiga koʻra aholi isteʼmoli tarkibini mintaqalar, shaharlar va qishloqlarda yashovchilar boʻyicha chuqur oʻrganish, aholining isteʼmol talabi shakllanishiga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni tadqiq etish va aholining oʻsib borayotgan toʻlovga qodirligi talabini taʼminlash hamda isteʼmolni maqbullashtirish, aholida isteʼmol madaniyatini shakllantirishga doir tavsiyalarni ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
respublikada va mintaqalarda isteʼmol bozorining holatini va rivojlanishi tendensiyalarini tanqidiy oʻrganish, tovar oqimlarini va tovar taʼminoti manbalarini tahlil etish, ichki bozorni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar hisobiga toʻldirish darajasini aniqlash hamda isteʼmol bozori barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va uning tarkibini takomillashtirish, aholiga savdo xizmati koʻrsatish tizimini yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
aholining, ayrim ijtimoiy guruhlarning, shaharda va qishloqda yashrovchilarning yalpi daromadlari hajmi va tarkibi oʻzgarishini tahlil qilish, daromadlar shakllanishi manbalarini oʻrganish, ularning miqdori va dinamikasiga taʼsir etuvchi omillarni baholash, mehnatga haq toʻlashni va aholi daromadlarini oshirishni takomillashtirishga doir tavsiyalarni ishlab chiqish;
aholining ayrim ijtimoiy nochor qatlamlarining moddiy ahvolini kompleks tadqiq etish hamda ularni ijtimoiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirish va farovonlik darajasini oʻstirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
muntazam ravishda sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish va oilalar budjetlarini oʻrganish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
demografiya va ijtimoiy rivojlantirish sohasida xalqaro tashkilotlar va institutlar, xorijiy tadqiqot va tahlil markazlari bilan hamkorlikni kengaytirish.
3. Markazni tashkil etish va uning faoliyatiga koʻmaklashish uchun 1-ilovaga* muvofiq tarkibda Homiylik kengashi tashkil etilsin.
*1-ilova berilmaydi.
4. Markazning tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, uning xodimlarining cheklangan soni 33 nafardan iborat etib belgilansin (yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari).
Markaz direktoriga, zarurat boʻlganda, Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Homiylik kengashi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.02.00 Intizom toʻgʻrisidagi ustav va nizomlar]
bir oy muddatda Markaz toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, Markazni taʼsis etishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin va belgilangan tartibda uni roʻyxatdan oʻtkazsin;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari]
Markaz yuqori malakali, respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning mohiyatini chuqur tushunuvchi tajribali mutaxassislar bilan butlanishini taʼminlasin, chet elda oʻqigan va stajirovkadan oʻtgan yoshlar jalb etilishiga alohida eʼtibor qaratilsin;
Markazni oʻziga yuklangan vazifalarni bajarishi uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, kompyuter va koʻpaytirish texnikasi bilan jihozlashda, transport bilan taʼminlashda koʻmaklashsin;
xalqaro moliyaviy tashkilotlar, xorijiy jamgʻarmalar va boshqa manbalarning grantlari jalb etilishida Markazga yordam koʻrsatsin.
6. Markazga:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.03 Loyiha va qidiruvga oid ishlarni bajarishga oid, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarishga oid pudrat]
tadqiqotlar oʻtkazishga davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarning xodimlari, shuningdek chet ellik olimlar va mutaxassislarni kontrakt asosida jalb etish;
sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish va oilalar budjetlarini tadqiq etish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.03 Loyiha va qidiruvga oid ishlarni bajarishga oid, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarishga oid pudrat]
xalqaro tashkilotlar, jamgʻarmalar, universitetlar, ilmiy-tadqiqot va tahlil markazlari bilan tadqiqotlar oʻtkazishga va birgalikda ish olib borishga shartnomalar tuzish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
Markaz xodimlarini va tadqiqotlar oʻtkazish uchun jalb etiladigan mutaxassislar va ekspertlarni stajirovkadan oʻtish va oʻqitish uchun xorijiy tadqiqot markazlari va universitetlarga yoʻllash;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish, demografiya va ijtimoiy rivojlantirish sohasida axborot-tahliliy sharhlar, maʼruzalar va byulletenlar chiqarish;
Markazga yuklangan vazifalar doirasida markaziy iqtisodiy organlardan, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan zarur normativ, statistika va tahliliy axborotni soʻrash va olish huquqi berilsin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.01.00 Umumiy masalalar]
7. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralarning byulletenlari, statistika axborotlari majburiy tartibda yuboriladigan reyestrga kiritilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
8. Markaziy iqtisodiy organlar, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalarining buyurtmalari, budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari, Markazning ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro jamgʻarmalar va tashkilotlarning grantlari hamda Markazning oʻz faoliyatidan oladigan daromadlari Markazni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari etib belgilansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
9. Markaz Toshkent shahar, Usmon Yusupov koʻchasidagi 1-uyga, “Oʻzgiprosuvxoʻjalik” instituti binosiga joylashtirilsin.
10. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Markazni telefon va telekommunikatsiya aloqasining zarur turlari, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 24-dekabr,
448-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 24-dekabrdagi 448-son qaroriga 2-ILOVA
Demografiya va isteʼmol bozorini oʻrganish markazining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy soni — 33 kishi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 24-son, 198-modda;2005-y., 34-36-son, 264-modda;2006-y., 22-son, 195-modda; 40-son, 396-modda)